QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.4K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

🏘Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutasaddilari, jumladan, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i G‘.Mirzayev ishtirokida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mas'ullari uchun kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi A.Mahmudaliyev ham ishtirok etib, hududda qurilish sohasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalarga tóxtaldi.

Jumladan, sohada ishchi xodimlarning malakasini oshirish, mutaxassislikka óqitish, qurilish ishlarida shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilinishini qat’iy nazorat qilish lozimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga kelgusi rejalar, soha islohotidagi muhim vazifalar muhokama qilindi. Bunda har bir xodimning taklif va mulohazalari qabul qilindi.

Faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan boshqarma rahbar va xodimlariga tegishli ko'rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🔗 “Bosimli poʻlat oʻzakli temir-beton quvurlar. Texnikaviy shartlar” (Oʻz DSt 830:2023) Oʻzbekiston Respublikasining
davlat standartiga sharh


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

📊 3 oyda Oʻzbekistonda qariyb 31,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra 2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qariyb 31,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 % ga oshgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 31 703 taga yetgan.

Qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlarning 6 890 tasi Toshkent shahrida joylashgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

☯️ Tom yopish ishlarini olib borishga doir mehnat xavfsizligi texnikasi bilan tanishing.

"Qurilishda xavfsizlik texnikasi " ShNQ talablariga muvofiq tomning nishabligi 20° dan yuqori bo‘lgan holatlarda, xodimlar xavfsizlik kamarlaridan foydalangan holda ishlashi kerak.

Shu bilan birga
》 Nishabligi 20° dan ortiq bo‘lgan tomda hamda xodimlar og‘irligidan tushadigan yuklarga mo‘ljallanmagan qoplamali tomlarda xodimlarning o‘tishi va oyoqlarini tirab turishi uchun ko‘ndalang taxtachali eni 0,3 metrdan kam bo‘lmagan traplarni o‘rnatish zarur.Traplar ish vaqtida mahkamlangan bo‘lishi lozim.
》 Tomga materiallarni faqat ishlarni bajarish loyihasida ko‘zda tutilgan joylarga joylashtirishga ularning tushib ketishiga hamda shamol ta'siriga  qarshi chora-tadbirlar ko‘zda tutilganda ruxsat beriladi.
》 Yaxmalakda, ish fronti doirasida ko‘rishni cheklaydigan tumanda, momaqaldiroqli yomg‘ir hamda 15 metr/sekund va undan ortiq tezlikdagi shamol paytida tom yopish ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
》 Tom yopma elementlari va detallarini, shu jumladan choklardagi muvozanatlagichlarni, himoyalovchi g‘iloflarni, oqova suv quvurlari bo‘g‘inlarini, novlarni, osmalarni va shunga o‘xshashlarni ish joylariga tayyor holatda uzatish lozim. Ko‘rsatilgan elementlar va detallarni bevosita tomda tayyorlash mumkin emas.
》 Tom yopish ishlarini bitum yoki nairitli mastikalardan foydalanib bajarganda xodimlarning xordiq chiqarishi, isinishi, oziq-ovqatlarni saqlashi va ovqatlanishi uchun xonalarni ish joylaridan kamida 10 m narida joylashtirish lozim.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

📌 Shaharsozlik norma va qoidalarida omborxonalar, loyihalash me’yorlariga qo’yiladigan norma va talablarni tanishtirishda davom etamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Xorazm viloyati Urganch tumani “Gʻalaba” MFY“ hududida buyurtmachi "Xorazm qishloq qurilish servis" MCHJ  tomonidan qurilayotgan 1-qavati maishiy xizmat ko'rsatish, yuqori qavatlari  esa turar-joydan iborat bo'lgan obyektda inspeksiya xodimlari tomonidan nazorat tadbiri o'tkazildi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu qurilish obyektining 3-qavatidagi ora ajratma devorlarda g'isht terish ishlari, loyiha talablari asosida bajarilmagan.


🔴 Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan buyurtmachiga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli bandlari asosida ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda sifatsiz g'isht terish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 7 май, сешанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: "Олмалиқ"КМКда ёшлар сиёсати бўйича олиб борилаётган ишлар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Азамат Мавлонов, Комбинат раиси маслаҳтчиси
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Маҳалладаги хотин-қизлар фаолларининг малакасини ошириш тизими
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Нодира Эгамбердиева, "Оила ва гендер" илмий-тадқиқот институти директори
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: “2024 йилда ипотека кредитларини ажратиш механизмларини такомиллаштириш ва аҳолининг уй-жой шароитларини яхшилашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент фармони ижроси
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Саидносир Усмонов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ахборот хизмати раҳабари
😉😉😉😉😉

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️https://www.facebook.com/share/v/BQEnswyxVB8yhLwD/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan…
#BRIFING

✍️ Xabaringiz bor, shu yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Mazkur hujjat mamlakatimizda uy-joy sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va zamonaviy koʻp kvartirali uylar qurish koʻlamini kengaytirishni koʻzda tutishi bilan ahamiyatlidir.
Xususan, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish hamda banklar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish mexanizmlarini amaliyotga joriy qilishni nazarda tutadigan muhim Farmondir.
Mazkur hujjat bilan joriy yilda hududlarda zamonaviy arxitektura koʻrinishiga ega 100 mingta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar qurish maqsad qilingan. Shuningdek, qurilish tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etilishi ham belgilab berilmoqda. Darvoqe, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga davlat budjeti, “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” hamda banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan kamida 17 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️  https://www.facebook.com/share/v/BQEnswyxVB8yhLwD/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING ✍️ Xabaringiz bor, shu yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi…
#BRIFING

💬 Yana bir jihat, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab koʻp qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari keng joriy qilinadi.
2024-yil 1-iyundan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratib beriladi.
Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun respublika budjetidan 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” tomonidan qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda esa 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha 24 oydan koʻp boʻlmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
2024-yil 1-maydan boshlab esa birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sugʻurta xavflaridan sugʻurta qilish talabi bekor qilinadi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” boʻlgan tashkilotlarga besh qavatdan yuqori boʻlmagan, “CC” boʻlgan tashkilotlarga esa toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni qurishga ruxsat beriladi.
Darvoqe, aholining pul mablagʻlarini uy-joylar qurishga jalb qilish tartibini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqilib, yangi tizim amaliyotga joriy etiladi. Bunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida uy-joylar qurishga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini jalb qiluvchi pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxatini yuritish maqsad qilingan. Xususan, elektron roʻyxatdan oʻtmasdan ulush kiritish asosida koʻp qavatli uy-joylar qurishni boshlagan pudrat tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash, ulush kiritish asosida uy-joylar qurilishini monitoring qilish tartibini belgilash ham koʻzda tutilmoqda. Unda ulush kiritish asosida koʻp qavatli uy-joylarni qurishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomalarni majburiy ravishda notarial tasdiqlash tartibini joriy qilish ham belgilab qoʻyilmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

➡️  https://www.facebook.com/share/v/BQEnswyxVB8yhLwD/?mibextid=oFDknk

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kommunal_madaniyat

📌 Huquq va majburiyatlaringiz Siz yashayotgan uydan boshlanadi. Biz bilan birgalikda kommunal sohaga oid bilimlaringizni oshiring.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

✔️ Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Kozim To'laganov bugun Toshkent viloyati Chirchiq shahrida qurilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida bo'ldi.

Massivlardagi turar-joy va ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari sifati esa doimiy nazoratda bo'lib kelgan. Aholiga har tomonlama qulay va sifatli uy-joylarni o'z vaqtida topshirish maqsadida hududlar bo'ylab muntazam ravishda monitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Inspeksiya boshlig‘i K.To'laganov boshchiligidagi ishchi guruh ham massivning qurilish jarayoni bilan batafsil tanishib chiqishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM