Miraziz Mirsultonov
1.76K subscribers
7.66K photos
1.48K videos
24 files
3.38K links
Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i
Download Telegram
#Shukuh

💥Musaffo osmon uzra mushaklar raqsi.

👏Bayramingiz muborak!


https://t.me/miraziz_mirsultonov
#shukuh

O‘qituvchi va murabbiylar kunini viloyatimiz ahli katta shodiyona va xursandchilik bilan nishonlamoqda

Joylardagi eng fayzli go‘shalar bayram shukuhiga burkangan, barchaning kayfiyatida chinakam bayramona ruh hukmron.

Bu qutlug‘ ayyom chinakamiga xalqimizning eng ardoqli bayramlaridan biriga  aylanib bormoqda.

Fursatdan foydalanib,  1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mehnati har qancha yuksak e’tiroflarga munosib bo‘lgan barcha  ustozlarni chin qalbdan tabriklayman!

Xonadoningizdan qut-baraka arimasin! Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Hurmat bilan,
Miraziz Mirsultonov, Yoshlar  ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i.


https://t.me/miraziz_mirsultonov
#Shukuh

TOSHKENT VILOYATIDA 21-OKTABR – OʻZBEK TILI BAYRAMI KUNI KENG NISHONLANDI

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, bugun Yuqori Chirchiq tumani markazidagi Alisher Navoiy hiyobonida “Til bor ekan, millat barhayot” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#shukuh

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Barcha joyda bo‘lgani kabi Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligini hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Nurafshon shahrida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan shahar markazidagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Harbiy orkestr musiqa sadolari ostida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, hududdagi harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot idoralari rahbarlari hamda yoshlarimiz vakillari ishtirokida haykal poyiga gul qo‘ydik.

https://t.me/miraziz_mirsultonov
#shukuh

Borliq, ona tabiat nafis bahorni qarshi oldi. Erta tongdan suvlar sepiladigan, maysalar bo‘y ko‘rsatadigan, daraxtlar qiyg‘os  gullaydigan fursatlarga ham oz qolmoqda.

Ko‘klamning ko‘rki,  uning xush nasimlari o‘zgacha.

Bu kun xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

https://t.me/miraziz_mirsultonov‌‌
#shukuh

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan biz bilan bir safda turib, yoshlar bilan ishlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan opa-singillarimiz uchun bayram tadbirini tashkil etdik.

Bu betakror bayramning aynan bahorning tashrifi bilan hamohang tarzda nishonlanishida ham o‘ziga xos mazmun-mohiyat, hikmat va falsafa mujassam. Shu maʼnoda, bahor va ayol so‘zlari bir-biriga egizak va uyg‘undir.

Fursatda  foydalanib, barchangizga mustahkam salomatlik, tinch va osuda hayot, oilaviy farovonlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

https://t.me/miraziz_mirsultonov‌‌
#shukuh

Joylarda Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tmoqda.

https://t.me/miraziz_mirsultonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Bugun erta tongdan Nurafshon shahrida tashkil etilgan Navro'z sayllarida yoshu keksalar bir davrada jam bo‘ldi.

Unda viloyat yoshlari ham faol ishtirok etdi.

https://t.me/miraziz_mirsultonov
#Bunyodkorlik #Shukuh

ERTAGA NURAFSHONDA “MATONAT MADHIYASI” MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI OʻTKAZILADI

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Shukuh

Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahri markaziy oʻyingohida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival boshlandi.

Oʻta koʻtarinki ruhda boshlangan tadbirga minglab oʻgʻil- qizlar jam boʻlgan.

Tadbir davomida yigʻilganlarni mashhur estrada yulduzlarining chiqishlari, salyut-shou va turli koʻngilochar oʻyinlar kutmoqda.

Tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Feysbuk

👉 Yu Tube

👉 Yu Tube

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter