QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.5K subscribers
16.4K photos
3K videos
252 files
7.23K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#Siz_buni_bilasizmi

1. Qurilish resurslari klassifikatori nima uchun kerak?

❗️Qurilish resusrlari klassifikatori: qurilish va loyihalash jarayonlari ishtirokchilari o'rtasidagi shaharsozlik hujjatlari almashinuvi, jumladan loyiha-smeta hujjatlarini yuritishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tushunmovchiliklar va xatoliklarning oldini olishda, shuningdek, statistik hisobotlar va soliq idoralari hisobotlarida farqli holatlar bo'lmasligi va hujjatlar almashinuvini unifikatsiya qilishda qurilish resurslari klassifikatoridan foydalaniladi.

2. Qurilish resurslari klassifikatori qanday tuzilgan?

❗️Qurilish resurslari klassifikatori 113 mingdan ortiq nomdagi resurslardan iborat. Bular 35 ta kitobda qism, bo'lim va guruhlar kesimida tasniflangan.

📎 Klassifokatordagi har bir resurs o'zining unikal kodi, ya'ni, artikulga ega. Davlat idoralari, xususan soliq hamda statistika hisobotlari bilan o'zaro integratsiya qilish va tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida klassifikator IFUT (OKED) hamda TIF TN (TN VED) bilan uyg'unlashtirilgan.

📎 Klassifikatordan foydalanish buyurtmachi, loyihachi, quruvchi, ekspertiza va nazorat organlari, shuningdek qurilish obyektini qabul qiluvchilar munosabatlarini soddalashtiradi. Masalan, loyihachi smeta hujjatlarida resurslarning nomi bo'yicha orfogragik yoki boshqa xatolikka yo'l qo'ysa yoki qisqartmalardan foydalansa, muayyan resursning artikuli orqali uning aniq nomini tekshirib olishi mumkin.

📎Klassifikatordagi resurslar, yuqorida aytib o'tilgan IFUT hamda TIF TN bilan uyg'unlashtirilgandan tashqari, ularning har biri qaysi standart (GOST, O'zDST, ISO, EN va boshqalar) talablariga javob berishi lozimligi ham ko'rsatib o'tiladi, bu esa resursning sifati talab darajasida ekanligi va tegishli standart talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligini bildiradi.

📌 3. Reja

❗️Hozirda maxsus platforma yaratilgan - standart.mc.uz Unga qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilar va sotuvchiar o'z takliflarini kiritishlari mumkin. Resursdan foydalanuvchilar yangi platforma orqali takliflarni o'rganish va harid qilish imkoniga ham ega bo'ladilar. Shuningdek, Davlat soliq inspeksiyasi hamda Statistika qo'mitasi hisobotlari bilan platformaning uyg'unlashtirilishi orqali resurslarda joriy narhlar obyektiv shakllantiriladi va doimo aktualligini saqlab qoladi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
⚡️Hududlardan xabarlar

🟢BЕKATLAR TARTIBGA KЕLTIRILMOQDA

❗️Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi jamoat transporti bekatlarida yo‘lovchilarga sharoit yetarli emasligi to‘g‘risida fikrlar bildirilgan edi. Viloyat Qurilish bosh boshqarmasidan xabar berilishicha, shahar qurilish bo‘limi bu masalani atroflicha o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzdi. Uning a’zolari barcha bekatlarni hatlovdan o‘tkazib, tasdiqlangan loyihaga muvofiq kelish-kelmasligini nazoratdan o‘tkazmoqdalar.

Qayd etilgan natijadan kelib chiqib, bekatlarni qurgan tadbirkorlarga holatni o‘nglash yuzasidan ogohlantirish va yo‘l-yo‘riq berilmoqda. Hozirgacha Amir Temur va Navoiy ko‘chalaridagi N.Nabijonova hamda D.Yunusovaga qarashli bekatlar yo‘lovchilar uchun qulay holatga keltirildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Ular viloyat Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislarining nazorati ostida.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
🔴BUXORODA: SHAHARSOZLIK NORMA VA TALABLARI BAJARILMOQDAMI?

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining ishchi guruhi hamda Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan birga viloyatda qurilayotgan obyektlar o‘rganilganda, ularning 307 tasida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
▶️1. G‘ijduvon tuman Sardor MFY Sharq ko‘chasida fuqaro A.Hotamov tomonidan G‘ijduvon tuman Tug‘ruq kompleksi hududida shaharsozlik qonunosti hujjatlarini rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borgan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda 2022-yil 31-martda viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining “Qurilishni to‘xtatish to‘g‘risi”dagi yozma ko‘rsatmasi berilgan.
▶️2. Kogon shahar hokimining 2020-yil 9-dekabrdagi 557-sonli qarori bilan A.Navoiy MFY Do‘stlik ko‘chasi yoqasidan fuqaro M. Sharipovaga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurish uchun 240 m2 yer maydoni ajratilgan.
Ushbu binoning loyiha-smeta hujjatlari “FFV Arxgenproyekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilib, ekspertiza xulosasi olingan. 2021-yil 28-aprelda hududiy inspeksiya tomonidan 436-son bilan ro‘yxatga olingan.
Keyinchalik 2021-yil 19-iyulda 77-sonli oldi-sotdi bayonnomaga asosan fuqaro R. Eshmuratovga sotilgan. Fuqaro R.Eshmuratov tomonidan 240 m2 yer maydonida qurilish ishlari olib borishga ruxsat berilganligiga qaramasdan shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan ajratilgan yer maydoniga tutash bo‘lgan 673 m2 yer maydonida qurilish-montaj ishlari olib borilganligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda 2022-yil 15-fevralda hududiy nazorat inspeksiyasining “Qurilishni to‘xtatish to‘g‘risi”dagi yozma ko‘rsatmasi berilgan.
Bundan tashqari 2022-yil 18-fevralda o‘zboshimchalik bilan qurilgan ushbu obyektlarni o‘z hisobidan bartaraf qilish to‘g‘risida ogohlantirish xati berilgan va hududiy nazorat inspeksiya tomonidan 2021-yil 9-avgustdagi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Qo‘shma ko‘rsatmasi”ga asosan Kogon shahar prokuraturasiga 2022-yil 18-fevralda 338/06-sonli xat bilan murojaat qilingan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi tegishli qismi bilan belgilangan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilmoqda.
▶️3. Buxoro shahar Gazli shoh ko‘chasi yoqasida fuqaro H.Fayzullayeva o‘ziga tegishli hududda shaharsozlik qonunosti hujjatlarini rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borgan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda 2022-yil 6-mayda viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining “Qurilishni to‘xtatish to‘g‘risi”dagi yozma ko‘rsatmasi berilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#BUNYODKORLIK_SARI

⚡️Inson qadri yo‘lidagi islohotlar raqamlarda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#MUNOSABAT

❗️2022-yil 5-may kuni Termiz shahri Alpomish mahallasi Navbahor ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasi binosida sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat joyida ko‘rib chiqilganda quyidagilar aniqlandi:

- kurash zalining umumiy maydoni -2800 m2 bo‘lib, hozirgi kunda kurash zali tomining bir qismi buzilib, yerga qulab tushgan (tahminan -1700 m2);
- kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, “Kislovodsk” tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydadanilgan;
- buzilgan tom qismi yaroqsiz holatda;
- kurash zali binosi 1999-yilda qurilgan.

▶️Kurash majmuasi xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#MUNOSABAT

❗️Farg‘ona shahar Tarona ko‘chasidagi 4 qavatli 2017-yilda qurilgan turar-joy binosi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi inspektori Sh.Rahmatullayev qurilish tashkiloti “Vodiy imkon qurilish” MCHJ rahbari I.Mamadolimov bilan birgalikda o‘rganish olib bordi va quyidagilar aniqlandi. Ushbu obyekt quti (karobka) holida foydalanishga topshirilgan.

➡️Binodan foydalanish paytida tashqi obodonlashtirish ishlari, ichimlik suvi, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi to‘liq loyiha bo‘yicha bajarilgan. Hozirgi kunga kelib binoning harorat chokida va yuqori qismida tashqi omillar ta'sirida ayrim joylar ko‘chib tushgan.
Binoning fasad qismini havo sovutgich va oshxona uchun havo tortish moslamalarini o‘rnatish chog‘ida tashqi suvoq hamda bo‘yoqlarida ko‘chishlar paydo bo‘lgan. Bular “Vodiy imkon qurilish” MCHJ tomonidan 2020-yilda qayta ta’mirlab berilgan. 2021-yilda kanalizatsiya tizimida nosozlik kelib chiqib, uni ham tashkilot o‘z hisobidan ta'mirlab bergan. Mashina derazasi singan fotosuratga keladigan bo‘lsak, bu holat 2021-yil 22-yanvar kuni bo‘lgan kuchli shamol natijasida qattiq jism kelib urilishi natijasida hosil bo‘lgan. Murojaatdagi muammo bo‘yicha “Vodiy imkon qurilish” MCHJ rahbari I.Mamadolimovdan tushuntirish xati ham olingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида янги транспорт иншооти билан танишди;
- Президент
Ички ишлар вазирлигининг Ситуацион-таҳлилий марказидаги шароитларни кўздан кечирди, иш тизими билан танишди;
- Давлат раҳбари раислигида тез ва шошилинч тиббий ёрдам хизмати фаолиятини такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди;
- Фронтда мардлик ва жасорат кўрсатган, бугун орамизда соғ-омон юрган фахрийларимизга оид лавҳа.

Кўрсатувни бугун, 7 май куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 8 май куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хотира - абадий, қадр - муқаддас

Память - вечна, почитание - священно

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳри Олмазор туманининг Ачаобод маҳалласида истиқомат қилаётган Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси Аппанов Аббос ота хонадонида бўлиб, уни байрам билан табриклади, Ватанимиз тинчлиги йўлидаги хизмати ва фидокорона меҳнатлари учун миннатдорчилик билдирди.

Президент Шавкат Мирзиёев навестил участника Второй мировой войны Аппанова Аббоса ота, проживающего в махалле Ачаобод Алмазарского района столицы, поздравил его с праздником, выразил благодарность за службу и самоотверженный труд во имя мира на нашей Родине.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Тошкент шаҳри Яшнобод туманидаги Махмур маҳалласида истиқомат қилаётган Иккинчи жаҳон уруши фахрийси Фёдор Фединни самимий қутлаб, у билан дилдан суҳбатлашди.

Глава государства тепло поздравил ветерана Второй мировой войны Фёдора Федина, проживающего в махалле Махмур Яшнабадского района Ташкента, искренне побеседовал с ним.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари – Аббос Аппанов, Фёдор Федин ва Акмал Акромов хонадонига бориб, уларнинг ҳолидан хабар олди.
Президентимиз фахрийларнинг саломатлиги, яшаш шароитларини сўради. Бугунги тинчликка қўшган ҳиссаси, кўп йиллик самарали фаолияти учун уларга миннатдорлик билдирди.
– Сизларнинг ҳаётингиз, ҳар бир гапингиз бизга мактаб, – деди Шавкат Мирзиёев.

Президент Шавкат Мирзиёев навестил участников Второй мировой войны – Аббоса Аппанова, Фёдора Федина и Акмаля Акромова.
Глава государства спросил о здоровье ветеранов, условиях жизни. Выразил благодарность за вклад в нынешние мирные дни и многолетний плодотворный труд.
- Ваша жизнь, каждое ваше слово – школа для нас, - сказал Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #9may #Хotiravaqadrlash #faxriylar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter