QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
16.5K photos
3.02K videos
253 files
7.27K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#XALQARO_HAMKORLIK

Oʻzbekiston va Koreya munosabatlari qurilish sohasida ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda.  Bunda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari va unda erishiligan kelishuv hamda imzolangan shartnomalar huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Ana shunday mushtarak aloqalar rivoji qurilish sohasi masʼullari bilan boʻlib oʻtayotgan oʻzaro manfaatli uchrashuvlarda ham yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

🏘 Xususan, bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) hamda Koreya qurilish muhandisligi va texnologiyalar instituti (KICT) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro qurilish assotsiatsiyasi raisi Park Sun-Ho boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati yuksak eʼtirof etildi.

Shuningdek, qurilish sohasida Koreya bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi va ushbu davlatning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda mamlakatimiz qurilish normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish borasida qilingan ishlarning bugungi holati, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, mavjud loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va kelajakda qurilishda zilzilabardoshlik, energosamaradorlik,  yongʻin va qurilish muhandisligi xavfsizligi yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirishda barcha imkoniyatlarni ishga solish taklifini bildirdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

*️⃣Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Xitoy Xalq Respublikasining China CAMC Engineering Co., Ltd. kompaniyasi direktorlar kengashi raisi janob Vang Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi muhokama qilindi. China CAMC Engineering Co., Ltd. kompaniyasi direktorlar kengashi raisi janob Vang Bo Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorligimizning muhim bosqichi ekanligini taʼkidlab, pudratchi kompaniya direktorlar kengashi raisi sifatida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida asosiy manfaatdor tomonlar, jumladan, tegishli davlat organlari Sport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi va loyiha boshqaruvi guruhlari vakillarining takliflari muhokama qilindi.

🔗 Ushbu muzokaralardan maqsad loyihaning hozirgi holati haqida umumiy maʼlumot berish, mavjud muammolarni hal qilishda potensial strategiyalar boʻyicha fikr almashish va loyihani xalqaro standartlarga moslashtirishda kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat boʻldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📣 1 май, чоршанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган тадбирлар:

😉😉😉😉😉

🗣 Брифинг

⚫️Мавзу: Бош прокурорнинг мамлакатимиз аҳолисига йўллаган мурожаатида қайд этилган масалалар ижроси юзасидан амалга оширилган ишлар, кўрилган чоралар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Ҳаёт Шамсуддинов, Бош прокуратура ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

🗣 Матбуот анжумани

⚫️Мавзу: "Ўзархив" агентлиги томонидан амалга оширилаётган, шу жумладан, ҳужжатларни махфийликдан чиқариш ишлари
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: "Ўзархив" агентлиги раҳбарияти

✈️ Матбуот анжуманига саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин.
😉😉😉😉😉

🗣 Матбуот анжумани

⚫️Мавзу: Кўп квартирали уйларни бошқариш соҳасида амалга оширилаётган ишларнинг натижадорлиги
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги раҳбарияти

✈️ Матбуот анжуманига саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин.
😉😉😉😉😉

Тадбирларга ОАВ ходимлари таклиф этилади.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

🔗 Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi issiqlik taʼminotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Xitoy Xalq Respublikasining yirik davlat qurilish pudrat tashkiloti China State Construction Engineering Corporation (CSCEC)  kompaniyasi CSCEC International Bosh direktori janob Gao Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda  janob Gao Bo  kompaniya va uning xorijiy mamlakatlarda amalga oshirib kelayotgan loyihalari toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdi.

Korporatsiya bugungi kunda Fortune Global 500 reytingida dunyo boʻyicha 9-oʻrinda turadi.  Shuningdek Xitoyning yirik 500 ta kompaniyalari orasida 3-oʻrinnni egallaydi va  dunyoda tan olingan Moodyʻs, S&P va Fith reytinglarida A darajasiga ega.

China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) korporatsiyasi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalarida faoliyat yuritadi. Asosan koʻchmas mulk investitsiyalari, qurilish (uy-joy, infratuzilma, tijorat koʻchmas mulk) va yangi loyiha hamda  qidiruv faoliyati bilan shug'ullanadi. 

*️⃣China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) kompaniyasi Xitoydagi  300 metrdan yuqori osmonoʻpar binolarning 90% dan ortigʻini, asosiy aeroportlarning 3/4 qismini, sunʻiy yoʻldoshlarni uchirish maydonchalarining 3/4 qismini, shahar aloqa tunnellarining 3/4 qismini va atom elektr stantsiyalarining 1/2 qismini qurgan.

Mehmonlar Yangi Toshkent loyihasi doirasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan va mazkur loyihaga investitsiya kiritish imkoniyatlarini oʻrganib chiqayotganligini maʼlum qilishdi.

Uchrashuv yakunida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov China State Construction Engineering Corporation kompaniyasiga ''Yangi Toshkent'' shahrini barpo etish direksiyasi tomonidan zarur ko‘mak koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirib, vazirlik bu borada zarur choralar ko'rilishini ma'lum qildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM