#mulohaza
Ba'zan qalb azobdan yonadi, aybsiz aybdorligidan yonadi.
Shu payt inson pessimistlik qilsa o'zini stressga solib sog'lig'ini oldirib qo'yishi hech gap emas.
Lekin optimist bo'lsa bu qalb yonishini xayrliligini tushunish qiyin emas.
Buni havo shariga o'xshataman (rasm 👇), olov sharni yuqoriga ko'targanidek, qalb olovi ham insonni yuqoriga ko'taradi, hozirgi ahvoldan qoniqish his qilmay yanada rivojlanishga undaydi.
Muhimi u olovni davomiy yoqish, so'nib qolishiga qo'ymaslik.
Qanday qilib davomiy olov bilan yurish mumkin deyilsa?
Mendagi javob shunday: butun umrlik oliy maqsad qo'yish va o'zing zulmga uchraganingdek boshqalarga zulm qilmaslik.
Olovni butun umr so'ndirmaslik nasib etsin!
✍ @mind_alis

#iqtibos
Eng yaxshi qasos - bu senga yomonlik qilganlarga o'xshamaslikdir.
© Mark Avreliy
✍️ @mind_alis

Izoh: «Yomonlik ko'rganingda eng yaxshi reaksiya nima?
Sen shu yomonlikni boshqa insonlarga qilmasliging» demoqchi Mark Avreliy.
✍️ @mind_alis
#mulohaza
Noyob narsa qadrli bo'ladi.
Noyob nima degani?
Kamdan kam uchraydigan narsa yoki kimsalar noyob deyiladi.
Qadrlichi?
Yo'qotilsa qabul qilish qiyin kechadigan narsalar yoki kimsalar qadrli deyiladi.
Demak noyob narsalarning qadrli bo'lishi tabiiy hol.
Biz jamiyatda boshqalardan ajralib qolmaslik uchun, oqim bo'ylab suzishga odatlanganmiz.
Ya'ni hamma kabi bo'lishni, bo'lmasa jamiyat bizni siqib chiqarib yuborishidan qo'rqamiz.
Lekin insonni qadri uning noyobligida, unga erishish imkoni pastligida, hammaga «доступный» bo'lmasligida bo'ladi.
Ko'pincha erishish imkoni past narsalar insonlarga qiziqroq va qadrliroq bo'ladi.
Instagramda rasmlari bor qiz/yigit bilan uchrashib jonli ko'rishga qiziqamizmi yoki rasmi yo'q qiz/yigitnimi?
Rasmini o'zi u haqida ancha narsani aytib qo'yadiku to'g'rimi?
Inson qancha yashirin va «недоступный» bo'lar ekan qadri oshib boraveradi.
Cheklangan narsalar ham shunga misol: oltin, bitcoin, olmos va hokazo.
Hammasi insonlar uchun qadrli, sababi esa oddiy, ularning miqdori cheklangan va hamma ham erisha olmaydi.
Xulosa qiladigan bo'lsak:
Noyob bo'ling qadrli bo'lasiz.
Osonlikcha erishib bo'lmas bo'ling qadringiz oshadi.
P.S: Доступный so'zini o'zbekchaga bitta so'z bilan tarjima qila olmadim, bilganlar commentda yozib qoldirsa xursand bo'lardim.

#fikr
Yaxshi niyat bilan qilingan yomonlik, yomon niyat bilan qilingan yomonlikdan yomonroq.
Sababi, yomonlik qilingan inson, yomonlik qilgan insonni yaxshi niyatining oqibati yomon bo'lishini boshidanoq bilmaydi.
Yomon niyatni esa boshidanoq biladi va buning oldini olish mumkin.

Forwarded from Mehribon Mirzo
Inson o‘z yo‘lida qanchalik sobit tura olishini isbotlash uchun sinovlar keladi.
Sinovlarning eng qiyinlaridan biri — yaqinlar bilan sinalish, ularga qarshi bo‘lib qolish.
Odam yaqinlaridan boshqalar bilan olishishi oson. Yaqinlari bilan kurashganda, mehr va hurmat bilan turib bera olish kerak.
Ular bilan bir qatorda emas, qarama-qarshi tomonda turishingiz ogʻriq beradi. Qani ularni oʻrnida yetti yot begona — dushman boʻlsa. Xohlaganingizcha yeng shimarib olishsangiz.
Ayni vaqtda, bu qarama-qarshilik ularning ham ogʻrigʻi bo‘ladi, eng kamida biznikichalik.
Va bu sinovni qiyinchiligi tashqaridagi hech kimga koʻrinmaydi. Odamni oʻzi va Xudo biladi.
Masalan, 374,000$ lik grant yutgan yigitda hammasi "chiki-chiki" bo'lgan, faqat yaxshi o‘qib bergan deb o‘ylash oson. Lekin puxta tayyorgarlik uchun shunchaki qo‘shimcha yil olishga uydagilarini ko‘ndira olmagani zahmatini biz bilmaymiz.
Nimadirga erishgan odam borki, uni yaqinlari doim qoʻllab-quvvatlagan deb oʻylaymiz.
Idealida shunday. Yaqinlarni hissiy qoʻllab-quvvatlashi juda katta resurs. Moddiy resurssizlikni ham sindirib tashlaydigan kuch. Ammo yaqinlarimiz yaxshilikni ilinib baʼzida bunday qilishmaydi. Yoʻlimizdan qaytarishmoqchi boʻlishadi. Biz koʻrib turgan yoʻlimizdagi yaxshilikni ularga koʻrsata olmaymiz, ishontira olmaymiz. Axir, ularning tajribasi boshqa.
Yoʻliga sodiqlar esa mehr va hurmatni saqlab qolgan holda baribir kurashadi. Maqsad kim haqligini isbotlash emas, o‘z mustaqil yo‘lini tekshirib ko‘rish. Ulgʻayish.
Garri Potterdan iqtibos bilan tugataman:
@Mehribon_Mirzo

Dushman bilan kurashish uchun jasorat kerak, doʻstlar bilan kurashishga esa undan ancha koʻprogʻi...
@Mehribon_Mirzo
#fikr
Bugun ko'plab insonlardagi fikrga qarshi chiqaman.
Kattalar doim haq va ular aytgan gaplar doim to'g'ri. Oramizda ko'p insonlar shu tamoyil bilan yashaydi. Lekin bu to'g'ri emas.
Ba'zan 15 yoshli bola 70 yoshga kirgan qari insondan yaxshiroq fikrlaydi.
10 yoshli boladek fikrlaydigan 70 yoshli qariyalarni ham ko'rdim.
Aslida hammamiz hayotda birinchi marta yashayapmiz, hammamiz bu dunyoda yangimiz, shunchaki kimdir ertaroq kelgan, kimdir kechroq.
Erta kelganlar kech kelganlarga bema'ni fikrlarini uqtirishi umuman to'g'ri emas. Sababi u dunyoni o'z qarichi bilan o'lchaydi.
U qarich 10 yoshli bolanikidek bo'lsa boshqa yoshroq inson uning qarichi bilan yurishga majbur emas.
Agar barcha kattalar haq bo'lganida haligacha «supurgini turgazib qo'yma», «dasturxon ustida gaplashma», «mushukni ko'rsang yetti qadam ortga yur» va hokazo boshqa bid'atlarga amal qilib yurar edik.
Kattalardan maslahat olinganida uning fikrlashi, farosati, aqli va axloqiga qaraladi. Agar 70 yoshli bo'lib ham 15 yosh boladek fikrlasa uni maslahati (yoki buyrug'i) bir tiyinga ham olinmaydi. Noto'g'riligini isbotlash ham shart emas, 70 yilda tushunib yetmagan endi ham tushunmaydi. O'zi tavfiq bermasa agar.
Demak o'sha maqol haq bo'lib chiqdi: Aql yoshda emas boshda ekan!
Boshida aql borlarni eshitaylik, faqat yoshi borlarni emas!

Ali's Mind
#tavsiya https://www.youtube.com/watch?v=Cx1vD5koCYw
#iqtibos
Qarorlar to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lmaydi.
Siz qaroringizga qanchalar sodiqsiz yoki sodiq emassiz shunisi bo'ladi.
©️ Azim Po'lat
Izoh: Bir o'zingiz yashab, chalg'imasdan, bir ishga diqqat qilib muvaffaqiyatga erishaman deb qaror qildingizmi, to'g'ri yoki noto'g'riligi sodiq yoki sodiq emasligingizga to'g'ri proporsional.
Ya'ni qarorga sodiqlik = to'g'ri qaror.
Sodiq bo'lolmasangiz = noto'g'ri qaror.

Ba'zilarimizda bir yomon odat bor. Shaxslarni juda qattiq ulug'lab yuborish. Qo'pol qilib aytsam: shaxsga sig'inish.
Fikrimni tarixdan bir voqea keltirib boshlamoqchiman.
Bilamizki tarixda 1923-yilgacha Usmonli Imperiyasi bo'lgan, uning hududiga hozirgi Makka va Madina ham kirgan. U yerdagi arablar orasida bir imomning shajarasi Payg'ambar alayhissalomga borib ulangan (balki rostdir, balki yolg'on aniq bilmayman).
O'sha imomga o'sha hududdagi arab xalqi hurmat ko'rsatgan, boshida ko'tarib yurgan, u nimani to'g'ri desa to'g'ri, noto'g'ri desa noto'g'ri deb qabul qilgan. Sababi esa bitta, uning nasl-nasabi Payg'ambar alayhissalomga ulanishi.
Xullas shu imom bilan Buyuk Britaniya til biriktiradi, unga ko'ra imom xalqni Usmonli Imperiyasiga qarshi qo'zg'olon qilishga chaqirishi va natijada Arabiston hududlariga shu Imom podshoh bo'lishi kerak edi.
Va kutilganidek imom xalqni ko'taradi natijada Usmonli Imperiyasi zaiflashib, Arabiston hududlari Usmonli hududidan chiqib ketadi. Undan keyingi voqealar muhim emas.
Muhimi shu paytda ham xalq imomni xudodek ko'rib u xato qilmaydi, uning hamma gapi haq deb yashaganida. Aslida esa barcha bandalar xatokor, bu dunyoda hech qaysi Alloh yaratgan narsalar sig'inishga arzimaydi.
Biz sig'inishimiz kerak bo'lgan Zot yagona va bitta! Undan boshqasiga sig'inilmaydi, shunchaki hurmat qilinishi boshqa gap.
Shu Imom ham o'z nasl nasabidan fahrlanib, kibrga berilgan, natijada o'zi ham Arablarni ergashtirib Usmonliga qarshi chiqishini xato deb bilmagan (menimcha).
Xullas yetkazmoqchi bo'lgan narsam, shaxslarga yoki nasl-nasabga sig'inmang, Alloh xohlasa fohisha ayoldan solih farzandni yoki solih ota-onadan yomon farzandni dunyoga keltirishi ham mumkin.

Afsuslarsiz hayot qanday yashaladi?
Keling bu mulohazani savoldan boshlaymiz.
Nimaga o'zi afsuslanamiz?
Muallifdagi javobga ko'ra niyatimiz bo'la turib qilinmagan, chala qolgan yoki boshqalarni bosimi bilan qilingan ishlar afsusga sabab bo'ladi.
Misol uchun kimdir ingliz tili o'qiydi, niyati C1 gacha borish edi, borolmasa kelajakda nega shuni oxiriga yetkazmadim deb afsuslanadi.
Kimdir boshqalarni bosimi bilan oila quradi, keyin nega o'zim istagan inson bilan turmush qurmadim deb afsuslanadi.
Afsuslar doim bo'ladi, lekin ularni kamaytirishga erishish mumkin.
Xo'p afsuslarni qanday kamaytiramiz?
Hayotda eng muhim 3 tanlov bor, shularni to'g'ri qila olsak qolgan ishlarda deyarli afsuslanmaymiz.
1. Umr yo'ldoshimiz.
2. Yashash joyimiz.
3. Kasbimiz.
Ishlarimizni chala qoldirmasak, boshqalarning bosimi bilan emas, o'zimiz qaror qabul qilsak, hayotimiz «joystick»i doim o'z qo'limizda bo'lsa afsuslar kamayadi.
Demak afsuslarsiz hayotga erishish deyarli imkonsiz. Ularni kamaytirish imkoni haqida gaplashdik. Kamaytirishdan maqsad esa har bir lahzani qadrlab, undan unumli foydalanib qolish.
✍ @mind_alis
Afsuslarsiz hayot qanday yashaladi?
Disclaimer!
Muallif o'zi hali bunday hayotga erisha olgani yo'q. Afsuslarsiz hayotga erishish yo'lida nimalar qilishi mumkinligi haqida shaxsiy fikrlari bilan bo'lishmoqchi.
Keling bu mulohazani savoldan boshlaymiz.
Nimaga o'zi afsuslanamiz?
Muallifdagi javobga ko'ra niyatimiz bo'la turib qilinmagan, chala qolgan yoki boshqalarni bosimi bilan qilingan ishlar afsusga sabab bo'ladi.
Misol uchun kimdir ingliz tili o'qiydi, niyati C1 gacha borish edi, borolmasa kelajakda nega shuni oxiriga yetkazmadim deb afsuslanadi.
Kimdir boshqalarni bosimi bilan oila quradi, keyin nega o'zim istagan inson bilan turmush qurmadim deb afsuslanadi.
Afsuslar doim bo'ladi, lekin ularni kamaytirishga erishish mumkin.
Xo'p afsuslarni qanday kamaytiramiz?
Hayotda eng muhim 3 tanlov bor, shularni to'g'ri qila olsak qolgan ishlarda deyarli afsuslanmaymiz.
1. Umr yo'ldoshimiz.
2. Yashash joyimiz.
3. Kasbimiz.
Ishlarimizni chala qoldirmasak, boshqalarning bosimi bilan emas, o'zimiz qaror qabul qilsak, hayotimiz «joystick»i doim o'z qo'limizda bo'lsa afsuslar kamayadi.
Demak afsuslarsiz hayotga erishish deyarli imkonsiz. Ularni kamaytirish imkoni haqida gaplashdik. Kamaytirishdan maqsad esa har bir lahzani qadrlab, undan unumli foydalanib qolish.
✍ @mind_alis
#fikr
Har qanday muammoga birgina yechim bor, u ham bo'lsa yurish.
Uzoq yurasan, o'ylaysan, tafakkur qilasan.
Birgina sharti yolg'iz yurishlik.
Siqilib ketganingda, tushkunlikka tushganingda, muammoimga hech qanday yechim yo'q deb o'ylaganingda shunchaki ko'chaga chiqda yur.

Forwarded from Abdusattor
Ko’pchiligimiz, odamlar hayotlari oxirida pul yetishmaganidan, imkoniyat topolmaganidan, uy-joy olmaganidan yoki yaxshi daromad qilmaganidan pushaymon bo‘ladi, deb o’ylaymiz.
Lekin tadqiqotlar umuman boshqa narsani ko‘rsatadi.
Bronni Veyr ismli Avstraliyalik palliativ hamshira, o‘limga yaqinlashgan bemorlar bilan yillar davomida ishlagan. U bemorlar bilan suhbatlashgan, ularning ichki iztiroblarini, qo‘rquvlarini, pushaymonliklarini yozib borib, keyinchalik ularni tahlil qilgan.
Tadqiqot juda oddiy haqiqatni isbotlaydi:
Bu xuddi deraza oldida turib tashqaridagi siz yashamoqchi bo’lgan hayotni kuzatishingizga o’xshaydi. Siz derazadan chiqib o’sha hayotni yashashni o’ylamaysiz. Chunki sizda qo‘rquv, shubha, vaqt yo’q degan bahonalar bo’ladi. O’lim oldidan esa shu derazadan chiqishim mumkin ediku degan pushaymonlik sizni qiynaydi.
Shuning uchun eng ko‘p uchraydigan pushaymonliklar aytilmagan so‘zlar yoki qilinmagan ishlar bo’ladi. Qilingan xatolar vaqt o‘tishi bilan unutiladi, lekin qilinmagan ishlar bir umr miyyamizda bizga tinchlik bermaydi.
Xulosa shuki, insonning eng katta pushaymonligi noto‘g‘ri yashagan hayoti emas, balki yashashi mumkin bo‘lgan hayotni umuman boshlamaganida bo’ladi.

Insonning eng kuchli pushaymonligi real hayoti va ideal hayoti o’rtasidagi farqdir. O‘lim oldida esa inson bu farqni birinchi marta to‘liq anglaydi.
Bu xuddi deraza oldida turib tashqaridagi siz yashamoqchi bo’lgan hayotni kuzatishingizga o’xshaydi. Siz derazadan chiqib o’sha hayotni yashashni o’ylamaysiz. Chunki sizda qo‘rquv, shubha, vaqt yo’q degan bahonalar bo’ladi. O’lim oldidan esa shu derazadan chiqishim mumkin ediku degan pushaymonlik sizni qiynaydi.
Shuning uchun eng ko‘p uchraydigan pushaymonliklar aytilmagan so‘zlar yoki qilinmagan ishlar bo’ladi. Qilingan xatolar vaqt o‘tishi bilan unutiladi, lekin qilinmagan ishlar bir umr miyyamizda bizga tinchlik bermaydi.
Xulosa shuki, insonning eng katta pushaymonligi noto‘g‘ri yashagan hayoti emas, balki yashashi mumkin bo‘lgan hayotni umuman boshlamaganida bo’ladi.
#fikr
Hammamiz sotuvchimiz.
Ba'zan vaqtimizni arzimas pullarga, insonlarga va kontentlarga sotamiz.
Vaqt sotilishini tushunib yetganlar vaqtimiz hisobiga pul qilyapti.
✍ @mind_alis
Hammamiz sotuvchimiz.
Ba'zan vaqtimizni arzimas pullarga, insonlarga va kontentlarga sotamiz.
Vaqt sotilishini tushunib yetganlar vaqtimiz hisobiga pul qilyapti.
✍ @mind_alis
#iqtibos
Odamlar bir haqiqatni unutdi, – dedi Tulki, – ammo hech qachon yodingdan chiqarma: kimniki qo‘lga o‘rgatgan bo‘lsang, uning taqdiriga hamisha javobgarsan.
***
— Men do‘st izlab yuribman. Xo‘sh, “qo‘lga o‘rgatish” degani nima?
— Bu allaqachonlar unut bo‘lib ketgan tushuncha, — deb tushuntirdi Tulki. — Bu degani — rishtalarni bog‘lamoq demakdir.
— Rishta bog‘lamoq?
— Xuddi shunday, — dedi Tulki. — Hozir sen men uchun dunyodagi o‘zingga o‘xshagan yuz ming bolaning birisan, xolos. Hozircha sen menga kerak emassan. Men ham senga hozir dunyodagi yuz minglab tulkining biriman, xolos. Ammo bordiyu sen meni qo‘lga o‘rgatsang, ikkimiz bir-birimizga kerak bo‘lib qolamiz. Sen men uchun dunyodagi yagona odamga aylanasan. Men ham sening uchun dunyodagi yagonaga aylanaman…
© Antuan De Sent Ekzyuperi - Kichkina shahzoda kitobidan.
Shu kanaldan olindi

Millatchilik haqida.
Buni kanalga yozmayman degandim. Lekin 3 kundan beri shu haqida o'ylayverib charchadim yozishga majbur bo'ldim.
Hammamiz ko'rgan bo'lsak kerak, rossiyada 15 yoshli cho'chqa (boshqacha ta'rif berolmadim) 10 yoshli tojik bola(cha)ni pichoqlab o'ldirdi.
Ko'pchilik uni millatchilik qilib o'ldirdi deyishyapti. Aslida bu millatchilik emas, islomofobiya. Ya'ni Islomga bo'lgan nafratdan.
Bunga isbot 15 yoshli cho'chqani rasmida boshqa bir Yangi Zelandiyada terakt sodir etgan cho'chqani tabriklagani.
Millatchilik deyishga esa bizni haqqimiz yo'q, o'zimiz ham millatchilardan qolishmaymiz. Tojiksan, qozoqsan deymiz, ba'zilar esa o'zbek bo'lib turib ham o'zidan millat yasab olgan, kimdir xo'ja, kimdir eshon, kimdir to'ra, sort, qurama va h.k.
Xullas oxiri yo'q «kasha».
Aslida Islom butun dunyoni millatidan qat'iy nazar, birlashtiruvchi din.
Shunchaki uni biz tushunmay, nafsimizga yoqqan joyini olib, yoqmagan joyini ko'rmagandek yuribmiz.
Aslida Islom arabni arabmasdan ustun qo'ymaydi. Hamma musulmon aka-uka, opa-singildir. Ummat degan tushuncha bekor emas.
Xullas Islomni yagona bir millat deb bilaylik, millatchilik bilan o'ralashib yuraversak urushlar tugamaydi. Tojikmi, arabmi, turkmi, qozoqmi farqi bo'lmasin.
Bittagina farqi musulmon yoki nomusulmon bo'lsin bo'ldi.
Oxirigacha o'qigan bo'lsangiz rahmat.
Millat haqida fikringiz o'zgargan bo'lsa ikki karra rahmat.

#fikr Millatchilik haqida. Buni kanalga yozmayman degandim. Lekin 3 kundan beri shu haqida o'ylayverib charchadim yozishga majbur bo'ldim. Hammamiz ko'rgan bo'lsak kerak, rossiyada 15 yoshli cho'chqa (boshqacha ta'rif berolmadim) 10 yoshli tojik bola(cha)ni…
Bu postga qo'shimcha.
Millatchilik qiladigan insonlarni shaytondan farqi yo'q.
Shayton ham Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortgandi. Sabab qilib o'zini olovdan yaratilgani va olov tuproqdan yaxshiroqligini keltirgan.
Hozirgi oqsuyakman deydigan, oliy millat vakiliman, oqtanliman deydiganlar ham shayton qilgan ishni qilyapti.
O'zi kifoya qilsin bundaylarga.

#tafakkur
Avtobusda, haydovchining orqasidagi o'rindiqda o'tirib ketyapman.
Shu vaqt ichimdagi odamchalardan biri: «Hozir bir mashina kelib avtobusni oldidan urilsa-ya, yana men eng yaqin joyda o'tiribman...»
Ikkinchi odamcha: «Haydovchi yaxshi haydasa kerak, unaqa holatlar kamdan kam bo'ladi-ku».
Uchinchisi: «To'xta, haydovchini taniysanmi? Yo'q. Tanimasang nega ishonyapsan? Butun boshli hayotingni notanish haydovchiga ishonib topshiryapsanmi? Xo'p haydovchiga ishonib xotirjam ekansan, nega unda kelajakni o'ylab siqilib yuribsan? Taqdiringni ipidan ignasigacha yozib qo'ygan Zotga nega ishonmayapsan? Nega xotirjam emassan? Nega har narsani unga shunchaki topshirib qo'ymayapsan?...»
Shunda ikkinchi odamcha so'z topa olmay, o'zini oqlashga urinib: «Ehh, bilmadim...»