QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.2K photos
3.42K videos
277 files
8.34K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

❗️Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva yana bir murojaat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani “Navnihol” mahallasidagi 25-sonli ko'p qavatli uyda boʻldi. Mazkur uyga 2022-yilning noyabriga qadar “Tezkor fayz kommunal servis” shirkati tomonidan xizmat koʻrsatilgan. Ammo shirkat faoliyati qoniqarsiz  va aholi noroziligi  bois “Titan servis” BSK boshqaruviga oʻtkazilgan.   
     Aholi vakillarining ta’kidlashicha, “Tezkor fayz kommunal servis” shirkatining qator moliyaviy qoidabuzarliklari  mavjud. Shuningdek, uy yertoʻlasi sobiq shirkat raisi tomonidan noqonuniy  egallab olingan hamda oʻzi uchun istiqomat qilish makoniga aylantirilgan. Ushbu uyga 4 oydan buyon “Titan servis” BSK xizmat qilib kelishiga qaramay, sobiq shirkat raisi aholidan noqonuniy ravishda pul yigʻib yurgani ma’lum boʻldi.
      Hududdagi bunday tartibsizliklar “Titan servis” BSK faoliyatiga ham ta’sir oʻtkazmay qolmayapti. Aholi muammolari hali ham toʻliq bartaraf etilmagan.
     Ozoda Joʻrayeva mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv olib borish, noqonuniy faoliyatga yoʻl qoʻyganlarga tegishli chora koʻrish lozimligini ta’kidladi. Shirkat faoliyatini toʻliq oʻrganish boʻyicha  Uy-joy fondi inspeksiyasi mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

💠 Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayevaning navbatdagi oʻrganish ishlari Olmazor tumani Qora qamish 1/2 mavzesi “Islomota” MFY 28-uyda boʻlib oʻtdi.
      Ushbu uy ikki oy oldin “Olmazor ta’mir” BSK boshqaruviga oʻtkazilgan. Unga qadar “Ulkan” shirkati tomonidan xizmat koʻrsatilgan. Aniqlanishicha, shirkat faoliyati davomida uyda yetarlicha muammolar yigʻilib qolgan.
      Mazkur uyda istiqomat qiluvchi Obida Rafiqovaning murojaatiga asosan koʻp qavatli uyning yertoʻla qismlari koʻzdan kechirildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha BSK mas’ullariga zarur topshiriqlar berildi.
      🫥 Uy sizning kompaniyangiz boshqaruviga oʻtdimi, bu yerdagi hamma muammo uchun siz javobgar hisoblanasiz. Aholiga sifatli xizmat koʻrsating, eng avvalo, ularning murojaatlarini vaqtida bartaraf eting,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
      Vazir oʻrinbosari mazkur holatni oʻz nazoratiga olishi va ikki kundan keyin aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligini shaxsan tekshirishini ta’kidladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Har bir murojaat joyiga chiqib o'rganiladi!

💬Facebook ijtimoy tarmogʻida A.Mamatovning murojaati yuzasidan viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganini ma'lum qilamiz.

Andijon shahar Furqat koʻchasi 150-a manzildagi mavjud choyxona va nonvoyxona binolarini buzib, oʻrniga 3 qavatli 1-2-qavatlari savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi, 3-qavati turar-joy binosi va inshootlarini qurish nazarda tutilgan.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt 2022-yil 26-iyul sanasi bilan roʻyxatdan o‘tgan. 

Inspeksiya tomonidan obyektda oʻrnatilgan tartibda monitoring tadbirlari olib borilgan. Monitoring jarayonida aniqlangan 15 ta kamchilik boʻyicha 6 ta yozma koʻrsatma berilgan. Hozirda kuz-qish mavsumi davrida qurilish-montaj ishlari buyurtmachi tomonidan vaqtincha toʻxtatilgan.

Andijonlik yurtdoshlarimizga obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar unda kechayotgan har bir jarayon inspeksiya tomonidan nazoratga olinganini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📌 Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyning holati bo‘yicha mas'ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tez orada vazirlikning rasmiy munosabatini taqdim etishimizni ma'lum qilamiz.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Qurilish me'yoriy talablari qo'pol ravishda buzilgan obyektda qurilish-montaj ishlari to'xtatilgan.

🔨 Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Fargʻona shahar Registon koʻchasida joylashgan turar-joy binosi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Buyurtmachi H.Latipov tomonidan qurilayotgan Fargʻona shahar Registon koʻchasidagi boʻsh yer maydonida toʻrt qavatli turar-joy binosi, avtoturargoh, bolalar maydonchasi qurish hamda tutash hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish obyekti inspeksiyadan 2018-yil 3-dekabr kuni roʻyxatdan oʻtgan va qurilish ishlari boshlangan, obyektda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilgan. 
Turar-joy binosining loyiha hujjatlarida toʻrt qavat qurish belgilangan, amalda esa yetti qavat qilib qurilgan. Ushbu obyektning beshinchi, oltinchi, yettinchi qavatlarini qurish uchun pastki qavatlarni yuk koʻtarish qobiliyatini oʻrganish boʻyicha “INSPECTION WORK” MCHJ (bino inshootlarni texnik xolatini tekshirish boʻyicha litsenziya raqami AL-002105) tomonidan tayyorlangan texnik xulosaga asosan yuqori qavatlarni yengil qurilish materiallaridan bajarishga tavsiya etilgan. Lekin buyurtmachi H.Latipov va pudratchi “Ikat Vodiy” MCHJ tomonidan ushbu xulosaga asosan loyiha hujjatlari qayta toʻliq ishlab chiqilmagan, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilmagan hamda inspeksiyaga xabarnoma yuborib roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

🔔Ushbu holat yuzasidan Fargʻona viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyekt qurilishini toʻxtatish toʻgʻrisida 2022-yil 12-dekabrda yozma koʻrsatma berilgan. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan 2022-yil 26-dekabr kuni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida MJtK 99-modda 7-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy sudga yuborilgan. Bugungi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#MUNOSABAT 📌 Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyning holati bo‘yicha mas'ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tez orada vazirlikning rasmiy munosabatini taqdim etishimizni…
#MUNOSABAT

📝 “Mana bir yilga qolmasdan qurilgan yangi “novostroyka” larimizning ahvoli, uyning devorlari boʻlinib yotibdi”, sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolavhalar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

🏠 Mirzo Ulugʻbek tumanining Magʻrur koʻchasidagi  55B-uy 2017-yilda  fuqaro B.Zokirov tomonidan  oʻzi va oila aʼzolarining yashashi uchun yakka tartibdagi uy-joy sifatida qurilgan va  fuqarolarga alohida kvartira sifatida  oʻzboshimchalik bilan rekonstruksiya qilingan holda sotilgan.  Mazkur holat yuzasidan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2020-yil 17-dekabrdagi 29/12(7526)16.1Z
12952-12956-sonli sud qurilishi-texnika ekspertizasining xulosasida, ushbu uylar “Qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish”, SHNQ 01.03.07-2010-soni, qurilishda mualliflik va texnik nazorat toʻgʻrisidagi nizomi, SHNQ 2.01.08-05 “Turar joy binolari” ning (2) 2.7-bandi, QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” ning 3.5.8-bandi, QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”, “Turar joy binolari” ning (2) 3.8 bandi, 2.12-bandi, 2.13-bandi, SHNK 2.04.08-96 “Gaz taʼminoti”ning (5) 6.33-bandi talablariga javob bermasligi hamda Magʻrur koʻchasi 55 B-uy binosi seysmik zonada qurilish oʻtkazish talablariga javob bermasligi aniqlanib, mazkur uy hozirgi kunda avariya holatida ekanligi aniqlangan.

‼️ B.Zokirov oʻz manfatlarini koʻzlagan holda fuqarolarni ishonchiga kirib,  yakka tartibda foydalanish maqsadida qurilgan turar joy binosini koʻp kvartirali uy-joy sifatida aldov yoʻli bilan fuqarolarga sotganligi sababli, 2022-yil 14-mayda JKning 186-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 168-modda 4-qismi “a” bandi va 229-moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, B.Z. va uning sheriklariga nisbatan “qamoqqa olish tarzidagi” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va jinoyat ishi boʻyicha ayblov xulosasi tasdiqlanib, 2022-yil 18-mayda JIB Mirzo Ulugʻbek tuman sudiga yuborilgan. Sudning 2022-yil 1-iyuldagi hukmiga koʻra “QUYUN” MCHJ rahbari B. Zokirovga 186-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 168-modda 4-qismi “a” bandi va 229-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

☑️ Hozirgi kunda fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida sud organi tomonidan kompensatsiya pulini undirish uchun sud jarayonlari davom etmoqda. 
Yuqoridagi holatlarning oldini olish maqsadida 2021-yil 22-fevralda “Shaharsozlik kodeksi”ning 23-moddasiga asosan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ikki qavatdan yuqori boʻlgan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni ekspertiza va qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olish tartibi joriy qilingan. Taʼkidlash lozimki, ushbu bino koʻp kvartirali uy-joy sifatida qurilish meʼyor va talablari  asosida qurilmagan. 
💬 Eslatib oʻtamiz, hozirda ushbu  bino vakolatli loyiha institutlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 Koʻp xonadonli uy-joylarning fasadiga bazalt qoplanmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📱 Telegram ijtimoiy tarmogʻida “Yangi qurilgan binoning ahvoli. Andijon shahrida qurilishi yakunlanmagan binoning oxirgi qavati” sarlavhasi bilan e'lon qilingan xabarda qayd etilgan holat boʻyicha Andijon viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Obyektning qurilish ishlari 2022-yilning mart oyida boshlangan. Nazorat tadbirlari davomida fuqaro I.Usmonov tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz inspeksiyani xabardor qilmasdan, obyektda qoʻshimcha 2 qavat (4-5-qavat) qoʻshib, qurilish ishlarini amalga oshirilgani aniqlangan.

Ushbu holat boʻyicha fuqaro I.Usmonovga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan maʼmuriy chora qoʻllanilgan.

Qurilish ishlari davomida binodagi temir-beton plitalarining qulab tushishi va bino yuqori qavatlaridagi devorlar buzilishiga ishchilar tomonidan temir-beton plitalar ustiga meʼyordan (meʼyor boʻyicha 1 m2 yuzaga 800 kg yuk tushishi belgilangan, lekin joyida ushbu yuzaga 1400-1500 kg atrofida yuk joylangan) ortiq qurilish materiallari yuklanganligi hamda yuklarni avtokranda tushirish jarayonida dinamik qoʻyish hosil boʻlishi sabab boʻlgan.

Inspeksiya tomonidan obyektning shaharsozlik hujjatlarisiz qurilgan va yaroqsiz holga kelgan 4 va 5-qavatlarini fuqaro I.Usmonov tomonidan texnika xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etgan holda buzib (demontaj) olishi kerakligi tushuntirilgan va binoning 5-qavati demontaj qilingan. Hozirda fuqaro I.Usmonovning moliyaviy muammolari sabab binoning 4-qavatini buzish va qurilish ishlarini davom ettirish vaqtincha toʻxtatilgan. Obyektning demontaj ishlarini bajarish va qurilishni davom ettirish inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 Ishchi guruhi uy-joy fondini oʻrganmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RADDIYA

📎 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻz faoliyati haqida OAVda yoritilgan asosli tanqidiy-tahliliy fikrlarga xolis yondoshishga, har bir murojaatni oʻz vaqtida oʻrganishga va munosabat bildirishga doimo tayyor. Afsuski, amalda noxolis, asoslanmagan va jamoatchilikda notoʻgʻri fikr shakllanishiga turtki boʻluvchi materiallar ham uchrab turadi.

Xususan, facebook ijtimoiy tarmogʻida Zarnigor Halilovaning #lavozimni_iti “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari buyicha maslahatchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi” nomli posti eʼlon qilindi.

⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi direktorining yuqorida qayd etilgan “maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi” lavozimi avval va hozir ham boʻlmaganligini, kelgusida ham bunday lavozimni joriy qilish rejalashtirilmaganini maʼlum qilamiz. Shu oʻrinda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taalluqli maʼlumot yozishdan avval, uning asosli ekanligini keltirib oʻtishlarini so'raymiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 3-yanvardagi 3-son qarori 20-moddasiga muvofiq ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining avariya-dispetcherlik xizmati tomonidan:

-ichimlik va issiq suv, issiqlik hamda elektr ta’minoti tarmoqlarining ichki tizimlaridagi, shuningdek ko‘p kvartirali uyning tom qismidagi avariya shikastlanishlari to‘g‘risida ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yarim soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda lokalizatsiya qilinishi;
-xonadon ichidagi oqova suv quvurlari (kanalizatsiya)ning tiqilib qolish va muhandislik tarmoqlarining ifloslanish holatlarini ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab ikki soat ichida bartaraf etilishi;
-sovuq (ichimlik) va issiq suv, issiqlik hamda elektr ta’minoti, oqova suv, jumladan, boshqa ichki muhandislik tizimlarining avariyaviy shikastlanishini ushbu holat ro‘y berganligi ma’lum bo‘lgan vaqtdan yoki bu haqda kelib tushgan ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch kundan oshmagan muddatda bartaraf etilishi lozim.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

➡️Toshkent viloyati Toshkent tumani "Qizg'aldoq" MFYdagi tadbirkor Q.Majidov tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosida Toshkent viloyati qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari o'tkazildi.

Natijada obyektda quyidagi kamchiliklar aniqlandi;

Ichki to'siq devorlari g'isht terish ishlarida vertikal choklar qorishma bilan to'ldirilmagan;

Obyektda zamonaviy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ko'zda tutilmagan.

🟢 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachi hamda loyiha tashkilotlariga inspeksiya xodimlari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi va kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik to’xtatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM