Bandlik vazirligi
47.3K subscribers
12.4K photos
2.86K videos
31 files
7.15K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva Koreya bandlik va mehnat xizmati bosh kotibi Kim Dae-hvan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini isloh qilish, ikki davlat mehnat inspeksiyalari oʻrtasida mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi va siyosati tizimini takomillashtirish boʻyicha maslahat dasturiga ham start berildi.

Dastur doirasida mamlakatimizda mehnat qonunchiligi va siyosatining xalqaro standartlarga muvofiqligini oʻrganish, davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati bilan tanishish, mehnat inspektorlari, mehnat muhofazasi mutaxassislari hamda ish beruvchilarni oʻqitish tizimini takomillashtirish, shuningdek soha xodimlarini ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.

Yakunda dasturni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama kelishuv bitimi imzolandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

▪️soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

▪️sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

▪️ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;

▪️xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

▪️ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

▪️xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

👉batafsil

Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live
Mehnat inspeksiyasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda Koreya bilan hamkorlik

Yaqinda, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Koreya davlatida bo’lib, ushbu davlatning Bandlik va mehnat vazirligida uchrashuvlar o’tkazgan edi. Unda mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish va bu borada ushbu davlat mehnat inspeksiyasi bilan hamkorlik qilishga kelishilgandi.

Kelishuvlarning amaliy davomi sifatida kuni kecha Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi va siyosati tizimini takomillashtirish boʻyicha maslahat dasturiga start berildi.

Dastur doirasida ayni damda, ikki davlat mehnat inspeksiyalari mas’ullari ishtirokida seminar bo’lib o’tmoqda.

Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Issiqxona qurmoqchimisiz, baliqchilik bilan shug‘ullanish istagingiz bormi, balki chorvachilik sizni qiziqtirayotgandir?

Bugun imkoniyatlar katta, imtiyozli kredit olib tadbirkorlikni boshlang.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Sattarova Aygul Yusupbayevna Toshkent shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimiga tayinlandi.

➡️Tayinlovga qadar Aygul Sattarova Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi direktori vazifasida faoliyat olib borgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
QAYSI KASBLAR SUN'IY INTELLEKTGA ALMASHTIRILISHI MUMKIN?

Administratorlar

Hozirgi kunda dunyo bo'ylab yirik kompaniyalar o'z qabulxonalarida robot tizimlarini joriy qilmoqdalar. Hatto kiruvchi qo'ng'iroqlar ham sun'iy intellekt yordamida boshqariladi. Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va mijozlar bilan to'liq muloqot qilish mumkin bo'lgan dasturlar allaqachon mavjud. Ulardan biri AimeReception bo'lib, u nafaqat tinglash, balki so'rovlar mazmunini tushunish va mantiqiy javoblar berishga qodir.

Buxgalterlar
Bu taqdirdan hatto buxgalterlar ham qochib qutila olmadi. Ayrim korxonalar endi buxgalteriya hisoblarida sun'iy intellektdan foydalanmoqda. Bunday xizmatlar samarali, xavfsiz buxgalteriya tizimini ta'minlaydi. Sun'iy intellektga asoslangan buxgalteriyadan foydalanish xodimga ish haqini to'lashdan ancha arzon.

Sug'urtalovchilar
Sug'urta polislarini tanlashda ma'lumotlarni to'g'ri tahlil qilish muhimdir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, sun'iy intellekt doimiy ravishda takomillashib borgan holda bunday ishni insondan ko'ra yaxshiroq bajara oladi. Tez orada neyron tarmoqlar yanada murakkab mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi mumkin, bu esa xodimlarning sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.

Davomi bor...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iqtidorli talabalarga bitiruv malakaviy ishi himoyasi davridayoq ishli bo‘lishga imkon bor.

Diplomi bo‘lmaganlargachi... ularga ham imkon bormi?


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪🇺🇿 Shu kunlarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri xizmat safari bilan Germaniyada boʻlib turibdi.

Ayni daqiqalarda Germaniyadagi yirik ish beruvchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi salohiyati hamda xorijda ishlash istagida bo'lgan O‘zbekiston fuqarolariga kasb-hunar va til o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida taqdimot qilinmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇩🇪 Xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Bugun O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida ushbu davlatning yirik ish beruvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda vaqtincha xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizni Yevropaning eng rivojlangan davlatiga ishga yuborish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha spikeri Enriko Rule hamda mahalliy 32 ta ish beruvchi qatnashdi.

Alohida qayd etildiki, Germaniyada tashqi ishchi kuchiga ehtiyoj ortib bormoqda va hozirgi kundagi hisob-kitoblarga ko‘ra yuk mashinasi haydovchisi, hamshiralik, mexatronika, sanoat, gastronomiya, yo‘l qurilishi kabi sohalarda 130 000 dan ziyod ishchi yetishmayapti.

Muloqotda germaniyaliklarning talabidan kelib chiqib fuqarolarimizga nemis tilini o‘rgatish uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunarga o‘qitishning nemis modelini joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bildirildi. Qolaversa, Germaniyada talab yuqori bo‘lgan mexatronika, logistika, elektrotexnika, santexnika, mashinasozlik, ishlab chiqarish, qurilish, mehmonxona va restoran biznesi kabi 20 ga yaqin soha bo‘yicha o‘qituvchi va trenirlarni tayyorlash taklif etildi.

O‘zbekistonning ishchi kuchi, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarining kasbiy va til o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bag‘ishlangan taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yangi istiqbolli loyihalar ustida qizg‘in muhokamalar va mavjud muammolar yechimi borasida muzokaralar olib borildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hokim yordamchisi ko‘magi bilan 33 mln so‘m imtiyozli kredit olgan yurtdoshimiz hozir katta issiqxonachi

4 sotixlik issiqxonada banan, papaya, mandarin, apelsin, limondan tortib, bulg‘or qalampiri, pomidor, bodringgacha yetishtirilmoqda.

Birgina bananning o‘zidan kutilayotgan daromad 100 mln so‘m.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida 30 kalendar kun bo‘lgan yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bundan yilning istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodim 18 yoshga to‘ladigan va to‘lib bo‘lganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, ta’tilning davomiyligi xodim 18 yoshga to‘lguniga qadar va bu yoshga to‘lganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

❗️18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇩🇪Berlinda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi migratsiya toʻgʻrisidagi bitim muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ushbu kelishuvni muhokama qilish uchun federal hukumatning migratsiya shartnomalari boʻyicha maxsus vakili Janob Shtamp bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va federal bandlik agentligi vakillari ishtirok etdi. Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi bitim konsepsiyasi ikki mamlakat tomonidan taqdim etildi.

Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi va kansler Shols va federal prezident Shtaynmayer bilan uchrashuvidan soʻng ishlab chiqilgan.

Kelgusida ushbu shartnoma oʻzbekistonlik mutaxassislarning Germaniyaga migratsiya jarayonini osonlashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi, kasb-hunar taʼlimi va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Suhbat konstruktiv va doʻstona ruhda bo‘lib o‘tdi va loyihalarni amalga oshirish uchun koʻplab imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube