Bandlik Vazirligi
48.7K subscribers
12.3K photos
2.81K videos
28 files
7.02K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibti.

Bugun BMT bosh kotibi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga tashrif buyurdi.

Mehmonga O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta’minlash, yoshlarni ta’limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shoxobchalari faoliyati bilan tanishtirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘z arizasiga ko‘ra bajariladigan ishi uchun haq to‘lanadigan, biroq avvalgi ishi bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar ish haqi to‘lanadigan boshqa ishga o‘tkaziladi.

Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Shu kunlarda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ullari Janubiy Koreya Savdo-sanoat Palatasi tomonidan tashkil etilgan treningda ishtirok etmoqda.

Mazkur trening Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihasi doirasida "Koreyaning kasbiy ta'lim siyosati va HRD tendensiyalariga asoslangan ta'lim faoliyatining eng yaxshi amaliyotlari" mavzusida bo'lib o'tmoqda.

Maqsad, KOICA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Urganch kasb-hunarga o'qitish markazi hamda Toshkent shahr Milliy texnik malakani baholash va o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari faoliyatini yo'lga qo'yishda Koreya kasb-hunar ta'limi siyosatidagi o'zgarishlar, yo'nalishlar hamda tajribalarni o'rganishdan iborat.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇬🇧Ayni kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari xizmat safari bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turibdi.

Mas'ullar ish beruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Britaniyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish jarayonlari hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Bugun Herefordshire shahrida "Hops" ish beruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Birlashgan Qirollik hududiga kelib ishlovchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, til o‘rgatish, nomzodlarni saralash jarayonlari xususida suhbatlashildi.

Muloqotda shuningdek, O‘zbekiston bilan mehnat sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, mamlakatimiz uchun ajratilgan bo‘sh ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida ayni yo‘nalishda birgalikda ishlashga kelishib olindi.

"Hops" kompaniyasi joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 2161 nafar hamyurtimizni Angliyada vaqtincha ish bilan ta'minlagan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari xizmat safari bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turibdi.

Mutaxassislar ushbu davlatning Herefordshire shahridagi "Woodfields" fermasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, ularning ish faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy va do‘stona uchrashuvda hamyurtlarimizni o‘ylantirayotgan masalalar hamda ularning takliflari ham tinglandi.

Bugungi kunda "Woodfields" fermasida 20 nafardan ortiq o‘zbekistonlik yig‘im-terim ishlarida ishtirok etmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube