Iqtisodiyot va moliya vazirligi
21.7K subscribers
7.44K photos
716 videos
81 files
4.84K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣Hurmatli fuqarolar !

📲E’tiboringizga 30-avgust soat 10:00 holatiga koʻra, Tashabbusli budjet jarayoni 2024-yil 2-mavsumi doirasida hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

‼️ Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hurmatli fuqarolar!

‼️ Eslatib o‘tamiz,Tashabbusli budjet”ning 2024-yil 2-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni bugun, 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⌛️ Ovoz berish yakunlanishiga 1 soat qoldi

Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ilgari surilgan loyihalarga ovoz berish 1 soatdan soʻng toʻxtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi

“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 2 trln 139 mlrd soʻmlik 1772 ta loyiha gʻolib deb topildi!

🎉 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

🏆 Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🎉 Tashabbusli budjet — Xalq budjeti!

Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🎉 Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Jumladan:

➡️ Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;

➡️ loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;

➡️ mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalar boʻyicha sohalar kesimida tahliliy ma’lumot

Batafsil ma’lumotlar bilan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#infografika #open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushdi

Bunga ko‘ra, har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”ga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, har bir mahalla kesimida:

➡️ jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘lar;

➡️ amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yo‘nalishlari;

➡️ jamg‘armadagi mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgan bo‘lib, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va “mahalla yettiligi”ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🤔 “Mahalla budjeti” — yurt obodligi poydevori

Avval xabar berganimizdek, har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”ga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgan bo‘lib, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va “mahalla yettiligi”ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM