Bandlik Vazirligi
48.6K subscribers
12.3K photos
2.81K videos
28 files
7.02K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ishtirokida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda fuqarolarni xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga yuborish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, migratsiya geografiyasi kengaytirilmayotgani, hududlarda bu boradagi ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari, tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Yig‘ilishda xususiy bandlik agentliklari niqobi ostida fuqarolarni aldab, xorijga yuborishga va’da berayotgan firibgarlarga qarshi murosasiz kurashish lozimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, fuqarolarni nafaqat xorijga vaqtincha ishlash uchun qonuniy yuborish, balki ularning chet davlatda sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Xorijga yuborish tizimi tubdan o‘zgaradi

Fuqarolarga qulaylik yaratish, ularning firibgarlar tuzog‘iga tushib, aldanib qolishi hamda korrupsiyaning oldini olish maqsadida xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga yuborish xorijdaish.uz platformasi orqali tizimli, qulay va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Fuqarolarni xorijga ketishdan oldingi o‘qitish va tayyorlash tizimi kutilgan natijalarni bermayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, 2022-yilda 55 ming nafar, 2023-yilda 58 ming nafar, 2 yilda 113 ming nafardan ortiq xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar kasb-hunarga va chet tillariga o‘qishga jalb qilingan.

Shundan, 2 yilda bor-yo‘g‘i 4,4 ming nafari (atigi 4 %) tashkiliy tarzda ishga yuborilgan xolos.

Endi unday bo‘lmaydi!

Monomarkazlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashish, xorijiy ish beruvchi buyurtmasi asosida fuqarolarni manzilli o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, uning filiallari, monomarkaz va o‘quv markazlar xorijga ishchi kuchini tayyorlash va yuborish bo‘yicha yagona klasterga aylanadi!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
59 soniyaga sabringiz yetadimi? Videoni ko‘ring!

Endi xorijdaish.uz saytida OneID orqali ro‘yxatdan o‘tish muammo emas.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijga borib ishlovchi payvandchilar uchun foydali ma'lumot

TIG, MIG, MAG payvandlash turlari haqida bilasizmi?

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#mehnat_kodeksi

Xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega:

🔸vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;

🔸homiladorlik va tug‘ish ta’tilining muddati boshlanganda;

🔸har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;

🔸davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa;

🔸jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mehnat_inspeksiyasi

O‘tgan 3 oyda mehnat qonunchiligi eng ko‘p qaysi sohalarda buzilgan
?

Batafsil videoda

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq:

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi;

Professional ta'lim muassasalarida kasb va chet tillariga o
qitish bo‘yicha oquv kurslari yolga qoyiladi;

Ta'lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo
lgan chet tillariga oqitiladi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga vaqtincha mavsumiy ishlashga ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.

Bu gal 26 nafar yurtdoshimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda.

Oylik maosh o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil etadi.

💬Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Bandlik organlari hamda hokim yordamchilari orqali 82 ming 900 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, shuningdek, 27 ming nafar ishsizlar bir martalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

O‘z uyida 100 mln daromad
...

Hammaga o‘rnak bo‘layotgan asakalik 2-guruh nogironi xonadonidan reportaj

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xodim birinchi ish yili uchun necha oy ishlaganidan so‘ng mehnat ta'tiliga chiqishi mumkin?
Anonymous Quiz
7%
1 oy
5%
3 oy
53%
6 oy
35%
12 oy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Barchasi oson!

1 daqiqada
xorijdaish.uz saytidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ariza yuborishni o‘rganamiz.

👉OneID olish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

Tomorqangiz bormi, siz kambag‘al emassiz


Baxmal tumanida oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilik rivojlanmoqda.

👉Youtubeda ko'rish

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#kelajak_kasblari

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Axborot texnologiyalari iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib bordi. Аtrofimizni turli darajadagi son-sanoqsiz ma'lumotlar o'rab olgan. Shu tufayli axborot texnologiyalari sohasida ishlashni biladigan mutaxassislar uchun ish joylari kafolatlanadi.

1. Data jurnalist — katta raqamlar, maʼlumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va undan maqolalar, jurnalistik materiallarning boshqa formatlarini tayyorlashda foydalanadi.

2. Raqamli transformatsiya rahbari — raqamli vositalar, marketing usullari va biznes tahlillari yordamida joriy jarayonlarni takomillashtiradi. Yangi mahsulotlar va yo‘nalishlarni yaratish uchun masʼul bo‘ladi.

3. AT arxitektori — tijorat loyihalarini amalga oshiradi, murakkab AT tizimi arxitekturasini shakllantiradi. Zarur dasturiy taʼminot xususiyatlari yordamida mijozning texnik talablari asosida biznes maqsadlarini muvofiqlashtiradi.

4. Raqamli lingvist — algoritmlar va neyron tarmoqlar uchun tabiiy tillarda maʼlumotlarni qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis.

5. AI murabbiy — neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan matnni tekshiruvchi kelajak muharrirlari.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube