MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.23K photos
2.3K videos
90 files
6.53K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetiklar tog‘ qiyaliklaridan o‘tgan elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etishmoqda

Kecha, soat 14:13 da vodiy viloyatlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli “L-524” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan edi.

Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Farg‘ona va Andijon)ning ayrim hududlarida, kunning tig‘iz vaqtlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, ushbu tarmoq transport vositalarining harakatlanishi nihoyatda qiyin bo‘lgan tog‘ qiyaliklaridan o‘tgan.

Tarmoqdagi nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz va sifatli amalga oshirish maqsadida tog‘ tizmasida maxsus shtab tashkil qilingan.

Qiyinchiliklarga qaramasdan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ energetiklari kechasi bilan va hozirgi vaqtda ham mana shunday fidokorona mehnat qilib o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Ularning mehnatlari bilan mazkur nosozlik bugun kechga qadar bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi ta’minlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli energetiklar!

Energetika vazirligi jamoasi siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etadi!


Sizlarning energetika sohasi rivoji yo‘lida amalga oshirayotgan mashaqqatli mehnatlaringiz nihoyatda qadrlidir.

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi kasbiy yutuqlar va oilangizga farovonlik tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 2023-yil yakunlari sarhisobi, istiqboldagi rejalar va xalqaro reyting natijalari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbirda Jamiyat boshqaruvi rahbariyati, Ijro apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mas’ul mutaxassislar, televideniye, radio, bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda “Janubiy Tandircha” konida yangi siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi.

Uglevodorod qazib olish hajmlarini barqaror saqlab turish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Tandircha” konida yangi siquv kompressor stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
На месторождении «Южная Тандырча» в Кашкадарье введена в эксплуатацию газоперерабатывающая станция.

В целях устойчивого сохранения объемов добычи углеводородов на месторождении «Жанубий Тандирча» Шуртанского нефтегазодобывающего управления, принадлежащего АО «Узбекнефтегаз», введена в эксплуатацию новая Дожимная компрессорная станция.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Tog‘ qiyaliklaridan o‘tgan elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik to‘liq bartaraf etildi

Vodiy viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli “L-524” elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ energetiklari tomonidan bartaraf qilindi.

Soat 12:40 da mazkur tarmoqqa kuchlanish berilib, vodiy viloyatlari iste’molchilariga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishi ta’minlandi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sutkaning tig‘iz vaqtlarida elektr energiyasi yetkazib berishga qo‘yilgan vaqtinchalik qisqa muddatli cheklovlar olib tashlandi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube