MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.4K photos
2.33K videos
90 files
6.63K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Yangi_qoidalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-mayda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qarori qabul qilindi.

Ma’lumki, shu vaqtga qadar elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish borasidagi ishlar Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qaroriga muvofiq tartibga solinib kelinayotgan edi.

Bugungi kunga kelib, energetika sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, texnologik o‘zgarishlar hamda yangi yo‘nalishlarni tatbiq etish borasidagi ishlar sohaning huquqiy asoslarini bugungi kun talablari asosida yanada takomillashtirgan holda yangilash ehtiyojini yuzaga keltirdi.

Vazirlar Mahkamasining yangi qarori sohada davlat nazoratini yanada kuchaytirishga, tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga, pirovardida esa elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishdagi qoidabuzarliklarga chek qo‘yishga xizmat qiladi.

Qaror bilan iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratilishi bilan birgalikda mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa va majburiyatlar yuklatilmoqda.

Xususan:

– elektr energiyasi iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;

– elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish ustidan davlat nazorati;

– iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi;

– elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari;

– tabiiy gaz iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;

– tabiiy gazga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash tartibi;

– iste’molchilarni tabiiy gaz tarmoqlariga ulash tartibi;

– tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

– tabiiy gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish va uni normalashni nazarda tutuvchi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_qoidalar / #energiya_samaradorlik

Yangi Qaror: Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmagan iste’molchilar uchun ta’sir choralari kuchaytirildi

Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvati 50 kW va undan ortiqni tashkil etgan barcha iste’molchilar reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishga majburdirlar.

Shuni yodda tutish kerakki, iste’molchilar reaktiv quvvatni yetarli darajada kompensatsiya qilmaganligi natijasida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar amaldagi tarifga nisbatan uch baravar miqdorda hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash – isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube