Mehnat huquqi
28.5K subscribers
891 photos
218 videos
393 files
4K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Bitta shaxs korxonda 4- razryadda ishlagan va 6-razryaddi ishini qilganligi uchun unga 6- razryaddi oyligi to'langan. Boshliqlarining roziligi bilan. U yaqinda 5-razryadni oldi va unga hozir bugalteriya 1- yil mobaynida kop oylik olganligini aytib. Kevotgan yil har oyda oyligidan ushlab qomoqchiykan. Shu tog'rimi? Boshligi tan omiyapti.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Mehnat kodeksi 279-moddasiga (Ortiqcha to‘langan ish haqini qayta undirib olish shartlari) ko’ra👇

👉Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan qonunni noto‘g‘ri qo‘llanish oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato oqibatidagi ortiqcha to‘lovlar bundan mustasno.
Xodimga u bergan yolg‘on ma’lumotlari yoki taqdim etgan soxta hujjatlari oqibatida to‘langan summalar undan sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi.

👉Shuningdek, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga (Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik) ko’ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi). Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test Yangi Mehnat kodeksi 204-moddasiga ko'ra, ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan.....soat va kamida ..... daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.
Anonymous Quiz
44%
1, 45
11%
3, 30
22%
2, 30
23%
1.5, 15
#savolimbor
Salom  men  tuman  obodonlashtirish  boshqormasda 6 yildan  beri  qorovil  vazifasda  ishlap  kelayotgandim yaqinda  hamaga  05  stafkaga  utasilar  2  oyda  yana  bir  stafkaga  uzlaringni  urinlaringa  qaytaraman  deb  05  ga  arza  yozdirishti  majburlab  mana  5  oy  bulayapti   1  stafkaga  utkazmayapti  endi  qayarga  murojat  qisam  buladi.

🔰 Javob
Mehnat kodeksining 89-moddasiga asosan, ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi, basharti bunday o‘zgarishlar xodimlar soni yoki ishlar xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan aniq bo‘lgan hollardagina haqlidir.

Bu degani shuki, agar sizni holatingizdagi qorovullik ishining hajmi kamaygan bo'lsa, ya'ni ish beruvchi 1 ta qorovul shtatini saqlab qolaolmaganligi sababli sizga yarim stavkani taklif qilishga majbur bo'lsa, sizni bu haqida kamida ikki oy oldin ogohlantirishi kerak. Ikki oydan keyingina sizni yarim stavkada o'tkazishi kerak. Siz yarim stavkada ishlashni xohlasangiz ishda qolib ishlayverasiz, agar rozi bo'lmasangiz bo'shab ketishingiz mumkin.

Biroq sizda bunday bo'lmagan. Mehnat kodeksining 88-moddasiga asosan ish vaqti ijtimoiy omil sanaladi. Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi.

Bu degani siz ish vaqtini ya'ni 1 stavkani  ish beruvchi bilan kelishib 0,5 stavkaga o'tkazishingiz mumkin. Siz ayni mana shunday qilgansiz. Ish beruvchi sizga yarim stavkaga o'tkazishni taklif qilgan siz bunga rozi bo'lgansiz.

Yana bir asos, Mehnat kodeksining 119-moddasiga binoan, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin.

Siz yuqoridagi moddaga asosan ish beruvchini taklifi bilan ish vaqtingiz 1 stavkani (kuniga 8, haftasiga 40 soat) teng yarmi 0,5 stavkaga o'tkazgansiz. Oylik ish haqingiz ham shunga yarasha yarmiga kamaygan.

Muammo nimada? Ish beruvchilar odatda bunday "usullar"dan keng foydalanadi. "Yarim stavkaga o'tib turing bir oy ichida yana bir stavkaga o'tkazaman", qabilida va'da beradi, lekin sizdan arizani yozdirib roziligingizni olgandan bilganini qiladi. Sababi siz rozilikni o'z qo'lingiz bilan yozib bergansiz.

Xo'sh endi nima qilish kerak?
Avvalo bunday rozilikni bermaslik kerak edi. Rozilik berdingizmi endi kutasiz qachon ish beruvchi sizni to'liq stavkaga o'tkazishini.

Ikkinchi yo'li bu endi siz  ish beruvchi bilan sudlashasiz.
Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, siz yashab turgan yeringizdagi fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mehnat kodeksining 277-moddasiga ko'ra siz ya'ni xodimlar barcha sud xarajatlaridan, davlat boji, pochta xarajatidan ozod qilingan. Sud murojaat qilganingizda hech qanday pul sarflamaysiz.

Sudga berish muddati o'tib ketmadimi?
Mehnat kodeksining 270-moddasiga asosan, boshqa mehnat nizolari bo‘yicha (sizning holatingizda stavkani kamaytirish shu asosga tushad) — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy ichida sudga shikoyat qilasiz. Bunda siz o'zingizni huquqingiz buzulganligi ya'ni to'liq stavkaga o'tkazilmayotganligingizni ikki o'tib bilyapsiz. Sudda siz ish beruvchining ikki oydan keyin bir stavkaga o'tkazish haqidagi gapini isbotlab berish uchun asoslaringizni topib qo'yishingiz kerak.

Sud sizga "da'vo qilish muddatini o'tkazib yubordingiz" deb arizaningizni qabul qilmasligi ham mumkin.
Bunday vaziyatda siz suddan o'tkazib yuborilgan muddatni Mehnat kodeksi 270-moddasi 2-qismiga asosan tiklashni so'rashga haqlisiz. Shundan so'ng sizni to'liq stavkaga o'tkazish yoki yarim stavkada qoldirish masalasini sud hal qiladi.

✔️ Yuqoridagilardan kelib chiqib ikkita tanlovni beramiz.
1. Buzilgan huquqingizmi tiklash uchun sudga shikoyat qiling.
2. Vaziyatga ko'nib yarim stavkada ishlayvering.

@mehnathuquqi
Янги Меҳнат кодекси.doc
1.4 MB
🇺🇿 O‘zbеkiston Rеspublikasining Yangi Mеhnat kodеksi.

❗️Kuchga kirish sanasi 30.04.2023

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang: https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. Yangi Mehnat kodeksida ish haqi kechiktirganlik uchun ish beruvchining javobgarligi belgilab berilibdi. To’g’risi o’qib tushunmadim. Shuni amaliy misol bilan tushuntirib bersangiz.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
Yangi Mehnat kodeksi 333-moddasiga ko'ra, nafaqat ish haqini balki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilab berilmoqda.

❗️Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

❗️Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.

❗️Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan, xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar yuzaga keladi .

👉 Buni quyidagi misol bilan tushuntirib beramiz. Masalan, ish beruvchi xodimga 3 millionlik ish haqini 5 kun kechiktirdi. Demak, ish beruvchi bu holatda xodimga har bir kechiktirilgan kun uchun 45 mingdan jami 225 ming to’laydi.
3 million so’m (kechiktirilgan to’lov summasi) * qayta moliyalashtirish stavkasi (15%)= 450 ming so’m
450 ming so’m * qayta moliyalashtirish stavkasining 10 % = 45 ming so’m
45ming *5 (kechiktirilgan kunlar soni) = 225 ming so’m

Tele
gramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test Yangi MK 560-moddasiga ko'ra, ishga tiklash to‘g‘risidagi nizo bo‘yicha  xodim u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran necha oyda sudga murojaat qilishga haqli.
Anonymous Quiz
35%
1 oy
13%
2 oy
40%
3 oy
11%
6 oy
#yangimehnatkodeksi Yangi Mehnat kodeksi 155-moddasiga ko'ra, mehnat shartnomasi quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat:

1) taraflarning kelishuvi (ushbu Kodeksning 157-moddasi);

2) mehnat shartnomasi muddatining tugashi (ushbu Kodeksning 158-moddasi);

3) mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (ushbu Kodeksning 160-moddasi);

4) mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (ushbu Kodeksning 161-moddasi);

5) tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi (ushbu Kodeks 156-moddasining beshinchi qismi);

6) xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi (ushbu Kodeks 137-moddasining to‘rtinchi qismi);

7) xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi (ushbu Kodeks 146-moddasining beshinchi qismi);

8) xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmagan taqdirda (ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismi);

9) taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (ushbu Kodeksning 168-moddasi);

10) yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish (ushbu Kodeksning 169-moddasi);

11) ushbu Kodeks yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qo‘shimcha asoslari to‘g‘risidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar.

Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga asoslar bo‘yicha ham bekor qilinishi mumkin.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test  Yangi MK 230-moddasiga ko'ra, ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko'ra xodimning roziligi bilan ta’tilning necha  kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin
Anonymous Quiz
29%
12
20%
14
31%
15
20%
21
#yangimehnatkodeksi Yangi mehnat kodeksiga ko'ra 15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi.

Amaldagi Mehnat kodeksi 77-moddasiga ko’ra, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Amaldagi mehnat qonunchiligi bo'yicha 15 yoshga to’lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzishga yo'l qo'yilmaydi.

Yangi Mehnat kodeksi 118-moddasiga ko’ra, madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko‘rgazmaga qo‘yishda) ishtirok etish uchun 15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#mavzu9️⃣ Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari!

🔰 Kanalimiz jamoasi Sizga Mehnat huquqi fanidan mavzulashtirilgan ma’lumotlarni berib bormoqda.

🖐 Mazkur haftadagi 9 - mavzu “Mehnat intizomi. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi” deb nomlanadi.

📚 O’qish tavsiya etiladigan qonun hujjatlari:

✔️1. Mehnat kodeksi (295-350 – moddalar) https://lex.uz/docs/-6257288#-6264594



✔️2. “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonun 15-17-moddalari https://lex.uz/docs/-4631281

✔️3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoni 16-bandi 3-xatboshisi https://lex.uz/docs/-4770761

✔️4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari” https://www.lex.uz/docs/-492899#-494223

✔️5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga 1-ILOVA Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi NIZOM 4-bob. Rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari https://lex.uz/docs/-3430641

✔️6. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 20-38-bandlari https://lex.uz/docs/-1444779

✔️7. Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi va https://www.lex.uz/docs/-1454007

✔️8. Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorlari https://www.lex.uz/docs/-1449509

✔️9. Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) https://www.lex.uz/docs/-811392

✔️10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga ilova “Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi nizom https://lex.uz/docs/5852486#5857106

📚O’qish tavsiya etiladigan maqolalar:

✔️1. M.Karimjonov. Ekspert fikri: ish beruvchining zimmasidagi “ortiqcha yuk”larni olish vaqti kelmadimi? https://qalampir.uz/uz/news/ekspert-fikri-ish-beruvchining-zimmasidagi-ortik-cha-yuk-larni-olish-vak-ti-kelmadimi-12717

✔️2. M.Karimjonov. Ish beruvchilar uchun xushxabar! https://t.me/mehnathuquqi/2002

✔️3. M.Karimjonov. Xodim ish tashlash huquqiga egami? Qonunchilikdagi paradoks haqida https://m.kun.uz/uz/news/2019/09/21/xodim-ish-tashlash-huquqiga-egami-qonunchilikdagi-paradoks-haqida

✔️4. M.Karimjonov. Intizomiy jazolarni qo‘llash va rag'batlantirish yuzasidan eng ko‘p beriladigan mehnat intizomiga oid 25 savolga 25 javob https://t.me/mehnathuquqi/3638

✔️5. M.Karimjonov. Xodim ish vaqtida baxsiz hodisa tufayli vafot etsa, marhumning oila a'zolariga beriladigan kompensatsiya miqdori qancha? https://kun.uz/uz/85638824

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test   Yangi Mehnat kodeksi 308-moddasiga ko'ra, xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati qanchadan oshmasligi kerak.
Anonymous Quiz
31%
10 ish kunidan
20%
10 kalendar kundan
33%
15 ish kunidan
16%
15 kalendar kundan
#qonunbilan “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida“gi Qonun (kuchga kirish sanasi 10.11.2022) 47-moddasi 6-qismiga ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishini bekor qilmaydi. Ya’ni bu degani intizomiy jazosi bor davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin.

Lekin amaldagi Mehnat kodeksi 180-moddasi 4-qismida intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi deyilganku. Tepadagi norma bilan MK 180-moddasi bir-biriga zid kelib qolmayaptimi? Yo’q, zid emas. Negaki, “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida“gi Qonunning 2-moddasiga ko’ra, davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Demak, davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat intizomi Mehnat kodeksi bilan emas, “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida“gi Qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun bilan tartibga solinmagan mehnat munosabatlarini Mehnat kodeksi tartibga soladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga 1-ilova “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” 3-bandiga ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchilari oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishi lozim.

P.S. Lekin davlat fuqarolik xizmatchisi bularga vaqt topa olarmikan degan savolga esa afsuski javob yo’q… ⁉️ To’g’ri “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida“gi Qonun (kuchga kirish sanasi 10.11.2022) 34-moddasiga ko’ra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Ammo, lekin, biroq baribir hamma gap qonunlarning amalda qanchalik ishlatilishida qoladi…

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Xodim mehnat ta'tili davrida bo'lsa ham intizomiy jazo chorasi bersa bo'ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

👉Mehnat kodeksi 182-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1️⃣ oy ichida qo‘llaniladi. Demak, xodim ta’tilda bo’lgan vaqti intizomiy jazo qo'llanilishi kerak bo’lgan 1 oylik muddat o’tishi to'xtab turadi. Xodim ta’tildan qaytgach, bemalol intizomiy jazoni qo’llayverasiz.

👉Bundan tashqari, MK 100-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish) 3 qismiga ko’ra xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.

Bundan ham xulosa qilish mumkinki, xodim ta’tilda bo’lgan vaqtida intizomiy jazo qo’llab bo’lmaydi. Chunki, Mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari bo‘yicha bekor qilish intizomiy jazo chorasi hisoblanadi.


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Xodim mehnatga layoqatsizlik varaqasini necha kun ichida ish beruvchiga topshirishi kerak?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 94-bandiga ko’ra👇

Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan so‘ng chiqishining 1️⃣ - kunidayoq korxonaga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.

Korxonada vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tabelchi tomonidan va kadrlar bo‘limi tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib, imzo qo‘yiladi) ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga topshiriladi.

💻Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishini...

"Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi Qonun bugun - 10.11.2022 dan kuchga kirdi.
Anonymous Quiz
49%
bekor qiladi.
51%
bekor qilmaydi.
#savolimbor Men "O‘zbеktеlеkom" aksiyadorlik kompaniyasida ishlayman. Xorijda Top 1000 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasasini tugatganman. Menga ustama to’lanadi deb eshitdim. Shu haqida ma’lumot bersangiz.

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoniga ko’ra (https://lex.uz/docs/-5512119), davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-ilovaga (https://lex.uz/docs/-5512119#-5513867) muvofiq qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etilgan.

Unga ko’ra:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yo‘nalishlari, tor mutaxassisliklar hamda davlat organlari, tashkilot va muassasalari ro‘yxati shakllantiriladi;

oylik ustamalar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi.

Lavozim maoshlariga qo‘shib boriladigan ustamalar bo‘yicha:

yosh mutaxassis diplom olgan yilda xalqaro e’tirof etilgan (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World University) reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini 2021-yil va kelgusi yillarda tamomlagan yosh mutaxassisga nisbatan tatbiq etiladi;

yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan 3️⃣0️⃣ yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak agar xodim davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan bo’lib, Top 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini 2021-yil va kelgusi yillarda tamomlagan bo’lsa hamda 3️⃣0️⃣ yoshdan oshmagan bo’lsa lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi!

⚠️ Top 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro'yxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi saytidagi quyidagi ilova orqali tanishib chiqishingiz mumkin👉 https://www.tdi.uz/uz/page/top-1000

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi