Abror Mirkomilov
18 subscribers
36 photos
29 videos
3 files
45 links
Professional mistaker

Bogʻlanish @Mirkomilov_Abror
Anonim bot - http://t.me/anonimnyye_voprosy_bot?start=ob2at
Download Telegram
Qachonki hamma narsani bilaman, deb oʻzingga koʻp ishonsang

Katta xatolar qilishni boshlaysan

© Konfutsiy (hazil oʻzimni yaqin kunlardagi xulosam)
"Menga aytib bersang — unutaman, ko‘rsatsang — eslab qolaman, o‘zim bajarsam — tushunaman."

© Konfutsiy
Hammaga bayram muborak bo'lsin
Forwarded from Nazarbayev Shaxsiy
Shayton keldi seni so'roqlab...
Forwarded from Aziz Rahimov Twitter
Xohlab qilmagandan, xohlamay qilgan yaxshi.
Forwarded from Tajribalar daftari
Ikki yil oldin ustozimiz Aziz Rahimov “Data analytics” bo’yicha qiymati $1000 ga teng kurs olib berdilar.

2 oy oldin yana bir ustozimiz Mirafzal Mirahmadov LinkedIn dan “Prompt engineering” bo’yicha pullik kurslarni bepulga ochib berdilar.

O’tgan yili 2-marotaba Turin Polytechnic University’ga 2-kursga Grantga qabul qilindim. Qiymati 3 yil uchun tahminan $8-9K.

Bularning hammasini nima bog’lab turadi bilasizmi?

Birontasidan foydalanmadim.

Men hozir dangasalik haqida gapirmoqchi emasman.

Minimal imkoniyatlar.

Hayotida nimadir qila olgan insonlarni kuzatib shunday xulosaga keldim:

Barchasi minimal imkoniyatlardan maksimal foydalanadi.

Shunchaki YouTube’dan tikishni o’rganib yarim million auditoriya yig’ishdi.

Jiyaniga Yahoo! Doodle Notepad orqali dars berishni boshlab dunyodagi eng katta bepul platformani yasashdi.

40 ta nashriyotdan rad javobini olib, o’zligi kitob nashr qilishdi.

Minimal imkoniyatdan maksimal foydalana olgan inson, maksimal imkoniyatni gigant natijalarga aylantira oladi.

Hozir qilmayapmanmi, imkoniyat berilsa ham qilmayman.
Bajarib qo’yaylik

Vokzalda perashki sotib oldi. Aynigan masalliq tufayli uyiga kelishi bilan qorni og’rishni boshladi.

Og’riqdan baqirib to’xtamay oshpazni so’kdi.

Ketidan oshpazni ishga olgan perashka xona egasini so’kdi.

Ketidan vokzal rahbariyatini.

Ketidan xokimni. Vo hokazo.

So’kkani bilan og’riq to’xtamadi, uxlay olmadi. Oxiri chiday olmay tez yordam chaqirdi.

Osma ukol olib 1 kunda o’ziga keldi.

Biz bilan sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar, dunyodagi urushlar, “10 yildan keyin suv tugaydi” degan vahimalar, dollar oshishi, internetdagi qaysidir ahmoqning gapi (va hokazo) - bularga ta’sir o’tkaza olmaymiz.

Ta’sir o’tkaza olmaydigan ishlarga vaqt sarflar ekanmiz,

Ta’sir o’tkaza oladigan ishlarni qarovsiz qoldiryapmiz.

Avval ta’sir o’tkaza oladigan ishlarimizni zo’r bajarib qo’yaylik,

Keyin “boshqa ishlarga” burnimizni tiqsak yarashadi.

@mashrabov_aa
Insonlarga ular qanday ekanligidan kelib chiqib munosabat qilsangiz, ular yanada yomonlashadi.

Ularga qanday yaxshi bo’lishi mumkinligini hisobga olib munosabat bildirsangiz, ular yaxshilanadi.

@raimbaev_elmurod
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
1. O’zingizni ishga olarmidingiz?

2. O’zingizga qizingizni berarmidingiz? O’glingizga kelin qilarmidingiz o’zingizni?

3. Agar kimdir sizni bir hafta kuzatganida sizni maqsadi aniq va bu yo’lda tinmaydigan inson deb baholarmidi?

4. Hozirgi o’zingizdan 60 yoshli o’zingiz mamnun bo’larmidi?

5. Hozirgi holatingizga bolalikdagi o’zingiz havas bilan qarar edimi?

6. Agar hamma sizdek bo'lganida siz yashashni xohlagan jamiyat shakllanar edimi?

7. Hozirgi siz hurmatingizni chindan qozongan boshliq bo'larmidi?

8. O'zingiz maslahatingizga amal qilarmidingiz?

9. Asl siz boshqalar tasavvuridagi sizdan farqi bormi?


Qanday yashayotganimizni boshqalarga ko’rsatamiz.

Undanda qizig'i boshqalar qanday yashashi kerak ekanligini aytamiz (huddi shu postdagidek).


Baland aytiladigan fikrlardan ko’ra, sukutli savollar muhimroqdek.

Bek Olimjon
02.04.25
Norvegiya
Abror Mirkomilov
https://youtu.be/sbCAIFk1mlk?si=biO_0dvidkYnBTkT
Siz koʻrishingiz mumkin boʻlgan eng foydali videolardan biri
Abror Mirkomilov
https://youtu.be/sbCAIFk1mlk?si=biO_0dvidkYnBTkT
Nafsni qanday ishlashini ancha tushinib oldim videodan
Forwarded from Doniyor Nasriddinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Sizni baxtsiz qilayotgan narsa bu – buzilgan DOFAMIN tizimi!

Avvallari oddiy narsalar ham zavq berardi - kitob o'qish, tabiatga chiqish, yaqinlar bilan vaqt o'tkazish. Endi-chi? Endi hammasi zerikarli, hech narsa qiziq emas. Doim nimadir yetishmayotgandek. Bu holat sizga ham tanishmi?

Barcha muammolarning ildizi - dofamin retseptorlarining shikastlanishida! Telefon, ijtimoiy tarmoqlar, fastfud, haddan tashqari ko'p zavq beruvchi stimulyatorlar miyangizni ishdan chiqarmoqda. Endi sizga faqat kuchli va tezkor zavq beruvchi narsa kerak bo'lib qoldi, shu sababli odatiy hayot sizga zerikarli tuyulmoqda.

"Sarchashma" loyihasining 2-sonida aynan shu muammo va uning ilmiy asoslari haqida gaplashdik: Dofamin qanday ishlaydi? Nega biz tabiiy zavqlanishdan mahrum bo‘lib qoldik? Va eng muhimi – bu tizimni qanday tiklash mumkin?

Videoni tomosha qiling va miyangiz qanday ishlashini tushunib, uni asl holatiga qaytaring!

📺 To'liq video YouTube kanalimizda!

👉 Havola: https://youtu.be/sbCAIFk1mlk

@Doniyor_Nasriddinov
5 yildan soʻng o'lishingiz mumkin boʻlsa, (5kunga ham kafolatimiz yoʻq aslida) soʻnggi lahzalarda hozir qil(m)ayotgan qaysi amallaringizdan koʻproq afsuslanasiz?
Forwarded from Parallel muhit data
Eng katta o'zgarishlar xato ortidagi og'riqlardan keladi.
Haqiqiy mahorat

Tajribali o'g'ri - o'g'riga o'xshamaydi.
Tajribali aktyor - aktyorga o'xshamaydi.
Tajribali ustoz - ustozga o'xshamaydi.
Tajribali tadbirkor - tadbirkorga o'xshamaydi.
Tajribali shifokor - shifokorga o'xshamaydi.
Tajribali shpion - shpionga o'xshamaydi.
Tajribali jangchi - jangchiga o'xshamaydi.

Haqiqiy mahorat oddiylik niqobi ostida yashiriladi.

Shuning uchun,

Sohasi haqida “aqlli” gaplar ishlatib gapirganlarni eshitmaylik. O’zimiz ham bunday qilmaylik.

Chunki,

Haqiqiy mahorat gapirilmaydi. U ko’rsatiladi.

@mashrabov_aa
Forwarded from Aziz Rahimov
Lupa bilan bitta joyga yig’ilsa, quyosh nuri bilan olov yoqsa bo’ladi.

Tomchi bitta joyga tomaversa, toshni ham o’yib yuboradi.

Diqqat hozirgi zamonning eng qimmat valyutasi. Hammada kamayib ketayapti.

Ish/o’qishi paytida telegram ochib qo’yganlar, ikkita ish qilyapman deb o’ylayapti.

Aslida bittasini ham bitirmayapti.

Diqqat – bitta ish qilish emas, boshqa hamma ishdan voz kechish. Yarim soatga bo’lsa ham.