Bandlik Vazirligi
44.2K subscribers
11.9K photos
2.72K videos
26 files
6.85K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 203 01 30 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qog‘ozlarda emas, real hayotda, oilalarda samarasi ko‘zga tashlanishi kerak!

Prezidentimizning yaqinda mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, xorijdan qaytib kelganlarni reintegratsiya qilish, bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida e’lon qilingan PF-59-son Farmoni bu sohada tub burilish yasashi kutilayapti.

Shu bois tizimda ishlayotgan har bir xodim hududlarga biriktirilib, aniq natija uchun ish olib bormoqda. Maqsad, qog‘ozlarda emas, real hayotda, oilalarda samarasi ko‘zga tashlanishi kerak.

Joylarda o‘tayotgan uchrashuv va muloqotlarda xorijga vaqtincha ishlash uchun ketadigan hamyurtlarimiz bilan individual ishlash talab etilmoqda. "Xorijga ish mahalladan" tamoyili amalda o‘zini ko‘rsatishi bo‘yicha har bir mutasaddining javobgarligi aniq belgilab olinmoqda. Yoki xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizni reintegratsiya qilishga ham aynan shunday yondoshilmoqda. Andijonda ham ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘katlarni eksport qilib "ko‘ki"dan topayotgan Ahmadjon aka

Qahramonimiz issiqxonada bulg‘or qalampiri hamda ko‘katlarni yetishtirishdan tashqari, 5000 ta bedana boqib yaxshigina daromad topmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#kelajak_kasblari

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

BIZNES VA MOLIYA

Blokcheyn va kriptovalyutalar jahon biznes olamida odatiy holga aylanib ulgurgan. Ammo intellektual mulk, vaqt va strategiya singari aktivlar borgan sari qimmatli bo‘lib bormoqda. Kelajak biznesiga moslashish uchun uni nafaqat tushunish balki oldindan ko‘ra bilish, tezkor qarorlar qabul qilish va keskin o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish zarur.

▪️Kriptovalyuta banki operatori - kriptovalyuta o‘tkazmalarini amalga oshiradi, nazorat qiladi, mijozlarga bank operatsiyalari bo‘yicha maslahat beradi.

▪️Intellektual mulkni baholovchi - intellektual mulk mahsuloti qiymatini aniqlaydigan, baholash obyektini o‘rganadi, bozorni va aktivlarni tahlil qiladi. Shuningdek, ixtisoslashgan mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazadi.

▪️Trend kuzatuvchisi - iqtisodiyot, siyosat, fan, madaniyat va ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarni o‘rganib, ularning tahlili asosida korxonalarga strategik tavsiyalar beradi.

▪️Iqtidorlarga sarmoya kiritish bo'yicha fond menejeri - kompaniya uchun istiqbolli xodimlarni tanlaydi, nomzodlar salohiyatini tahlil qiladi. Shuningdek, kelajakdagi yosh xodimlarning ta'lim olishi va rivojlanishiga sarmoya kirita oladigan investorlarni izlaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#xalqaro_hamkorlik

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zto‘qimachilik sanoati va "GUZ partners" hamkorligida Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "To'qimachilik mahsulotlari eksporti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Yevropa Ittifoqi bozori, to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan talablar, GSP+ imkoniyatlari, yengil sanoat sohasida malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj muhokama qilindi.

Bilamizki yengil sanoatga ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy qilinishi, yuqori samarali zamonaviy uskunalardan foydalanish va bu borada xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali kadrlar salohiyatni oshirishni talab etadi. Demak zamon va davr talabiga tayangan holda dizayner va texnologlarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biri.

Bu borada "Ishga marhamat" monomarkazlarining imkoniyatlari hamkorlar tomonidan ijobiy baholanib, kadrlar tayyorlashda yaqin aloqalar o'rnatish va ushbu yo'nalishda Germaniya tajribasini joriy qilishga kelishildi.

Ma’lumot uchun: GUZ Partners – bu to‘qimachilik tarmog‘ining barcha bosqichlarida Germaniya va O‘zbekistonlik ishtirokchilarni birlashtirish, biznes sharoitlari haqida ma’lumot berish hamda yanada chuqur assotsiatsiya va sanoat hamkorligiga yo‘l ochishga mo‘ljallangan loyihadir.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi ular kam daromadli emas, ular uyida zavodi bor tadbirkorga aylandi

Hokim yordamchilari ko‘magida yurtdoshlarimiz imtiyozli kreditlar olib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bugungi kunda O'zbekistonda 340 661 ta bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) bor

Joriy yil 24-aprel sanasiga qadar 6 151 432 ta mehnat shartnomalari yagona milliy mehnat tizimida (YаMMT) ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
 
Jami bo‘sh ish o‘rinlari soni - 340 661 ta

▪️Davlat tashkilotlarida - 86 543 ta
▪️Xususiy subyektlarda - 254 118 ta

Bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxonalar soni 129 034 tani tashkil etmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chet tillarini suv qilib ichvorganmisiz? Unday bo‘lsa bizda ish bor

Oylik maosh 15 mln so‘mdan boshlanadi.

Batafsil videorolikda.

👉Ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hokim yordamchisi nima ish qiladi?

Sizga ish kerak yoki kasbga o‘qimoqchisiz, balki xorijda ishlamoqchidirsiz?

Birinchi qadamni mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qilishdan boshlang!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ayni paytda qancha pensionerlar ishlayotganini bilasizmi?

Ishlayotgan pensionerlar soni 579 995 nafar:

▪️Davlat tashkilotlarida – 251 919 nafar (43,5%);
▪️Xususiy subyektlarda – 328 076 nafar (56,5%)
.

Ishlovchi pensionerlar orasida ayollarning faolligi kuzatilmoqda:

▪️Erkaklar – 234 598 nafar (40,4%);
▪️Ayollar – 345 397 nafar (59,6%).


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bizni muntazam kuzatayotganlar soni 30 000 dan oshdi!

Har bir obunachimizga minnatdorlik bildiramiz!

Kuzatuvchilarning ko‘payayotgani biz uchun mas’uliyatni yanada oshiradi.

Jamoamiz sohaga oid:

▪️eng foydali;
▪️eng dolzarb;
▪️eng so‘nggi;
▪️eng ishonchli
ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

Ishonchingiz uchun rahmat!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muzrobodliklarning mahsulotlari chet elda ham xaridorgir

Ozoda opa subsidiya mablag‘larlari hisobidan tikuvchilik korxonasini ishga tushirib 10 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minladi, u mahsulotlarini talabgor bo‘lishida bozor sir-sinoatlari bilan bo‘lishmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Endi kasbiy malakalar Yevropa standartlari asosida baholanadi

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Yevropa ta’lim jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyodagi yoshlar uchun muloqot va harakat" loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bu loyihaning asosiy maqsadi Yevropa standartlari asosida zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib chiqib mutaxassislarni aniqlash va malakasini baholashdan iborat.

Uchrashuv davomida loyihaning 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan chora tadbirlar rejasi muhokama qilinib, vazirlik tomonidan O‘zbekistonda malakani baholash markazini tashkil etish hamda Markaziy Osiyo davlatlarida o‘zaro tan olinadigan sertifikat joriy etish bo‘yicha taklif bildirildi va loyiha bosh kordinatori Franka Krestani buni to‘liq qo‘llab quvvatlanishini ma’lum qildi.

Shuningdek, loyiha ko‘magida SCAFFOLD metodikasi asosida malakali o‘qituvchilarni tayyorlash uchun Respublika bo‘ylab seminar, treninglar o‘tkazishga kelishildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube