Ona tili va adabiyoti(Milliy sertifikat): RASMIY
327 subscribers
493 photos
23 videos
277 files
57 links
Abituriyentlar uchun:
🔥Milliy sertifikat testlari
🤓Ona tili va adabiyot fani bo'yicha kerakli maʼlumotlar bazasi;
😱Test yechish sirlari va usullari;
🤔Online testlar va test tahlili;
🧠Psixologik va motivatsion darslar

Hamkor kanalimiz: @alskomm_ATM
Download Telegram
DTM ga chapaklar
Qiynab qo'ydi kataklar
Savollar oson ,ammo
Chalkashtirdi kataklar.
40ta asar o'qidik,
Ko'mib qo'ydik yurakka,
Qo'llar ochib duoga
O'tdik endi tilakka.
Nazoratchi opalar
Bittasi undoq deydi,
Bittasi inkor etib,
Bunisi bundoq deydi.
BBA iltimosim, sal o'ylabroq ish qiling,
Hech qursa 450mingni
Nomini oqlab qo'ying.

Muallifi kimligini bilmadim.

@milliysertifikat_Test
Mahalla ayollarining aytishicha, Milliy sertifikat imtihonining baholash mezoni quyidagicha:
1) 44 ta savol uchun umumiy 51 ball(100%)
2) Esse 24 ball (100%).

Izoh: ikkalasaning foizlar qoʻshiladi va 2 ga boʻlinadi va foiz katagoriyasi aniqlanadi.

Misol uchun: testdan 80% ball oldiz, essedan esa 60%.
(80+60):2=70%

75-100
X-70( foizni balini tenglama bilan aniqlaymiz.
75×70÷100=52.5 ball)

@milliysertifikat_Test
🧏 📣📢 Barcha abituriyentlar 🔉🔊
           📣📢  DIQQATIGA 🔉🔊

🗓️1-APRELDAN

📖{ ONA TILI  } fanidan yangi
( MAJBURIY VA ASOSIY(Tezlashtirilgan) GURUH) ochilmoqda.

📆Qabul: 1-aprel Dushanba kuni
🕞 Soat: 15:30 da

(Dars vaqtlar oʻsha kuni hamma bilan kelishiladi)

🧏"Muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish kerak"
O'z vaqtingizni zoye ketkazmang.

🧑‍🏫O'qituvchi: ISLOMBEK KARIMOV

📝 Tezroq roʻyhatga yoziling. Joylar soni cheklangan.

☎️𝑴𝒖𝒓𝒐𝒋𝒂𝒂𝒕 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒕𝒆𝒍:
+998886009300

✍️ @Karimov_9300
Rash modelidagi sertifikat ko'rinishi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalyapti.

Suratdagi sertifikat Qoraqalpoq tili va adabiyotiga tegishli.

@Onatilidan_Testlarim
Yuqoridagi sertifikat bo'yicha aniq ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Umumiy testga 75 bal beriladi. Yuqoridagi suratga qarang, unda talabgor maksimal 75 baldan 60,22 bal olgan.

Esse ham 75 ball bo'yicha tekshirilgan. Yuqoridagi suratga qarang, talabgor 75 balldan 68,5 ball olgan.

Test va esse bali bir-biriga qo'shilgan 60,22+68,5=128,72

Keyin bu raqam ikkiga bo'linib, o'rta arifmetigi chiqarilgan: 128,72:2=64,36

Xulosa qilish mumkinki, test va essega 75 baldan berilmoqda.

@Onatilidan_Testlarim
Bilimni baholash agentligiga ham ba'zi savollar tug'ilmoqda.

1) Esse 75 ball bilan baholanar ekan, unda nega rasmiy saytda yozma savodxonlik uchun maksimal 24 ball berilishi ta'kidlangan?

2) Titul katakchalariga yozilgan javoblar nima bo'ldi, uni inson tekshirdimi yoki dasturlangan robotmi?

3) Biologiya va Qoraqalpoq tili va adabiyoti natijalari qariyb 1 oyda chiqdi. Bunchalik darajada cho'zilib ketishiga nimadir sabab bormi yoki yuklama ko'pmi? (Bayram kunlari hisobiga bo'lsa, hech qanday e'tirozimiz yo'q)

4) Essega 75 ball berish amaliyotiga aloqador baholash mezoni qachon ishlab chiqiladi va saytga joylanadi?

5) Rash modeli bo'yicha birorta videoqo'llanma tayyorlanadimi yoki talabgor uchun murakkab hisoblangan tizim tushuntirilmaydimi? Axir ro'yxatdan o'tish, ruxsatnomani yuklab olish, natijalarni yuklab olish yoki sotiladigan testlarni qanday sotib olish bo'yicha videoyo'riqnomalar bor-ku, nega hamma uchun qiziq bo'lgan tizim (Rash modeli) pul to'layotgan talabgorga tushuntirilmaydi? Bu agentlik mutaxassislari uchun arzimagan ish-ku.

Bularga biz javob izlayapmiz, sal ochiqroq bo'linglar, qadrdonlar.

P/s: Agentlikka hech qanday xusumatimiz yo'q. Faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz. Yangi tizimga moslashish osonmas, lekin ba'zi masalalar ochiqlansa, xursand bo'lardik.

@Onatilidan_Testlarim
Yuqoridagi post bo'yicha aloqaga chiqishdi. Natijalar aprel oxiriga borib chiqar ekan. Ruxsatnomalar chiqishini e'lon qilingandan keyin emas, aynan 21 kun bo'lgandan keyin yagona intraktiv portal (my.gov.uz/meningarizalarim) dan yuklab olishlari mumkin ekan. Agentlik esa biroz muddat o'tib, ruxsatnomalar to'liq chiqib bo'lgandan keyin rasmiy kanalda e'lon qilinar ekan. Qo'shimcha qilinishicha, ruxsatnomalar 29-30-mart kunlari chiqqan, kanalda esa endi e'lon qilinibdi ekan.

Rash modeli va uning testdagi statistik tafsilotlari natijalar e'lon qilib bo'lingandan keyin bir-ikki kunda e'lon qilinarkan.

Unda test topshiruvchilarining umumiy miqdori, har bir test topshiriqlarining ishonchlilik koeffitsiyenti, oʻrta qiymat, mediana, moda, standart tafovut, dispersiya, asimmetriya, ekstsess, diapazon, minimum, maksimum kabi tafsilotlar diogramma ko'rinishida e'lon qilinar ekan.

Rash modeli bo'yicha umumiy test materiali a va b savollar bilan birgalikda 49 ta savolga ajratilgan. Ularning har biriga oid qiyinlik darajasi ishlab chiqiladi. Masalan, test topshiruvchilarning soni va ular to'g'ri topgan javobdan kelib chiqib bal belgilanadi, bunda to'g'ri topish 86 foizdan oshsa, 1-qiyinlik darajasidagi savol; 20 foizdan 86 foiz oralig'ida topilgan bo'lsa, 2-darajali savol; 0 foizdan 20 foizgacha bo'lsa, 3-darajali savol bo'ladi. Har bir darajali savolga qancha bal berilishi keyin e'lon qilinar ekan.

Bu imtihonda 3-darajali (eng qiyin) savol aniqlanmasligi mumkin.

Tushunishim bo'yicha, esselarning ham qiyinlik darajasi mavjud.

Yana bir narsani tushunish lozim ekan. "Birinchi smenaga qiyin savollar, ikkinchi smenaga oson tushdi. Ikkinchi smena sertifikat olib, birinchi smena sertifikat ololmaydi", - demaslik kerak ekan. Chunki savollarni topish foizi tushsa, ball yuqorilab ketar ekan. Hatto ikkinchi smenadan ham yuqorilab ketishi mumkin ekan.

Surishtiruvlarim shundan iborat, qolganini test tafsilotlaridan bilib olamiz endi.

Bee'tibor bo'lmagan insonlarga ham rahmat!

@Onatilidan_Testlarim
Sertifikat kimlarga nima beradi?

75 baldan 45+ ball to'plasa, boshlang'ich ta'lim ustozlariga 20 foizlik ustama;

75 baldan 60+ ball to'plasa, umumta'lim fan o'qituvchilariga 20 foizlik ustama;

75 baldan 65+ball to'plasa, abituriyentlarga 30 talik testni yopib berish.

@Onatilidan_Testlarim
Ballar 65 ballga nisbatan foizlanyapti. Bu nima degani? Abituriyent 86 foizlik natijani emas, aynan A va A+ darajani qo'lga kiritishi kerak bo'ladi.

Rash bo'yicha maksimal ball 75 deyilgan bo'lsa-da, savollardagi qiyinlik darajasi va undagi ball berish tafovuti maksimal ballni 75 dan oshib ketishiga sabab bo'ladi. Buning natijasida 80, 82, 85, 87 ballgacha miqdor oshib ketishi mumkin. 75 dan oshgan har bir umumiy natijaga A+ (100 foiz) lik daraja beriladi.

@Onatilidan_Testlarim
Hurmatli foydalanuvchilar, mana xususiy maktabimizga ham qabulni boshlab oldik. Alloh hayrli qilsin,ilohim.
⭕️⭕️⭕️4️⃣4️⃣4️⃣ ⭕️⭕️⭕️⭕️

👨‍🎓 Farzandingiz maktab davrida professional va tajribali ustozlardan ta'lim olishni istaysizmi?

🕵 Tajribali ustozlar jamoasi tomonidan Farg'ona shahrida 🔝"FERGANA SCHOOL"🔝 xususiy maktabiga asos solindi. Ayni paytda maktabda o'quvchilar qabuli boshlangan.

☄️ Maktabimiz 1-11 rus va o'zbek sinflarga mo'ljallangan. Farg'ona shahrida va Quvasoyda yashovchi o'quvchilar uchun shahar bo'ylab bepul avtobus xizmati va 3 mahal issiq ovqat mavjud.☄️

Bizning maktabimizda:👇

Prezident maktabiga va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov.
🏃Qoʻshimcha sport toʻgaraklari.
🇦🇺🇰🇷Qoʻshimcha xorijiy til darslari.


😉 9-sinf va undan yuqori sinflar uchun repetitor tizimida darslar oʻtiladi.

👨🏼‍🏫 Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma (attestat) beriladi.

🧭Bizning manzil: Farg'ona shahar, Quvasoy ko'chasi 138- uy! (Eski Bibixonim toʻyxonasi)
🔜Mo'ljal: Temurbeklar maktabiga yetmasdan.

☎️ Aloqaga chiqing:
+998972021100
+998911306159
📱 Kuzatib boring:
🔵@Fergana_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum! Hurmatli kuzatuvchilar, bizning xususiy maktabimizda ishlash niyyatida boʻlgan ustozlarni hamkorlikka chorlaymiz.
☎️+998972021100
📝@ferganaschool_admin