MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.13K photos
2.27K videos
90 files
6.45K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#nazorat

Iyun oyida 6,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 13,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Navoiyda ikkita MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 1,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Qiziltepa tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Yeko Garden Navoiy” MCHJga qarashli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona mutasaddilari gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatib qoidabuzarlik sodir etgan.

Natijada hisobga olinmagan tabiiy gaz boʻyicha 613 mln soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Bu kabi qoidabuzarlik holati “Karmana texno gaz oil” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida ham aniqlandi. Unga koʻra, mazkur shoxobcha tabiiy gazdan mavjud boʻlgan debitor qarzdorligi sababli gaz tarmogʻidan ajratilgan boʻlishiga qaramasdan, isteʼmolchi tomonidan tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan, noqonuniy ravishda qayta ulab olinganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 580 mln soʻmni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#nazorat

Elektr taʼminoti korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotganligi oʻrganildi

Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlarining belgilangan meʼyorlarda olib borilishini taʼminlash maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo hududiy boshqarmasi tomonidan “Sirdaryo” IESda amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Xususan, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan jami 125 banddan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, joriy yil iyul-avgust oylarida ularning bajarilishi holati texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Unga koʻra, aniqlangan kamchiliklar hamda hozirgi kunda bajarilayotgan texnik tadbirlar toʻliq qamrab olinib, tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining yakuniy jarayoni qanday olib borilayotganligi ham oʻrganildi. Oʻrganish asnosida hududdagi ayrim taʼlim muassasalarida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Misol uchun, Boyovut tumanidagi “Barkamol avlod” va 2-umumtaʼlim maktabi binolari koʻzdan kechirilganda, 0,4 kV bosh taqsimlash qurilmasida saqlagichlar yoʻqligi hamda ushbu qurilmalarga ogohlantirish belgilari osilmaganligi, javobgar shaxs tayinlanmaganligi, isitish qozonining moʻrkonlari yaroqsiz holdaligi, binodan tashqariga chiqarilmaganligi va manometr uskunalari oʻrnatilmagani maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mutasaddi tashkilotlar masʼullariga koʻrsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Toshkent viloyatida 2 ta issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 577 million soʻmlikdan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi


Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Zangiota tumanida joylashgan “M.A.” MCHJ (495 million 56 ming soʻmlik) va ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Q. gа qarashli issiqxonalar (82 million 381 ming soʻmlik) tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 577 million soʻmlikdan ziyod zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Namangan viloyati: 4 kunda 5 mlrd 70 mln soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Joriy yilning 14 – 17-fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, shuningdek, elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 61 ta holat aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ular tomonidan tizimga 5 mlrd 70 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Misol uchun, Chortoq tumanida joylashgan “CH.M.V.” MCHJda elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilishi natijasida 1 mlrd 683 mln soʻmlik elektr energiyasi oʻgʻirlangan.

Toʻraqoʻrgʻon tumanida esa “S.S.M.” MCHJ oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 319,9 mln soʻmlik zarar keltirgan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Bosh prokuratura: yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda

Xususan, fuqaro F.X. Toshkent shahri, Chilonzor tumanining 19-mavzesida joylashgan koʻp qavatli uylardagi yashash xonadonining yertoʻlasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 680 mln soʻmlik 461,4 ming kilovatt⋅soat elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro F.X. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Sirdaryo viloyatida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.

DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat IIB, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

So‘nggi 1 oyda ayrim isteʼmolchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga
58 mlrd 846 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi
aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aprel oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 539 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Bunda 39 mlrd 518 mln soʻmlik elektr energiyasi (41 mln 241 ming kilovatt⋅soat) va 19 mlrd 328 mln so‘mlik tabiiy gaz (12 mln 883 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 58 mlrd 846 mln soʻmlik zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Qarshi shahrida 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Toshkent shahrida 1 mlrd 352 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turarjoy majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “A.B.” MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Xususan, ushbu MCHJ tasarrufidagi elektr qurilmalarni elektr hisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, majmua hududidagi avtoturargohda hujjatlarsiz elektromobillarni zaryadlash qurilmasi o‘rnatish holati ham aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 1 mlrd 352 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Andijon, Jarqo‘rg‘on va Rishton tumanlari hamda Marg‘ilon shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Andijon tumanida faoliyat yuritayotga “K.D.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar “Sultonobod” MFY hududida joylashgan ushbu MCHJga qarashli savdoni tashkil qilish uchun maydonlarini ijaraga berish faoliyatini amalga oshirish davomida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga qasddan tashqi taʼsir ko‘rsatib, jami 269 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Bu kabi holat, Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.P. o‘ziga tegishli suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 227,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Rishton tumani va Marg‘ilon shahrida esa “B-M.” fermer xo‘jaligi va “M.M.” xususiy korxonasi rahbarlari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi taʼsir o‘tkazib, tijorat maqsadida 186,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#nazorat

Joriy yilning o‘tgan davrida fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv nasoslaridan foydalanishda 240 ta holatda 27,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Ushbu holatlar bo‘yicha 116 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 13 ta shaxs qamoqqa olingan.

Masalan, Nukus tumanidagi “B.T.” fermer xo‘jaligi rahbari A.A. xo‘jalikka tegishli elektr hisoblagichning sxemalariga tashqi taʼsir ko‘rsatib, 1 mlrd 684 mln so‘mlik (1 mln 871 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Yoki, Qiziriq tumanidagi “S.H.” fermer xo‘jaligi rahbari A.I. “S.C.T.C.” MCHJ va tuman elektr taʼminoti korxonasi mansabdorlari bilan til biriktirib, suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, 476,2 mln so‘mlik (529,1 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Xurmatli fermer va dehqonlar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube