QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
20.6K subscribers
30.3K photos
5.49K videos
342 files
12.3K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://gov.uz/oz/mc
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Yangi Toshkent hududi
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🏗 Bunyodkorlik

✔️ Navoiy viloyati hokimligi hamda qurilish sohasi mutasaddilari bilan birgalikda shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlari o‘rganilmoqda.

Xususan, G‘ozg‘on shahri hududida bunyod etilayotgan obyektlar, jumladan, shahar hokimligi, prokuratura, markaziy shifoxona binolari ko‘zdan kechirildi. “Shayxon” MFY hududidagi qadimiy tog‘ning yonbag‘ri bo‘ylab “Shohimardon” qadamjosiga olib boradigan yo‘l qurilishi hamda uning atrofini obod qilish, bunyodkorlik ishlari hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlari bo‘yicha taklif – loyihalar bilan tanishildi. Jarayonda quruvchilarga lozim bo‘lgan tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON 🏘 Ma'lum qilinganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva respublikaning barcha hududlarida ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatish, issiqlik ta'minoti tizimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganmoqda.…
#JARAYON

🏠 Ko’p qavatli uylarning tutash hududlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda

Ozoda Jo’rayeva Andijon shahrida joylashgan “Dukchi eshon”
mahallasida ham bo’ldi. Ushbu mahallada joylashgan 28 ta ko’p qavatli uyga "Obod dukchi eshon uylari" BSK tomonidan xizmat ko'rsatib kelinadi. Aksariyat uylar 1959-yil qurilgan bo'lib, 3 qavatdan iborat. Kompaniya ushbu uylarning texnik holatini saqlash, ta'mirlash, obodonlashtirish va bo'sh yer o'rinlaridan oqilona foydalanish bo'yicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Xususan, aholi bilan hamjihatlikda ko'p qavatli uyning tutash yer maydonlariga qishloq xo'jaligi mahsulotlari ekish ishlari amalga oshirilgan.

- Andijon xalqi o'zining mehnatkashligi, mirishkorligi bilan mashhur. Yer resurslaridan aql bilan foydalanish, daromad topish, shu bilan bir qatorda hududning obod ko'rinishini ta'minlash yo'lidagi mazkur ishlaringizni qo'llab-quvvatlaymiz,- dedi O.Jo'rayeva.


❄️ Ma'lumot uchun, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida kompaniya tomonidan 5 ta ko‘p qavatli uyning tom va fasad qismlari ta’mirlangan. Ko‘p qavatli uylarning bo‘sh turgan hududlaridan samarali foydalanish maqsadida 1 000 tupdan ziyod uzum, 500 tupdan ortiq gilos ko‘chatlari hamda boshqa sabzavot ekinlari ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🏠 Endi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qonuniy yoki noqonuniy ekanligini bilib olish imkoniyati yaratildi.

Bunda obyektlarda o‘rnatilayotgan QR kodni skaner qilish kifoya.

2025-yil 1-yanvardan test rejimda ishga tushirilgan mazkur QR kodli elektron pastport obyektlarda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1🥰1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON 🏠 Ko’p qavatli uylarning tutash hududlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda Ozoda Jo’rayeva Andijon shahrida joylashgan “Dukchi eshon” mahallasida ham bo’ldi. Ushbu mahallada joylashgan 28 ta ko’p qavatli uyga "Obod dukchi eshon…
#JARAYON

🏘 Vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Andijon shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari faoliyatini o'rganishda davom etmoqda. Navbatdagi manzil "Shinam mahalla'' boshqaruv servis kompaniyasi bo'ldi. Boshqaruv servis kompaniyasi Andijon shahridagi 4 ta, xususan,"Sog‘lom avlod", "Nodirabegim", "Yangi Bo‘ston", "Yoyilma" mahallalaridagi jami 134 ko‘p qavatli uydagi 5 548 ta xonadonga xizmat ko‘rsatadi.

Ozoda Jo'rayeva kompaniyaning boshqaruv binosi, 24/7 ish rejimida tashkil etilgan dispetcherlik xizmati, moddiy texnika bazasi, ishchi-xodimlar shayligini ko'zdan kechirdi. Shuningdek, ko'p qavatli uylarning texnik holati, ularda amalga oshirilgan ishlar o'rganib chiqildi.

💬 Aholi oldida muntazam hisobdorlikni ta'minlash, murojaatlarni qayd etishdagi e'tibor berish lozim bo'lgan muhim jihatlar, mulkdorlar bilan tog'ri kommunikatsiya o'rnatishga oid masalalarda qator tavsiyalar berildi. Shu bilan birga har bir boshqaruv organi o'zining moddiy imkoniyatlarini kengaytirishi, bunda tadbirkorlikni rivojlantirish lozimligi alohida qayd etildi.

- Zamon kun sayin o'zgarib, rivojlanib bormoqda. Agar siz ham mana shu tezlikda harakat qilmasangiz, raqobat muhitida yutqazib qo'yishingiz mumkin. Shu bois tinimsiz harakat, zamonaviylikka intilish, rivojlanish asosiy maqsadlaringiz bo'lishi kerak, - dedi Ozoda Jo'rayeva.


Shu bilan birga boshqaruv organiga ish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar malakasini doimiy oshirib borish, ba'zi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Avtomobilsiz_kun

🚗 AVTOMOBILSIZ KUN: QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI AKSIYADA FAOL QATNASHDI!

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida o'tkazilgan "Avtomobilsiz kun" tadbirida vazirlik rahbariyati, markaziy apparat va tizim tashkilotlari, xususan, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari birdamlik asosida faol ishtirok etishdi. Mutaxassislar piyoda hamda jamoat transportidan foydalangan holda ish joyiga yetib keldilar.

Mazkur jamoatchilik loyihasini amalga oshirish aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, atrof-muhitga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta'sirini kamaytirish hamda shahardagi transport vositalari tirbandligini qisqartirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli. Vazirlik mamlakatimiz ekologik muhitini yaxshilashda barchani aksiyada faol bo'lishga chorlaydi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤨2❤‍🔥1🎉1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🚨 Respublikamizda havo harorati pasayib bormoqda, bunday pallada barpo etilayotgan bino va inshootlarning qurilish-montaj ishlarida amal qilinishi majburiy talablar mavjud.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

ISO 45001 - Sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boshqaruv tizimini afzalliklari va joriy qilish tartibi.


🔵Uni tashkilotda joriy etishdan maqsad tashkilot ishini yaxshilash va xodimlar uchun xavfsiz muhitni yaratishdan iboratdir.

🔵Ushbu zamonaviy standart joriy etilgandan so‘ng, tashkilot eng yaxshilaridan biri sifatida tan olinadi. Ushbu standartning joriy etilishi tashkilotni raqobatchilardan ajratib turadi.

ISO 45001 standarti haqida Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakili Sardor Qilichev so‘zlab berdi.


Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
#XALQARO_HAMKORLIK

O'tgan yilning noyabr oyida Tataristonning Qozon shahridagi “Sanoat xavfsizligi ekspert konsalting markazi” MChJ hamda vazirlik huzuridagi “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🔗 Kuni kecha mazkur memorandum qoidalarini amalga oshirish, kelgusida ikki davlat oʼrtasida hamkorlikdagi vazifalarni yanada takomillashtirish maqsadida Qozon shahrining “Sanoat xavfsizligi ekspert konsalting markazi” MChJ vakillari “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasida boʼlishdi hamda mutasaddilar bilan uchrashuv oʼtkazdilar.

Unda Vasil Mazitov boshchiligidagi Tatariston vakillari tomonidan yaqin kunlarda tashkil etilgan va oʼz ishini boshlayotgan “Hududlarni rivojlantirish Xalqaro Аssosatsiyasi” faoliyati haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Shundan so'ng uchrashuvda bildirilgan takliflar birgalikda muhokama qilindi. Hamkorlar kelgusida oʼzaro manfaatli aloqalarni yoʼlga qoʼyishdan mamnun ekanliklarini alohida ta'kidlashdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1