Bandlik Vazirligi
48.2K subscribers
12.3K photos
2.82K videos
30 files
7.03K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda “Bandlik va ijtimoiy himoyani uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Xalqaro Mehnat tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari, diplomatik korpus vakillari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi hamda Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatimiz mehnat sohasida yuqori natijalarga erishayotganini qayd etdi.

Xususan, majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berilib, yashil iqtisodiyotga asoslangan munosib mehnat sharoitlarini joriy etishga jadal kirishilgani, O‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotning bekor qilinishi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilab, jahonning mashhur brendlari mamlakatimiz bozoriga kirib kelganligi alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylanishini mamlakatimizning mehnat sohasidagi yutuqlari e’tirofi, qolaversa ushbu tashkilot bilan yo‘lga qo‘ygan yaqin hamkorligining samarasi deyish mumkin.

Ma’muriy Kengashga a’zolik davlatimiz uchun mehnat va ijtimoiy adolat masalalari bo‘yicha global kun tartibini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha konstruktiv takliflar kiritish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ma’lumki inson huquqlarini himoya qilish, munosib ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani mustahkamlash “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ajralmas qismi sanaladi.

Bu borada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasiga katta e’tibor qaratilib, kasb-hunarga o‘qitish markazlari tarmog‘i kengaymoqda. Tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilmoqda. “Yashil” ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va qishloq xo‘jaligi kabi ekologik toza tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistondagi bandlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5% dan 2024 yilga kelib 6,8 % ga tushdi.

Kambag‘allik darajasi esa 2021-yildagi 17 %dan 2023-yil so‘nggiga kelib 11%ga tushdi.

Anjuman doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda ishtirokchilar "Mehnat me’yorlari va huquqlarining bugungi kundagi holati", "Fuqarolik faollik va mehnat huquqlari uchun maydon", "Mehnat huquqlarini himoya qilishning istiqboldagi yo‘nalishlari", "Yashil iqtisodga”ga o‘tish uchun munosib mehnat ish o‘rinlarini moliyalashtirish" va boshqa mavzulardagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda oʻtgan xalqaro anjuman har tomonlama samarali, muloqotlarga boy kechdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududlar safi kengaymoqda

Qo‘rg‘ontepa tumanini ishsizlikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha 50 ga yaqin loyihalar amalga oshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Shu kunlarda Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori janob Jilber Ungbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun mehmonlar Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, u yerdagi tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqaruvchi “Samarkand APPAREL” korxonasida bo‘ldi.

Korxona jahonga mashhur brendlardan bo‘lgan Engelbert Strauss hamda The North Face (TNF) kompaniyalari uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Janob Jilber Ungbo 600 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritayotgan mazkur korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Mehnat yarmarkasi "xo'jako'rsin" uchun emas

Ayni damda Qarshi shahrida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tayapti. Unda davlat korxonalari, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar hamda chet el kompaniyalari o‘zlarida mavjud minglab bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Viloyat mas’ullari ish beruvchi korxona vakillaridan ishchilarning ijtimoiy himoyasi va yaratilgan mehnat sharoitlari haqida ma'lumot olmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xalqaro Mehnat tashkiloti bosh direktori janob Jilber Ungbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi “Devori ko‘ndalang” mahallasida ham bo‘lib, “yettilik” ish faoliyati, vazifalari hamda ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar “mahalla yettiligi” faoliyatiga ijobiy fikr bildirib, bu tizim aholini qiynab kelayotgan masalalarni mahallaning o‘zida hal etishga ko‘mak berayotganini yuqori baholadi.

Tashrif davomida aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Devori ko‘ndalang” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Delegatsiya a’zolari mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar vakillari bilan samimiy muloqot qildi. Mehmonlarga o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube