QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
17.6K photos
3.14K videos
260 files
7.61K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Qurilish_sifati_doimiy_nazoratda

▶️Navoiy shahar hokimining 2015-yil 13-iyuldagi qarori bilan “Jozibali qurilish montaj” MCHJga maʼmuriy bino, yotoqxona va ishlab chiqarish bazasi qurilishi uchun 2,0 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan 2,0 gektar yer maydonida joylashgan qurilish osti maydonining 168,61 kv.m. qismi qabul qilingan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shuningdek, “Navoiy binokor loyiha” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasasi asosida 9 qavatli turar-joy binolari loyiha-smeta hujjatlari oʻzaro kelishilgan.
❗️Umuman olganda qurilish sohasida normativ hujjatlar qonuniy asosda takomiliga yetkazilgan. Biroq amalda qurilish tashkiloti oʻz majburiyatlarini notoʻgʻri qoʻllagan. Yaʼni Navoiy viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi obyektning holatini oʻrganganda, bir qancha nomuvofiqliklar koʻzga tashlandi. Yaʼni 1-blok (1-uy) da (Alisher Navoiy koʻchasi tomondan) qurilish ishlari yertoʻla (sokol qavati) qismiga kirish uchun 54,00 kv.m yer maydoni oʻziga tegishli boʻlmagan hududlardan yaʼni qizil chiziqdan tashqarida qurilayotgani aniqlandi. Shundan kelib chiqqan holda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish va loyihadan chetlashgan holda qurilgan obyektni 10 kun muddatda buzib, yer maydonini asl holatiga qaytarish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berildi.

Hurmatli qurilish tashkilotlari vakillari, sizdan qurilish norma va qoidalariga belgilangan tartibda qatʼiy amal qilishingizni soʻrab qolamiz. Zero, bizning maqsadimiz qurilishda sifat va meʼyorlar nazoratini taʼminlashdir!

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
13.pdf
5.8 MB
«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 22 февраль кунги 13-сони pdf файли мутолаа учун ҳавола қилинади. 👉 Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали орқали танишиб боришингиз мумкин.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_bering_javob_beramiz

❗️Tender savdolarida e'lon berish tartibini bilasizmi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hududlardan xabarlar

🏗Samarqandda yangi qurilish obyektlari muhokama qilindi

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#MUNOSABAT

⚡️2022-yilning 20-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

❗️Toshkent shahar Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining qurilish ishlari ( ijtimoiy tarmoqda surati namuna sifatida ko’rsatilgan) buyurtmachi tashkilot “SULTON HOUSE GROUP” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlaymizki, mazkur qurilish tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan. Shu bois inspeksiya tomonidan ushbu tashkilotga 2021-yilda 359-sonli yozma ko’rsatma berilgan va mazkur talablarni o’z vaqtida bajarilmaganligi sababli ushbu obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotgan buyurtmachi tashkilot “SULTON HOUSE GROUP” MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan MJTKning 99-moddasi 7-qismi bilan choralar ko’rilgan.

O'z ishida mas'uliyatsizlikka yo'l qo'yishda davom etib kelayotgan tashkilot rahbarlariga quruvchilar xavfsizligini ta'minlash borasida tushuntirish ishlari olib borilib, avvalo, obyektning noqonuniy qurilish bo'lgani sababli qurilish-montaj ishlari to’xtatilgan.

#TOSHKENT

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#MUNOSABAT

⚡️S.Rahmonovga tegishli boʻlgan Ibrat koʻchasidagi savdo doʻkoni Qoʻqon shahar hokimining 2020-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan buzilishga tushgan boʻlib, ushbu bino oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qaroriga asosan yetkazilgan zararni qoplash uchun A.T.Xoʻqandiy mavzesi hududidan uch qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, 2-3-qavatlarida turar joy) bino qurish uchun shahar hokimining qarori bilan yer maydoni ajratib berilgan va ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilgan holda qurilish ishlari boshlangan.

▶️“Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJning 2020-yil 11-oktabrdagi texnik xulosasiga koʻra qurilish ishlari 26,8%ga bajarilgan hamda qurilishi tugallanmagan ushbu obyekt 2021-yil 6-yanvarda B.Haydarovga sotilgan. Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJ tomonidan 2021-yil 22-iyunda 4-5-6 qavatlarini koʻtarish boʻyicha texnik xulosasiga asosan Qoʻqon shahar qurilish boʻlimi tomonidan 2021-yil 27-mayda A.T.Xoʻqandiy mavzesi 128-g uyda joylashgan bino inshootlarni B.Haydarov tomonidan SHNQ va QMQ talablari va tasdiqlanilgan loyiha asosida 6-qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, 2-3-4-5-qavatlariga turar joy, 6-qavatida pentxaus) binosi rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun 91-sonli ruxsatnoma berilgan. Shuningdek, viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 21-iyunda 1730-1730405-22375-sonli ART (Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi) tayyorlab berilgan. Loyiha ishlari va hujjatlari ishlab chiqilib, “Qoʻqon yoʻl loyiha” MCHJ tomonidan 2021-yil 26-iyunda 446/26-sonli ijobiy ekspertiza xulosasi olingan.

“Fargʻona XETK” AJ muhandisi tomonidan ushbu obyektda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash” toʻgʻrisidagi qarori talablariga rioya qilinishi oʻrganib chiqilgan hamda koʻp qavatli uylarni qurishda mazkur qarorning 3-bob 14-bandi talablariga toʻliq rioya qilinganligi ma'lum bo'ldi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлар ривожи ва аҳоли ҳаёти билан танишиш мақсадида Қорақалпоғистон Республикасига жўнаб кетди.
Бу гал янгиликлар, ўзига хос жиҳатлар кўп. Хусусан, биринчи рақамли борт илк бор Тошкентдан Мўйноққа келади. Ташриф ҳам, аввалгилардан фарқли равишда, уч кун бўлади.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с развитием регионов и жизнью населения отбыл в Республику Каракалпакстан.
Борт номер один впервые совершит полет из Ташкента в Муйнак. В отличие от предыдущих, нынешняя поездка продлится три дня.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🏗Yangi MFY foydalanishga topshirildi

#ANDIJON

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#MUNOSABAT

❗️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani Dehqonobod ko’chasi 1-1a-uy manzilidagi qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

▶️Havola qilingan fotolardan ko'rish mumkinki, qurilish obyektida ishlab chiqarish, qurilish xavfsizligi texnikasi, qurilishda geodeziya ishlari, zilzilaviy hududlarda qurilish ishlarini olib borish bo’yicha kamchiliklar mavjud.

Ushbu masala yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi va loyihachi tashkilot mutasaddilariga 2021-yil 17-dekabrda 51201, 51202, 51203, 51204-sonli yozma ko’rsatmalar berilgan. Biroq ushbu ko’rsatmalarning talablari to’liq bajarilmagan. Bu bo’yicha hozirda O’zbekiston Respublikasi MJTK 99-moddasining tegishli bandiga asosan ma'muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilayotganini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Президент Шавкат Мирзиёев Мўйноқ шаҳрига келди ва янгиланган аэропортда амалга оширилган бунёдкорлик ишлари билан танишди.
Шу ерда мўйноқлик ёшуллилар, маҳалла раислари, ҳоким ёрдамчилари ва ёшлар билан учрашув бўлиб ўтди.
Давлатимиз раҳбари Мўйноқдаги долзарб масалалар, келгуси ишлар бўйича аҳоли фикрини сўради. Жамоатчилик вакиллари билдирган таклифларни қўллаб-қувватлаб, мутасаддиларга топшириқлар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Муйнак и ознакомился с созидательной работой, проделанной в обновленном аэропорту.
Здесь состоялась встреча с представителями старшего поколения, председателями махаллей, помощниками хокимов и молодежью Муйнака.
Глава государства поинтересовался мнением местных жителей об актуальных проблемах и предстоящей работе в Муйнаке. Поддержал озвученные представителями общественности предложения и дал ответственным лицам соответствующие поручения.

#Mirziyoyev #safar #Muynoq #uchrashuv

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter