Bugun soat 17:30 da Mehnat kodeksining 344-350-moddalari yuzasidan ochiq ma'ruza tashkil etiladi. Dasturni Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich olib boradi.
Mazkur moddalar doirasida yoki dars bo'yicha savol, taklif yoki e'tirozlaringizni You Tubedagi (https://www.youtube.com/@miryoqubraximov9466/videos) kanalga joylashtirilgan videolar ostida izohlar sifatida qoldirishingiz mumkin.

Mehnat huquqi
Bugun soat 17:30 da Mehnat kodeksining 344-350-moddalari yuzasidan ochiq ma'ruza tashkil etiladi. Dasturni Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich olib boradi. …
Zoom Video
Join our Cloud HD Video Meeting
Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
Mehnat huquqi
https://us05web.zoom.us/j/85022132166?pwd=CyMqjaRv52CXmKyQ4D5LguX6g3hbVz.1
Hurmatli kanal a'zolari texnik nosozlik sababli darslarni ZOOMda o'tamiz. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz.
Mehnat huquqi
Bugun soat 17:30 da Mehnat kodeksining 344-350-moddalari yuzasidan ochiq ma'ruza tashkil etiladi. Dasturni Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich olib boradi. …
YouTube
Mehnat kodeksining 344-350-moddalari tahlili
Ish beruvchining yetkazilgan zarar miqdorini va uning kelib chiqish sababini aniqlash majburiyati, yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash, xodim tomonidan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplash, xodimdan ish beruvchiga yetkazilgan zararni undirish…
“VAZIFASINI BAJARUVCHI” KIM? “VAZIFASINI VAQTINCHA BAJARUVCHI” KIM?
Amaldagi mehnat qonunchiligida “vazifasini bajaruvchi”, “vazifasini vaqtincha bajaruvchi” terminlari qoʻllanilmaydi.
“Vazifasini bajaruvchi” tushunchasi mazmunan, Mehnat kodeksining 138-moddasida aks etgan “xodimni boshqa ishga oʻtkazish”ga yaqin tushunchadir. Mehnat kodeksining 139-moddasiga koʻra xodim aynan oʻsha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini oʻzgartirish xodimni boshqa ishga oʻtkazish hisoblanadi. Xodimni boshqa ishga oʻtkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga oʻtkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi. Xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan avvalgi ishini berishi shart.
Masalan, rahbar boʻshab ketganda uning oʻrniga oʻrinbosar yoki boshqa shaxs Mehnat kodeksi 139-moddasiga koʻra vaqtinchalik rahbar boʻladi. Belgilangan vaqt oʻtgach u oldingi ishiga qaytishi kerak.
“Vazifasini vaqtincha bajaruvchi” tushunchasi mohiyatan, Mehnat kodeksining 116-moddasida nazarda tutilgan xodimga topshirilayotgan qoʻshimcha ishni nazarda tutadi. “Vazifasini vaqtincha bajaruvchi” termini xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan asosiy ishga nisbatan boshqa kasb (lavozim) boʻyicha qoʻshimcha ishni bajarayotgan hollarda “bir necha kasbda (lavozimda) ishlash” yoki vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan, asosiy ishidagi ayni “oʻsha kasb (lavozim) yoki boshqa kasb (lavozim) boʻyicha ishdan ozod etilmagan holda bajarish” tushunchalarini oʻzida aks etadi.
Vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini asosiy ishdan ozod etilmagan holda bajarishni shtatdagi uning oʻrnini bosadigan, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat shartnomasiga, mansab yoʻriqnomasiga muvofiq oʻz lavozim majburiyatlariga vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish kiradigan shaxs zimmasiga yuklatish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, majburiyatlarni vaqtincha bajarish zimmasiga yuklatilayotgan xodimning biror-bir qoʻshimcha roziligini olishni talab etmaydi hamda qoʻshimcha ravishda haq toʻlanmaydi.
Masalan, rahbar ishdan boʻshab ketganda oʻrniga oʻrinbosarni ishlab turishi yaʼni “Vazifasini vaqtincha bajaruvchi” Mehnat kodeksi 116-moddasiga koʻra amalga oshiriladi.
https://t.me/mehnathuquqi

Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov

#test Davlat organlari va tashkilotlari rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan o‘tkazishni so‘rab u lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran necha kun ichida tegishli adliya organiga murojaat qiladi.
Anonymous Quiz
45%
3
17%
5
15%
7
23%
10
"Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʼlanishi lozim boʼlgan mablagʼlarni hisoblash va toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.10.2023 yildagi 570-son
https://lex.uz/pdfs/6647112
https://t.me/mehnathuquqi
https://lex.uz/pdfs/6647112
https://t.me/mehnathuquqi
Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
#savolimbor Assalomu alaykum. Ta'limning sirtqi ta'lim shaklida uchunchi kursda o‘qiyman. Yaqinda o‘qishim boshlanadi. Farg‘onadan Qo‘qonga(95 km) 30 kun o‘qishga qatnayman.Yo‘lovchi moshnalarda qatnayman. Bir kunda 50-60000 so‘m yo‘l kira qilaman. Ishxonamga ariza yozdim yo‘l harajatlarini mk ni 385 moddasiga muvofiq to‘lab berishingizni desam ular asos sifatida poyezd yoki aftobus chiptasini ko‘rsating deyabdi. Men paputni qatneman. Savolim quydagicha hizmat safaridagi 0.1%(BHM) ni qo‘llab yo‘l harajatlarini qiberishsa bo‘lmaydimi? (Kadrlar bo‘limimizdagilar yangi moddaga o‘zlariyam to‘liq tushunishmayapti)
Javob uchun oldindan rahmat
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
❗️MK 385-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga 1️⃣ marta yo‘lkira haqining5️⃣0️⃣ foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi.
Demak, e’tibor bering, birinchidan ushbu kafolat sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba-xodimlar uchun ekan (Siz 1-shartimizga mos tushasiz, lekin qolgan holatlarga esa mos tushmaysiz). Ikkinchidan, Sizga har kuni Farg’onadan Qo’qonga qatnashingizni ish beruvchi to’lab berishga majbur emas. Chunki ish beruvchi laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish yoki davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga 1️⃣ marta yo‘lkira haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘lashga majbur.
⚠️ Diqqat! Buning uchun yo’lkira xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar, poyez, avtobus yoki aviachiptalardan biri taqdim qilinishi lozim.
⚠️ Diqqat! Ushbu qoida davlat, xususiy yoki xorijdagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqida o’qiyotganlarga birdek tatbiq qilinadi. Masalan, Siz qo’shni Qozog’istonda sirtqida o’qiysiz laboratoriya-imtihon sessiyasida yoki davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun, aytaylik samolyotda 5 mln so’m yo’lkira qilib borib keldingiz. Tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilsangiz (temir yo’l, avtobus yoki avia chipta va boshqalar) ish beruvchi Sizga kamida 2,5 mln so’m to’lab beradi.
💯 MK 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin. Masalan, jamoa shartnomasida alohida qo’shimcha imtiyozlar ham nazarda tutilishi mumkin, masalan, yo‘lkira haqining 100 foizini to’lab berish yoki sutkalik xarajatlarni qoplab berish kabi.
❌ Tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmasa, VMQ - 424 qoidalarini qo’llasa bo’ladimi? Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlariga yuborish, xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish, xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus elektron jurnallarni yuritish hamda xizmat safariga yuborilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tartibini belgilaydi https://lex.uz/docs/-6139421
❗️E’tibor bering bu hujjat xizmat safariga yuborilgan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tartibini belgilaydi. Siz esa xizmat safariga yuborilmayapsiz, balki o'quv ta'tili olyapsiz. Shuning uchun ham VMQ-424 qoidalarini, MK 385-moddasiga tatbiq qila olmaymiz.
❗️Demak, xulosa qiladigan bo'lsak ish beruvchi Sizga har kuni Farg'onadan Qo'qonga qatnash uchun yo'lkira xarajatlaringizni qoplab bermaydi hamda Sizga har bir km uchun 330 so'mdan ham to'lab bermaydi (jamoa shartnomasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno (agar jamoa shartnomasida bo'lsa albatta😊), yuqorida tahlil qilganimiz MK 13-moddasi esdan chiqmasin)!
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi

#savolimbor. Assalomu alaykum. Amir Temur xiyobonida chiqindi quti yonida chekib turganimda,jarimaga tortishdi? Shu to’g’rimi?
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
✅ To'ppa-to'g'ri. Buni quyidagicha asoslaymiz.
Garchi ming bora uqtirishimiz befoyda bo’lsada, yana bir ta’kidlaymiz chekish sog’liq uchun ham cho’ntak uchun ham zarar! Ayniqsa, jamoat joylarida chekish!
Oldinroq yo'l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan reydlar bo’layotganligi haqida yozgan edik https://t.me/mehnathuquqi/5944
Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilganlarga nisbatan ham jarimalar qo’llanilish holatlari ko’paymoqda. Buni to’liq qo’llab quvvatlaymiz👍.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 56-1-moddasiga ko'ra, ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida (110 ming so’m) jarima solishga sabab bo‘ladi https://lex.uz/docs/-97664#-198030
❌ “ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING TARQATILISHINI HAMDA ISTE’MOL QILINISHINI CHEKLASH TO‘G‘RISIDA”gi Qonun 24-moddasiga ko’ra, jamoat joylarida, shu jumladan quyidagi joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi https://lex.uz/docs/-6472100: Ro'yxatni qisqacha keltiramiz. Batafsil: 24-moddada
.....
xiyobonlarda, bog‘larda, plyajlarda.
Tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy deganda qayer tushuniladi, chiqindi quti yonida chekilsa jarima qo’llanilmaydimi❓
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 7-noyabrdagi 70-son buyrug‘iga ilova “Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 3-ilovasidagi axborot beruvchi belgi bo’lgan joydagina chekish mumkin https://lex.uz/uz/docs/-3074704. Amir Temur xiyobonida esa bunday belgi yo’q
✅ Demak, garchi chiqindi quti yonida chekkan bo’lsangizda, Sizga jarima to’g’ri qo’llanilgan. Chekishni tashlang, shunda sog’liqqa ham, cho’ntakka ham foyda.
❌ Ha, yana bir gap yakka o'zingiz chekib turgan bo'lsangizda ya'ni oldingizda jamoat yo'q bo'lsada, yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek xiyobonlarda, bog‘larda va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#savolimbor. Assalomu alaykum. Amir Temur xiyobonida chiqindi quti yonida chekib turganimda,jarimaga tortishdi? Shu to’g’rimi? https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤: ✅ To'ppa-to'g'ri. Buni quyidagicha asoslaymiz. Garchi ming bora uqtirishimiz befoyda bo’lsada…
Tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgi
Bugun soat 12:45 da Mehnat kodeksining 351-359-moddalari yuzasidan ochiq ma'ruza tashkil etiladi. Dasturni Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich olib boradi.
https://us05web.zoom.us/j/85022132166?pwd=CyMqjaRv52CXmKyQ4D5LguX6g3hbVz.1
https://us05web.zoom.us/j/85022132166?pwd=CyMqjaRv52CXmKyQ4D5LguX6g3hbVz.1
Zoom Video
Join our Cloud HD Video Meeting
Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
#savolimbor Ассалому алайкум, Ходим хозир камокда , у билан тузилган мш бекор килинди , буйрук нусхаси хамда мехнат дафтарчаси каерга жунатилади, ходимни буйрук билан таништириш тартиби канака булади.
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
❗️Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi❓ Bu haqida batafsil bu postimizda yozganmiz https://t.me/mehnathuquqi/5344
Savolingizga kelsak, Siz ushbu holatda MK 171-moddasidan kelib chiqib ish yuritasiz. Ya’ni MK 171-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo‘q bo‘lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart.
⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, masalan, ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, hukm kuchga kirgach, Siz xodim bilam mehnat shartnomasini MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilasiz. Tabiiyki, xodimga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini bera olmaysiz. Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, mehnat shartnomasi bekor qilingan keyingi ish kunidan kechikmay bildirishnoma yuborib qo’ying. Bo’ldi, muammo hal.
“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 5.2-bandiga ko’ra, ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, tashkilot xodimlar bo‘limida 2 yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida ham yo‘qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘qotilib yuborilishi mumkin https://lex.uz/ru/docs/-643007
Xodimingiz ozodlikka chiqqach, ish beruvchiga murojaat qilsa, MK 171-moddasi 3-qismiga ko’ra, xodim tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to‘g‘risida murojaat qilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay berilishi kerak.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
❗️Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi❓ Bu haqida batafsil bu postimizda yozganmiz https://t.me/mehnathuquqi/5344
Savolingizga kelsak, Siz ushbu holatda MK 171-moddasidan kelib chiqib ish yuritasiz. Ya’ni MK 171-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo‘q bo‘lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart.
⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, masalan, ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, hukm kuchga kirgach, Siz xodim bilam mehnat shartnomasini MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilasiz. Tabiiyki, xodimga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini bera olmaysiz. Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, mehnat shartnomasi bekor qilingan keyingi ish kunidan kechikmay bildirishnoma yuborib qo’ying. Bo’ldi, muammo hal.
“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 5.2-bandiga ko’ra, ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, tashkilot xodimlar bo‘limida 2 yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida ham yo‘qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘qotilib yuborilishi mumkin https://lex.uz/ru/docs/-643007
Xodimingiz ozodlikka chiqqach, ish beruvchiga murojaat qilsa, MK 171-moddasi 3-qismiga ko’ra, xodim tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to‘g‘risida murojaat qilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay berilishi kerak.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
#qonunbilan Ҳашар Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 10 майдаги “Ўзбекистон Республикасида мажбурий меҳнатга барҳам беришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 349-сон қарорига асосан ташкил этилади ва ўтказилади https://lex.uz/docs/3730223
⚠️ Давлат органлари ва бошқа ташкилотлар томонидан ҳашарлар қуйидаги шартларга қатъий риоя этилган ҳолда фақат ИХТИЁРИЙ тарзда ташкил этилади ва ўтказилади:
✅ умумхалқ ҳашарини ўтказиш тўғрисида фақат Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли ҳужжати ёки Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори мавжуд бўлганда;
✅ ҳашарлар унда иштирок этадиган шахслар меҳнат қиладиган тегишли ташкилот ҳудудида меҳнатни муҳофаза қилиш ва хавфсизлик нормаларига қатъий риоя этилган ҳолда ўтказилади;
✅ ҳашарлар доирасида барча бошқа турдаги жамоат ишлари, шу жумладан қурилиш-таъмирлаш ва қишлоқ хўжалиги ишларига мажбурий жалб этишга қатъий йўл қўйилмаган ҳолда ободонлаштириш, кўкаламзорлаштириш, иш ўринларини тартибга келтириш ишлари амалга оширилади;
❗️ Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фақат тегишли маҳалла ҳудудида ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш, болалар ва спорт майдонларини жиҳозлаш, моддий-маданий мерос объектларини зарур ҳолатда сақлаш, қабристонларни қуриш, реконструкция қилиш, таъмирлаш ҳамда зарур ҳолатда сақлаш ишларида аҳолининг ИХТИЁРИЙ иштирок этишини ташкил этади.
❗️Қуйидаги ҳудудларда ИХТИЁРИЙ равишда ҳам ҳашар ўтказиш тақиқланади:
❌ автомобиль йўлларида;
❌ ҳаракатланиш тиғиз бўлган кўчаларда;
❌ сув объектларида;
❌ қирғоқбўйи ҳудудлар ва зоналарда;
❌ қурилиш майдонларида;
❌ бино ва иншоотлар томларида;
❌ хавфли ишлаб чиқариш объектларида;
❌ инсонларнинг ҳаётига ва соғлиғига хавф туғилиши мумкин бўлган жойларда.
P.S. Эслатиб ўтамиз! Мажбурий меҳнат учун Жиноят кодекси 148-2-моддасида жиноий жавобгарликкача жазо белгиланган! Меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш, бундан қонунда назарда тутилган ҳоллар мустасно, худди шундай қилмиш учун маъмурий жазо (МЖТК 51-моддаси) қўлланилганидан кейин содир етилган бўлса, базавий ҳисоблаш миқдорининг 100 бараваридан 150 бараваригача (49.5 миллион сўмгача) миқдорда жарима ёки 2 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш ёхуд 2 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.
Меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш, бундан қонунда назарда тутилган ҳоллар мустасно, таълим ташкилотининг педагог ходимига нисбатан худди шундай қилмиш учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса, базавий ҳисоблаш миқдорининг 150 бараваридан 200 бараваригача (66 миллион сўмгача) миқдорда жарима ёки 3 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇

#savolimbor Ассалому алайкум, ҳашарга чиқмаган ходимга интизомий жазо қўллаш мумкинми?
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
Аввалги постимизда таъкидлаб ўтганимиздек, ҳашар фақат ИХТИЁРИЙ тарзда ташкил этилади ва ўтказилади https://t.me/mehnathuquqi/5960
Айрим ташкилотлар ҳаттоки ички меҳнат тартиби қоидаларида ҳашарда иштирок этмасликни ходим билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишга олиб келиши мумкин бўлган меҳнат мажбуриятларининг бир марта қўпол равишда бузилишлари рўйхатига киритишган.
МК 298-моддасига кўра, ходимнинг ҳолатини меҳнат тўғрисидаги қонунчилик, жамоа келишувлари ёки жамоа шартномасига нисбатан ёмонлаштирувчи меҳнат тартибини тартибга солувчи ички ҳужжатлар қоидалари ҳақиқий эмасдир.
⚠️ Демак, ички меҳнат тартиби қоидаларида ҳашарда иштирок этмасликни ходим билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишга олиб келиши мумкин бўлган меҳнат мажбуриятларининг бир марта қўпол равишда бузиш сифатида белгилаш ғайриқонуний ҳисобланади.
Бундан ташқари, МК 301-моддасига кўра, ходим томонидан интизомий қилмиш содир этилиши ходимни интизомий жавобгарликка тортиш учун асос бўлади.
Интизомий қилмиш деганда ходим томонидан ўз меҳнат мажбуриятларини айбли тарзда, ғайриқонуний равишда бажармаганлиги ёки лозим даражада бажармаганлиги (меҳнат (лавозим) мажбуриятларининг бузилиши) тушунилади.
Ҳашарда иштирок этиш ходимнинг меҳнат мажбуриятларига кирмайди, демак, ҳашарда иштирок этмадинг деб, ходимга нисбатан интизомий жазо қўллаш ғайриқонуний ҳисобланади. Агар ички локал ҳужжатларда ҳашарда иштирок этиш меҳнат мажбурияти сифатида кўрсатилган бўлсада, бу ғайриқонунийдир.
Агар сизга нисбатан, ҳашарда иштирок этмадинг деб интизомий жазо қўлланилган бўлса, фуқаролик ишлари бўйича судга, меҳнат инспексияси, адлия органлари ёки прокуратурага мурожаат қилишингиз мумкин.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
Аввалги постимизда таъкидлаб ўтганимиздек, ҳашар фақат ИХТИЁРИЙ тарзда ташкил этилади ва ўтказилади https://t.me/mehnathuquqi/5960
Айрим ташкилотлар ҳаттоки ички меҳнат тартиби қоидаларида ҳашарда иштирок этмасликни ходим билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишга олиб келиши мумкин бўлган меҳнат мажбуриятларининг бир марта қўпол равишда бузилишлари рўйхатига киритишган.
МК 298-моддасига кўра, ходимнинг ҳолатини меҳнат тўғрисидаги қонунчилик, жамоа келишувлари ёки жамоа шартномасига нисбатан ёмонлаштирувчи меҳнат тартибини тартибга солувчи ички ҳужжатлар қоидалари ҳақиқий эмасдир.
⚠️ Демак, ички меҳнат тартиби қоидаларида ҳашарда иштирок этмасликни ходим билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишга олиб келиши мумкин бўлган меҳнат мажбуриятларининг бир марта қўпол равишда бузиш сифатида белгилаш ғайриқонуний ҳисобланади.
Бундан ташқари, МК 301-моддасига кўра, ходим томонидан интизомий қилмиш содир этилиши ходимни интизомий жавобгарликка тортиш учун асос бўлади.
Интизомий қилмиш деганда ходим томонидан ўз меҳнат мажбуриятларини айбли тарзда, ғайриқонуний равишда бажармаганлиги ёки лозим даражада бажармаганлиги (меҳнат (лавозим) мажбуриятларининг бузилиши) тушунилади.
Ҳашарда иштирок этиш ходимнинг меҳнат мажбуриятларига кирмайди, демак, ҳашарда иштирок этмадинг деб, ходимга нисбатан интизомий жазо қўллаш ғайриқонуний ҳисобланади. Агар ички локал ҳужжатларда ҳашарда иштирок этиш меҳнат мажбурияти сифатида кўрсатилган бўлсада, бу ғайриқонунийдир.
Агар сизга нисбатан, ҳашарда иштирок этмадинг деб интизомий жазо қўлланилган бўлса, фуқаролик ишлари бўйича судга, меҳнат инспексияси, адлия органлари ёки прокуратурага мурожаат қилишингиз мумкин.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Mehnat huquqi
#test Davlat organlari va tashkilotlari rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan o‘tkazishni so‘rab u lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran necha kun ichida tegishli adliya organiga murojaat qiladi.
#qonunbilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 9-mh-son buyrug‘iga 1-ilova “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3444 ) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini majburiy tartibda tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishish hamda yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tishi tartibini belgilaydi https://lex.uz/uz/docs/-6523027
Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
Nizomning 29-bandiga ko’ra, davlat organlari va tashkilotlari rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan o‘tkazishni so‘rab u lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli adliya organiga murojaat qiladi.
Adliya organi murojaat kelib tushgandan so‘ng, 1 oy muddat ichida stajirovkani tashkil qilishi va uni o‘tash bo‘yicha aniq muddatni ko‘rsatgan holda tashkilot rahbarini stajirovka boshlanishidan kamida bir hafta oldin yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
Nizomning 29-bandiga ko’ra, davlat organlari va tashkilotlari rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan o‘tkazishni so‘rab u lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli adliya organiga murojaat qiladi.
Adliya organi murojaat kelib tushgandan so‘ng, 1 oy muddat ichida stajirovkani tashkil qilishi va uni o‘tash bo‘yicha aniq muddatni ko‘rsatgan holda tashkilot rahbarini stajirovka boshlanishidan kamida bir hafta oldin yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Mehnat huquqi
Bugun soat 12:45 da Mehnat kodeksining 351-359-moddalari yuzasidan ochiq ma'ruza tashkil etiladi. Dasturni Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich olib boradi. …
YouTube
Mehnat kodeksining 351-359-moddalari tahlili
Mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar uchun ish beruvchi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar va materiallar, xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari, xodimning o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan…
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.
Кун тартибига ўтишдан олдин давлатимиз раҳбари ҳозирги кунда бутун дунёда катта ташвиш ва хавотир уйғотаётган масалага тўхталиб ўтди:
"Маълумки, Исроил армияси ва Хамас ҳаракати ўртасида давом этаётган қуролли тўқнашувлар гуманитар инқирозни чуқурлаштирмоқда, тинч, бегуноҳ аҳоли орасида кўп сонли қурбонларга олиб келмоқда.
Болалар ва аёллар ҳалок бўлмоқда, одамлар бошпанасидан айрилмоқда, ўз уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлмоқда.
Биз Фаластин ва Исроил томонидан қурбон бўлган барча инсонларнинг оилаларига чин дилдан таъзия ва ҳамдардлик изҳор этамиз.
Мен Ғазо сектори аҳолисига баҳоли қудрат ёрдам кўрсатиш учун Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Яқин Шарқ агентлигига 1 миллион 500 минг доллар ажратиш ҳақида қарор қабул қилдим.
Биз Фаластин халқи билан бирдам эканимизни қатъий билдирамиз ва унинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси ва Хавфсизлик Кенгашининг илгари қабул қилинган резолюцияларига мувофиқ ўз мустақил давлатини барпо этишга бўлган ҳуқуқини қўллаб-қувватлаймиз", - деди Президентимиз.
Facebook|Instagram|Twitter

#test Jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan. Lekin xodim kasaba uyushmasidan o'z ixtiyoriga ko'ra chiqib ketgan. Bu holatda...
Anonymous Quiz
25%
Kasaba uyushmasi qo'mitasining roziligi olinmaydi, chunki xodim kasaba uyushmasiga a'zo emas.
47%
Kasaba uyushmasi qo'mitasining roziligi baribir olinadi.
18%
Ixtiyoriy, ish beruvchi istasa kasaba uyushmasi qo'mitasining roziligini oladi, istamasa yo'q.
10%
Bu masala kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan mustaqil hal qiladi.