Manfaatli
1 subscriber
4 photos
11 videos
16 links
👨‍💻 @Kamoliddinov_off
Download Telegram
#tonggi_motivatsiya

Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega orzu qilasiz, maqsad qo'yasiz-u, ba'zida maqsadingizga yeta olmaysiz?

👉 Sababi faqat o'zingizda
. Siz o'zingiz o'z boshingizga omadsizliklarni chaqiruvchi fabrikasiz. Nega deysizmi?

Sizning boshingizdan chiqayotgan o'y-fikrlar stimulga, ya'ni ma'lum bir energik quvvatga ega. Bu quvvat inson aurasi deyiladi. Agar siz doimo noliyversangiz, o'zingizni omadsiz deb hisoblasangiz, bu energik quvvat shaklida sizdan chiqib ko'payadi va taqdiringizga ta'sir qiladi.

👉 Aurani kuchaytirish mumkin. Faqat yaxshi narsa o'ylash va Yaratgandan umid qilish yaxshilik yo'lida tinimsiz harakat qilish uni kuchaytiradi. Omad yor bo'lsin!

🔥 SIZ ALBATTA TALABA BO'LASIZ!

👉@mf_pg
​​#tonggi_motivatsiya

Muvaffaqiyatga erishishning mo'jizaviy 10 yo'li

1. O'z g'oyangizni egasi bo'ling.
Inson o'z tasavvuriga qarab o'zgarib turadi.

2. O'z oldingizga aniq maqsad qo'ying.
Siz aniq mo'ljalga ola bilasizmi yo faqatgina o'z darvozangizni himoya qilasizmi?

3. So'z berdingizmi - ustidan chiqing.
So'z o'zingiz o'ylayotgan narsaga ham, boshqa odamlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Chin so'zingizni aytishga odatlaning.

4. Qat'iy bo'ling. Ikkilanmang!

5. Hayotning o'nqir-cho'nqirlarini chidam bilan bosib o'ting.
O'tgan ishga salovat deng, muvaffaqiyatsizliklardan nolimang, aksincha ulardan to'g'ri hulosa chiqarib ishlang. Ular sizni yo'qqa chiqarishi ham, yutuqlarga erishishga da'vat etishi ham mumkin

6. Ishonchli odamlar bilan hamkor bo'ling.
Siz o'z atrofingizdagi odamlarga o'xshab ketasiz.

7. Aql bilan, lekin shoshilmasdan ishlang.
O'ylang. Masalani qaysi yo'l bilan hal qilgan yaxshi? Mayda-chuydalarga ham e'tibor berish - muvaffaqiyatlar garovi.

8. Sizdan kutganlaridan ko'proq narsaga erishing.
Ortiqcha qadam bosishdan qo'rqmang. Yaxshi va a'lo natijaga erishish o'rtasida ozgina farq bor.

9. Tirishqoq bo'ling.
Taslim bo'lish uchun shoshilmang. Kurashishdan hech qachon qo'rqmang.

10. Berilib ishlang.
Agar aniq maqsad sari berilib ishlamasangiz, hayotda, hech qanday muvaffaqiyatga erisha, olmaysiz.

👉@mf_pg
#tonggi_motivatsiya

Eng yaxshi bo'lishga imkon beradigan 15 usul:

1. Bugun kechagidan yaxshiroq bo'ling.

2. Sizni ilhomlantiradigan narsani qiling.

3. O'zingiz duch kelgan muammoga 10% e'tiboringizni, 90% esa uning yechimiga e'tibor bering.

4. Ishingizni eng yuqori darajada bajaring.

5. Boshqalarni maqtang, ayniqsa boshqalar maqtashni xohlaganda.

6.  Muvaffaqiyatga erishish uchun har kuni o'z hunaringiz bilan shug'ullaning.

7. Qattiq ishlang, bahona qilmang.

8. Yiqilgandan keyin tezda ko'tarilishni o'rganing.

9. Boshqalarga va o'zingizga bergan va'dalaringizni bajaring.

10. Saxiylikni namoyon eting, ayniqsa qiyin paytlarda.

11. Har doim kutgandan oshib ketishga harakat qiling.

12. Jismoniy va aqliy kuchingizni tiklash uchun har kuni vaqt ajrating.

13. Uyingizdagi farovonlikni muvaffaqiyatingiz asosiga aylantiring.

14. Professional sportchi kabi sport bilan shug'ullaning.

15. Boshqalarni kechagidan yaxshiroq bo'lishga ilhomlantiring.

👉@mf_pg
🌟 Sizni baxtliroq qilishga va maqsadga erishishga yordam beruvchi 4 narsa

Har bir kishining o‘z orzu va havaslari bor. Lekin hamma uchun umumiy bo‘lgan, yaxshiroq va baxtliroq bo‘lishimizga yordam beruvchi narsalar ham bor.

Vazifa — ishlarga maqsad va anglash bag‘ishlovchi mo‘ljallanganlik tushunchasi. Agar biz vazifamiz nima ekanligini tushunsak, unda nima uchun biz hayotda maqsadlarga erishishimiz va nima uchun yashayotganimiz aniq bo‘ladi.

💡Sizning vazifangiz ishlashdir. Har bir odam mehnat qilish uchun yaralgan. Faqat qat’iylik yordamidagina biz oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz. Mehnat qilish — bu yechim, bu yerda hech qanday motivatsiya haqida gap yo‘q. Agar biz biron nimaga erishmoqchi bo‘lsak, unda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa — mehnat hisoblanadi.

💡 Siz yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak. G‘amxo‘rlik qilish — bu neytralitet emas, balki biron-bir harakatlar. Bu do‘stona munosabatlardan ko‘ra kattaroq harakat. Va agar siz hozir ota-onangiz bilan yaxshi munosabat o‘rnata olishning imkoni yo‘q demoqchi bo‘lsangiz, unda bir necha marta o‘ylab ko‘rishingiz lozim bo‘ladi. Ba’zilar ota-onasi bo‘lishini yoki ularning qaytib kelishini orzu qiladi.

💡 Siz o‘sishingiz kerak. Siz minglab talantga ega bo‘lishingiz mumkin, lekin agar siz vaqtingizni va kuchingizni sarf qilmasangiz, u holda ular yuzaga chiqmasdan qolib ketadi. Musiqa asbobini chalishni o‘rganishga qaror qildingizmi — oxirigacha yetkazing va bu sohaning ustasi bo‘ling. Agar taslim bo‘lishni xohlasangiz, o‘zingizga buni nima uchun qilayotganingizni eslating.

💡 Siz bilimlaringizni boshqalarga singdirishingiz kerak. Ota-onamiz, oliygoh va kitoblarni o‘qish orqali olgan bilimlarimiz bizga saqlab qo‘yish va hech kim bilan bo‘lishmaslik uchun berilmagan. Sizning tajribangiz, bilimlaringiz va hayotning hamma sohalari haqidagi ma’lumotlar boshqalarga yordam berish, ruhlantirish va o‘rgatish uchun kerak bo‘ladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg
#motivatsiya

⚜️ Hayot qanchalar shavqatsiz bo’lsa ham, sizning ilk orzuingiz doimo yodingizda bo’lsin.

⚜️ Har bir MUVAFFAQIYATSIZLIK sizni qaytadan ruhlantirmog’i lozimdir! Turing va harakatni boshlang.

⚜️ Ojiz inson doim javobgarlikni kimga yuklasam ekan, deb qidiradi! Kuchli inson esa aksincha, javobgarlikni doim o’z zimmasiga oladi! Ojiz odam bundan yanada ojiz, kuchli inson kuchli bo’lib boradi.

⚜️ Muvaffaqiyatsizlik degan tushuncha yo’q, har bir narsaning o’z sababi va yashirin sabog’i mavjud.

⚜️ Muvaffaqiyat qozonuvchilar fursat kelishini kutib o’tirmaydilar, balki, ana shu fursatni o’zlari qo’lga kiritib qo’ya qoladilar.

⚜️ Muvaffaqiyatga shunday erishingki, sizning g’alabalaringiz haqida boshqalar gapirishsin, siz emas!

⚜️ Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatsiz insonlar qilolmaydigan ishlarni qilishadi. Osonroq emas, yaxshiroq bo’lishiga harakat qiling.

⚜️ Ba’zan sizning birgina tabassumingiz ayrim insonlarning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Hech qachon tabassumni ayamang.

⚜️ Barcha yaxshi narsalar taslim bo’lmaganlarga keladi, kutganlarga emas!

⚜️ Maqsadiga erishish uchun harakat qilmagan kishining temiryo’l relisida uxlayotgan odamdan sira farqi yo’q!

⚜️ Odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, «Peshona ekanda, taqdirda shunday deb yozilgan ekan» deyishadi. Lekin yutuqqa erishganda hech kim taqdirga yozilganini eslamaydi. Aksar xatolarimizning natijasini taqdirga yuklab, qutulib qolmoqchi bo’lamiz…

⚜️ Eshiklar qanchalik katta bo’lmasin, ularning KALITI bor!

⚜️ Inson oldiga ikkita maqsadni qo’ya olsa, uni yo’lidan hech bir inson va hech narsa to’xtata olmaydi :
Birinchisi bu — hech qachon taslim bo’lmaslik.
Ikkinchisi — birinchisini doimo yodda saqlash.

⚜️ Siz ertani kutasiz lekin doimo BUGUN kelaveradi. Ertadan o’zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg
🔖 Muvaffaqiyatli kishilardan muvaffaqiyat uchun statuslar

✏️ “Muvaffaqiyat uchun hech qanday sir yo’q. Bu tayyorgarlik, mashaqqatli mehnat va muvaffaqiyatsizlikdan o’rganish natijasidir”. — Colin Powell

✏️ “Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin”. — Grace Coddington

✏️Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz”. — Shahir Zag

✏️ “Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!” — Seth Godin

✏️ Men mashg’ulotlarning har bir minutidan nafratlandim. Ammo o’zimga o’zim «To’xtama! Hozir og’riqli ammo qolgan hayotingda CHEMPIONLARDEK yashaysan!” — Muhammad Ali

✏️ “O‘zgalar senga shafqatsiz bo‘lishini istamasang, o‘zing o‘zingga shafqatsiz bo‘l” — Leonid Leonov

✏️ “Buyuk ish qilishning birdan bir yo’li — qilayotgan ishingni sevishingdir. Agar bunday ishni hali topmagan bo’lsang, izlashda davom et!” — Stiv Jobs

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
@mf_pg
SIZ HAQINGIZDA 1️⃣0️⃣QIZIQARLI  FAKT

1. Siz o‘z qulog‘ingizni ko‘zgusiz ko‘ra olmaysiz.

2. Siz o‘z soch tolalaringiz soni qanchaligini bilmaysiz.

3. Siz tilingizni chiqargan holatda burningiz bilan  nafas ololmaysiz.

4. Siz hozir tilingizni chiqarib, burningiz bilan nafas olishga urindingiz.

6. Siz tilingizni chiqarib turib,  burundan nafas olaverish mumkinligiga ishonch hosil qildingiz.

7. Siz hazillashganimni tushundingiz va yuzingizda tabassum paydo bo‘ldi.

8. Siz ro‘yxatda 5-fakt yo‘qligini sezmadingiz.

9.Siz hozir ro‘yxatda 5-fakt bor yoki yo‘qligini tekshirdingiz.

10.Siz tabassum qilsangiz, dunyodagi eng yaxshi, eng samimiy insonga  aylanasiz...

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg
#foydali

Эндорфин - бу бахт, яхши кайфият ва завқ уйғунлиги гармони.

Дофамин - бу ҳақиқий завқланиш гормони, уни мотивация гормони деб ҳам аташади. Бу стрессни енгишга, қўрқув, хавотирни енгишга, кераксиз фикрлардан қутилишга ёрдам беради.

Эндорфин ва дофамин ишлаб чиқаришни рағбатлантириш учун баъзи маҳсулотлар ва сабаблар:

1. Банан;
2. Шоколад;
3. Кофе;
4. Апельсин;
5. Узум;
6. Қулупнай
7. Спорт ва рақс;
8. Севимли мусиқангизни тинглаш;
9. Севимли ишни қилиш.

👉@mf_pg
Forwarded from Abdusattor
Internet gigiyenasi.

Hissiyotlar arg’imchog’i. Sun’iy chalg’ish.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moshinani bir òziz tortishingiz uchun lifehack😅

Foydali videolardan quruq qolmaslik uchun kanalga ulaning:
@mf_pg
1🔥1
#Tarqating

Abituriyentlar diqqatiga: oʻqishga kirishda qoʻl keladigan 12 maslahat

Imtihonlarga tayyorgarlik davrida zarur hisoblanmish xotira, diqqat va, hatto, kayfiyatni sezilarli koʻtaruvchi usullar mavjud.

BBC neyrobiologlar, ruhshunoslar, parhezshunoslar va oʻqituvchilar hamda talabalarning fikrlariga tayanib, abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

Sizga ham ushbu 12 maslahatni o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

👉@mf_pg
1