Mehnat huquqi
28.5K subscribers
891 photos
215 videos
393 files
3.98K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
Mehnat huquqi
⚠️ Barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin. Agar... Agar Qurbon Hayiti 28-iyun – chorshanba kuniga to’g’ri kelsa hamda PF-270-son Farmonga oʼzgartirish kiritilsa, barcha xodimlar 5 kun ketma-ket dam olishlari…
"Qurbon hayitini nishonlash toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko'ra https://president.uz/uz/lists/view/6438👇

Аholining Qurbon hayiti bayramini munosib saviyada oʼtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi PF-270-son Farmoni bilan ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 2023-yilning 29-30 iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1 iyul kuni qoʼshimcha dam olish kuni sifatida belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor? Assalomu alaykum, biz 5 kunlik ish haftasida ishlaymiz. Bizni 1-iyul shanba kunidan ta’tilga chiqarib yuborishmoqchi. Dam olish kunida ta’tilga chiqarib yuborish to’g’rimi, agar 3-iyul dushanbadan chiqsak 2 kun ko’proq dam olar edik.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Aloqador moddalar: 228, 230-moddalar

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish stajiga ega bo‘lishi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–847-son, 16.06.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’iy nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, avval 0,04 gektar tomorqa yeri, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsagina ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan edi.

Endilikda ushbu Qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta'minlashga, fuqarolarning ish stajiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Жонли_мулоқот

⚡️ Эртага, соат 15:00да Иш вақти режими ва уни ҳисобга олиш тартиби юзасидан овозли мулоқот ташкил этилади

Мулоқотда иштирок этиб, мавзу юзасидан ўзингизни қизиқтирган саволларга экспертимиздан жавоб олишингиз мумкин.

🗣 Овозли мулоқот ташкилотимизнинг ушбу — телеграмдаги расмий каналида ўтказилади.

Агентлик Ахборот хизмати
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўрангжавобберамиз

Қўшимча дам олиш кунлари меҳнат таътилига қўшиладими?

Айни кунларда Қурбон Ҳайити муносабати билан барча ходимларнинг кетма-кет 5 кун дам олиши ҳақида хабарлар тарқалмоқда. Хўш, шундай бўлса, таътиллар муддати қандай ҳисобланади? Қўшимча дам олиш кунлари таътилга қўшиладими?

Касб-ҳунар мактабида қоровул жорий йил ҳисобида 10 июнь санасидан меҳнат таътилига чиқди. Бир корхонада 9 йиллик иш стажи бўлган қоровулга меҳнат таътили кунлари қандай ҳисобланади?

Аввалги йилларда фойдаланилмаган таътиллар қандай қилиб пулли компенсацияга алмаштирилади? Агар иш берувчи барча таътиллардан фойланганини айтса, буни исботлаш учун қандай ҳисоблаб чиқилади?

Жавоблар: https://xabar.uz/kqjx

📲Каналга қўшилинг:
https://t.me/xabaruzofficial
Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar bu...
Anonymous Quiz
38%
Uy ishchilari
18%
Kasanachilar
35%
Fuqarolik shartnoma asosida ishlovchilar
9%
Ijarada ishlovchilar
#savolimbor? Assalom aleykum! Ótkan yiligi qolib ketgan mehnat ta'tilimni bu yilgi mehnat ta'tilimga qóshib olsam bóladimi?
https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️Savol mavhumroq yaʼni taʼtilning toʼliq qisminimi yoki 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismini nazarda tutyapsizmi? Аgar taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismi nazarda tutilayotgan boʼlsa, u holda MK 230-moddasi 2-qismiga koʼra, ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʼra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʼliq berish imkoni boʼlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismi keyingi ish yiliga koʼchirilishi mumkin boʼlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.

❗️Аgar taʼtilning foydanilmagan toʼliq qismini nazarda tutayotgan boʼlsangiz, aslida Siz ish yili tugagunga qadar taʼtilga chiqishingiz kerak edi, taʼtilning barcha qismini butunlay keyingi yilga koʼchirib yuborilishi mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi. Buning uchun mansabdor shaxsga MJTK 49-moddasiga koʼra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3mln 300 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

⚠️Chunki, MK 230-moddasi 1-qismiga koʼra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.

⚠️Foydanilmagan taʼtillar “kuyib” ketmaydi. MK 234-moddasi 1-qismiga koʼra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʼlanadi.

❗️Oʼtgan yoki avvalgi yillardan qolib ketgan foydanilmagan taʼtillarni ish beruvchi bilan kelishgan holda bu yilgi taʼtilga qoʼshib olish mumkin. Bu borada qonunchilikda cheklov yoʼq.

❗️
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Karimov Foundation
Мустақиллик декларацияси қабул қилинганига 33 йил тўлди

1990 йил 20 июнда Ўзбекистон ССР Олий Совети томонидан Мустақиллик декларацияси қабул қилинган.

Жорий йилнинг 20 июнь санасида ушбу тарихий ҳужжат қабул қилинганига 33 йил тўлади.

Бу ҳужжатнинг тарихий аҳамияти энг аввало, мамлакатимизнинг ўз тақдирини ўзи белгилаши, эркин тафаккур асосида яшаш, фикрлаш, миллий ва умумбашарий қадриятларга таяниб иш кўриш каби жиҳатлар билан изоҳланади.

Мустақиллик декларациясида мамлакатимиз ҳудудида асрлар давомида шаклланган давлатчилик, фан-таълим ва маданий тараққиёт борасидаги бой тажриба ва анъаналари ўз аксини топган.

Мазкур ҳужжатнинг мураккаб шароитларда қабул қилиниши Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш сари ташланган қатъий ва муҳим қадами бўлди.

Шу маънода, Мустақиллик декларацияси нафақат ҳуқуқий, балки жамият ва давлат ҳаёти ҳамда Ўзбекистонда яшовчи ҳар бир фуқаронинг бугунги муносиб ҳаётини ва эртанги тақдирини белгилаб берувчи сиёсий ҳужжатдир.

@KarimovFoundation
⚠️ Diqqat! Shok xabar! Mehnat qonunchiligiga oid "o'ta"muhim hujjatlar qabul qilindi. 🐄🐂 Sigirlar va nasl buqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining (https://lex.uz/docs/-1495215) 2-bandiga oʼzgartirish kiritish toʼgʼrisida, 🐎Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining (https://lex.uz/ru/docs/-1492903) 2-bandiga oʼzgartirish kiritish toʼgʼrisida (Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyruqlari qabul qilindi)

❗️Lekin pedagoglarning ta'tilllari haqidagi Vazirlar Mahkamasining qaroridan hali ham xabar yo'q! Maktablardagi pedagoglar ham ta'tilga chiqib bo'lishdi! Hamma o'zi bilganicha ish tutdi. Ta'til pullarini to'lash borasidagi tushunmovchiliklarni aytmasa ham bo'ladi. Endi navbat Oliy ta'lim tizimiga. Yana "bardak" boshlanadimi. Lekin ta'tillar bo'yicha hali hanuz hech qanday yangilik yo'q... Ko'zlarimiz to'rt bo'ldiyu...
Меҳнат ҳуқуқи бўйича мутахассис Муҳаммадамин Каримжоновнинг эътирозлари жуда ҳам ўринли. Мисол учун, мактаб таълимининг ўзида 500 мингдан ортиқ ўқитувчилар ишлайди. Бошқа тоифадаги ходимларни қўшсак бу сон 2-3 каррага кўпаяди.

Бу дегани шунча ходимнинг меҳнат таътилига оид ҳуқуқлари бузилиб бўлди. Масъулларимиз эса ҳалиям сукут сақлашда давом этмоқда. Педагог мақоми ҳақида роса оғиз кўпиртириб гапирилди, мана қонун яна жимликка маҳкум бўлди. Таътил бўйича ҳужжатдан ҳам дарак йўқ. Афсус, педагоглар ҳақида айтилган гапларнинг ҳаммаси баландпарвоз гаплар экан демак.

👉Xalq ta'limi Info
#savolimbor? O'tgan yilgi ta'tilimni olsam 56 kundan oshib ketsa bo'ladimi?

Аssalomu aleykum Muhammadamin Ustoz. Kanaldagi postlarizda o'tgan yilgi qolib ketgan ta'tillarni olsa bo'ladi debsiz. Lekin o'tgan yilgi ta'tilimni olsam 56 kundan oshib ketadiku. Ya'ni meni 2022 yil mehnat taʼtilidan foydalanish imkoniyati ish hajmining koʼp boʼlganligi uchun farmoyishga asosan taʼtilni keyingi yilga koʼchirilgan edi hozir shu taʼtildan foydalanishishim uchun 2022 yil uchun 24 kalendar kuni ( 2023 yil uchun 27 kalendar + 7 jamoa shartnoma boʼyicha 4 kalendar kun tarmoqdagi koʼp yillik xizmati uchun jami 38+24=62 kun boʼlayapti shundan qanday foydalanishnim mumkin yangi kodeksga 56 kundan oshib ketmasligi belgilanganku

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️MK 230-moddasiga koʼra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Yaʼni Siz ish yili tugagunga qadar taʼtilga chiqishingiz kerak edi, taʼtilning barcha qismini butunlay keyingi yilga koʼchirib yuborilishi mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi. Buning uchun mansabdor shaxsga MJTK 49-moddasiga koʼra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3mln 300 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

Endi oʼtgan yili qolib ketgan 24 kun va bu yilgi 38 kun taʼtilni qoʼshib olsangiz, 62 kun boʼlib ketishi qonun buzilishi hisoblanmaydi. Chunki MK 222-moddasi 2-qismiga koʼra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

⚠️ Eʼtibor bering, bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas deyilmoqda. Sizning holatda 24 kalendar kun taʼtil oʼtgan ish yili hisobidan, shuning uchun ham 62 kun taʼtilga chiqishingiz qonun buzilishi hisoblanmaydi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Huquqiy axborot
#Ҳуқуқий_ахборот_минбари

“Аёлларнинг меҳнат ҳуқуқлари кафолатлари” мавзусида эксперт билан суҳбат ўтказилади

⚖️ Хабарингиз бор, Адлия вазирлиги томонидан “Меҳнат ҳуқуқларимизни ўрганамиз“ ҳуқуқий акцияси ўтказилмоқда.

🎧 Акция доирасида “Аёлларнинг меҳнат ҳуқуқлари кафолатлари” мавзусида эксперт билан суҳбат ташкил этилади.

Овозли чат 21 июнь куни соат 17:00 да Huquqiy axborot телеграм каналида бошланади.

🎙Суҳбат спикери: Муҳаммадамин Каримжонов Тошкент давлат юридик университети масъул ходими.

📥 Саволларингизни @mehnatpodkast_bot телеграм боти орқали олдиндан ёки тўғридан-тўғри онлайн мулоқот вақтида беришингиз мумкин.

Мазмунан бир-бирига яқин саволларга умумлаштирилган ҳолда жавоб берилади.

⚠️ Суҳбатнинг ўтган сонларини қуйидаги ҳаволалар орқали кузатишингиз мумкин:

▫️2 июндаги сони | ▫️9 июндаги сони |▫️16 июндаги сони.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#savolimbor?Assalomu alaykum domla. Xodim 22-mayda ishga qabul qilingan. 14-iyunda xodimning bevaqt vafot etishi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu holatda foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun (bir oy ham ishlamagan) marhum xodimga kompensatsiya to'lanadimi?

Aloqador moddalar:  MK 168, 172, 224, 234, 254, 255-moddalari.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi  📤:
“Endi, muallimlarning nafaqat bilimi, balki malaka va mahoratini ham baholab, malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi.
Malaka sertifikatini olgan o‘qituvchiga 70 foiz qo‘shimcha haq to‘lanadi (hozirda eng yuqori ustama 40 foiz)”, – dedi O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda.

Manba: daryo.uz

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test MK 190-moddasiga ko'ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun yiliga ... soatdan oshmasligi kerak.
Anonymous Quiz
15%
100
11%
110
64%
120
10%
150
#savolimbor?Assalomu alekum Muhammdamin aka yaxshimisiz uzr savolim bor edi I va II guruh nogironligi bòlgan shaxslarga MK 218,429-moddalariga kòra 30 kalendar kun har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi deyilgan. Savolim shuki, I va II guruh nogironligi bòlgan shaxslar MK ning 217-moddasida nazarda tutilgan 21 kalendar kunlik mehnat ta’tilidan foydalanishadimi yoki faqat òsha 30 kalendar kunlik uzaytirilgan ta’til beriladi xolosmi javob uchun oldindan raxmat

Aloqador moddalar:  MK 217, 218, 429-moddalari.

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi  📤: