Ona tili va adabiyoti(Milliy sertifikat): RASMIY
302 subscribers
521 photos
26 videos
280 files
85 links
Abituriyentlar uchun:
🔥Milliy sertifikat testlari
🤓Ona tili va adabiyot fani bo'yicha kerakli maʼlumotlar bazasi;
😱Test yechish sirlari va usullari;
🤔Online testlar va test tahlili;
🧠Psixologik va motivatsion darslar

Hamkor kanalimiz: @alskomm_ATM
Download Telegram
⚡️ Ertaga (14-iyul) imtihonga kiradigan o'quvchilar uchun ONA TILI (majburiy fan) dan ehtimoliy qolip quyidagicha:

1. IMLO.
so'zlarning to'g'ri va xato yozilishi bo'yicha 1 ta savol. Bunda, taxminan, tutuq belgisi bo'lmagan so'zlarga tutuq belgi qo'yishi mumkin yoki biror unlini qo'shib yozishi mumkin. Masalan, hukm so'zini hukum tarzda;
imlodan ikkita savol keladi. Ikkinchi savol gap ko'rinishda berilib, chiziqcha bilan yozish, qo'shib, ajratib, bosh harf bilan yozish asosiy tushadigan narsalar hisoblanadi. Masalan, Qaysi gapda CHIZIQCHA BILAN YOZISH qoidasiga amal qilingan yoki qilinmagan shaklida.

2. KO'CHMA MA'NO
ko'chma ma'noda qo'llangan so'z qatnashgan gapni toping shaklida kelishi mumkin. Buni topishda asosan ajratib ko'rsatilgan so'z yoki umumiy so'zlarga qarash kerak bo'ladi. Hayotda mavjud bo'lishi mumkin bo'lmagan narsani aytishi mumkin.

3. SINONIM.
ma'nodosh so'zlardan savol kelish ehtimoli yuqori. Asosan to'rtta so'z berib qaysi so'z ma'nodosh bo'la olmaydi deb so'rashi mumkin yoki so'zlarni 2 tadan juft qilib qaysi so'zlar sinonim emas deb so'rashi mumkin.

4. TINISH BELGI.
Tinish belgisi bilan bog'liq xatolik so'raladi. Vergul, tire, ikki nuqtadan tushish ehtimoli yuqori. Vergul: uyushgan so'zlar, qo'shma gaplar orasida qo'yilishidan, tire: ot kesim va ega orasida ishlatilishidan, ikki nuqta: uyushgan gap yoki bog'lovchisiz qo'shma gap orasida qo'yilishidan kelishi mumkin.

5. QO'SHIMCHA.
qoʻshimcha qoʻllash boʻyicha ikki xil savol kelishi mumkin: imloviy xatolik va uslubiy xatolik. Imloviy xatolikda qoʻshimchadagi unli, undosh tovushlar xato yozilishi yoki qoʻshimcha tarkibida bir tovush ortishi, almashishi holato; uslubiy xatolikda esa +ning va +ni, +da va +ga, feʼl nisbatlaridan kelishi mumkin. Beeʼtiborsiz va shunga oʻxshash soʻzlar tushishi ham mumkin. Bunda 2 xil be-, -siz, ser-,-li, no-, -siz, -chi,-shunos kabi qoʻshimchalari bir soʻzda kelishi mumkin emas, uslubiy xato.

6. SOʻZ TURKUMLARI.
soʻz turkumlaridan ham 1 ta savol olinadi. Koʻproq tushadigani sifat, olmosh, ravish boʻlishi mumkin. Sifatdan maʼnoviy turlari, olmoshdan va ravishdan qanday maʼno berayotgani, yaʼni paytmi, oʻrinmi, holatmi shunaqa maʼnoda keladi. Sondan hisob soʻzlar ham kelishi mumkin.

7. KOʻMAKCHI.
asosan gapdagi koʻmakchi qanday maʼnoda qoʻllanganini soʻraydi. Bilan, uchun koʻmakchilariga eʼtibor beriladi. Bilan koʻmakchisida vosita, birgalik, holat, payt; uchun koʻmakchisida sabab, maqsadga qaraladi.

8. SINTAKSIS.
bu boʻyicha 3 xil savol kelishi mumkin. Asosiysi soʻzlarning bogʻlanishi: kelishik bilan bogʻlangan birikmani toping tartibida. Bunda qotib qolgan qoʻshimchalar bilan chalgʻitadi. Kelishik belgisiz shaklda turadi. Ikkinchi xil: gap boʻlaklaridan: aniqlovchini toping tarzda kelishi mumkin. Uchinchi xil: qoʻshma gaplardan: bogʻlangan yoki ergashgan qoʻshma gapni toping tarzda. 3 xil savoldan biri tushadi.

9. USLUBIYAT.
Bu boʻyicha ham 2 xil savol kelishi mumkin. Bittasi: nuqtalar oʻrniga mos soʻzni qoʻying yoki bir soʻzni berib, qaysi javobda shunday maʼnoni ifodalagan tarzda. Masalan, qaysi javobda soʻz soʻzi vaʼda maʼnosida qoʻllangan tarzda. Ikkinchi: mos qoʻshimcha qoʻying.

10. Bunga nima deb oʻylaysiz? Taxminingizni commentda qoldiring.

📝 Bu keltirilgan qolip taxmin qilindi. Ertaga oʻzgarishi, boshqacha tushishi ham mumkin. (lekin bu qolip boʻlishi katta ehtimol😉)

Ertaga imtihonga kiradiganlar qarab oling. Ertaga imtihondan keyin sizlardan fikr eshitishni xohlaymiz.

✈️ @milliysertifikat_Test
🇺🇿 #Onatili_asosiy_tushgan

Ravshan dostonidan savol tushgan:
Avazxon Hasanxonga qizini bermaganining sababi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

✈️@milliysertifikat_Test
🇺🇿 #Onatili_asosiy_tushgan

Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'zga bog'lanmagan bo'lakni toping.

Barchamizga ma'lumki, biz yurtimizda konstitutsiya va qonunlar asosida dunyoviy davlatni barpo etmoqdamiz.

A) biz
B) yurtimizda
C) konstitutsiya
D) dunyoviy

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

Abdulla Qahhorning fikri berilgan:
"Odamning chiqiti bo'lmaydi".
Qaysi asar mazmuni mana shu fikrga mos keladi?

Javobingizni commentda qoldiring.

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

Qaysi dostonda ota o’g’liga podshohlikni topshirmoqchi bo'lganida o'g'li qabul qilmaydi?

Javobingizni commentda qoldiring.

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

Asqad Muxtorning "Tug'ilish" she'ridan parcha savol bo'lib tushgan:
Iymanibroq  turar ota poygakda bir qo'li mayib,
Ichkarida esa jahonning umidi yotar jilmayib"
she'rining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan.

Javob : Qahramon jangchi dunyoga kelganligi tasviri

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

"Me'mor" romani haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni toping

Javob: Badia Zulfiqorning turmush qurish haqidagi taklifiga rad javobini beradi.

#Onatili_asosiy_tushgan

Furqatning "Fasli navbahor o‘ldi" g'azalidan bayt berilgan.

"Nastarin yuvib yuzni, nargis ochibon ko'zni ...."
G'azal haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.



Asosiy blokdan turli viloyatlarda turli variantlar kelgan. Ba'zilarga "Qutadg'u bilig", ba'zilarga  Furqat g'azali.

@milliysertifikat_Test

#Onatili_asosiy_tushgan

"Hayrat-ul abror" dan tushgan baytlar:

Gʻuncha kulub boʻldi ochilmoq anga,
Yetti ochilmoqda sochilmoq anga.

Barqni kulgu yiqibon togʻ aro,
Balki qilib yer qoʻyi tuproq arob.

Ravshan etib shamʼni har tun yigʻi,
Yelga berib gʻunchani xandonligʻi.

Qildi bulut ashki bila dur nisor,
Boʻldi choqin kulgusidin xoksor.


@milliysertifikat_Test
Imtihonda tushgan majburiy fanlardan mulohazalar.

@milliysertifikat_Test
Shu kungacha tushgan boshqa test savollari:
1) Alisher Navoiyning saxovat haqidagi baytlari.
2) Fasli navbahor g'azalidan parcha.
3) Tug'ilish she'ri
4) Asror bobo hikoyasidan.
5) Ravshan dostonidan.
6) Alpomish dostonidan.

@milliysertifikat_Test
Imtihon savollarida TIPlar o'zgarmagan. "Umumiy variantlar" kitobidagi ketmaketlik va mohiyat saqlanib qolgan.

Kitob borasida oxirgi gapni aytaman: Siz shu kitobni yaxshilab ishlab qo'yavering, kam bo'lmaysiz.

@milliysertifikat_Test
25 tadan kam test uchun sertifikatidan foydalangan o'quvchilarga bir daqiqalik sukut saqlaymiz.

Sizlar qattiq adashdingiz.

@milliysertifikat_Test
Ballar bulutlardek osmonda uchganini ko'rganmisiz. Hali ko'rasiz ham.

@milliysertifikat_Test
Ona tili grammatikasi va ilmiy hamda publisistik matndan imtihonda tushgan savollar va ularning javoblari.

Davron Akbar

@milliysertifikat_Test
2-smenaga kiradigan oʻquvchilarga omad. Shoshilmasdan, savolni 3 marta oʻqib, notoʻgʻri javobni chiqarib yuborish usulida ishlanglar. 1 yillik mehnatiz juda tez hal qilmang. 3 soatda chiqing.

@milliysertifikat_Test
Testdan erta chiqqanga mukofot berilmaydi. Shoshilmang, birinchi bilgan savollarizi ishlang. Ikkilangan savollarda toʻxtalib qolmang.

@milliysertifikat_Test
#Davron Akbardan uzatilgan:

Ball yuqori bo'lishiga qator sabablar bor:
1) Ikkala fanidan ham maksimal bal beradigan sertifikati borlar tiqilib yotibdi. Ayniqsa, oxirgi imtihonda misli ko'rilmagan darajada ko'p kishi ona tilidan milliy sertifikat oldi.
2) OTMlarda 350 ga yaqin yo'nalish 150 ta atrofiga tushirildi. Ya'ni yo'nalishlar juda ham keskin ravishda qisqartirib tashlandi.
3) Yaqin kumlarda bir necha o'nlab pedagogik institutlar va ularning filiallari yolilib ketishi kutilyapti. Bu esa raqobatni yanada kuchaytiradi.
4) Filologik yo'nishlarga, ayniqsa, ingliz tiliga oid yo'nalishlarga hujjat topshiruvchilar ko'paydi. Normal soha sifatida o'quvchilar bu yo'nalishlarga hujjat topshirishi yuqori. Bu esa raqobatni yanada kuchaytiradi.
5) Savollar oson tushyapti. Testologiyada test materialida smenalar o'rtasida qiyinlik tafovuti nazarda tutilmagan, bu esa test qiyinlashib boradi va shunga o'xshash nazariyalarni yo'qqa chiqaradi. Oson savollarning esa topilish ehtimoli yuqoridir.

@milliysertifikat_Test
🇺🇿 #Onatili_asosiy_tushgan

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asari haqida XATO ma'lumotni aniqlang.

A) Asar turkiy tildagi dastlabki yirik yozma badiiy doston hisoblanadi
B) Asarda komil inson g'oyasi ilgari surilgan.
C) Asarda "Qish bilan Bahor` munozarasi keltirilgan.
D) Asarda tong manzarasi bilan bog'liq oʻrinlarda, qahramonlar tasvirida istiora san'atidan keng o'rinlarda foydalanilgan.

@milliysertifikat_Test
🇺🇿#Onatili_majburiy_tushgan

Kelishik yordamida bog'langan so'z birikmasini aniqlang? 

Javob: otdan baland, kitob muqovasi

@milliysertifikat_Test
🇺🇿 #Onatili_asosiy_tushgan_2smena

1) Burgut, zag'cha, cho'pon: zag'chaga tarif so'ralgan.
2) Me'mor asari haqida xato hukm so'ralgan.
3) Najmiddin Buxoriy haqida to'g'ri hukm.
4) Tanho qayiqdan Gulxadichaga ta'rif.
5) Alpomish.
6) Jangda o'lgan emas biror bahodir.
7) Qutadg'u biligdan parcha ( Oyga o'xshashi haqidagi parcha)
8) Navoiydan parcha (Tavoze haqidagi parcha)

@milliysertifikat_Test