MINENERGY.UZ
14.2K subscribers
7.52K photos
2.04K videos
90 files
5.91K links
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz
Download Telegram
Isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi

Joriy yilning shu vaqtiga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 7 ming 364 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli 3 ming 47 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 659 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24: В Бухаре открыли новое месторождение газа.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda gaz quvuriga noqonuniy ulanib olganlar fosh etildi.

—————

В Андижане разоблачены потребители, незаконно подключенные к газопроводу
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekneftgaz” AJga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi

Kun tartibidagi ikkinchi masala — vazirlik va tarmoqlarni raqamlashtirish muhokama qilindi.

Tarmoq rahbarlariga faqat va faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Buxorodagi “Janubiy Kemachi” konini raqamlashtirish hisobiga, yo‘qotish 3 foizga kamayib, yiliga 28 million kub metr qo‘shimcha gaz olinayapti.

Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi.

Barcha tarmoqlarda ham raqamlashtirish sur’ati bir xil emasligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xitoy kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi

Joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Xalq Respulikasining “Henan Suda” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Hamkorlik kelishuviga koʻra, 2033-yilgacha 14 ta hududda 70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyalarini qurish hisobiga 700 mingdan ortiq elektr transport vositalarini quvvatlantirish nazarda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 17:45 da Toshkent viloyatidagi “L-Bog‘izor-2” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Toshkent tumani iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulaliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zi nima gap?” teleloyihasining birinchi sonida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

👉Suhbatni YouTube’da ko‘rish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Vodiy viloyatlari iste’molchilarining elektr ta’minotida qisqa muddatli uzalishlar kuzatilmoqda

Bugun soat 14:13 da vodiy viloyatlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli “L-524” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Farg‘ona va Andijon)ning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Nosozlik tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi ta’minlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqlandi

Joriy yilning shu davriga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr tarmoq xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqladi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu muhofaza maydonlari hududida qurilgan obyektlar eng avvalo insonlar uchun xavfli boʻlib, bunday qurilishlar tegishli maxsus ruxsatnomalar orqali amalga oshiriladi.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida 8 ming 357 ta, ”Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida esa 700 ta obyekt aniqlanib, belgilangan talablar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, aniqlangan 7 ming 636 ta obyekt boʻyicha mahalliy hokimliklar va sudlarga hujjatlar taqdim etilgan boʻlib, ushbu noqonuniy qurilishlarni xavfsiz hududlarga koʻchirish yuzasidan ish olib borilmoqda. Ayni vaqtgacha 91 ta obyekt xavfsiz hududlarga koʻchirildi.

Eslatib oʻtamiz, muhofaza zonasi – elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo boʻshligʻidan iborat maydon. Mazkur hududda uy, bino, issiqxona va hokazolar qurish, har qanday qurilish ishlarini olib borish qatʼiyan taqiqlanadi.

Quyidagi havolaga oʻtib, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining belgilangan normalarga asosan muhofaza zonalari haqida maʼlumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Farg‘ona viloyatidagi 110 kV kuchlanishli “L-Charxiy-2” va “L-Chilmahram” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Beshariq hamda Furqat tumanlaridagi iste’molchilar (6000 ta) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda mazkur nosozliklar “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJning maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sirdaryo IESda quvvati 520 kVt bo‘lgan navbatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda

Stansiya foydalanishga topshirilgach yiliga 760 ming kVt⋅soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Buning natijasida yiliga 81 ming kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: elektr stansiyada quvvati 1,3 MVt bo‘lgan “yashil” stansiya samarali ishlamoqda. Yangi 520 kVt quvvatli panellar ishga tushirilishi natijasida
quyosh fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati 1,8 MVtni tashkil etadi.

—————

На Сырдарьинской ТЭС строится очередная солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 520 кВт


После ввода станции в эксплуатацию ожидается выработка 760 тыс. кВт⋅час электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 81 тыс. кубометров природного газа.

Для информации: на электростанции эффективно работает «зеленая» установка мощностью 1,3 МВт. В результате ввода новых панелей общая мощность солнечных фотоэлектрических установок достигнет до 1,8 МВт.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 21-dekabr kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Toshkent viloyatidagi bitta AGTKSH 1 mlrd 258 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “B.E.G.700” MCHJga qarashli AGTKSH tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib koʻrsatish maqsadida hisobga olish priboriga tashqi taʼsir koʻrsatgan holda uning sxemalari oʻzgartirilganligi maʼlum boʻldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur AGTKSH tomonidan davlat manfaatlariga jami 1 mlrd 258 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube