Abror Mirkomilov
21 subscribers
45 photos
35 videos
5 files
69 links
Professional mistaker

Bogʻlanish @Mirkomilov_Abror
Anonim bot - http://t.me/anonimnyye_voprosy_bot?start=ob2at
Download Telegram
Forwarded from Parallel muhit data
Zo'r bo'lib ol. Keyin yoqtirish, yoqtirmasligingni gaplashamiz.
Forwarded from Progrev | Otabek Insavaliev
1000$+ daromad qilish.pdf
357.6 KB
1000$ dan ko'proq pul qanday topiladi?

Bu bo'yicha o'zim bilan 7 ta ko'nikmani bir joyga yig'ib maqola ko'rinishiga keltirdim.

O'qib chiqing. Foydali bo'lishiga ishonaman ⚡️

Hamjamiyatga qo’shilish 🔗
"Agar o'z rejalaring ustida qat'iy turmasang, boshqalar qat'iy turgan rejalari bo'yicha yashaysan"

— Andrew Elliott

@xulosalab
- Sun'iy intelekt bergan xulosasi👇

1. Sun’iy intellekt (AI) – insoniyat tarixidagi eng insoniy texnologiya
• AI endi faqat aqldan emas, hissiyotdan ham foydalana oladi.
• Keksalar uchun ovoz orqali muloqot qilish imkoniyati – yangi foydalanuvchilar toifasini ochadi.

2. Texnologiyaning maqsadi — hasham emas, imkoniyat
• Inson taraqqiyotiga eng katta turtki — bozor iqtisodiyoti va texnologiya.
• AI esa har ikkalasini tezlashtiradi.

3. AI va yolg‘izlik
• AI yordamida odamlar chuqur, barqaror muloqot hissini boshdan kechirishlari mumkin.
• Bu ruhiy salomatlik uchun katta imkoniyat.

4. AI – endi insoniy qadriyatlar bilan
• Har bir mamlakat o‘z qadriyatlariga asoslangan AI modellari yaratishi zarur.
• Shu orqali suveren AI strategiyalari shakllanadi.

5. Bozorlar qanday o‘zgarayapti?
• ChatGPT, Grok, Krea kabi AI xizmatlar $20–$250 oylik narxlarda sotilyapti.
• Dasturiy ta’minot endi oziq-ovqat va uy-joy bilan bir qatorda asosiy xarajatga aylanmoqda.

6. AI bilan yaratish, ishlash, o‘sish osonlashdi
• Texnikasiz ijod — AI ilovalari orqali har kim ijodkor bo‘lishi mumkin.
• “Jarvis”ga o‘xshash AI yordamchilari hayotni avtomatlashtirib, vaqtni tejaydi.

7. 2025–2040 oraliqdagi bashoratlar:
• 2025–2026: Agentik AI’lar portlaydi (GPT-5, kod yozuvchi dasturlar).
• 2029–2031: Oq yoqali ishlar tugashi mumkin — tayyor bo‘ling.
• 2036–2045: Trillion dollarlik robotlar iqtisodi va biologik umrni uzaytirish.

8. AI + Crypto = Internetning moliyaviy yarmi
• AQSH 2025-yilda barqaror raqamli valyutani qonunlashtirishi mumkin.
• AI agentlar mikrotransaktsiyalarni amalga oshiradi — bu kelajak iqtisodiyotining asosi.

9. Real natijalar
• AI orqali antibiotiklar yaratilmoqda (Synthesin — MRSA’ga qarshi).
• Waymo robo-taksilari odam haydovchilardan ko‘p yo‘lovchi tashimoqda.
• Bitcoin $106,500 atrofida — oltindan ko‘proq amerikaliklar egalik qiladi.

10. Eng katta saboq:
• Sun’iy intellekt faqat vosita emas. Bu imkoniyatlar, qadriyatlar va kelajak ustidan nazorat.



Agar siz ham AI imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz — bugun boshlang!

@xulosalab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Sun'iy intelekt mani o'rnimga videoni ko'rib, videodan olgan xulosalarini yozib berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Parallel Muhit
Butun umr qilinmaydigan ishlarni boshlamaslik haqida

Tezdagina pul topish uchun ish qiladiganlar va borini bag'ishlaydiganlarning farqi – vaqtinchalik ishlarga yodashuv – do'st tanlayotganda beradigan savollarimiz – eskirmaydigan ma'lumotlar – uyini axlat bilan to'ldiruvchilar haqida gaplashamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025 da eng kam sarmoya bilan boshlash mumkin bo’lgan biznes!
Forwarded from Doniyor Nasriddinov
GTD TIZIMI, savollar to'plami.pdf
143.4 KB
Mana sizga sarchashma loyihasining 3-sonida va’da qilingan savollar to‘plami.

Bu shunchaki savollar emas.
Ular miyangizdagi ortiqcha yuklarni tushirish, ongni bo‘shatish va ichki sokinlikni tiklash uchun ishlaydi.

Har bir savol - sizni sizga yaqinlashtiradi.
Ular orqali faqat rejalashtirish emas, o‘zingizni anglash ham boshlanadi.

Yozing. Javob bering. Chalg‘imang.
Ko‘rasiz - miyangizdagi shovqin asta-sekin tiniqlikka aylanadi.
O’zingizni yaxshiroq taniy boshlaysiz.

Boshlang. Ichingizni tozalamasdan tashqarini tartibga solib bo‘lmaydi.

@Doniyor_Nasriddinov
Forwarded from Doniyor Nasriddinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 GTD tizimi & Todoist — mobil telefoningizda samarali boshqaruv uchun video yo‘riqnoma

👉 Sarchashma loyihasining 3-sonida eng samarador usullardan biri — GTD tizimi tushuntirilgan. Endi bu tizimni mobil telefoningizda qanday ishlatishni bosqichma-bosqich ko‘rsatib beruvchi video qo‘llanma tayyorladik.

🎥 Video bo‘limlari:

▪️ 00:00 – Kirish & dastur o‘rnatilishi
▪️ 00:38 – Shaxsiy GTD shabloningizni tayyorlash
▪️ 01:54 – Miyani bo‘shatish bosqichi (Todoistda)
▪️ 04:40 – Aniqlashtirish & Joylashtirish (Todoistda)
▪️ 06:49 – Loyihalar bilan ishlash (Todoistda)
▪️ 13:50 – Taslim bo‘lmaslik tamoyili va tizim barqarorligi
▪️ 15:44 – Haftalik ko‘rib chiqish (Weekly Review)

P.S: Ushbu video yo‘riqnomani tayyorlashga deyarli 2 soat vaqt ketdi, umid qilamanki siz 15 daqiqangizni ajratib videoni to’liq ko’rasiz va hayotingizga tadbiq qilasiz.

@Doniyor_Nasriddinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rutinalar — ritmni yaratadi.
Ritm — odatlarni shakllantiradi.
Odatlar esa — erkinlik olib keladi.

Muvaffaqiyat — ko‘proq ishlashda emas.
Bu — sen “ishlamayotgan” paytda ham o‘zing ishlaydigan hayotni qurishda.

- Russel Brunson

@xulosalab
30 kunlik readwise (bilimlarni takrorlaydigan dastur) odati


Bunga asosiy sabab Aziz Rahimov aytganidek Readwise kechirishni biladi.

Ya'ni hatto 2-3 kun qolib ketsa ham oʻsha kungi takrorlashni tugatib qoʻysangiz sizni bajargan deb belgilab qoʻyadi.

Qani edi boshqa odat shaklantiradigan dasturlarda ham shu xususiyat boʻlsa):
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
“Agar bola yaxshi o’qimayatgan bo’lsa birinchi navbatda ko’rishini tekshir!” - Kevin Kelly

Bola kelajagi uchun uning o’qish qobiliyati rivojlanishi eng muhim omil. 

Bola o’qish ko’nikmasi rivojlanishi uchun uning ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lishi zarur. 

Bola ko’rishi yaxshi emasligini ayta olmaydi. Chunki u har doim shunday ko’rgan. 

Bir yilcha avval Aziz Rahimov bilan reja qilgan loyiha yakuniga yetdi bugun. 

Loyiha Rahimov School o’quvchilari korish qobiliyatini tekshirish edi.

Shu yil Aprel oyi boshida bir norveg yordamchim, Germaniyada ishlaydigan bir shifokor ukamiz, Toshkentda ishlaydigan bir oftalmolog do’stimiz, Farg’onada tibbiyot sohasida ishlayotgan do’stlarimiz, bir tashkilotchi yaqin do’stimiz va mendan iborat guruh Rahimov Schoolning 650 nafar o’quvchisining ko’rish qobiliyatini tekshirdik (skrining o’tkazdik).

Ko’rishda muammosi bor o’quvchilarni aniqlab, ular ota-onasiga yozma va video tarzda murojaat yetkazdik. Mutaxassis sifatida o’z tavsiyalarimizni berdik.

Bunday tekshiruvlar ko’payishi tarafdorimiz.

Domino effektidan umidvormiz. 

Tekshiruvni tashkil etganlarga va Rahimov School jamoasiga rahmat aytamiz. 

O’quvchi bola salohiyati yuqori bo’lsayu, ammo doskani ko’rmasa befoyda.

Biz ana shu o’quvchini topdik va doskani ko’rishiga yordam bera oldik degan umiddamiz.

Balki foydasi tegar…

Bek Olimjon
27.05.25
Norvegiya
Forwarded from Sadriddin Abdurahimov
Bozorda 500$ ga ishlaydigan va 5000$ ga ishlaydigan mutaxassisni farqi nimada?

Tajribadami? Yo'q.

Tajribasi kam lekin katta daromad qilayotganlar juda ham ko'p.

O'qigan bilimlaridami? Yo'q.

100 ta kurs va darslik ko'rib ham haligacha stabil daromad qila olmayotganlar qancha.

- Istalgan korxonada kuchli mutaxassis bo'lish va kompaniya va o'zingizni daromadingizni oshirishni qadamlari haqida gaplashdik.

- Zapusk bozori tugayaptimi? Unda nima bo'ladi?

Asliyatta eplay olmaydigan mutaxassis va ekspertlar shunchaki bozordan yana qaytib chiqib ketayotgandur.

Qiziqarli razbor va go'shtli podkast qildik.

Ko'rish uchun ushbu havolaga o'ting 🔽
https://youtu.be/UyDHDI35lMI

@janob_marketolog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odatda insonni qiyinchiliklar emas, osonchiliklar buzadi)
ONE THING OR NO THING

Kamroq ish qilib ko'proq natijaga erishish uchun faqat eng muhim bitta narsa bilan shug'ullanish kerak.

Bo'libam o'sha ishni 80/20 qilib taqsimlashingiz kerak.

Chunki aksar natijalar siz qilgan ishlarning kichik qismidan keladi. Shuning uchun, energiya va resurslaringizni o‘sha "20 foiz"ga yo‘naltiring.

Hozirgi tendensiyalar shuni ko'rsatadiki, ko'p narsani bilgan odamdan ko'ra bitta narsani zo'r bilgan odamning muvaffaqiyatli bo'lish ehtimoli yuqori.

Agar siz marketolog bo'lsangiz o'zingizning one thing'ingizni toping!

Qobilyatlaringiz va qiziqishlaringiz qaysi yo'nalishda kuchli?

- Analitik marketologmisiz? (Data-driven marketer)
- Kreativ ishlarga qiziqasizmi? (Creative Marketer)
- Kuchli mahsulot yaratish sizning hobbiyingizmi? (Product Marketer)
- Strategik ishlar sizni o'ziga tortadimi? (Strateg marketer)
- Tadqiqotsiz biror ish qila olmassiz? (Research marketer)
- Texnik ishlar siz uchun osondir? (Technical marketer)

O'zingizni qobilyatlaringizni qaysi birida ko'rsangiz shu yo'nalishni qattiq ushlashingiz kerak.

Har qanday rejalarni raqamlarsiz tuza olmasangiz kreativlilikka qiziqmasangiz ham bo'ladi.

Chunki hammasida ham bir dek kuchli bo'lgan marketologning o'zi bo'lmaydi. Shunday ekan birinchi bo'lib o'zingizni o'rganib chiqing keyin esa, o'sha yo'nalishga fokus qarating.

Bugun zapusk, ertaga shaxsiy brend deb yugursangiz, Siz shunchaki pulni izidan quvayapsiz. Bu yerda katta maqsadlar yo'q!

Hamda, hamma ishni o'rtacha bilgandan bitta kichik ishni eng zo'ri bo'lsangiz chekingiz ham nomingiz ham yuqori bo'ladi!

ONE THING OR NO THING
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Parallel Muhit
Nega fikrimizni o'zgartirishdan qo'rqamiz?

Xato fikrni o'zgartirmaslik oqibatlari – odamlarning shu kamchiligidan milliarderlar qanday foydalangani – qo'rquvning qayerdan kelishi – nega boshqalarning xato fikrini emas, o'zimizdagi xatolarini o'zgartirganimiz ma'qulligi – aroq va sigaret sotadiganlar o'zini qanday oqlashi haqida gaplashamiz