🇺🇿 ISSVda davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir
Prezidentning 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unda nazoratning yangi modeli, ya’ni
«aniqlash emas, balki oldini olish» tamoyiliga o‘tish belgilangan. Endilikda asosiy e’tibor qoidabuzarlik oqibatlari bilan kurashishga emas, balki ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga qaratiladi.
🟠Yig‘ilish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Akram Aliyev raisligida o‘tkazildi. Muhokamalarda
Hisob palatasi vakili N. J. Sagindikov,
moliya departamentlari rahbarlari,
bosh hisobchilar hamda xaridlar,
komplaens va
ichki audit xizmatlari mutaxassislari ishtirok etdilar. Qatnashchilarga
xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash,
davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda
davlat xaridlarida korrupsiya omillarini kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🟠Shuningdek,
«bosh inspektorlar instituti»ni joriy etish, raqamli nazorat va
doimiy monitoring masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu vositalar har bir budjet so‘mining sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish hamda davlat resurslaridan foydalanishning shaffofligi va manzilliligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
——
🇺🇿 В МИПТ прошел обучающий семинар, посвященный совершенствованию системы государственного аудита и финансового контроля. Мероприятие направлено
на реализацию Указа Президента от 18 декабря 2025 года № УП-252, закрепившего переход к новой модели надзора:
«предупреждение, а не выявление». Основной приоритет теперь отдается устранению причин нарушений, а не борьбе с их последствиями.
🟠Заседание провел заместитель главы МИПТ Акрам Алиев. В обсуждении участвовали
представитель Счетной палаты Н. Ж. Сагиндиков, руководители финансовых департаментов,
главные бухгалтеры, а также
специалисты служб закупок,
комплаенса и
внутреннего аудита. Участники получили рекомендации по
раннему выявлению рисков,
обеспечению целевого использования госсредств и
снижению коррупционных факторов в госзакупках.
🟠Особое внимание уделили
внедрению «института главных инспекторов», цифровому контролю и
постоянному мониторингу. Ожидается, что эти инструменты обеспечат жесткий надзор за расходованием каждого бюджетного сумма, гарантируя прозрачность и адресность использования государственных ресурсов.
——
🇺🇿The MIIT hosted a training seminar focused on modernizing the state audit and financial control system. This initiative aligns with
Presidential Decree No. UP-252, dated December 18, 2025, which mandates a transition toward a proactive oversight model defined as
"prevention over detection." The primary objective is now shifted toward eliminating the root causes of financial irregularities rather than merely addressing their consequences.
🟠Deputy Minister of Investment, Industry, and Trade Akram Aliev chaired the meeting. Participants included
N. Zh. Sagindikov from the Chamber of Accounts,
heads of financial departments,
chief accountants, and
specialists from procurement,
compliance, and
internal audit units. The session provided strategic recommendations on
early risk identification,
ensuring the efficient allocation of public funds, and
mitigating corruption risks within public procurement processes.
🟠Significant emphasis was placed on
the implementation of the "chief inspectorate institute," digital control mechanisms, and
continuous monitoring. These tools are expected to facilitate rigorous oversight of all budgetary expenditures, ensuring that state resources are utilized with maximum transparency and accountability.
◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X