"Kecha va kunduzning ketma-ketligi qaygʻuni unutadi".
@Mirahmedovas_blog
🔻 "Qadimgi hind mifologiyasi" kitobidan
@Mirahmedovas_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍓5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍓12
Ayol bilan erkak oʻzaro teng boʻlolmaydi. Sabablardan biri sifatida gormonlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, vazn yoʻqotaman degan erkak rutinasi xuddi shu maqsaddagi ayolga muvofiq kelmaydi. Chunki erkakda oʻzgarmas 24 soatlik sikl, ayolda esa 24 soatlik sikldan boʻlak yana yashirin 28 kunlik sikl ham bor. Ayoldagi gormonlar erkak gormonlaridek kunma-kun bir tartibda boʻlmaydi, aksincha ayoldagi gormonlar kunma-kun turlicha boʻladi.
Bu degani tomonlarga bir xil rutina toʻgʻri kelmaydi. Tenglik deganda har sohani nazarda tutdim.
Hozir oʻqiyotgan kitobim Alisa Vittidan "In the Flo".
@Mirahmedovas_blog
"..tanang har kuni bir xil emas.."
Bu degani tomonlarga bir xil rutina toʻgʻri kelmaydi. Tenglik deganda har sohani nazarda tutdim.
Hozir oʻqiyotgan kitobim Alisa Vittidan "In the Flo".
@Mirahmedovas_blog
1🍓12
Dard meni o'zgartib tashladi butkul,
Boshlab bo'larmikan barin boshidan?
Haqoratdan tilim charchamas nuqul,
Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan.
Nogoh eshitilib qolsa biror sas,
Lahzada buzilib ketar asabim.
Qiynalib yetganda o'pkamga nafas,
Sog'lom odamlarga kelar hasadim.
Sevgilim bor edi boshqalar kabi,
Yashadi yonimda qo'limdan tutib.
Dilozorlik meni toliqtirmadi,
Charchadi u barin ichiga yutib.
Na unga beroldim bironta orzu,
Na undan bema'ni orzum yashirdim.
U meni kaftidan tushirmadi-yu,
Men uning yuziga kaftim tushirdim.
Bir o'y kemiradi dilni erta-kech:
Nahotki topilmas dardimga davo?!
Xudodan mol-dunyo tilamadim hech,
So'raganim faqat bir hovuch havo.
Hali ham yetsa gar yuragim dodi,
Nimaga hayotdan mahrum etyapsan?
Erkam, nafasingda havo bor edi,
Sen uni kimlarga olib ketyapsan?..
(c) Jo‘rabek Ramazon
Boshlab bo'larmikan barin boshidan?
Haqoratdan tilim charchamas nuqul,
Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan.
Nogoh eshitilib qolsa biror sas,
Lahzada buzilib ketar asabim.
Qiynalib yetganda o'pkamga nafas,
Sog'lom odamlarga kelar hasadim.
Sevgilim bor edi boshqalar kabi,
Yashadi yonimda qo'limdan tutib.
Dilozorlik meni toliqtirmadi,
Charchadi u barin ichiga yutib.
Na unga beroldim bironta orzu,
Na undan bema'ni orzum yashirdim.
U meni kaftidan tushirmadi-yu,
Men uning yuziga kaftim tushirdim.
Bir o'y kemiradi dilni erta-kech:
Nahotki topilmas dardimga davo?!
Xudodan mol-dunyo tilamadim hech,
So'raganim faqat bir hovuch havo.
Hali ham yetsa gar yuragim dodi,
Nimaga hayotdan mahrum etyapsan?
Erkam, nafasingda havo bor edi,
Sen uni kimlarga olib ketyapsan?..
(c) Jo‘rabek Ramazon
🍓15
Martinning kirxonadagi hayoti. Buni his qiladiganlarni chuqur hurmat qilaman.
🍓27
Oxiri nima bilan tugashi Jesga qiziq emas. Hayotida ilk bor tonglarda orziqib uygʻonayotgandi. Bunga Lesli sabab va Jes u bilan shunchaki doʻst emasdi. Qizaloq uning hayajon bagʻishlovchi ikkinchi yarmi edi. Terabitiya hamda boshqa dunyolarga eltuvchi yoʻli edi.
@Mirahmedovas_blog
(c) "Terabitiya koʻprigi" Ketrin Paterson
@Mirahmedovas_blog
🍓17
#asarhaqida
#kichikxulosalar
🪽 "Terabitiya koʻprigi" Ketrin Paterson
Oxirgi payt har tomonlama sodir boʻlgan (jismonan va mental) sabablar bilan kitob oʻqishdan uzoqlashdim. Oʻzimcha biror kitobni ushlayman, bir-ikki varoqlab, qoʻyib qoʻyaman. Menga ortiqcha stress beradigan mavzudagi kitoblar kerak emasdi. Mendagi kortizol yetib ortayotgandi. Hozir oʻylasam, oʻzimcha "Jarayon" ni boshlamoqchi boʻldim ham. Ruhiyatimga fantastik janrdagi yoki oʻzimga tanish (yoqimli) boʻlgan hislarni qayta boshdan kechira olish hissini beradigan kitob kerak edi.
Har qanday inson xuddi Leslidek hayotga boshqa rakursdan qaray biladigan va buni oʻrgatadigan insonga muhtoj. Jes siz va mendan omadli. Chunki unda Lesli bor.
Oʻsmir yosh psixologiyasi, Amerika maktabi hayoti, bolalar oʻrtasidagi bullying va oilalardagi muhitni yaxshi tasvirlab bera olgan asarda. Asar hajman kichik, lekin men sanab oʻtgan mavzular goʻzal holatda jamlangan.
Oʻzlarining xayolot olamini jonlantirish bilan birga unda yashay olgan ikki qahramon har bir insonning oʻz bolaligini eslatadi.
Ikki oila – ikki olam. Hayoti birlamchi ehtiyojlarni qondirish bilan band boʻlgan oila farzandi va ijodkor oila farzandi oʻrtasidagi tafovut Jes va Lesli misolida tasvirlanadi. Ijodkor ota-ona farzandi ham ulardek, xayoloti uchqur, fikrlarini erkin yetkazib beroladi. Jes boʻlsa oiladagi "irkit" farzand. Rassomchilikka qiziqadi, yaxshi koʻradi, maktabda yugurishda birinchi boʻlishni istaydi, lekin real hayotiga bular zarracha qiziqmas. Hatto, otasiga ham. E'tiborimni tortgan jihati, otasi Mey Belni quchgandek, Jesni ham quchishini xohlashi boʻldi. Qachonki, Leslini yoʻqotmaguncha bu istak qondirilmadi.
Daraxt ustidagi uycha. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham muammolaridan bosh olib ketishga joy izlashadi. Xuddi shu kabi faqat oʻzlariga tegishli joy borligi odamni tinchlantiradi. Bolalarda esa kattalar, muhit va maktabdagi koʻngilsiz voqealardan qochib, oʻzlariga "uycha" yasashni xohlashadi. Hattoki bu "uycha" ni siz ham yasagansiz bolalik paytingizda. (Esladingizmi?) Jes va Leslida ham ularning yoshida sodir boʻladigan tragediyalardan qochishga urinish bor. Terabitiya esa shunday dunyo, koʻprik (arqon) esa unga eltuvchi yoʻl. Terabitiyada maxluqlar bilan oʻzaro janglari bu xuddi real hayotida kelishmovchilikka uchragan insonlari bilan ichki kurashi. Faqat ular oʻz dunyosida "jang" qilishyapti. Asarni shu singari allegorik yoʻsinda ham tahlil qilsa boʻladi.
Lesli Jesning hayotini tamomila oʻzgartirdi. Uning xayollariga qanot yasab berdi. Bu bilan oʻz bolaligini oʻz vaqtida yashay olishiga imkon yaratib berdi, desak toʻgʻriroq boʻladi
(c) Mirahmedova

Hayotingizda Leslidek inson boʻlishini tilayman!
(c) Mirahmedova
@Mirahmedovas_blog
🍓10
🫧 Xabaringiz bordir, Toshkent kitob markazida qator nashriyotlar oʻzining filiallarini, shuningdek, ayrim yangi nashriyotlar oʻzining ilk doʻkonlarini ochishdi. Shunday nashriyotlardan biri Huzur kitoblari oʻzining ilk ochilish kuniga bizni taklif etdi. Imkoni va vaqti borlar albatta boring!
@Mirahmedovas_blog
Manzil va vaqt taklifnomada koʻrsatilgan.
@Mirahmedovas_blog
🍓9
🫧 Biz biror inson, yo kino, yo kitobga nisbatan "avvalroq uchratmabman" deyishimiz nooʻrin. Sababi har bir narsa oʻz vaqtida sodir boʻlyapti. "Interstellar" ham oʻz vaqtida koʻrilgan kino boʻldi. Ba'zida kino ham, kitob ham mavjud voqelikdan uzoqlashish uchun yaxshi bir vosita, lekin "Interstellar" emas.
@Mirahmedovas_blog
@Mirahmedovas_blog
🍓13
Avval oʻzim koʻray, keyin tavsiya qilay dedim. Kitobhouse yangi formatda you tube ga qaytdi. Siz ushbu 1 soatlik videoda sifatli nashr bilan tanilgan "Akademnashr" ning ichki "oshxona"si bilan yaqindan tanishasiz.
https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q?si=VtRD52Ssx5j5fNar
https://youtu.be/D6rnbXUGg8Q?si=VtRD52Ssx5j5fNar
🍓10
Muhabbat – yengib boʻlmas xohish natijasida vujudga kelgan oilada muhabbat harorati va ziyosi ikki vujudni bir-biriga bogʻlaydigan son-sanoqsiz tuygʻularni barq urdiradi, chechaklar orttiradi. Majburiyat natijasida vujudga kelgan oila esa, modomiki oila boʻlib qolishi zarur ekan, sovuq, majburiyat soxta tuygʻular tugʻdiradi.
@Mirahmedovas_blog
"Sarob" Abdulla Qahhor
@Mirahmedovas_blog
🍓6