QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.4K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🏘 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Toir Alimatov va  Xitoyning “Fang Tong Jou Xoldings” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda  joriy yilning iyul-avgust oylarida oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari, jumladan,  Oʻzbekistonda temir xomashyosini qayta ishlash, metall konstruksiyalar, elektr muhandislik jihozlarining metall qismlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni hamda temir-kon xomashyosini qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar istiqboliga eʼtibor qaratildi.

*️⃣Kelishuvlarga koʻra kompaniya tomonidan  mamlakatimizga   uchta bosqichda investitsiya mablagʻlarini (jami 450-500 million AQSH dollari) jalb qilish  rejalashtirilgan.

Jumladan, elektrotexnika mahsulotlari uchun metall qismlar va metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish hamda temir kon xomashyosini qayta ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda mazkur loyihaning  Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan bogʻliq yoʻnalishlari  xususida soʻz bordi.

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🏘 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi  KSP, ya’ni  bilim almashish dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Vazirlikning ayni sohaga mas’ul mutasaddilari, Koreya savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish (KOTRA) agentligi, Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) va boshqa qator tashkilotlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda markazlashgan issiqlik ta‛minoti sohasini takomillashtirish loyihasi doirasidagi ishlarning yakuniy muhokamasi o'tkazildi.
Jumladan:

- Issiqlik ta‛minot tizimini takomillashtirish;
- Issiqlik yo‛qotishni minimallashtirish uchun issiqlik tarmoqlarini boshqarish;
- Markazlashgan issiqlik ta‛minot tarif tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- Markazlashgan issiqlik ta‛minot sohasi uchun issiqxona gazlarini kamaytirish loyiha modelini ishlab chiqish yo'nalishlari shular jimlasidandir.

Tadbirda shuningdek, issiqlik energiyasini ishlab chiqishning iqtisodiy masalalari va atrof-muhitni asrashdagi ahamiyati haqida ham so‘z bordi.  Koreya markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti korporatsiyasi o‘zining amaliyoti doirasida ishlab chiqilgan konsepsiya haqida batafsil ma’lumot berib o'tdi. 

Tadbir yakunida tomonlar loyiha asosidagi kelgusi reja va vazifalarni belgilab oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON 📍Vazirlik mutaxassislari Turkiyada stajirovka oʻtamoqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tegishli vazirlik hamda idoralarning…
#Xalqaro_hamkorlik

☯️ Oʻzbekiston va Turkiya vakillari inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda raqamli dasturlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda

📌 Avval xabar berganimizdek, davlat xizmatchilaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Turkiya Respublikasida stajirovka oʻtamoqda. Ishtirokchilar orasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Kamoliddin Xolmatov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Gulbahor Mirzayevalar ham bor.

Xususan, Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning masʼul vakillari ishtirok etayotgan ushbu stajirovka inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlar faoliyati bilan yaqindan tanishishga yoʻnaltirgan.

📌 O‘quv seminarlari doirasida ishtirokchilar Turkiya Respublikasi Qishloq va oʻrmon hoʻjaligi, Savdo, Gʻazna va moliya, Shaharsozlik va iqlim oʻzgarishi vazirliklarida boʻlishdi.

Uchrashuvlarda inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish masalalarida oʻzaro tajriba almashildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamda mamlakatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashriflar amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, Global Ekologik Jamg‘armasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish" loyihasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirlik va idoralar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, hamkor tijorat banklari vakillari va Energetika vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda qurilayotgan uy-joylarning 70 foizdan ortig‘i qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra uy-joy sektoridagi tabiiy resurslarga bo‘lgan talab, ayniqsa, mamlakat aholisining deyarli yarmi yashaydigan qishloq hududlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. UNDP/GEF loyihasi O‘zbekiston hududlarida jadal rivojlanayotgan uy-joy qurilishi sektorini energiya samarador texnologiyalar va qurilish materiallarini moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutiga bino-inshootlarda energiya samaradorlikni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2023-yilning mart oyidan boshlab BMTTD bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

“Turar joy binolarini energiya tekshiruvini o‘tkazish metodologiyasi” asosida Bino-inshootlarni energiya auditdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi;
Turar joy binolarida energiya sarfini kamaytirish talablarini kuchaytirish uchun qurilish qoidalari qayta ko‘rib chiqildi;
Hududlarda quruvchilar, loyiha tashkilotlari hamda bir qator manfaatdor tashkilot xodimlariga energiya samaradorligi bo‘yicha seminar va treninglar tashkillashtirildi;
O‘zbekistonda deyarli nolga teng energiya iste’moli bo‘lgan birinchi ko‘rgazmali turar-joy binosi qurilishi Nurafshon shahrida yakunlanib, Institut balansiga o‘tkazib berildi.


Shuningdek, hozirda “Energiya tejamkor uy-joy qurilishi bo‘yicha raqamli resurs markazi”ni tashkil qilish hamda institut rasmiy saytiga energomarket.uz platformasini integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirda qurilish va kommunal sohadagi ustuvor hisoblangan qurilish resurslari klassifikatorini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish va axborot modellashtirish texnologiyalarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida institutning bir qator vakillari  mazkur loyihaning tashkil etishdagi faolligi uchun taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Qurilish sohasida xitoylik hamkorlar bilan standart va normalarni takomillashtirish bo'yicha hamkorlik qilinmoqda.

📆 Joriy yilning 7-14-may kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Xitoy davlatida bo'lib sohadagi ustuvor masalalarda kelishuvlarga erishgan edilar.

Kuni kecha vazirlikda mazkur kelishuv va memorandum doirasida zilzilabardosh bino va inshootlar hamda Xitoy qurilish materiallari standartlariga bogʻliq masalalar yuzasidan seminar o’tkazildi.

✔️Unda oʻzaro hamkorlik aloqalarini takomillashtirish, doimiy muloqot va tajriba almashish, mutaxassislarni stajirovkaga yuborish, ishlarni tizimli monitoring qilish uchun onlayn platforma tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, bugun 11-sentabr kuni mazkur seminarning ikkinchi qismi bo’lib o’tadi va unda tezyurar transport vositalari uchun koʻpriklar hamda tunnellar qurilishi normalariga oid masalalar ko'rib chiqiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

📌 SHNQlar xalqaro talablar asosida modernizatsiya qilinmoqda

Bugun vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ning moliya sektori katta mutaxassisi Sakshi Varma boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi.

Unda respublikadagi tegishli manfaatdor vazirliklar bilan qilinayotgan “yashil binolar”ning loyihalari va mamlakatda shu kabi binolar uchun me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasi muhokama qilindi.

Uchrashuv so'nggida tomonlar “2.07.05-19 Yashil qurilish. Turar joy va jamoat binolari” SHNQlariga xalqaro talablar asosida o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, ushbu yo'nalishda ipotekaga yondashuvni rivojlantirish, EDGE, LEED, BREEAM sertifikatsiyalash tizimlari bo’yicha seminarlar tashkil etishga kelishib olishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🏘 Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b Sh.Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida

Shu kunlarda Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi.

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarida manfaatli aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Bunda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarida erishilgan natijalar huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Xususan, qurilish va kommunal sohalarda ham samarali aloqalar taraqqiy etib boryapti. Bu jihatlar Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vaziri boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida boʻlib oʻtgan keng qamrovli uchrashuvlarda ham yaqqol namoyon boʻldi.

Kuni kecha delegatsiya aʼzolari Moskva shahridagi aholi turar joy binolarini koʻzdan kechirdilar. Tanishuvlar jarayonida Rossiya qurilish industriyasida keng qoʻllanilayotgan energotejamkor texnologiyalar, qurilish bozoriga raqamli tizimlarni joriy etishni takomillashtirish, IT konsalting xizmatlari kabi ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi.

🔺 Sherzod Hidoyatov boshchiligidagi masʼullar “DOM.RF” jamiyati bosh direktori V.Mutko bilan uchrashib, qurilish va uni moliyalashtirish sohasida Rossiyaning ilgʻor tajribasi yuzasidan muhokama oʻtkazdilar. Unda hududlarni kompleks rivojlantirish standarti, shahar atrof-muhit sifatini oshirishning muhim yoʻnalishlari, lift mahsulotlarini eksport qilish hamda dispetcherlik xizmati, sohani IT texnologiyalar asosida rivojlantirish xususida fikr almashildi.

Muloqot soʻngпida tomonlar bir qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

🔗 Ikki tomon oʻrtasidagi manfaatli uchrashuvlar bugun ham davom etdi. Rossiya qurilish bozorida yetakchi oʻringa ega “Domklik” kompaniyasi bilan oʻtkazilgan muzokaralarda qurilish bosqichlari, “noldan-tayyorgacha” tizimi asosida yoʻlga qoʻyilgan amaliy tajribaga oid taqdimotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Xususan, qurilish va koʻchmas mulkni rasmiylashtirish, kreditlash va oldi-sotdi shartnomalariga doir toʻplangan tajriba xususida oʻzaro fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, delegatsiya tarkibida Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari bilan bir qatorda boshqa manfaatdor vazirlik va tashkilotlar vakillari ham bor. Tashrif davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🏘 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida Jahon banki vakolatxonasi hamda vazirlik mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbirdan maqsad sohada geofazoviy ma'lumotlarni tayyorlash va ularni milliy fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi platformasiga integratsiya qilishdan iborat.

Uchrashuvda mehmonlardan shaharsozlik sohasi bo'yicha mutaxassis Mohammed Nada, Jahon banki maslahatchilari Gerxard van ‘t Land hamda Habibullo Negmatullayevlar ishtirok etishdi. Vazirlikning Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Aziz Usmonov, Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi rahbari Sherzod Odilov boshchiligidagi mutasaddilar ular bilan fikr almashdilar.

🔵 Jarayonda manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish borasida mulohazalar bildirildi. Xususan, Jahon banki eksperti “Milliy fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi” yagona platformasini yaratishni nazarda tutuvchi loyiha haqida qisqacha ma’lumot berdi, buning uchun ma’lumotlar barcha manfaatdor vazirlik va idoralardan yig'ilishini hamda bir joyda integratsiya qilinishini ta'kidladi. Bundan tashqari ushbu platforma shaffof va barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lishi rejalashtirilayotgani aytildi.

Uchrashuv so'nggida Jahon banki, Kadastr agentligi va vazirlik mutaxassislari kelgusida ham ishlarni hamkorlikda davom ettirish bo'yicha kelishib olishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM