Bandlik vazirligi
46.8K subscribers
12.7K photos
2.98K videos
33 files
7.4K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

Namangan tumani Navro‘z MFY hududida joylashgan "Navro‘z gullari" klasterida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining subsidiya mablag‘lari hisobidan 150 ta xonadonlarda kasanachilik usulida gul yetishtirish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada 300 nafarga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Vazirlikning Namangan viloyatidagi vakili Ilhom Abrorov jarayon bilan yaqindan tanishdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
🔊🔊🔊DIQQAT E’LON

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida ochiq tanlovni e’lon qiladi.

Tanlovning umumiy tavsifi:
-Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni, xotin-qizlar va yoshlarni Yaponiya hukumatining "Maxsus malakali ishchi" (Tokuteiginou) testiga tayyorlash uchun qariyalarni parvarishlash va qishloq xo'jaligi ishchisi kasbi bo'yicha tayyorlash

Ishtirokchilar uchun tanlov shartlari:

1️⃣ Aholini kasb-hunarlarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lishlari lozim

2️⃣O‘qitiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy hamda simulyasion shaklda jihozlangan hamda belgilangan tartib va me’yorlarga asosan qamrab olinadigan guruhlar bo‘yicha har bir o‘quvchiga yetarli jihozlarga ega bo‘lishi lozim.

➡️Batafsil⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
🇺🇿🇪🇺🇲🇹🇮🇹🇮🇸🇬🇷🇵🇱🇳🇱🇫🇴🇫🇮🇫🇷🇮🇪🇸🇮

Malta davlatining poytaxti Valetta shahrida bo'lib o'tayotgan Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi tomonidan tashkillashtirilgan o'quv seminarda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi va qaytgan mehnat migrantlarning reintegratsiya dasturlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sardor Abduazimov, Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Alisher Mirkholdorov, hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xalqaro hamkorlik va XMT bilan o‘zaro faoliyat yuritish boshqarma boshlig'i Ravshan Atabayevlar ishtirok etishmoqda.

Ushbu seminarda migratsiya masalalariga oid yangiliklar, Yevropa davlatlari jumladan, Maltaning migratsiya sohasi bo'yicha amaliy tajribasi bilan tanishilmoqda.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
🇨🇭Bugun Shveytsariyaning Jeneva shahrida Xalqaro mehnat konferensiyasining 110-yig‘ilishi boshlandi. 7-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi vakillaridan iborat delegatsiya ham bor, uning tarkibida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov qatnashmoqda.

❗️Konferensiyada XMT doirasida intitutsional ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni muhokama qilish va standartlarni qo‘llash bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.
❗️8-iyun kun tartibidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning ma’ruzasi o‘rin olgan.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Vazirning birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiya Federatsiyasining “Milliy quruvchilar uyushmasi” (NOSTROY) va Moskva davlat qurilish universiteti vakillari bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistondagi ishsiz fuqarolar hamda qurilish sohasida salohiyatli migrantlarni Rossiyaning professional standartlariga moslashtirilgan holda qisqa muddatli dasturlarni tashkil etish, qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini baholash bo’yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov
ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Buxoro viloyatida o‘tkazildi.

Unda Peshku, Kogon, Jondor, Qorako'l tumanida istiqomat qiluvchi 70ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi.

📍 Jumladan, Kogon tuman O‘rtacho‘l MFYda yashovchi fuqaro Saida Bo‘ronovaning ish so'rab qilgan murojaati ijobiy hal etilib, “Kogonteks”MCHJga tikuvchilikka ishga joylashtirildi. Shuningdek kasb-hunarga yo‘naltirish, subsidiya, migratsiya va ishga joylashtirish bo‘yicha 68 ta murojaatning 56 tasi hal etildi. Qolgan arizachilarga esa huquqiy tushuncha berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube