Mirea
163 subscribers
2.98K photos
732 videos
19 files
88 links
Mirea: "miracle,admired, beautiful or pretty"

Thinking out loud 💭
Download Telegram
So, New York, again guys!
Sometimes I tell myself to slow down because everything is already written. But at the same time, I wonder that was I ever even moving fast enough to slow down? Or just… Okay, just moving? I’m not sure.
25-may.
Bugun mening singlim maktabni bitirdi.

"20 yillik"larini nishonlashga kelganlar orasida mening bir ustozim ham bor ekan. U insonning bitiruvchilar uchun qilgan nutqini o'zimga-yu sizga eslatma o'rnida ulashgim keldi, ozroq: "Bugun kechqurun hayotingizni 18 yili qanday o'tgani-yu keyingi 18 yilni qanday o'tkazishni o'ylab ko'ring. Shu kungacha qancha umringiz qanday o'tganiyu, bundan keyin qanchalar tezroq o'tishi mumkinligini anglashga harakat qiling. Va ota-onangizdan sizni baxtliroq, xursandroq, sog'lomroq ko'rishim uchun nima qilishim kerak, nima qila olishim mumkin deb so'rang. Odatda ularning javobi faqat sizning o'z hayotingizni chiroyli yashay olishingiz va ular sizni ortingizdan faqat yaxshi gaplar eshitishni xohlashlari bo'ladi".

2 yil oldin men ham uyga qaytib "reflect" qilmoqchi bo'lganman. Hammasi juda noaniq edi.
Hammasi shunchaki boshidan boshlansa, qayerlardadir, qachonlardir xato qilmaslikni, yoki ertaroq qilishni, yoki nimlarnidir umuman qilmaslikni istashimni tushunganman. Shunchalar ketishni, boshqa joyda noldan boshlashni istaganim esimda. Bu shunchaki yangi boshlanish emas, lekin yechim ham emasligini bilardim. O'zimni tushunish, hayotdan maqsadimni, nimani xohlashimni anglash bir kunlik ish emas. Lekin Alloh ko'nglimga solgan bo'lsa kerakki, bu mening taqdirim bo'lishi kerak deb tushungan edim, va shunday bo'ldi ham. (O'sha kun yana bir bor taslim bo'lmaslikka qaror qildim, tamom.)

O'zlikni anglash hayotiy jarayon, ya'ni har kunlik. Lekin ko'pincha shunchaki qochib ketgim keladi. O'zimdan. O'zimni anglashdan qo'rqaman, go'yo. Tavakkulim bor deb ham qo'rqadiganlardanman, afsus. Lekin bugun o'zimga yana bir bor eslatdim: har kuni hayotda nega yashayotganimni anglab turishim kerak. Shart.

Bugungi "reflective" savollar: Avvalo, o'zi nima xohlayotgandim? Kim bo'lmoqchiman? Maqsadim yo'lida nimani boshlashim, nimani davom ettirishim, nimani to'xtashim kerak? Maqsad deganda motivatsion narsalarni tushunadiganlar bilan haliyam kelisha olmayman aytganday. Hayotda maqsadi bo'lmaslik, orzusi bo'lmaslik eng yomon va eng qiyin "human state of being" deydiyu kinolarda...

Ota-onam bilan gaplashmaganimga ancha bo'libdi. Bitiruvchi singlimga nima maslahat bera olaman?
Javoblar savollardan boshlanadi. Savollardan.

Aytgancha kun so'ngida sizga yana bitta tavsiya: https://youtu.be/tg1pck7fLIs?si=SjLE9gDW5DDzMYee

Oyshabonuni bir qancha yillardan beri bilaman, hali 16 yoshda, lekin bugungi bitiruvchilarga zo'r tavsiyalar bera oladi. Judayam mazmunli podcast bo'libdi.
27-may - Qurbon Hayiti - Muborak Ayyomga to'g'ri keldi bu yil.

Bu kun mening onamning tug'ilgan kunlari.

Onamsiz men ham ‘men’ emasman aslida deb o'ylayman doim. Yaqinda "Ona muhabbatining biologik isboti" degan post o'qib qoldim: Biology says that we carry our mothers in our cells. Faith says we carry them in our souls. Love says we carry them in our breath ❤️
Qisqasi biz butun umr onamiz bizga bergan mitoxondriyalar hisobiga nafas olamiz. Mitoxondriyalar - inson hujayrasida energiyani qayta ishlovchi kichik a'zolar va ular bizga faqat va faqat onamizdan o'tadi.

Qarangki, olayotgan nafasimiz, butun umr yashashimiz - hayot faktori bo'lgan shu narsada ham onamizning hissasi bor. Ona senga "jonini" berishi yana bir tomondan rost ekan.

Ya Alloh, barcha onalarga ham tilarkanman, istardimki, onamga jannatingni ravo ko'r. Bizni bu dunyodagi jannatimizni òz jannatingdan benasib etma, -deyman. Tilagim shu.

Men o'zi kimman-a?
Bir lahza shukr qilaman shunday onam borligi uchun -men ham shundayman, mening ko'nglim ham shunday bo'lgan deb. Bir lahza o'zimni shunchalar gunohkor sezaman bu onaga munosib farzand emasman deb.

Onam! Mening jannatim. Dunyo adolatsizliklari, hayot mashaqqatlari hechkimni chetlab o'tmaganidek uni ham chetlab o'tmadi. Lekin, takror va takror qoyil qolaman, ko'nglidagi shuncha dard-alami bilan ham atrofiga faqat mehr va ziyo tarqatadi, go'yo. Takror sezaman, mayli bu dunyo shunaqa ekan, odamlar, xatto yo’q bunisi boshqacha deganlaring ham, hatto o’zimiz ham dunyoni tanlagan qalbi kòrlardanmiz. Lekin hayot shunaqa va bu zulmatda menga onamni bergani uchun shukr!
Bir-birimizga sening nuring ostida chiroq bolaylik, Allohim!

Alhamdulillah!


Bir inson hayotidagi muvaffaqiyati onasi ekanligini yozdi, men ham buni ancha oldin anglaganimdan xursand bo'lib kettim. Dunyo meni tushunmas, hayot men istagandek bo'lmas, menga hechkim ishonmas, lekin menda doim Alloh bor va o'sha, Alloh bergan, eng go'zal omonatim - onam borku!


Mening tug'ilgan kunim ham o'sha yil Hayitning uchinchi kuniga to'g'ri kelgan ekan. Va bugun chin ma'noda Hayotimning Hayiti bo'lgan muborak kun - onamning kunida ko'nglimdan o'tgan kichik izhorlarni shuyerda qoldirishni xoxhladim. ❤️

#shareddiarynotes
Forwarded from Gulnoza Jumanazarova
"20 ta kitobni bir marta o'qigandan, 1 ta kitobni 20 marta o'qigan yaxshi. 10 ta darsni bir marta eshitgandan, 1 ta darsni 10 marta eshitgan yaxshi. Shunda kishi ilm egallaydi!"
– Husaynxon Yahyo Abdulmajid

"Men 10,000 xil zarbani o'rganadigan odamdan qo'rqmayman, men bir zarbani 10,000 marotaba o'rganadigan odamdan qo'rqaman"
– Bruce Lee

Bir marta tushunib-tushunilmay olingan ilm ilm bo'lmaydi. Bir martada mohiyatni anglash mushkul. Shu paytgacha o'rganganlarimdan qaysi birini kam takror qilgan bo'lsam, bari havoga uchgan. Aytib bera olmayman. Chunki mohiyatini anglamaganman.

Mohiyatni anglash muhim. Mohiyatga qachon yetiladi? Qayta-qayta, takror-takror o'qiganda/eslangandagina.

Haqiqiy ilm olish uchun → mohiyatga yetish → mohiyatga yetish uchun ko'p-ko'p takror qilish kerak.

Ilm – bu bir narsani haqiqatda qanday bo'lsa, shundayligicha ko'rish/bilish. Haqiqat esa bitta bo'ladi. Insonni haqiqatga olib boradigan yo'l bu ilmdir!

@gulnoza_notes