Ona tili va adabiyoti(Milliy sertifikat): RASMIY
299 subscribers
522 photos
26 videos
281 files
87 links
Abituriyentlar uchun:
🔥Milliy sertifikat testlari
🤓Ona tili va adabiyot fani bo'yicha kerakli maʼlumotlar bazasi;
😱Test yechish sirlari va usullari;
🤔Online testlar va test tahlili;
🧠Psixologik va motivatsion darslar

Hamkor kanalimiz: @alskomm_ATM
Download Telegram
#Bizning_Ustoz

🤩 Fergana school xususiy maktabining Direktori hamda Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Iminov Begzod Begijonovich.

Mehnat faoliyati 👨‍💼
🔺Farg'ona davlat universitetini tamomlagan;
🔺Falsafa fanlari doktori, dotsent;
🔺18 yillik tajriba;
🔺4000 dan ortiq shogirtlarga ega;
🔺95% o'quvchilari talaba.

Siz ham farzandingizni shu kabi ustozlar qo'lida ta'lim olishini istasangiz, Fergana school xususiy maktabi eng to'g'ri tanlovdir!

📞 +998972021100

🎓 @Fergana_school - maqsad sari qadam baqadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️DTM BOSHLANDI📢📢

🏛 "FERGANA SCHOOL" (Alskom ATM) o‘quv markazida DTM test sinovi!

🔔 Testlar Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari tomonidan o'tkaziladi.

🗓  30.06.2024 YAKSHANBA

• 1-smena: 07:00
• 2-smena: 10:00

📑 Diqqat test sinovi barcha yo'nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Barcha o'quv markazlar abituriyentlari va 10-11-sinf maktab o'quvchilari tashrif buyurishlari mumkin.

💸NARXI: 10000 (o'n ming) so'm

📍Manzil: Farg‘ona sh, B. al-Marg‘iloniy ko‘chasi 30-uy Alskom sug‘urta kompaniyasi 2-3-qavatlari
📌 Mo‘ljal: Viloyat pochta, Green club yonida.


📞 Tel: +998911306159
           

🔵Kanalga qoʻshiling    
@Alskomm_ATM✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xusan Yusufjonov
Ona tili va adabiyoti(Milliy sertifikat): RASMIY
Location
MARKAZ lokatsiyasi.
Hammangizni ertaga bo'ladigan haqiqiy DTM-shouga taklif qilamiz.
Biz doimo o'quvchilar manfaatini himoya qilamiz.
Bizda hammasi shunchaki emas.......
📷📷📷📷📹📹📹📹❗️

🥳 Endilikda FERGANA SCHOOL oʻquv markazi jamoasi "SHE'RIY SAN'ATLAR"qo'llanmasi siz abituriyentlarga havola etadi.

📖 Kitobda:
🔵Qofiya, raviy, radif haqida to'liq ma'lumot,
Jami 36 ta she'riy san'at haqida ma'lumot va misollar.
☑️Qit'a, ruboiy, fard haqida ma'lumot va tahlillar berilgan.
🔵Raviy, qofiya, radif va she'riy san'atlardan testlar o'rin olgan.

💲Kitob narxi juda hamyonbop:
📚Kitob shakli 5 ming (so'm)
🗂Elektron shakli 10 ming (soʻm)

➡️Kitobdan namuna

Murojaat uchun:
📞+998886009300
🔵 @Karimof_1993

🔵Kanalga qoʻshiling    
@Alskomm_ATM✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉🔰👈 IMTIHONNI BIZ BOSHLAYMIZ📢📢

🏛 "FERGANA SCHOOL" (Alskom ATM) o‘quv markazida soʻnggi DTM test sinovi!

🔔👍Testlar Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari tomonidan o'tkaziladi.

🗓  13.07.2024 SHANBA

    
🔥BARCHA KELISHI MUMKIN❗️

• 1-smena: 07:00
• 2-smena: 10:00
• 3-smena: 13:00

📑 Diqqat test sinovi barcha yo'nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Barcha o'quv markazlar abituriyentlari va 10-11-sinf maktab o'quvchilari tashrif buyurishlari mumkin.

💸NARXI: 10000 (o'n ming) so'm

📍Manzil: Farg‘ona sh, B. Al-Marg‘iloniy ko‘chasi 30-uy Alskom sug‘urta kompaniyasi 2-3-qavatlari
📌 Mo‘ljal: Viloyat pochta, Green club yonida.


📞 Tel: +998911306159
           

🔵Kanalga qoʻshiling    
@Alskomm_ATM✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tili va adabiyoti ( Davron Akbar bilan ):
Kelinglar, o'quvchilar, ertaga testda tushadigan savollar bo'yicha o'z taxminlarimizni commentda bildirib o'tamiz. Nechtasi tushar ekan...

Mening taxminlarim:

Ona tiliga aloqador ba'zi taxminlar:
1) Sifat so'z turkumidan.
2) imlo (chiziqchali so'zlarga oid)
3) bir so'zning to'rt tomoni (ochiq so'ziga aloqador)
4) Morfemika (qaysi qo'shimcha bor yoki yo'qligi)
5) Uchala gapda ham qatnashgan fe'l (sintaksisga bog'lab berilgan fe'l shakllariga oid)
6) Ko'makchini ma'no guruhini topish.
7) qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik.
8) so'zlarning o'zaro bog'lanishi ( so'z ostiga chizib beriladi, uning hokim bo'lakka bog'lanish vositalari)
9) Bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning o'zaro bog'lanishi haqida (Ega va kesimga aloqador alohida mulohaza ham berilishi mumkin)
10) Sintaksis birlikdan (gap beriladi va unda qatnashgan sintaksis birliklar (atov gap, undalma, kiritma, so'z-gap, ajratilgan bo'lak) ni so'raydi).
11) qolipli savol (to'rtburchak+yumaloq, gaplarni bog'lash orqali hosil qilinishi mumkin)
12, 13, 14) Ilmiy matn (Atom matni)
15, 16, 17) Xotira matni

UTP: 18) Tinish belgilar nima maqsadda qo'yilgan.

Adabiyot keyingi postda.


Adabiyot bo'yicha taxminlar:

1) Ravshan dostoni.
2) Asqad Muxtorning yo "O'rik va soya she'ri", yo "Tug'ilish" she'ri.
3) "Hayotga muhabbat" asari
4) Asar qahramonlarini moslashtirish (Bo'rixon, Akbarali, Tursunboy)
5) "Temir xotin" asari.
6, 7) Xoh inon, xoh inonma g'azalida parcha.
8,9,10) Hayrat ul abrordan masnaviy (Saxovat haqida)
11) Kecha va kunduz
12) Asror bobo.

Davron Akbardan

@milliysertifikat_Test
⚡️ Ertaga (14-iyul) imtihonga kiradigan o'quvchilar uchun ONA TILI (majburiy fan) dan ehtimoliy qolip quyidagicha:

1. IMLO.
so'zlarning to'g'ri va xato yozilishi bo'yicha 1 ta savol. Bunda, taxminan, tutuq belgisi bo'lmagan so'zlarga tutuq belgi qo'yishi mumkin yoki biror unlini qo'shib yozishi mumkin. Masalan, hukm so'zini hukum tarzda;
imlodan ikkita savol keladi. Ikkinchi savol gap ko'rinishda berilib, chiziqcha bilan yozish, qo'shib, ajratib, bosh harf bilan yozish asosiy tushadigan narsalar hisoblanadi. Masalan, Qaysi gapda CHIZIQCHA BILAN YOZISH qoidasiga amal qilingan yoki qilinmagan shaklida.

2. KO'CHMA MA'NO
ko'chma ma'noda qo'llangan so'z qatnashgan gapni toping shaklida kelishi mumkin. Buni topishda asosan ajratib ko'rsatilgan so'z yoki umumiy so'zlarga qarash kerak bo'ladi. Hayotda mavjud bo'lishi mumkin bo'lmagan narsani aytishi mumkin.

3. SINONIM.
ma'nodosh so'zlardan savol kelish ehtimoli yuqori. Asosan to'rtta so'z berib qaysi so'z ma'nodosh bo'la olmaydi deb so'rashi mumkin yoki so'zlarni 2 tadan juft qilib qaysi so'zlar sinonim emas deb so'rashi mumkin.

4. TINISH BELGI.
Tinish belgisi bilan bog'liq xatolik so'raladi. Vergul, tire, ikki nuqtadan tushish ehtimoli yuqori. Vergul: uyushgan so'zlar, qo'shma gaplar orasida qo'yilishidan, tire: ot kesim va ega orasida ishlatilishidan, ikki nuqta: uyushgan gap yoki bog'lovchisiz qo'shma gap orasida qo'yilishidan kelishi mumkin.

5. QO'SHIMCHA.
qoʻshimcha qoʻllash boʻyicha ikki xil savol kelishi mumkin: imloviy xatolik va uslubiy xatolik. Imloviy xatolikda qoʻshimchadagi unli, undosh tovushlar xato yozilishi yoki qoʻshimcha tarkibida bir tovush ortishi, almashishi holato; uslubiy xatolikda esa +ning va +ni, +da va +ga, feʼl nisbatlaridan kelishi mumkin. Beeʼtiborsiz va shunga oʻxshash soʻzlar tushishi ham mumkin. Bunda 2 xil be-, -siz, ser-,-li, no-, -siz, -chi,-shunos kabi qoʻshimchalari bir soʻzda kelishi mumkin emas, uslubiy xato.

6. SOʻZ TURKUMLARI.
soʻz turkumlaridan ham 1 ta savol olinadi. Koʻproq tushadigani sifat, olmosh, ravish boʻlishi mumkin. Sifatdan maʼnoviy turlari, olmoshdan va ravishdan qanday maʼno berayotgani, yaʼni paytmi, oʻrinmi, holatmi shunaqa maʼnoda keladi. Sondan hisob soʻzlar ham kelishi mumkin.

7. KOʻMAKCHI.
asosan gapdagi koʻmakchi qanday maʼnoda qoʻllanganini soʻraydi. Bilan, uchun koʻmakchilariga eʼtibor beriladi. Bilan koʻmakchisida vosita, birgalik, holat, payt; uchun koʻmakchisida sabab, maqsadga qaraladi.

8. SINTAKSIS.
bu boʻyicha 3 xil savol kelishi mumkin. Asosiysi soʻzlarning bogʻlanishi: kelishik bilan bogʻlangan birikmani toping tartibida. Bunda qotib qolgan qoʻshimchalar bilan chalgʻitadi. Kelishik belgisiz shaklda turadi. Ikkinchi xil: gap boʻlaklaridan: aniqlovchini toping tarzda kelishi mumkin. Uchinchi xil: qoʻshma gaplardan: bogʻlangan yoki ergashgan qoʻshma gapni toping tarzda. 3 xil savoldan biri tushadi.

9. USLUBIYAT.
Bu boʻyicha ham 2 xil savol kelishi mumkin. Bittasi: nuqtalar oʻrniga mos soʻzni qoʻying yoki bir soʻzni berib, qaysi javobda shunday maʼnoni ifodalagan tarzda. Masalan, qaysi javobda soʻz soʻzi vaʼda maʼnosida qoʻllangan tarzda. Ikkinchi: mos qoʻshimcha qoʻying.

10. Bunga nima deb oʻylaysiz? Taxminingizni commentda qoldiring.

📝 Bu keltirilgan qolip taxmin qilindi. Ertaga oʻzgarishi, boshqacha tushishi ham mumkin. (lekin bu qolip boʻlishi katta ehtimol😉)

Ertaga imtihonga kiradiganlar qarab oling. Ertaga imtihondan keyin sizlardan fikr eshitishni xohlaymiz.

✈️ @milliysertifikat_Test
🇺🇿 #Onatili_asosiy_tushgan

Ravshan dostonidan savol tushgan:
Avazxon Hasanxonga qizini bermaganining sababi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

✈️@milliysertifikat_Test
🇺🇿 #Onatili_asosiy_tushgan

Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'zga bog'lanmagan bo'lakni toping.

Barchamizga ma'lumki, biz yurtimizda konstitutsiya va qonunlar asosida dunyoviy davlatni barpo etmoqdamiz.

A) biz
B) yurtimizda
C) konstitutsiya
D) dunyoviy

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

Abdulla Qahhorning fikri berilgan:
"Odamning chiqiti bo'lmaydi".
Qaysi asar mazmuni mana shu fikrga mos keladi?

Javobingizni commentda qoldiring.

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

Qaysi dostonda ota o’g’liga podshohlikni topshirmoqchi bo'lganida o'g'li qabul qilmaydi?

Javobingizni commentda qoldiring.

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

Asqad Muxtorning "Tug'ilish" she'ridan parcha savol bo'lib tushgan:
Iymanibroq  turar ota poygakda bir qo'li mayib,
Ichkarida esa jahonning umidi yotar jilmayib"
she'rining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan.

Javob : Qahramon jangchi dunyoga kelganligi tasviri

@milliysertifikat_Test
#Onatili_asosiy_tushgan

"Me'mor" romani haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni toping

Javob: Badia Zulfiqorning turmush qurish haqidagi taklifiga rad javobini beradi.

#Onatili_asosiy_tushgan

Furqatning "Fasli navbahor o‘ldi" g'azalidan bayt berilgan.

"Nastarin yuvib yuzni, nargis ochibon ko'zni ...."
G'azal haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.



Asosiy blokdan turli viloyatlarda turli variantlar kelgan. Ba'zilarga "Qutadg'u bilig", ba'zilarga  Furqat g'azali.

@milliysertifikat_Test

#Onatili_asosiy_tushgan

"Hayrat-ul abror" dan tushgan baytlar:

Gʻuncha kulub boʻldi ochilmoq anga,
Yetti ochilmoqda sochilmoq anga.

Barqni kulgu yiqibon togʻ aro,
Balki qilib yer qoʻyi tuproq arob.

Ravshan etib shamʼni har tun yigʻi,
Yelga berib gʻunchani xandonligʻi.

Qildi bulut ashki bila dur nisor,
Boʻldi choqin kulgusidin xoksor.


@milliysertifikat_Test
Imtihonda tushgan majburiy fanlardan mulohazalar.

@milliysertifikat_Test
Shu kungacha tushgan boshqa test savollari:
1) Alisher Navoiyning saxovat haqidagi baytlari.
2) Fasli navbahor g'azalidan parcha.
3) Tug'ilish she'ri
4) Asror bobo hikoyasidan.
5) Ravshan dostonidan.
6) Alpomish dostonidan.

@milliysertifikat_Test
Imtihon savollarida TIPlar o'zgarmagan. "Umumiy variantlar" kitobidagi ketmaketlik va mohiyat saqlanib qolgan.

Kitob borasida oxirgi gapni aytaman: Siz shu kitobni yaxshilab ishlab qo'yavering, kam bo'lmaysiz.

@milliysertifikat_Test
25 tadan kam test uchun sertifikatidan foydalangan o'quvchilarga bir daqiqalik sukut saqlaymiz.

Sizlar qattiq adashdingiz.

@milliysertifikat_Test