Mahalliylashtirish markazi |Центр локализации
142 subscribers
461 photos
21 videos
171 links
Tog' - kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi rasmiy kanali
Rasmiy web-sayt: mininglocal.uz

https://www.youtube.com/@Missanoati

https://www.instagram.com/missanoati/

☎️ Tel: 55-503-11-67 (4040)
Download Telegram
💠 Soha korxonalarida “Cost Engineering” tizimi joriy etiladi

“Mahalliylashtirish markazi” davlat muassasasi tashabbusi bilan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida “Cost Engineering” (xarajat muhandisligi) tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Mazkur tizim xarajatlarni samarali boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Tizim orqali mahsulotning aniq tannarxi hisoblanadi, xarajatlar texnologik jarayon va materiallar asosida tahlil qilinadi, narxlar bozordagi raqobatchilar bilan solishtiriladi va sifatdan chekinmagan holda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.

Hozirda “Mahalliylashtirish markazi” DM va Piza universitetining Toshkent filiali tomonidan Italiyaning “CIM 4.0” kompaniyasi bilan hamkorlikda tizimni soha korxonalariga joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Unda malakali xorijiy trenerlarni jalb etish, “Cost Engineering” yo‘nalishida o‘quv kurslarini tashkil etish va sohaga mos o‘quv dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

“Cost Engineering” – bu mahsulotni tarkibiy qismlar asosida tahlil qilib, uning aniq tannarxini aniqlash va xarajatlarni optimallashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv tizimidir.


🔹 🔹 🔹

💠 Внедрение системы Cost Engineering на предприятиях отрасли

По инициативе государственного учреждения «Центр локализации» начаты практические работы по внедрению системы Cost Engineering (инженерия затрат) в горнодобывающей и геологической отраслях. Данная система направлена на эффективное управление затратами, оптимизацию производственных процессов и повышение конкурентоспособности продукции.

Система позволяет точно рассчитывать себестоимость продукции, анализировать затраты на основе технологических процессов и используемых материалов, сравнивать цены с рыночными конкурентами и, не снижая качества, добиваться сокращения избыточных расходов.

В настоящее время ГУ «Центр локализации» совместно с Ташкентским филиалом университета Пиза ведет переговоры с итальянской компанией CIM 4.0 о внедрении данной системы на предприятиях отрасли. В ходе обсуждений рассматриваются вопросы привлечения квалифицированных иностранных тренеров, организации обучающих курсов по направлению Cost Engineering, а также разработки специализированной образовательной программы, адаптированной к особенностям отрасли.

Cost Engineering – это современная система управления, основанная на структурном анализе продукции, определении её точной себестоимости и оптимизации затрат.


#kongeologiya #mingeo #CostEngineering #MahalliylashtirishMarkazi #Piza #IqtisodiySamaradorlik #Raqobatbardoshlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

🔷 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi - Call-markaz – 1253

🔷 "Mahalliylashtirish markazi" DM:

Murojaat uchun -
@mahalliylashtirish_murojaat_bot

Elektron pochta manzili - info@mininglocal.uz

🔷 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi:

Ishonch telefoni 71-231-05-96

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi 71-231-14-55

Telegram bot @geoantikorbot

Sayt | Facebook | Telegram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT

💠 2025 yil 1 avgustdan boshlab, yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari haqida videotexnika vositalari orqali xabar bergan fuqarolar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

🗣Fuqarolar tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar “Geomonitoring” axborot tizimi orqali taqdim etilishi lozim.

Foto va video materiallarda quyidagilar aks etgan bo‘lishi shart:
Huquqbuzarlik holati;
Agar mavjud bo‘lsa, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.

Mukofot tartibi:
⚫️Keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki tashish holatlarida – huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari;
⚫️Mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashdagi boshqa huquqbuzarliklar bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi miqdorida pul mukofoti to‘lanadi.

Videoda ko‘rsatilgan havola – QR kod orqali o‘tib murojaat yo‘llang va huquqbuzarliklarning oldini oling!

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ Elektrotexnika sanoatida yangi imkoniyatlar!

“Eltech Industrial” texnoparki hududida joylashgan "Vades Group" MCHJ korxonasining yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Ushbu loyiha haqida “Oʻzbekiston-24” telekanali ijodkorlari tomonidan "Tahlilnoma" dasturi uchun maxsus lavha tayyorlandi.

Korxonaning asosiy mahsulotlari:
🔹 SIM-kartalar – mahalliy mobil operatorlar hamda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinadi.
🔹 Bank kartalari – xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
🔹 ID-kartalar va Mobile ID – identifikatsiya hamda raqamli xizmatlar uchun zamonaviy yechimlar.

📌 Vades Group — ichki bozorni ta’minlash bilan birga, eksport geografiyasini ham kengaytirib borayotgan innovatsion korxona.

Sayt | Facebook | Telegram
1👍2
Sany Heavy Industry vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mahalliylashtirish markazi rahbariyati va mutaxassislari Xitoyning yirik sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchisi — Sany Heavy Industry kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, maxsus texnika va uning uskunalarni mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

“Sany Heavy Industry” — qurilish, tog‘-kon va port uskunalari bozorida dunyoning yetakchi brendlaridan biri bo‘lib, 150 dan ortiq mamlakatlarda o‘z mahsulotlarini taqdim etadi.


Sayt | Facebook | Telegram
👍2
📢 Tog‘-kon sanoatida kimyo mahsulotlarini mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Mahalliylashtirish markazida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan import kimyo mahsulotlarini mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi loyihasi muhokama qilindi.

“Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “Navoiyazot” AJ va “Maksam-Chirchiq” AJ vakillari Zoom-konferensiya orqali yig‘ilishda qatnashishdi.

Sayt | Facebook | Telegram
2👍2
💠McKinsey kompaniyasi vakillari bilan onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

Mahalliylashtirish markazi, Tog'-kon sanoati vazirligi va McKinsey kompaniyasi vakillari o‘rtasida “Kon-metallurgiya korxonalarini mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi” doirasida ko‘rsatiladigan konsalting xizmatlari yuzasidan onlayn konferensiya shaklida keng qamrovli muhokama tashkil etildi.

Muhokama davomida dastur loyihasining asosiy yo‘nalishlari, uning samaradorligini oshirish mexanizmlari, hamkorlikning aniq bosqichlari hamda tomonlarning mas’uliyatlari belgilab olindi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham batafsil fikr almashildi.

🤝 Onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuv kelgusida korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, investitsion jozibadorlikni oshirish va innovatsion yondashuvlarni kengroq joriy etishga zamin yaratadi.

Sayt | Facebook | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from Bandlik vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

1-sentyabr — Mustaqillik kunibayram munosabati bilan:

🔹5 ish kuni ishlovchilar 3 kun30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari;

🔹6 ish kunida ishlovchilar 2 kun31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.

Qo'shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko'chirilmagan.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#umumxalq_hashari
Mahalliylashtirish markazi xodimlari umumxalq hasharida faol qatnashishmoqda

22 – 23-avgust kunlari Respublika bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari e’lon qilingan.

Mahalliylashtirish markazi jamoasi ham mazkur hasharda faol ishtirok etmoqda.

Markaz xodimlari vazirlik binosi atrofini turli chiqindilarni yig‘ib olish, ariq va lotoklarni tozalash, daraxtlarni oqlash va boshqa obodonlashtirish tadbirlarida qatnashishdi.

Sayt | Facebook | Telegram
👍4