Mehnat huquqi
28.3K subscribers
878 photos
207 videos
391 files
3.93K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor
Men tashqi oʻrindosh sifatida bir maktabda ishlar edim. Asosiy ishchi kelganligi sababli shu yilning 10-oktyabrida men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. MK ning 173-moddasi boʻyicha ishdan boʻshatish nafaqasi va 441-modda boʻyicha ikki haftalik kompensatsiya toʻlovi toʻlash haqida maktab direktorining buyrugʻi chiqdi. Shu toʻlovlarni qaysi muddatlarda toʻlashi kerak. Haligacha toʻlagani yoʻq.

Javob
Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan, ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. Demak sizga barcha pullar 10-oktabr kuni tushirib berilishi kerak edi. Ushbu vaziyatda ish beruvchi mehnat qonunchiligini buzmoqda. Siz yashab turgan hududingizdagi Mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

@mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Bir masalada, ikkilanib turibmiz. muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchining xotini ta’til so’ramoqda. Lekin ish beruvchi rozi emas. Ayol aytyaptiki, MK 400-moddasi bo’yicha majbursizlar men xohlagan paytda demoqda. Lekin tashkilot yuristi aytyaptiki, uning uchun Sizning 14 yoshga to’lmagan bolangiz bo’lishi kerak deyapti.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
MK 400-moddasiga (Homilador ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga yillik mehnat ta’tillarini berish navbatini belgilashdagi imtiyozlar) ko’ra, 14 yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz otaga, yolg‘iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta’tillari, ularning xohishiga ko‘ra, ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda beriladi. Bu yerda “va” bog’lovchisi chalg’itishi mumkin, go’yoki 14 yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bola (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bola) bo’lish talabi muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga taalluqli emasdek.

Endi MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-qismlariga e’tibor bering: 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) deyilmoqda...

⚠️ Demak, holat 227-228-moddalarda yanada aniqroq bayon qilingan. Ya’ni muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning o’z xohishiga ko‘ra qulay bo‘lgan vaqtda ta’til olishi uchun 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan bo’lishi shart. Mana shu holatdagina ish beruvchi bu toifa xodimlarga ta’til berishi majbur. Agar bu xodim MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-qismlaridagi toifa xodimlar jumlasiga tushsa, bu holatda ham ish beruvchi ta’til berishi shart. Aytaylik, harbiy xizmatchining xotininida 14 yoshga to‘lmagan farzandi yo’q, lekin u ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiydi. Bu holatda xodimda boshqa imtiyoz bor ya’ni ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiydi. Bu holatda ham ish beruvchi xodimni arizasini qanoatlantishi shart.

Aks holda, ish beruvchi xodim arizasini rad qilishga haqli. Ish beruvchi va xodim o’zaro kelishsa (ham xodim , ham ish beruvchi rozi bo’lishi kerak) xodimga 1-ish yili uchun uzluksiz 6 oy o‘tguniga qadar ham, 2 va keyingi ish yillarida esa istalgan vaqtda ham ta’til berilishi mumkin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, avvalombor Sizlarga katta rahmat. Savollarimizga beminnat javob berib kelyapsizlar. Savolim bor edi. Bir xodimimga institutga o'qish uchun ta'lim ta'tili berdim 1 oyga. U 10 kundan so'ng dekretga chiqmoqchiman deb hujjatlarini olib keldi. Endi nima qilsam bo'ladi. Dekretga chiqarsam bo'ladimi. O'qish ta'tili nima bo'ladi. Javobingiz uchun oldindan rahmat..

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 213-moddasiga ko’ra, ta’tillarning quyidagi 4️⃣ ta turi nazarda tutilgan:

har yilgi mehnat ta’tili;

ijtimoiy ta’tillar;

ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;

ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

⚠️ Mehnat qonunchiligida bir vaqtning o’zida 2 ta ta’tilda bo’lish nazarda tutilmagan. Masalan, bir vaqtning o'zida ham o'quv tatilida, ham “dekret ta’tili”da. Agar Siz o’quv ta’tilidagi xodimni “dekret”ga chiqarsangiz bu xodim bir vaqtning o’zida ham o’quv ta’tilida, ham “dekret ta’tili”da bo’lib qolmoqda. Bu noto'g'ri hisoblanadi.

O’quv tatilidan chaqirib ham bo’lmaydi, chunki ta’tildan chaqirib olish ya’ni MK 232-moddasi qoidalari xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishni tartibga soladi.

Bundan tashqari, MK 229-moddasini ham qo’llay olmaysiz. Chunki bu modda ham har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirishni tartibga soladi.

O'quv ta'tili va “dekret ta’tili” esa MK 237-moddasiga ko'ra, ijtimoiy ta’tillar turiga kiradi.

Demak, Siz xodimni o’quv ta’tili tugagandan so’ng, uni “dekret ta’tili”ga ya’ni homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqarish bo’yicha buyruq chiqarasiz.

❗️MK 404-moddasi 2-qismiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Bugun soat 11:45 da Mehnat kodeksining 373-382-moddalari yuzasidan ochiq ma'ruza tashkil etiladi. Dasturni Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich olib boradi.
Forwarded from Mehnat huquqi (Miryoqub Raximov)
Kanalimiz mehnat qonunchiligi bo'yicha pullik onlayn kurslar rejalashtirmoqda. Davomiylik 2 soat (yarmi ma'ruza, qolgan yarmi savol javob va sinov testi). Kurs hamma uchun, guruhda 15-20 nafar tinglovchi bo'ladi. Kurs narxi qancha bo'lishini xohlaysiz?
Anonymous Poll
76%
150-200 ming so'm atrofida
14%
200-250 ming so'm atrofida
5%
250-300 ming so'm atrofida
6%
300 ming so'm va undan ortiq
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qachon qabul qilinadi

MK 403-moddasiga ko’ra, homilador ayollarni antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Lekin Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 832-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda (https://lex.uz/docs/-4535086) homilador ayollarni homiladorlik yoki gestatsiya davomida (kamida 7 marta) o‘tkaziladigan organizmning bo‘yida bo‘lishdan boshlab tug‘ilgunicha qorin ichida normal rivojlanshini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan kompleks tashhis qo‘yish, davolash va profilaktika tadbirlarini nazarda tutuvchi antenatal (tug‘ishgacha) parvarish qilish nazarda tutilgan, xolos. Ushbu qarorda antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlar yoritilmagan.

MK 404-moddasiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Lekin hozircha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinmoqda: “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 1136) https://lex.uz/docs/-357102;

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667) https://lex.uz/docs/-2625878

MK 405-moddasiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, bu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi.
Lekin hozircha bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini “Ishlovchi onalarga bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom belgilaydi (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 1113) https://lex.uz/docs/-804668


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
⚡️SHOSHILING, MALAKALI O'QUV KURSLARI BOSHLANDI!
🖋Mavzu: Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish: muammo va yechim
📆 Vaqti: 2023-yil 9-noyabr, soat 20:00
Kurs davomiyligi: 2 soat (yarmi tushuntirish, qolgan yarmi savol-javoblar va sinov testi)
👩‍💻Guruh a’zolari: 15-20 nafar
💰To’lov miqdori: 150 ming so’m
💳 Karta raqami: 5614 6812 1616 2671 (Karimjonov Muhammadamin)
📚Kurs yakuni bo'yicha yozib olingan videomateriallar, hujjatlar namunalari, zarur qonun hujjatlari taqdim etiladi.
📫Murojaat uchun:
@MuhammadaminKarimjonov

🧮 KURS BARCHA UCHUN OCHIQ! JOYLAR CHEGARALANADI
!
Mehnat huquqi
#test Ishlovchi onalar (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlayotgan vaqti uchun...
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish mumkinmi?

#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz bir masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Ishlayotgan ayolga ham bola parvarish nafaqasi to’lasa bo’ladimi? Shu bo’yicha bahslashib qoldik men to’lasa bo’ladi desam, buxgalterimiz yo ishlasin yo nafaqa olsin, ham bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda ololmaydi deyapti buxgalter.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

🔗 “Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga etgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Mehnat va Moliya vazirining qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda 1113 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tasdiqlangan Nizom ishlovchi onalarga bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tug‘ilgan, farzandlikka,vasiylikka olingan bolani 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida onaga, otaga, farzandlikka, vasiylikka olgan shaxslarga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlash va to‘lashni tartibga soladi https://lex.uz/ru/docs/-804668

⚠️ Diqqat! Mazkur Nizom budjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga tatbiq etilmaydi. Batafsil quyidagi postda tushuntirganmiz👉 https://t.me/mehnathuquqi/3740

📌 Endi savolingizga to’xtalsak. “Ishlovchi onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandiga ko’ra, ishlovchi onalar (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlayotgan vaqti uchun bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish huquqiga ega.

❗️MK 186, 258-moddalariga ko'ra, to‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlaganda xodimning mehnatiga haq to‘lash u ishlab bergan vaqtga mutanosib ravishda yoki u bajargan ishning hajmiga qarab amalga oshiriladi.

❗️Demak, budjetdan tashqari tashkilotlarda ishlovchi onalar to'liqsiz ish vaqti (0.25, 0.5, 0.75 stavka)da ishlasa ish haqini mutanosib ravishda, nafaqani esa to'liq 588 ming so'm olar ekan.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa mehnatga
haq to'lash eng kam mqidorining 60 foizi miqdorida to'lanadi: 980 000 *60%= 588 ming so'm. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga 1-ILOVA https://lex.uz/docs/-5572509

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#Сўрангжавобберамиз
Ходим энг кўпи билан неча ставкада ишлаши мумкин?

Ишхонамда 1 ставка асосий ва 0,5 ставка ўриндошлик асосида ишлаб келаман. Яна қўшимча равишда 12 соат дарс ўтишим мумкинми?

Мактабда директор ўринбосари лавозимида ишловчи ходимга 40 календар кундан иборат меҳнат таътили берилган эди. Мазкур ходимни таътилининг 14-кунидан кейин ишга чақириб, қолган 26 кунини пулли компенсацияга алмаштирса бўладими?

Мактаб директориман. Устимдан ёзилган «юмалоқ хат»лар сабаб мени вилоят Мактаб ва мактабгача таълим бошқармасига чақиришди ва бошқармадан келиб мактабимда текширув ўтказилгани ва камчиликлар аниқлангани ҳақида тушунтириш хати ёздириб олишди. Аслида ҳеч қандай текширувлар бўлиб ўтмаган эди.
Юқоридаги тушунтириш хатимни асос қилиб эса менга «Ҳайфсан» берди. Шундай қилишлари мумкинми?

Жавоблар 👉 https://xabar.uz/a779

📲Каналга қўшилинг:
https://t.me/xabaruzofficial
#test Xodimlarining soni ... kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi.
Anonymous Quiz
29%
20
21%
30
44%
50
7%
70
#savolimbor Ассалому алайкум, Мухаммадамин Каримжонов! Аввалом бор, биз оддий фуқароларга меҳнат ҳуқуқларимизни ҳимоя қилишдаги маслаҳат беришга вақтингизни аямасдан кўрсатаётган саъй харакатларингиз учун чуқур миннатдорчилигимни билдираман. яна маслаҳатингизга мухтожман. 3 чи гурух ногирон ходимга касаллик нафақаси неч % тўланади? 80% ми еки 100% ми?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 28.02.2002 йилдаги 71-сон қарори https://lex.uz/docs/251921, “Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида”ги низом https://lex.uz/docs/-357102 (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2002 йил 8 майда 1136-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган) 26-27-бандларига кўра, вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси иш стажининг давомийлигидан қатъи назар иш ҳақининг 💯 фоизи миқдорида қуйидагиларга тўланади:

иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларидан бўлган ходимларга, байналмилалчи жангчиларга ва уларга тенглаштирилган шахсларга (Уруш қатнашчиларига тенглаштириладиган шахслар РЎЙХАТИ https://lex.uz/docs/6236060#6239363),

қарамоғида 16 ёшга (ўқувчилар учун — 18 ёш) тўлмаган 3 нафар ва ундан кўп фарзанди бўлган ходимларга,

Чернобил АЭСдаги авария оқибатларини тугатишда қатнашган ходимларга, Чернобил АЭСдаги авария натижасида радиоактив ифлосланиш зонасидан эвакуация қилинган ва кўчирилган қон ҳосил қилувчи органлар касалликлари (ўткир лейкоз), қалқонсимон без (аденома, рак) ва хавфли ўсмалар билан боғлиқ касалликларга чалинган ходимларга,

ядро полигонларида ва бошқа радиация-ядро объектларида ҳарбий хизматни ўтаган пенсия ёшидаги ногиронлиги бўлган ходимларга,

шунингдек ходим ишда шикастланиш ва касб касалликлари оқибатида вақтинчалик меҳнат қобилиятини йўқотганда — ойлик иш ҳақининг 💯 фоизи миқдорида.

Шунингдек, ижтимоий аҳамиятга эга бўлган касалликлар (сил касаллиги, онкология касалликлари, янгидан пайдо бўладиган хатарли ўсимталар, жинсий йўл билан ўтадиган касалликлар, СПИД, мохов (лепра) касаллиги, руҳий касалликлар) бўйича ҳисобда турган ходимларга, агар уларнинг умумий иш стажи 8 йил ва ундан ортиқ бўлсагина иш ҳақининг 💯 фоизи миқдорида тўланади. ⚠️ Диққат! Эътибор беринг, стажи 8 йил ва ундан ортиқ бўлган барча ходимларга эмас, айнан юқоридаги ижтимоий аҳамиятга эга бўлган касалликлардан бирига чалинган ходимларгагина, агар уларнинг умумий иш стажи 8 йил ва ундан ортиқ бўлсагина 100% тўланади.

❗️Демак, эътибор беринг, ногиронлиги бўлган шахсларга вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси иш ҳақининг 80 ёки 100% миқдорда тўлансин деган алоҳида қоида йўқ.

Агар ногиронлиги бўлган шахслар юқоридаги мезонлардан бирига тушсагина нафақани 100% олишлари мумкин. Масалан, ногиронлиги бўлган шахсни 16 ёшга (ўқувчилар учун — 18 ёш) тўлмаган 3 нафар фарзанди бор. Бу ходимга “больничный” 100% тўланади. Бу ходимга айнан ногиронлиги учун эмас, балки 16 ёшга тўлмаган 3 нафар фарзанди борлиги учун “больничный” 100% тўланмоқда.

Қолган ҳолларда эса, ногиронлиги бўлган шахсларга ҳам “больничный” давлат ижтимоий суғуртасига бадаллар тўлаб келиниши муддатига (умумий иш стажига) қараб — ойлик иш ҳақининг 60 фоизидан 80 фоизигача миқдорда тўланади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#lekinbufakt Halokat va falokatning farqi nimada? Avariya arabcha so’z ekanligini bilasizmi?
P.S. Bu haftadagi leksiyamiz “Mehnatni muhofaza qilish” mavzusiga oid ayrim terminlar etimologiyasi bilan o’rtoqlashamiz.

Halokat, arabcha oʼzak – halok ogʼriqli, azobli oʼlimga nisbatan ishlatiladi. Qadimda epidemiyalardan yoki urushlarda oʼlgan odamlarga nisbatan bu soʼz qoʼllangan. Shunday qilib, halokat azobli oʼlim yoki kengroq maʼnoda vayronlik, ofat demakdir.

Oʼzbek tilida halokat va falokat soʼzlari koʼp chalkashtiriladi va deyarli bir maʼnoda ishlatiladi. Xususan, biror tabiiy ofat yoki kattakon avariya, terakt kabi hodisalarga nisbatan ham falokat soʼzini ishlatishadi. Bu – notoʼgʼri.

Falokat soʼzining oʼzagi – falak. Falokat deganda ogʼir taqdir, falakdan ravo koʼrilgan sinovlar, azoblar tushuniladi, fojia yoki ofat emas. Toʼgʼri, ikki soʼzning maʼnosi ancha oʼxshash, lekin aniq semantik farq bor (https://t.me/AsanovEldar).

Avariya – shikast degani.

Kimdir “Avariya ham asli arabcha”, desa, tomdan tarasha tushgandek boʻlsa kerak-a? Lekin shunday. Tadqiqotchilar fikricha, fransuz, italyan, ispan, nemis, polyak, ukrain, belorus, chex, rus kabi tillarda baʼzi tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiluvchi bu soʻz arabcha avor – shikast, ziyon soʻzidan hosil boʻlgan.
Avariya rus tiliga XVIII asr boshlarida italyanchadan oʻzlashgan. Dastlab u asliyatdagi kabi shikastlanish, zarar koʻrish maʼnosini bildirgan. Hammamizga maʼlum halokat maʼnosini oʻtgan asrda kasb etgan (https://t.me/oriftolib)/

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum bir necha savollar bilan murojaat kilmokchiman. Xodim intizomiy jazo olganida uning oylik ustamalari olib tashlanadimi? Tashkilotimizda xar chorak yakunlari buyicha byudjet tashkilotlari xodimlarini ragbatlantirish fondi xisobidan xodimlarni lavozim maoshining 50 foizi mikdorida ragbatlantirish belgilangan. Intizomiy jazo olgan xodimga xar chorak yakuni buyicha ragbatlantirish berish mumkinmi yoki yukmi. Buxgalterimiz xayfsan olgan xodimning ustamasini olib tashlaydi va choraklik ragbatlantirishni xam bermaydi. Bu xolatda buxgalter tugri yul tutayabdimi?


Javob
Mehnat kodeksining 299-moddasiga asosan, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
Ushbu kodeksning 252-moddasiga asosan, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.
Bunda xodim biror ishni bajarishi, yoki vazifani shart emas. Masalan, 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan xodimlarga “mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan mukofot” beriladi.

Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofot xodimni oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishishga undash maqsadida ish haqining tarkibiga kiritilgan hamda xodimga asosiy maoshidan (tarif stavkasidan) tashqari to‘lanadigan pul mukofotidir.
Bunda xodim belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjat asosida biror bir ishni bajarishi kerak. Masalan, nizomda o’qituvchi nufuzli jurnalda maqola chop etgan bo’lsa, unga ish haqining 50 foizi miqdorida mukofot berish nazarda tutilgan bo’lsa unga “mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofot” beriladi.
Agar siz nazarda tutgan “byudjet tashkilotlari xodimlarini ragbatlantirish fondi xisobidan xodimlarni lavozim maoshining 50 foizi mikdorida ragbatlantirish” mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar toifasiga kirsa intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida sizga ushbu to’lovlar to’lanmaydi. Aksi bo’lsa to’lanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang @mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi (Miryoqub Raximov)
⚡️SHOSHILING, MALAKALI O'QUV KURSLARI BOSHLANDI!
🖋Mavzu: Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish: muammo va yechim
📆 Vaqti: 2023-yil 9-noyabr, soat 20:00
Kurs davomiyligi: 2 soat (yarmi tushuntirish, qolgan yarmi savol-javoblar va sinov testi)
👩‍💻Guruh a’zolari: 15-20 nafar
💰To’lov miqdori: 150 ming so’m
💳 Karta raqami: 5614 6812 1616 2671 (Karimjonov Muhammadamin)
📚Kurs yakuni bo'yicha yozib olingan videomateriallar, hujjatlar namunalari, zarur qonun hujjatlari taqdim etiladi.
📫Murojaat uchun:
@MuhammadaminKarimjonov

🧮 KURS BARCHA UCHUN OCHIQ! JOYLAR CHEGARALANADI
!
#savolimbor Менга 30 % жарима жазоси белгиланди. Энди ҳар ойда ойлигимдан 30% ушлаб қолинадими, чунки жазо 1 йил амал қилар эканку? Шу тўғрими?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

❗️Бу мутлақо нотўғри. Аввало, жарима жазоси ойлик иш ҳақидан эмас балки ўртача ойлик иш ҳақидан келиб чиқиб ҳисобланади. Ўртача иш ҳақини ҳисоблаб чиқариш тартиби билан МК 257-моддаси орқали танишиб чиқишингиз мумкин. Соддароқ тушунтирсак, ўртача ойлик иш ҳақи ойлик иш ҳақи (оклад) дан кўпроқ чиқиши мумкин.

❗️Жарима бир ножўя хатти-ҳаракат учун фақат бир марта ушлаб қолинади, ҳар ойда эмас. 1 йиллик муддат масаласига келсак, Меҳнат кодексининг 315-моддасига кўра интизомий жазонинг амал қилиш муддати жазо қўлланилган кундан бошлаб 1 йилдан ошиб кетиши мумкин эмас. Агар ходим шу муддат ичида яна интизомий жазога тортилмаса, у интизомий жазо олмаган деб ҳисобланади.

❗️Яъни Сизга қўлланилган жарима фақат бир марта ушлаб қолинади, лекин Сиз олган жарима жазосининг таъсири 1 йил амал қилади. Мана шу 1 йил давомида Сизга рағбатлантириш чоралари қўлланилмайди.

⚠️ Диққат! МК 315-моддасига кўра, интизомий жазони қўллаган иш берувчи ўз ташаббуси билан, ходимнинг илтимосига биноан, меҳнат жамоаси ёки ходимнинг бевосита раҳбари илтимосномасига кўра жазони 1 йил ўтмасдан олдин ҳам олиб ташлашга ҳақли. Эътибор беринг, интизомий жазони олиб ташлаш учун минимал муддат белгиланмаган. Яъни бугун жазо қўллаб, эртага олиб ташланса ҳам бўлаверади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida 1 kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o‘tishi zarur bo‘lsa, .... shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Anonymous Quiz
29%
H-1
35%
N-1
23%
T-1
14%
T-2
#savolimbor Savolim hususiy firmada ishliman boshliq birdan menga telefon qilib ishdan bo‘shashga ariza yoz deyapdi men hozir nima qilishim kerak ish joyim menga yoqadi ornimga boshqa tanishini olmoqchi ekan men hozir nima qilay

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️Ariza yozmang! MK 160-moddasiga ko’ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini 14 kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga HAQLI. Ayrim toifa xodimlarga o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari belgilangan (MK 489, 494, 499, 503, 506, 511, 518-moddalariga qarang).

⚠️ E’tibor bering, bekor qilishga haqli deyilmoqda, ya’ni bu sizning huquqingiz.

❗️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 17.04.1998 yildagi 12-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 15-bandiga ko’ra, mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu korxonadagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirmoqlari lozim https://lex.uz/docs/-1444779

❗️Аgar xodim men arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganman degan daʼvo bilan chiqsa, mehnat shartnomasini bekor qilinishining asosliligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchi masʼuliyatiga yuklatilishini esdan chiqarmaslik lozim (Аsos: Mehnat kodeksi 174-moddasi).

Demak, ish beruvchi Sizni ishdan boʼshatishning asosliligini isbotlab bera olmasa, Sud Sizni ishga tiklaydi.

⚠️Eslatma! Sudga xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 3️⃣ oy ichida murojaat qilish kerak. Muddat uzrli sabablarga koʼra oʼtkazib yuborilgan taqdirda, sud muddatni qayta tiklashi mumkin (Аsos: Mehnat kodeksi 560-moddasi)!

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi fuqarolik ishlari bo’yicha sudga, mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi