Mehnat huquqi
28.7K subscribers
902 photos
218 videos
393 files
4.01K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#test Birinchi ish yilida mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
19%
Yo'q, mumkin emas
42%
Ha, barcha toifa xodimlarga berish mumkin
27%
Ha, faqat ayrim toifa xodimlargagina berilishi mumkin
12%
Ha, faqat kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holatdagina
#savolimbor Янги кодексда стажга татил бериш бор уриндош ишлаган ходимгаям 10 йил стажи булса уларга хам стажи буйича кушиб берамизми

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤
Aloqador hujjatlar va moddalar. MK 220,  439, 440-moddalari

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#RADDIYA

Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani haqida tarqalayotgan xabarlar boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Prezidentning 2005-yil 2-iyundagi qarori 6-bandida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish yuklatilgan.

Mazkur topshiriqqa muvofiq 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qaror bilan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Unda oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tahsil olib tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati belgilangan.

Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori 3-ilovasiga muvofiq Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Bu quyidagicha izohlanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi birinchi qismiga koʻra “Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim”.

Shunga koʻra, hozirga qadar nizomdagi tartiblar yangi huquqiy normalarga zid emas va ushbu nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qoida biror-bir normativ hujjatda koʻzda tutilmagan.

Bundan koʻrinadiki, oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.

Shu oʻrinda, barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarni tarqatishlarini soʻrab qolardik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube‌‌
Mehnat huquqi
​#RADDIYA Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani…
❗️ Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari (keyingi o‘rinlarda matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi

❗️Asos: 1506-сон 06.08.2005. Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-755838

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Jurnalist va blogerlar press-turga taklif etiladi!

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar o‘rtasida bo'lib o'tayotgan EPS-Topik UBT test imtihoni jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida press-tur rejalashtirilmoqda.

🕐Press-tur 2023-yil 22-may kuni soat 10:00 da boshlanadi.

🚌Press-tur ishtirokchilari uchun transport tashkillashtirish imkoniyati mavjud.

🏢Press-tur manzili: Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.

📍 Lokatsiya

☎️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 71 202 33 55 (ichki raqam 67)

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
#qonunbilan MK 204-moddasiga ko'ra, agar ish kunining (smenaning) davomiyligi 8 soatdan oshgan hollarda xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish belgilangan bo‘lsa, xodimga dam olish va ovqatlanish uchun ikkita tanaffus berilishi kerak.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Quyidagilardan qaysi biri mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar qatoriga kirmaydi?
Anonymous Quiz
71%
konvensiyalar
7%
jamoa kelishuvlari
5%
jamoa shartnomalari
17%
ichki hujjatlar
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum. Oddiy qurilishda ishliman. Bir joyda ishladim ishlatgan odam kelishilgan pulni bermayapti. Berishini aytib puli yo’qligin bahona qiladi. Men ishlagan uyni egasi pulni meni olib borgan odamga (prarapga) berganligini aytyapti prarap bermadi deyapti. Bu vaziyatda nima qilsam bo’ladi pulimni qaysi yo’l bilan olsam bo’ladi, 300 $ pul.


Javob
Bizga mana shu mazmundagi savollar ko’plab kelmoqda. Shu sababli barchasiga umumiy qilib javob berishga harakat qilamiz. Quyida mehnat sohasidagi vakolatli organlarni manzillarini havola qilamiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari manzillari;
2. O’zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining manzillari;
3. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlari manzillari;
4. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy organlari manzillari;
5. Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi manzillari
Yuqoridagi organlarga murojaat qilish orqali o'z huquqingizni himoya qilishingiz mumkin.

💻 Murojaatlar uchun:
@MehnathuquqiBot
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
@mehnathuquqi
#savolimbor 📩

Men ish beruvchini 14 kun oldim oldin o’z xohishim bo’yicha ishdan bo’shatishni so’rab yozma ravishda ogohlantirdim. Lekin bu muddat davomida oyog’im sinib, 1 oy gipsda yotdim. Ogohlantirish muddati tugagach men bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi va menga bolnichniy to’lab berilmadi. Shu asoslimi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик бўйича нафақа меҳнат қобилияти йўқолган биринчи кундан то у тиклангунга қадар ёки тиббий-ижтимоий экспертиза комиссияси (ТИЭК) томонидан ногиронлик белгилангунга қадар, ҳатто бу даврда ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинган ҳолларда ҳам берилади❗️

📌Асос: «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 11-банди (рўйхат рақами 1136, 14.05.2002 й.) https://lex.uz/docs/357102

Telegramdagi kanalimizga ulanishni unutmang.👇👇 
https://t.me/mehnathuquqi
Hurmatli Mehnat huquqi kanali a'zolari kichik bo'lsa ham ko'magingiz kerak!

Litseydagi sinfdoshim diyonatli yigit Fazliddin Qoʼchqorov — (Mirzaobod tumani «Oqoltin» MFY yoshlar yetakchisi) shu e'lonni qo'yishni iltimos qildi.


🙏 Ko'chimova Mahliyo qizimizning ahvoli juda ham ogʻir. 

🚑😔 Shifokorlar buyrakni olib tashlashligi uchun tezda operatsiya zarurligini bildirgan.

Operatsiya va dori darmoniga 10 million pul kerak.

📌 Agar shu kanaldan kichik yordam ko'rgan bo'lsangiz qoʻlingizdan kelganicha yordam bering.

🤲 Saxovatpesha insonlar yordam beraman deganlar boʻlsa onasi Maxsuda onaning telefon raqami.

+998910225282

Plastikdan klik qilaman deganlarga ham imkoniyat bor.

Karta raqami
9860082509135701

🔰Ko'pchilikning ozginadan bo'lsa ham qo'shgan hissasi bir inson hayotiga katta ta'sir qiladi.
#savolimbor Ассалом алейкум. Ходимга кискаришга кура ишдан бушатилиши ҳақида огохлантириш берилган куни ходим касаллик таътилига чикиб олди.Энди нима йул тутиш керак

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤
Aloqador hujjatlar va moddalar. MK 163,  165-moddalari

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test MK 503-moddasiga ko'ra, sportchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
... va undan ko‘p muddatga sportdan chetlashtirilsa.
Anonymous Quiz
28%
3 oy
40%
6 oy
8%
9 oy
24%
1 yil
#qonunbilan

🔰Xodimning ta’til olish huquqini ta’minlash uchun quyidagi kafolatlar mavjud.
Ish beruvchi:
xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi;
xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam bo‘lmagan ta’tillar berilishini ta’minlashi;
ta’tillar berish tartibiga rioya etishi shart.

Mehnat kodeksi 214-modda

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
Qorovullarga tungi ish uchun 1,5 barobar haq to'lanishi shartmi?

#savolimbor? Assalomu alaykum, men O'zbekiston tumani Katta-tagob qishlog'idagi bog'chada qorovul bo’lib ishlayman. Tungi vaqt uchun menga 1,5 barobar emas, 1 barobar to’lashyapti. Qonunda shunday deyilgan ekan kunduzgi bilan bir xil to'lanar ekan. Bu qanchalik asosli?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
Avvalo, savolingiz uchun katta rahmat. Negaki, mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bugungi kundagi juda katta muammoni ko’tarib chiqibsiz. Biz bu masalani avval ham yoritgan edik https://t.me/mehnathuquqi/4220. Yana takrorlashdan charchamaymiz. Endi yangi Mehnat kodeksi bo’yicha ham fikrimizni huquqiy asoslantirib beramiz.

Chunki amaliyotda aksariyat tashkilotlar MK 188-moddasi 4-qismidagi quyidagi normani noto’g’ri talqin qilishmoqda. Mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi vaqtdagi ishning davomiyligi kunduzgi vaqtdagi ishning davomiyligi bilan tenglashtiriladi. Mazkur ishlar ro‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanishi mumkin.

⚠️ MK 188-moddasi 4-qismida mehnatga haq to’lash haqida hech qanday gap yo’q. Unda nima haqida gap ketmoqda? Gap shundaki, agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartirilishi lozim. Masalan, xodimning ish vaqti 8 soat. Shuni yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, uning ish vaqti 1 soatga qisqaradi. Ya’ni 8 soat emas 7 soat ishlaydi. Biroq, mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi ya’ni 1 soatga qisqarmaydi: 7 soat emas 8 soat ishlanadi. Lekin tungi vaqt uchun kamida 1.5 hissa haq to'lanishi shart.

MK 264-moddasiga ko’ra, tungi vaqtdagi (soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt) quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:

mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qo‘llagan holda;
mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega bo‘lgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qo‘shimcha to‘lov to‘liq to‘lanadi.

Chunki tungi vaqtdagi ishning kunduzgidan farqli ravishda inson organizmiga zarari va yuklamasi ko'p. Shuning uchun ham tungi vaqt uchun oshirilgan miqdorda haq to'lanadi.

❗️Demak, Sizga tungi vaqtdagi ishingizing har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanishi shart.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
240_Иш_ҳақи_қисман_сақланадиган_таътил.docx
25.9 KB
#maqola Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning mazkur maqolasida ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil va uni berish tartibi (240-modda) hamda rasmiylashtirish masalalari tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan.

⚠️ Diqqat! Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil tushunchasini (MK 240-moddasi) ish haqi saqlanmaydigan taʼtil bilan (241, 242-moddalari) chalkashtirmang! Ish haqi saqlanmaydigan ta’til haqida batafsil ushbu maqolamizda yozganmiz https://t.me/mehnathuquqi/4779

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor? Бир ходима кетма-кет бола тугиб бир ишхонада нечта фарзандли бугунча узлуксиз декретта утириши мумкин. 3 та фарзандли бугунчами ёки конунда белгиланмаганми? Ишдан бушатса буладими

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Farzandlar soniga hech qanday cheklov yo’q. "Dekret"ni "dekretga" ulasangiz ham takroriy homiladorlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda berilaveradi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnoma [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667] (https://lex.uz/docs/-2625878) 29-bandiga ko’ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.

MK 408-moddasiga ko'ra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.

MK 409-moddasiga ko'ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi