Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_kuni
1-iyun – Bolalarni himoya qilish kuni
Bugunning bolasi ko‘zi yongan, ziyrak va qiziquvchan. Ularni kuzatib bolaligimiz yodga tushadi, quvonamiz, oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘yamiz.
Ulug‘vor rejalarimizning hayotiy ifodasini O‘rta Chirchiq tumanidagi mental arifmetikani o‘rganayotgan bolajonlar timsolida ham ko‘rish mumkin.
Ko‘ring, harakatlarini kuzating, ular bizdan ko‘ra harakatchan!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

2024-yil 1-iyundan...
👉xorijga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizning imtihon, viza hamda yo‘l chiptasi xarajatlari qoplab beriladi.
👉xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizni ishga olgan tadbirkorlarga subsidiya to‘lanadi.
👉chetdan qaytgan yurtdoshlarimiz hamda ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
👉xorijda vaqtincha ishlash uchun ketayotgan ayrim fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tashkilotlariga har bir fuqaro uchun yiliga bir marta subsidiya to‘lanadi.
👉xorijda mehnat qilish davrida murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga advokatning, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining ko‘rsatgan xizmatlari uchun davlat tomonidan haq to‘lanadi.

Opa-singillarimizni ish bilan ta'minlayotgan TOP-10 korxona
Xotin-qizlarni ishli qilish va turmushini yaxshilash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ish beruvchilar ham bunga alohida e'tibor qaratmoqda.
Avval eng ko‘p ish beruvchi korxonalar o‘ntaligini e'lon qilgan edik. Endi esa "Opa-singillarimizni ish bilan ta'minlayotgan TOP-10 korxona" bilan tanishtiramiz.
* Ushbu korxonalar xususiy sektorga taalluqli bo‘lib, ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ham ilg‘orlardan sanaladi. Shu bois ularga alohida minnatdorlik bildiramiz!

Ipakchilikda mavsumiy ish o‘rinlari bor
Ha, shunday. Prezidentimizning 12.01.2018-yildagi “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3472-son qaroriga asosan ipakchilik tarmog‘idagilarning mavsumiy ishlari bir yillik ish sifatida hisobga olinadi. Hozir ayni ipakchilikda ish qaynagan bir davr.
Shu kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Buxoro tumanida joylashgan va ipakchilikka ixtisoslashgan "Silk Service" korxonasi faoliyati, ishchilarga yaratilgan sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
Bugungi kunda ushbu jamiyatga 8054 nafar kasanachi jalb qilingan bo‘lib, o‘tgan yili birgina shu tumanda 225 tonna ipak qurti tayyorlangan bo‘lsa bu yilgi hosil 259 tonnani tashkil qilmoqda.
Vazir Buxoro tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan ham uchrashdi.
Muloqotda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALAR ISHLASHI MUMKIN BO'LGAN SOHALAR QAYSILAR?
“Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida 15 yoshga to'lmagan bolalar ishlashi mumkin bo'lgan sohalar ro'yxati ko'rsatilgan.
Unda 219 ta “yengil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlari, televideniye, radioeshittirish muassasalari va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.
❗️Mazkur ro'yxatda ko'rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to'lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog'lig'iga va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, ta'lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.

O‘zbekistonliklar kelgusida Qatarga ham borib ishlashi mumkin
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Asosiy e’tibor, O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Asosiy e’tibor, O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.
👉Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;
fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.
Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

2024-yilda eng ko‘p talab qilinayotgan onlayn kasblar
Bugungi kunda dunyodagi 16 foiz kompaniyalar butunlay masofadan turib ishlaydi. Shu bilan birga, ushbu formatni afzal ko‘rgan xodimlar soni ham ortib bormoqda. Aksariyat ish izlovchilar mansab va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatga erishish, har kuni idoragacha ketadigan vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun masofaviy kasblarni tanlamoqda. Onlayn ishlayotgan xodimlarning 77 foizi uyda ishlash orqali samarali natijalarga erishayotganini bildirgan.
▪️Ma’lumotlar tahlilchisi
Ayni paytda aniq ma’lumotlar ko‘plab sohalarda, jumladan, bank, moliya, trening, marketing, konsalting va savdolarda qo‘llaniladi. Tahlilchi ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va ularni izohlaydi. Bu soha egalari uchun kompyuter va internet kerak xolos, masofadan turib bemalol ishlashi mumkin.
▪️SMM mutaxassisi
SMM bu Social Media Marketing yoki ijtimoiy media marketing. Ushbu soha mutaxassislarining vazifalari ma’lum darajada marketologlarnikiga o‘xshaydi, faqat SMM menejerlari ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib boradi.
▪️Dizayner
Soha bir necha yo‘nalishlarga ega. UX dizayneri (user experience) veb-saytlar va ilovalar qulayligiga mas’ul hisoblanadi, UI dizayneri (user interface) veb-saytlarning tashqi ko‘rinishi, tovar yoki xizmatlarning vizual tasvirlarini yaratadi. Bu vazifalarning bir qismini neyron tarmoqlar bajarishi mumkinligiga qaramay, 2023-yilda dizayn bo‘yicha mutaxassislarga talab 1,7 barobar oshdi.

Kimlar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi?
▪️homilador, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishga kirayotgan bitiruvchilar;
▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▪️o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ayni paytda xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
Aytish kerakki, 2024-yilda Qoraqalpog‘istonda 120 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 4 oyi davomida belgilangan ko‘rsatkichdan yuqori, ya’ni 36 mingta (rejada 25 ming) ish o‘rni ochildi.
Vazir tashrif davomida Nukus shahridagi quyosh panellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Nukuselectroapparat” zavodi faoliyati bilan tanishdi, bu yerda ishlayotgan xodimlar bilan suhbat qurib, ular uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekistonda yagona bo‘lgan mazkur korxona eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq quvvat bilan ish boshlagach 170 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Korxona vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, yangi ish o‘rinlarini ochish masalalari muhokama qilindi. Zavod o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadigan bo‘lsa vazirlik tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi alohida qayd etildi.