QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.2K photos
3.42K videos
277 files
8.34K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

📍 Toshkent viloyatining Chirchiq shahri “Iftixor” MFY hududida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi 11 va 12-sonli  uylarda yuzaga kelgan holatni oʻrganish va yechim topish maqsadida  ishchi guruhi tashkil etilganidan xabaringiz bor.

Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Kozim Toʻlaganov boshchiligidagi ishchi guruh tarkibida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi loyiha institutlari, “Qishloqqurilishloyiha”, shuningdek, “OʻzGASHKLITI” loyiha-qidiruv tashkilotlari masʼullari, Toshkent viloyati va Chirchiq shahri hokimligi mutasaddilari, sektor rahbarlari, qurilish-pudrat tashkiloti vakillari bor.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#MUNOSABAT

🗺 Chirchiq shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida pudratchi “Yangi zamon bino” MCHJ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan hajmiy temirbeton panel konstruksiyali turar-joy binolarining bugungi kundagi texnik holati ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.

Geologik izlanishlar xulosasiga koʻra, ushbu binoda “Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar" toʻgʻrisidagi shaharsozlik norma va qoidalarining 9-bandi talablariga muvofiq qurilish ishlari bajarilgan. Biroq 2022-yil bahor-kuz mavsumidagi yogʻingarchiliklar tufayli koʻp miqdordagi yomgʻir suvlari irrigatsiya tizimlarisiz muntazam ravishda bino poydevoriga sizib kirgan va bino atrofiga yigʻilib qolgan. Natijada bino ostining asos qismi suvga toʻyinib, binoning vertikal seysmik choklari loyihaviy holatidan koʻchgan.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur holatni bartaraf etish boʻyicha “Qishloqqurilishloyiha” instituti tomonidan 2023-yil 14-fevralda “Yangi zamon bino” MCHJ bosh direktoriga bino ostiga suv ketishini oldini olish boʻyicha yozma koʻrsatma berilgan va geodeziya hamda muhandislik izlanishlari olib borilgan. Uylar poydevori asosining choʻkishi va uning namlanishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilgan va bajarish uchun topshirilgan boʻlsada, pudratchi tomonidan hech qanday chora koʻrilmagan.

Mazkur uylar dinamikasining salbiy tomonga oʻzgarganligi sababli quruvchi tashkilot yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish boʻyicha loyiha yechimlari va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni soʻrab “Qishloqqurilishloyiha” tashkilotiga murojaat qilgan va institut tomonidan tegishli loyihaviy yechimlar ishlab chiqilgan.

Taqdim etilgan loyihaviy yechimlarga asosan pudratchi tomonidan zudlik bilan quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:

📝 SHNQ 2.02.01-98 ning “Bino va inshootlar asoslari” meʼyorining 2.68, 2.69 va 3.13 bandlari talablariga asosan har 300 mm da qatlam-qatlam gruntning mustahkamligi 1.65t/m3 ga yetgunga qadar shibbalab qayta koʻmish ishlarini bajarish, SHNQ 2.01.09-97 ning “Choʻkuvchan va oʻta choʻkuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar” 9-bandi talablariga muvofiq bino perimetri boʻylab eni 2 000mm va tarkibida nometall armaturasi boʻlgan, qalinligi 100 mm beton yoʻlak (otmostka) ishlarini bajarish talab etiladi.

Mahalliy hokimiyat vakillari esa hududda bajarilgan obodonlashtirish va irrigatsiya tizimlariga oid ishlarni hudud bosh rejasiga asosan qayta koʻrib chiqishi va yogʻingarchilik boshlanishidan oldin bajarishi lozim.

Mazkur binolar qurilishiga masʼullar hamda soha ekspertlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishda mavjud holatni bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha takliflar bildirildi. Ular orasida eng maqbullari saralanib, oʻn kun muddatda amaliy choralarni koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

Xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tashkilotchiligida Isitish, ventelyatsiya, muqobil energiya, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari-Aquatherm 11-xalqaro koʻrgazmasi boshlandi.

Mazkur ko‘rgazma sanoat, qurilish va kommunal sohasining yangi mahsulotlari bilan tanishish, yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilish, biznes va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, foydali kelishuvlar tuzish, shuningdek, soha uskunalarining so‘nggi tendensiyalari va trendlaridan xabardor bo‘lish uchun noyob imkoniyatni taqdim etishi bilan ahamiyatli.
Shuningdek, ushbu nufuzli ko‘rgazma suv ta’minoti, isitish va sovutish sohasidagi eng muhim innovatsion mahsulotlar va yechimlarni taqdim etish imkonini beradi.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mazkur tadbir ochilishida qatnashar ekan, bunday ko‘rgazmalar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga rasmiy hamkorlik uchun alohida minnatdorlik bildirildi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy 150 dan ortiq eksponentlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM