Manfaatli
1 subscriber
4 photos
11 videos
16 links
👨‍💻 @Kamoliddinov_off
Download Telegram
#tonggi_tavsiya

Orzu qilishni davom ettirish muhim!

Shubhasiz, bolaligingizda ko’pincha sizga shunday savol berilgan: «Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz?». Kosmonavt yoki prezident bo’lishni xohlagan bo’lsangiz ajab emas. Bolalar orzulari juda shirin, hatto soddadir. Ammo ular bolalarga muayyan erishish kerak bo’lgan maqsadga turtki beradi.

Ammo biz o’sganimizda nima sodir bo’ladi? Bu yerda siz faqat eshitasiz: «Osmonlarda uchib yurma, osmondan yerga tush!» Bu to’g’rimi? Orzularda hech qanday yomon narsa yo’q.

Orzu maqsad onasi

O’zimiz uchun qiyin hayotiy tajribani qo’lga kiritishimiz uchun o’zimizga qiyin maqsadlarni qo’yishga imkon beradigan orzulardir. Har doim imkonsiz narsalarga erishishga harakat qiling!

Orzular kuch beradi

Orzu qilib, biz hayotiy muhim narsalarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan kuch va ishonchga ega bo’lamiz. Orzularsiz biz avval hech qachon o’zgarishni istamagan bo’lardik.

Orzular ishonishga yordam beradi

Biz orzularga berilib ketsak, hamma narsaning mumkinligiga ishonishimiz mumkin. Bizning ichimizdagi bu aniq, ishonchli ovoz tovushi eshitiladi, bu bizga hamma narsani amalga oshirishi mumkinligini aytadi.

Orzular ilhomlantiradi

Bizning ideal kelajagimizni tasavvur qilsak, biz bilmasdan yangi g’oyalar olamiz, imkoniyatlarni ko’rib chiqamiz va variantlarni izlaymiz. Bu bizga ijodkorona fikr yuritishimizga, bir narsaga emas, balki har doim maqsadimizga o’tishga harakat qilishga yordam beradi.

Orzular jonlarni birlashtiradi

Birgalikda narsaga erishish har doim ham osonroq, shunday emasmi? Orzularingizni tushunadigan va ulashadigan insonni topish kerak. Ishoning, oilangiz va do’stlaringiz bilan baxtingizni, o’zingizning g’alabangiz bilan bo’lishishdan ko’ra, ko’proq bo’lishish yoqimlidir.

Hech qachon orzu qilishdan to’xtamang!

👉@mf_pg
👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#movie
🍿📹 Imtixon o'yinlari (2017) O'zbek tilida

📽@mf_pg
👍21🔥1
🤲 Ramazon oyida nafaqat abituriyentlar, nafaqat barcha uchun manfaatli bo'ladigan ma'lumotlarni ulashib turishni lozim deb topdik.

Quyida saharlik qilish uchun to‘rt xil eng foydali mahsulot turlarini keltirib o‘tamiz.

1️⃣ Saharlikda imkon qadar tez hazm bo‘lmaydigan va yuqori kaloriyaga ega donli mahsulotlarni iste'mol qilish lozim. Bular: so‘li bo‘tqasi, shirguruch, grechixali ovqat va shu kabilar.

2️⃣ Sut mahsulotlaridan tvorog, yogurt, qatiq, smetana, sutning o‘zi juda ham foydali hamda bu mahsulotlar bilan kun davomida chanqamasdan yurishimiz kuzatilgan.

3️⃣ Asal, arab xurmosi, yong‘oq, mag‘iz, o‘rik turshagi, olcha qoqi va boshqa shu kabi quruq mevalar.

4️⃣ Banan, gilos, anjir, o‘rik, shaftoli, olma, olcha, nok va boshqa mevalar bilan saharlik qilib olish lozim.

Ho‘l mevalardan to‘yib olib, bu bilan birga suv ichmasayam bo‘ladi, faqat mevalarni o‘zi yeyiladi, xolos. Bir litr suv shuncha hajmdagi meva yeyish bilan barobar.

Yuqoridagi to‘rt xil turdagi mahsulotlarni saharlik paytida imkon qadar bir-biriga aralashtirmasdan alohida iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Bu kun davomida o‘zimizni yaxshi his qilishimizga zamin yaratadi

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg
👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rauf & Faik — Ramadan

🎧
@mf_pg
2🔥1
Рамазон ойида нималар истеъмол қилмаслик кераклигини биласизми?

• Қуйидаги маҳсулотлар бизни кун давомида чанқашимизга ва ичган сувимизнинг тезроқ танамизни тарк этишига сабаб бўлиши мумкин:

• Ёғли маҳсулотлар ва ёғли овқатлар;
• Меъёридан ортиқ аччиқ чой;
• Дудланган гўшт маҳсулотлари (колбаса, сосиска ва ҳоказо);
• Шўр маҳсулотлар;
• Тузлама маҳсулотлари;
• Кофе ва кофеинга бой маҳсулотлар;
• Шакарни ҳаддан зиёд кўп истеъмол қилиш ҳам мумкун эмас.

❗️Яқинларга Ҳам Улашинг
👉@mf_pg
👍1🔥1
🤲 RAMAZON TAVSIYALARI

Iftorlikdan saharlikkacha ovqatlanishingizga qarab quyidagi mahsulotlardan birini qo‘shib iste'mol qilsangiz, immunitetingiz oshishiga juda yaxshi foyda qiladi:

✔️ Oshqovoq urug‘i bir osh qoshiq nonushta bilan birga. 
✔️ Zaytun yog‘i bir osh qoshiq kechqurun yotishdan oldin. 
✔️ Sedana (siyohdona) yog‘i bir osh qoshiq kechqurun ovqatdan so‘ng. 
✔️ Asal bir osh qoshiq ertalab suvga qo‘shib. 
✔️ Oq karrak urug‘i (rastoropsha) 10 dona iftorlikdan oldin yoki so‘ng.  
✔️Arab xurmosi 4 dona saharlik va iftorlikda. 
✔️ Jiyda 10 dona saharlikda. 
✔️ Braziliya yong‘og‘i 1 dona saharlikda. 
✔️ Imbirli choy saharlik va iftorlikda.
✔️ Dolchinli choy saharlik va iftorlikda.
✔️ Malinali choy saharlik va iftorlikda. 
✔️ Na'matak damlamasi iftorlikda.
✔️ Za'faron damlamasi haftada ikki marta.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg @mf_pg
🔥1
#tavsiya

XOTIRA VA MIYA FAOLIYATINI YAXSHILAYDIGAN MAHSULOTLAR

🔒 Omega-3
🔒 Yashil bargli sabzavotlar
🔒 Pomidor
🔒 Yong'oq, funduk va yeryong'oq
🔒 Oshqovoq urug'i
🔒 Dolchin
🔒 Tuxum
🔒 Mevalar
🔒 Don mahsulotlari
🔒 Ko'k choy
🔒 Yogurt
🔒 B vitaminlari
🔒 Smorodina
🔒 Brokolli
🔒 Sport va jismoniy mashqlar

Aziz abituriyentlar, ro'yxatdagilar doimiy hamrohingiz bo'lsin. Bu sizning ta'lim olishdek mashaqqatli yumishingizni osonlashtiradi
❗️

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg @mf_pg @mf_pg
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ифтор учун уй шароитида айрон тайёрлаш усули. Айронни яхши кўрадиган дўстларингизга юборинг.


👉
@mf_pg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#morning_motivation

Maybe our way is more difficult than others but we never give up going on our way because everyone has different goals.

Tarjimasi:

Balki bizning yo'limiz boshqalarga qaraganda qiyinroqdir, lekin biz hech qachon o'z yo'limizdan voz kechmaymiz, chunki har kimning maqsadlari har xil.

👉@mf_pg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matvatsa🎯
Hayotda yashar ekanmiz, juda ham ko'p tanlovlarga duch kelamiz.
Tanlov asosan 2 turli bo'ladi, OSON va QIYIN!
Agar sizning tanlovingiz OSON bo'lsa demak bundan bir necha yildan keyingi hayotingiz QIYIN kechadi, agar tanlovingiz QIYIN bo'lsa esa buning aksi.
Demak kelajagingiz uchun tanlov imkoniyati o'z qo'lingizda!!!✊🏻
Ha aytgancha, Yoshlikda o'ynab kulish kerak degan gap sizni dangasalikka va bekorchilik tomon yetaklaydi, shunday ekan rivojlanish va muvaffavqiyat hech qachon yosh tanlagan emas va bundan keyin ham tanlamaydi
TANLOV O'Z QO'LINGIZDA✊🏻

👉@mf_pg
👍1
Sukut saqlashning yetti foydasi.

1. Sukut - hech qanday harakatsiz ibodat,
2. Sukut - taqinchoqsiz ziynat,
3. Sukut - saltanatsiz haybat,
4. Sukut - devorsiz qo'rg'on,
5. Sukut - biror kimsadan uzr, so'rashga hojat yo'q,
6. Sukut - ikki yelkadagi farishtalarga istirohat,
7. Sukut - johillarning aybini yashiradigan to'siq.

Sukut qil qalbim...


👉@mf_pg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmning qadri!

Ilm o'rganish yo'lida tinimsiz harakat qilayotganlardan Alloh rozi bo'lsin!

Yaqinlaringizga yuborib qo'ying!

👉@mf_pg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

📹 Tarbiyalash uchun 30 soniya yetarli

Farzandlarni tarbiyalashda qo'pol muomilangiz uning ruhiyatiga qanday taʼsir qilishini tomosha qiling.

Guruhlarga maksimal tarqatib qo'yaylik, kimgadir foydasi tegishidan umidvormiz!

👉@mf_pg
👍1
BILASIZMI?

Inson organizmining 2/3 qismi suvdan iborat. Katta yoshli inson kuniga 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv ichishi kerak. Biroq hamma ham bunga amal qilavermaydi. Bu esa hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun muhimdir! 

💧 Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning katta qismini egallaydi. Masalan, qondagi suv miqdori - 90 foiz bo‘lsa, miya - 85 foiz, mushaklar - 75 foiz, jigar - 65 foiz, suyaklar - 28 foiz, yog‘ to‘qimalari esa 25 foiz suvdan tashkil topgan. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
@mf_pg
👍1
Олимлар инсон хотирасини яхшилайдиган 10 та маҳсулотни маълум қилдилар:

📃Булар:

🔸 Ёнғоқ;
🔸 Тухум;
🔸 Олма;
🔸 Шоколад ( какао )
🔸 Балиқ
🔸 Кўк чой
🔸 Исмалоқ
🔸 Қулупнай
🔸 Қора смородина
🔸 Авакадо

👉@mf_pg
⚡️Ҳаддан ташқари кўп калорияга эга маҳсулотлар ТОП–10 талиги:
(100 граммда)

1. Тозаланган пахта мойи – 899 ккал.
2. Эритилган сариёғ, қўй ёғи, мол ёғи, илик ёғи – 887 ккал.
3. Маргарин – 746 ккал.
4. Майонез – 627 ккал.
5. Ёнғоқ мағзи – 631 ккал.
6. Бодом мағзи – 606 ккал.
7. Кунгабоқар пистаси – 578 ккал.
8. Ер ёнғоқ – 548 ккал.
9. Тухум порошоги – 542 ккал.
10. Шоколад – 540 ккал

👉@mf_pg
#tonggi #motivatsiya

Bugun boshlang!

🏁 Start va Finish orasini bir chiziq ajratib turadi xalos. Ma’lum narsaning tugashi bilan boshqasi boshlanadi va aksincha, nimadir boshlanishi boshqasi yakun topganini bildiradi.

Maqsadga erishishda eng muhimi - boshlash!

Boshlash bu - mavhumlik, boshlash bu - komfort zonadan chiqish, boshlash bu - sarhadlarimizni yorib chiqish...

Start va Finishni ajratib turgan chiziqni kesib o‘ta olasiz. Bu juda oson. Shunchaki, bugun harakatni boshlang!

👉@mf_pg
👍1
❗️ТОП–10 бош оғриғини оладиган маҳсулотлар

1. Ёнғоқлар, айниқса писта
2. Ширин қора чой ёки минерал сув
3. Зиғир уруғи ёки мойи
4. Занжабил (имбирь) илдизи
5. Тарвуз
6. Қовун
7. Картошка
8. Йогурт (қўшимчаларсиз)
9. Шпинат
10. Ёғли балиқни қизил ёки оқ сорти.

👉 @mf_pg
👍3
#foydali

Omadli bo'lishning isbotlangan 3 usul

1-usul. Kengroq fikrlang

- O‘z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq bo‘ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

2-usul. Hayotga ijobiy tarzda yondashing

- Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko‘rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo‘yadi. Nimadandir shikoyat qilish o‘rniga, bundan ham yomonrog‘i yuz bermagani uchun shukr qiling.

3-usul. Xayotingizga yangilik kiriting

- Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, bir xil taomni yesangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, o‘z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini ko‘paytiradi.

Omadli bo'lishni istaydiganlarga yuboring!

@mf_pg
👍3
Vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? O‘zingizda mavjud bo‘lgan kunlarni qadrlaysizmi? O‘zlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat:

Noliydilar. Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib ko‘rsatishadi. Istalgan kishi, faqat o‘zlari emas. Aslida barchasiga ularning o‘zi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratuvchi inson bo‘ling.

Hayotlarini zerikarli ko‘rinishga keltirishadi. Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yo‘q aylana bo‘ylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yo‘l bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni ta'minlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli bo‘ladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni o‘zgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yo‘ldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

Kelajak uchun rejalari yo‘q. Buyuk kishilar o‘z oldilariga buyuk maqsadlarni qo‘yadilar. Hayotda biror nimaga erishishni o‘ylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

Uyqu va hordiq rejimi yo‘q. Ko‘pchilik muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

Salomatliklariga e'tibor berishmaydi. Tanamiz bizga umr bo‘yi xizmat qiladi. U haqida qayg‘urish va uning yaxshi holatda bo‘lishi uchun harakat qilish lozim. O‘z salomatligiga bee'tibor bo‘lgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq to‘lashadi.

Aqllarini mashq qildirishmaydi. Aqlimiz doimiy ravishda yangi ma'lumot va bilimlar ko‘rinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni o‘rganmay qo‘yishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

Biror narsa bilan vaqtni o‘ldirish uchungina shug‘ullanishadi. Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashg‘ulotlar bilan to‘lgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni o‘qish, haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan biror narsa haqida ma'lumot olishning yomon tomoni yo‘q. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan to‘ldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni o‘rganish kerak. Ana o‘shanda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Biror narsani o‘zgartirishdan cho‘chiydilar. Yangi va noma'lum narsalardan qo‘rqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qo‘rquvni yengishni o‘rganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani o‘zgartirish kerakligini tushungan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. O‘zingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
👉@mf_pg
👍2