QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
17.4K photos
3.12K videos
260 files
7.55K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#XALQARO_HAMKORLIK

😇Germaniya davlatiga tashrif davomida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri boshchiligidagi delegatsiya “Iphofen-1” zavodida bo'lib, KNAUF brendining panel mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi bilan tanishdi.

Mutaxassislar innovatsion materiallar ishlab chiqarishning to‘liq aylanmasi bilan batafsil tanishgach, kompaniya asoschisi Nikolaus Knauf va kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar doirasida O‘zbekistonda energiya tejamkor fasad yechimlari uchun quruq aralashmalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarurligi masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hamkor kompaniyalar tomonidan o'z-o'zidan tekislanadigan quyma pollar va minimal qalinlikdagi pardozlash shtukaturkalarining yangi liniyalarni ishga tushirish bo'yicha mavjud masalalar ochiqlandi.
😇2023-yil so'ngiga qadar belgilangan ko'plab rejalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash lozimki,  D.Deripalko boshchiligidagi “Knauf Uzbekistan” kompaniyalar guruhi dunyo miqyosida o‘rta bo‘g‘indagi ofislar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uyingiz_devorini_buzmang

🫥 Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan koʼp kvartirali uylarda oʼzboshimchalik bilan noqonuniy amalga oshirilgan oʼzgartirish va qurilishlar boʼyicha huquqbuzarlarga tegishli tartibda maʼmuriy choralar koʼrilmoqda. Shuningdek, oʼzgartirilgan joylar mulkdor tomonidan avvalgi holatiga qaytarilmoqda.

Xususan, Mirzo Ulugʼbek tumani Markaz-1 hududida joylashgan 28-uyning 2, 3, 22 va 30-xonadonlari hamda 31-uyning 2, 9 va 10-xonadonlari, shuningdek, 27-uyning 14, 30, 31 va 21-xonadon mulkdorlariga nisbatan jami  80 mln soʼmga teng maʼmuriy bayyonnomalar rasmiylashtirildi. Joriy yilning 1-iyun sanasida huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy ish tizimida chora koʼrilishi belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Telegram messenjerida Buxoro shahri A.Mushfiqiy koʻchasi 19-uyda yashovchi fuqaroning qoʻshnisi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy binosining tutash hududida ichki yoʻlni toʻsgan holda beton poydevor qurilish ishlari olib borayotganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

Aniqlanishicha, mazkur koʻchada yashovchi bir qator fuqarolarning oʻzi yashab kelayotgan yakka tartibdagi uy-joy chegarasidan 6-9 metr masofa chiqqan holda koʻkalamzorlashtirish uchun gulzor tashkil qilishi natijasida yer maydonlarining ular tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini oʻz holatiga qaytarish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli va 2020-yil 28-maydagi 343-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizomga asosan inspeksiya vakolati doirasiga kirmasligini bildiramiz.

Shu bois mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan Davlat kadastrlari agentligining Buxoro shahar filiali oʻz vakolati doirasida ish olib borishi maqsadga muvofiqligini maʼlum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
#Hududlardan_xabarlar

😄 Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan "Bog'ishamol"MFY hududida buyurtmachi "Yagona buyurtmachi xizmati"IK tomonidan qurilayotgan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika universitetining yangi 2500 o'rinli binosini qurish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.

Natijada obyektda zilzilaviy hududlarda qurilish talablariga rioya qilinmaganligi natijasida poydevor qismida bajarilgan beton ishlari labarotoriya xulosasiga ko‘ra loyiha talablariga mos kelmaydi va beton quyish ishlari esa sifatsiz bajarilgan.

🫥 Qoidabuzarliklar yuzasidan ma'sul shaxslarga inspeksiya tomonidan yozma ko'rsatma berildi hamda sifatsiz bajaraligan beton ishlari joyida demontaj qildirildi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Кўп квартирали уйлар ертўласидан фойдаланиш тартиби қандай?

🔰 Кўп квартирали уйлар ертўласидан фойдаланиш у жойдаги мулкдорлар розилигига асосан амалга оширилади.

📌 Ертўладан жойлар фақат ертўлада шуғулланилиши мумкин бўлган қуйидаги фаолият турларини амалга ошириш учун берилади:

● озиқ-овқат ва ноозиқ-овқат товарлари билан савдо қилиш (дўконлар, киоскалар, дўкончалар ва бошқалар);
● маиший хизмат кўрсатиш (сартарошхона, пойабзал тикиш ва таъмирлаш, оптика, соат созлаш устахоналари, тикувчилик ва каштачилик, ателье);
● умумий овқатланиш (ресторанлар, кафе, кафетерийлар, музқаймоқ ва чанқовбосди ичимликлар барлари, газакхоналар);
● банк хизматлари кўрсатиш (банкларнинг бўлимлари ва валюта алмаштириш пунктлари);
● алоқа хизматлари кўрсатиш (почта бўлими) ва курьерлик фаолияти;
● газеталар, журналлар ва китоб маҳсулотлари билан савдо қилиш;
● бижутерия ва жевакларни тайёрлаш ва таъмирлаш;
● гулчамбарлар, сунъий гуллар ва гул маржонларини тайёрлаш;
● рассомлик ва ҳайкалтарошлик;
● хизмат кўрсатиш ва тадбиркорларнинг офислари ҳамда идоралари;
● видео ва фотосуратга олиш, компьютер хизматлари;
● таржима ва таҳрир хизматлари;
● дизайн, чизмачилик-графика хизматлари;
● кийим-кечак ва идишларни ижарага бериш хизмати;
● риэлторлик фаолияти;
● газламаларга нақшлар солиш, трафаретли босма ва қўлда расм чизиш хизматлари;
● жисмоний тарбия ва спорт муассасалари фаолияти;
● давлат ташкилотларини жойлаштириш;
● суғурта ташкилотларини жойлаштириш.

Ертўладан фойдаланганлик учун тўланадиган ижара тўловларининг энг кам миқдорлари ҳокимликлар томонидан тасдиқланади.

🚫 Ертўладан фойдаланувчи томонидан уни бошқа шахсларга сотиш, ҳадя этиш, гаровга қўйиш ва ижарага беришга йўл қўйилмайди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Uchtepa tumani 26-dahasida joylashgan “Uchtepa shirin” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini oʻrgandi.
Xususan, boshqaruv tashkiloti tomonidan koʻp qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari koʻzdan kechirildi. Hozirda boshqaruv tashkilotiga qarashli 30 ta koʻp qavatli uyning tom qismini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu uylarning barcha ichki kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash koʻzda tutilgan. Vazir oʻrinbosari jarayonni kuzatar ekan, ta’mirlashda ish sifatiga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidladi.

🫥 Boshqaruv tashkiloti rahbari ishning koʻzini bilishi kerak. Bir-ikki soʻm foydani koʻzlab, keyingi faoliyatingizga bolgʻa urmang! Sifatli material ishlating, yillar davomida aholiga xizmat qilsin,- dedi vazir oʻrinbosari.

Shuningdek, BSKning ishlash mexanizmini yaxshilash, dispetcherlik xizmatini yanada takomillashtirish, ishchi-xodimlarga qulay sharoit yaratish, jumladan, ularni yozgi maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlash boʻyicha boshqaruv tashkiloti rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM