Mehnat huquqi
26.3K subscribers
854 photos
176 videos
383 files
3.76K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi

Жавоб:

❗️ Avvalo, savolingizni yanada aniqlashtirib olsak. Chunki og'zaki nutqda garchi juda qo'pol xato bo'lsada, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ham, ma'muriy qamoqqa olishni ham yoki ehtiyot choralarini ham qamoq deb yuritilaveradi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksidan qamoq jinoiy jazosi chiqarib tashlangan bo'lsada hali ham ozodlikdan mahrum qilindi degan jumlani qamaldi deb noto'g'ri ishlatishadi

⚠️Diqqat! Qamoqqa olish va uy qamog'i (Jinoyat-protsessual kodeksi 242 va 242-1-moddalari) kabi ehtiyot choralarini, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo va Jinoyat kodeksi 48-1-moddasidagi ozodlikni cheklash hamda 50-moddasidagi ozodlikdan mahrum qilish jinoiy jazolarini bir-biri bilan adashtirmang va chalkashtirmang❗️ Batafsil ma'lumot uchun yuqorida keltirilgan moddalarni o'qib, tahlil qilib chiqing!

Demak, savolingizga to'xtalib o'tsak. Siz savolda so'ragan qamoqni 3 xil ma'noda tushunishimiz mumkin:

1. Jinoiy jazo ya'ni ozodlikdan mahrum qilish

2. Ehtiyot chorasi ya'ni qamoqqa olish yoki uy qamog'i

3. Ma'muriy jazo ya'ni ma’muriy qamoqqa olish.

Xodim ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.


❗️ Jinoyat-protsessual kodeksi 237-moddasiga ko’ra, ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog‘i; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.

❗️JPK ning 243-moddasida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi belgilangan.

❗️Qachon shaxsning aybi aniqlanib, sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsagina mehnat shartnomasi MK 106-moddasi 3-bandi bilan bekor qilinishi mumkin. Ya’ni aytaylik xodimga sud hukmi bilan jarima yoki ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi lekin xodim ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’lgani yo’q. Demak, bu holatda shartnomani bekor qila olmaymiz. Xodimga muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, xodim ishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'lsa bu holatda shartnomani bekor qilsa bo'ladi.

❗️Agar xodim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo'llanilsachi? Bu holatda 2 xil yechim bor.

Agar ma’muriy qamoq tayinlangan xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa, bu xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari bilan bekor qilish mumkin.

Xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa (masalan, xodim dam olish kuni mayda bezorilik sodir qilib 15 sutka ma'muriy qamoq tayinlangan) shartnomani MK 106-moddasi 3 yoki 6-bandi bilan bekor qila olmaymiz.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Xodim ta’til vaqtida ishlashi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Bu savolga 2 xil tomondan yondashamiz. Birinchi variant. Agar xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, o’rindoshlik joyida ishlashi mumkin. MK 143-moddasiga ko’ra, ta'til o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda o’rindoshlarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi. E’tibor bering, xodimning xohishi asosida deyilmoqda. Ya’ni xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqib, o’rindoshlik joyida ishlashi mumkin.

Ikkinchi variant. Xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, asosiy ish joyida ta’til davomida ishlay olmaydi. Buni quyidagicha asoslaymiz.

Mehnat kodeksi 126-moddasiga ko’ra, dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. E’tibor bering, mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan vaqt deyilmoqda.

MK 133-moddasiga ko’ra, barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.

E’tibor bering,dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun deyilmoqda.

Demak, xodim ta’til vaqtida ta’tilga chiqqan ish joyida ishlay olmaydi. Buning uchun xodimni ta’tildan chaqirib olsih zarur. MK 147-moddasiga ko’ra ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 143-moddasi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerak.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
⚡️ Ҳудудларда вакант лавозимлар учун эълон қилинган очиқ танловларда иштирок этинг!

Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали — vacancy.argos.uz сайтида Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳридаги вакант лавозимлар доимий эълон қилиб борилмоқда.

🔰 Қуйидаги ҳаволалар орқали вакансиялар билан танишиб чиқишингиз мумкин:👇

▪️ Қорақалпоғистон Республикаси

▪️ Андижон вилояти

▪️ Бухоро вилояти

▪️ Жиззах вилояти

▪️ Қашқадарё вилояти

▪️ Навоий вилояти

▪️ Наманган вилояти

▪️ Самарқанд вилояти

▪️ Сирдарё вилояти

▪️ Сурхондарё вилояти

▪️ Тошкент вилояти

▪️ Фарғона вилояти

▪️ Хоразм вилояти

▪️ Тошкент шаҳри

❗️Вакант лавозимларга ҳужжатлар электрон шаклда қабул қилинади. Бунинг учун порталдан рўйхатдан ўтишингиз лозим.

Вакансиялар ҳақида шу каналда биринчилардан хабардор бўлинг:👇
https://t.me/vacancy_argos
#savolimbor Bitta shaxs korxonda 4- razryadda ishlagan va 6-razryaddi ishini qilganligi uchun unga 6- razryaddi oyligi to'langan. Boshliqlarining roziligi bilan. U yaqinda 5-razryadni oldi va unga hozir bugalteriya 1- yil mobaynida kop oylik olganligini aytib. Kevotgan yil har oyda oyligidan ushlab qomoqchiykan. Shu tog'rimi? Boshligi tan omiyapti.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Mehnat kodeksi 279-moddasiga (Ortiqcha to‘langan ish haqini qayta undirib olish shartlari) ko’ra👇

👉Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan qonunni noto‘g‘ri qo‘llanish oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato oqibatidagi ortiqcha to‘lovlar bundan mustasno.
Xodimga u bergan yolg‘on ma’lumotlari yoki taqdim etgan soxta hujjatlari oqibatida to‘langan summalar undan sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi.

👉Shuningdek, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga (Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik) ko’ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi). Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor 📩
Ўриндошлик ва бир неча касбда ва лавозимда ишлашнинг фарқли жиҳатларини тушунтириб берсангиз?
https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:
Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сонли қарори билан тасдиқланган “Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисидаги низом” билан тартибга солинади.
Бу икки тушунчанинг фарқли жиҳатлари қуйидагича:
Forwarded from Oylik bot
Аёлларга таълим ташкилотларида ўқиш учун имтиёзли кредитлар берилади

👉 http://idum.uz/uz/archives/16496

———

Женщинам выделят льготные кредиты на обучение в вузах

👉 http://idum.uz/ru/archives/16496

«Таълим/Образование» саҳифалари👇
Telegram | Веб сайт | Youtube
📌Ўзбекистон Республикаси суд (фуқаролик, иқтисодий, маъмурий,жиноят ишлари бўйича) ҳужжатлари электрон тўпламини ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин👇

https://public.sud.uz/

📌 Меҳнат низолари бўйича даъво аризалари (ишга тиклаш ва маънавий зарарни ундириш тўғрисида, иш ҳақини ундириш тўғрисида ва бошқалар) намуналарини эса қуйидани ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин👇

http://sud.uz/%D1%81%D1%83%D0%B4-%D2%B3%D1%83%D0%B6%D0%B6%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8-%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D1%83%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8/
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi
Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari!

Bizga ko'p hollarda ish topish, ishga joylashish masalasida qayerga murojaat qilish mumkinligi to'g'risida murojaatlar keladi.

Assalom alaykum men ishlamoqchi man yoshlarni ish bilan taminlash tashkilotiga qanday murojat qilsam bo'ladi? O'zingiz ham ish bilan taminlay olasizmi?

🏛 Sizga o'zingiz yashab turgan hududdagi Aholi bandligiga ko'maklashish markazlariga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

👨‍💻 Shu bilan bir qatorda quyidagi foydali elektron manzillarni havola qilamiz.
👉http://ish.mehnat.uz
👉http://hh.uz
👉http://olx.uz
👉http://rabota.uz
👉http://myjob.uz
👉http://ishkop.uz
👉🏻https://vacancy.argos.uz

💻 Murojaatlar uchun: Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇 @mehnathuquqi
#savolimbor 2 ойлик огоҳлантириш муддати давомида ходим меҳнат таътили олиши мумкин?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Ҳа олиши мумкин, чеклов йўқ.

Фақатгина меҳнат шартномаси ходимнинг айбли ҳаракатлари туфайли бекор қилинганда (100-модда иккинчи қисмининг 3 ва 4-бандлари) йиллик асосий ва қўшимча меҳнат таътилидан асли ҳолида фойдаланишга йўл қўйилмайди.

❗️Демак, ҳодим 2 ойлик огоҳлантириш муддати давомида таътил олиши мумкин.

🤔 Хўш, таътил даврида огоҳлантириш муддати тугаса, шартнома бекор қилинадими

Меҳнат кодексининг 100-моддаси 3-қисмига кўра ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхона бутунлай тугатилган ҳоллар бундан мустасно.

⚠️Диққат! Таътил муддати огоҳлантириш муддатига қўшилади. Лекин, ходим таътилда бўлган даврида иш берувчининг ташаббуси билан шартномани бекор қилишга йўл қўйилмайди. Ходим таътилдан қайтгачгина шартнома бекор қилинади.


⚠️ Диққат! Меҳнат кодексининг 102-моддаси 6-қисмига кўра, ходимни огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, шунингдек унинг давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди, меҳнатга оид муносабатларнинг корхона тугатилганлиги натижасида бекор қилиниши бундан мустасно.

⚠️❗️Эътибор беринг, огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди дейилмоқда. Демак, таътил вақти огоҳлантириш муддатига киради. Лекин, юқорида таъкидлаб ўтганимиздек, ходим таътилда бўлган даврида иш берувчининг ташаббуси билан шартномани бекор қилиб бўлмайди, шунинг учун ходим таътилдан қайтгач шартнома бекор қилинади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum. Korxonamizda Juma namoziga boradiganlarga va ish vaqtida namoz o'qiganlarga ish joyida ma'lum vaqt bo'lmaganlik sababi bilan intizomiy chora ko'riladi. Qonunchilikda bu holatga qandaydir yechim bormi? Javob uchun oldindan rahmat.

❗️Savolingizga amaldagi qonunchilik doirasida javob berishga harakat qilamiz. Avvalo, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda namoz o’qish taqiqlanmagan va bunga hech qanday cheklovlar ham mavjud emas (Asos: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuni).

👉Mehnat kodeksining 177-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.

👉Mehnat kodeksining 127-moddasiga ko’ra, xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.
Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi.
Demak, tanaffus vaqtini xodim ish beruvchi bilan kelishgan holda ibodat qilish uchun o’ziga qulay vaqtga o’tkazishi mumkin. Tanaffus vaqtini ichki mehnat tartibi qoidalariga o’zgartirish kiritish orqali ham qulay vaqtga o’zgartirish mumkin. Ichki mehnat tartibi qoidalari xodimlar tomonidan berilgan iltimos va takliflar va kasaba uyushmalari orqali qilingan takliflarni inobatga olgan holda o’zgartirilishi mumkin.

⚠️Ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish mumkin bo‘lmagan ishlarda ish beruvchi xodimga ish vaqtida ovqatlanib olish imkoniyatini ta‘minlashi shart. Bunday ishlarning ro‘yxati, ovqatlanish tartibi va joyi ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qo‘yiladi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan ish kuni (smena) davomida boshqa tanaffuslar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.

⚠️ Demak, ish vaqti (smena) davomida ovqatlanishdan boshqa tanaffuslarga ham yo’l qo’yilishi mumkin va ularni belgilash tartibi esa ish beruvchi bilan kelishilgan holda yoki ichki mehnat qoidalariga o’zgartirish kiritish orqali amalga oshirilishi mumkin .

⚠️ Bundan tashqari, nafaqat ish beruvchi balki xodimning ham burchlari bor. Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 36-bandiga ko’ra xodimning ish vaqtida korxona hududidan yoki unga berilgan vazifani bajarishi lozim bo‘lgan obyekt hududidan tashqarida bo‘lishi ish joyida bo‘lmaslik deb tushuniladi. Shunga ko‘ra, ishda har qanday bo‘lmaslik emas, balki faqatgina uzrsiz sabablar bilan ish joyida bo‘lmaslik progul deb hisoblanishi mumkin. Shuningdek, ish beruvchini ogohlantirmasdan ishni tashlab ketish ham mehnat intizomini buzish hisoblanadi. Bunday holatlarda, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇 @mehnathuquqi
#savolimbor Xodim qisqarishga tushdi, o’zaro kelishuv asosida 2 oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi. Xodimga yana kompensatsiya to’lanishi kerakmi, agar to’lansa qancha? Xodimning o’rtacha ish haqi – 3 mln.

Javob :

❗️Mehnat kodeksining 67-moddasida mehnat shartnomasi alohida asoslarga (89-moddaning to‘rtinchi qismi, 100-modda ikkinchi qismining 1,2 va 6-bandlari, 106-moddaning 2-bandi) ko‘ra bekor qilinganda moddiy madad berish uchun belgilangan qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan. Unga ko’ra, yuqoridagi asoslarga ko’ra shartnoma bekor qilinsa xodimga barcha hisob-kitoblar (ish haqi, foydalanilmagan ta'tillar uchun kompensatsiya) to'langanidan tashqari ish qidirish davrida 2 oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi (e’tibor bering, xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi deyilmoqda. Shartnoma 1 noyabrdan bekor qilingan bo‘lsa, ishdan bo‘shatish nafaqasi noyabr oyi uchun beriladi va dekabr uchun ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi).

❗️Agar xodim yuqoridagi asoslardan biri bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan 3 oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.

📌Sizning holatingizda ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilinishi niyati haqida, xodimni Mehnat kodeksi 102-moddasining birinchi qismiga ko’ra kamida 2 oy oldin ogohlantirishi shart va bu ogohlantirish muddati ularga muvofiq keladigan pullik kompensatsiyaga faqatgina taraflar kelishuviga ko’ra almashtirilishi mumkin.

📌Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda, xodimning Mehnat kodeksi 67-moddasining 1 va 3 -qismlarida nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qo‘shimcha kafolatlari saqlanib qoladi, hamda u mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 2 va 3 oylar davomida ishga joylashmagan taqdirda unga 2 va 3 oylar uchun ilgarigi ish joyidan o‘rtacha ish haqini to‘lash muddatlari ham o‘zgarmaydi.

❗️Xulosa qiladigan bo’lsak, Sizning vaziyatingizda o’zaro kelishuv asosida 2 oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va qisqarishga tushgan xodim bilan shartnoma bekor qilindi.

👉Bunda, MK 67 va 109-moddalardagi kafolatlar ham saqlanib qoladi. Xodimning o’rtacha ish haqi – 3 mln. Demak, unga ish qidirish davrida 2 oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.

💡 Yana bir bor e’tibor bering, xodimga to‘langan 1 oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi deyilmoqda ya'ni 2 oylik davrning birinchi oyini ishdan bo'shatish nafaqasi qamrab oladi. Demak, 3+3=6 mln, agar xodimingiz mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan 3 oy uchun ham o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi: 3+3+3=9 mln. Demak, Sizning holatingizda xodimga 2 oylik pullik kompensatsiyadan tashqari yana 9️⃣ mln berilishi kerak (3-oy uchun agar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, agar ro'yxatdan o'tmasa unda faqat 6 million to'lanadi, agar shartnoma bekor qiliniboq ishga kirganda esa faqatgina ishdan bo'shatish nafaqasining o'zi 3 mln to'lanadi )

P.S. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqida tushuntirish bilan tanishib chiqing! https://lex.uz/docs/-569455

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Telegram (https://t.me/mehnathuquqi)
#test Xodim qand miqdori oshib "bolnichniy"ga chiqdi. Bu vaziyatda ish beruvchi buyruq chiqarishi shartmi?
Anonymous Quiz
45%
Ha,shart.
55%
Yo'q, shart emas.
#savolimbor Ассалому алайкум! Мен яқинда қон босимим ошиб кетганлиги учун 5 кун “больничный” олган эдим. Ўриндошлик асосида ишлайдиган жойимдан менга “больничный” пули берилмади. Фақат асосий иш жойимдан олиш ҳуқуқига эга эканман. Шу тўғрими?
Жавоб:

❗️Бу мутлақо нотўғри. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сонли қарори билан тасдиқланган «Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 18-19- бандига кўра, ўриндошлар ўриндошлик асосидаги иш жойи бўйича вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик нафақаси олиш, аёллар эса, бундан ташқари, ҳомиладорлик ва туғиш нафақалари олиш ҳуқуқига эгадир.

👉Соғлиқни сақлаш муассасаси томонидан берилган меҳнатга лаёқатсизлик варақасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхаси ушбу Низомнинг 18-бандида назарда тутилган ўриндошлик асосидаги иш жойидан нафақа олиш учун асос ҳисобланади.

❗️Меҳнатга лаёқатсизлик варақаларини бериш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг (рўйхат рақами 2667, 17.04.2015 й.) 19-бандига кўра, ўриндошлик асосида ишловчи ходимга ўриндошлик бўйича ишлайдиган иш жойига тақдим қилиши учун асосий иш жойига тақдим қилинадиган меҳнатга лаёқатсизлик варақаси ёки меҳнатга лаёқатсизлик маълумотномасининг даволаш-профилактика муассасаси бўлим мудири томонидан тасдиқланган нусхаси берилади.

📞Агар ўриндошлик асосидаги иш жойингиз меҳнатга лаёқатсизлик нафақасини тўлашни рад этса ёки умуман меҳнат ҳуқуқларингиз бузилса, ҳудудингиздаги меҳнат инспекциясига, прокуратура ёки адлия органларига мурожаат қилинг. Ёки қуйидаги ишонч рақамларига телефон қилинг: 1000 ёки +99871 210 00 00 (Президент виртуал қабулхонаси), +99871 200 06 00 (Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги) 1007 (Бош прокуратура) , 1008 (Адлия вазирлиги).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇
https://t.me/mehnathuquqi
#test Qisqarishga tushgan xodim MK 102-moddasiga ko'ra 2 oy oldin u bilan mehnat shartnomasi MK 100-modda 2-qism 1-bandi bilan bekor qilinishi haqida ogohlantirildi. (tashkilotda boshqa ish yo'q). Lekin 2 oylik muddat o'tib ketdi. Bu vaziyatda...
Anonymous Quiz
27%
mehnat shartnomasini bekor qilib bo'lmaydi, xodimni yana qayta ogohlantiriladi
59%
mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin, xodimni yana qayta ogohlantirish shart emas
14%
mehnat shartnomasini bekor qilib bo'lmaydi va xodimni yana qayta ogohlantirish ham mumkin emas
#savolimbor Аттестациядан ўта олмаган ходимларга қандай ҳуқуқ ва кафолатлар берилган?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

⚠️ Ходим аттестациядан ўта олмаса, Меҳнат шартномасини 100-модда 2-қисм 2 банди яъни ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги туфайли бекор қилиш шарт дегани эмас. Чунки 100-модда яъни меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилиш бу иш берувчининг ҳуқуқидир. Яъни айтайлик ходимнинг малакаси етарли эмас. Иш берувчи истаса у билан шартномани бекор қилади, истаса ходимга имкон бериши мумкин.

❗️Айтайлик, иш берувчи малакаси етарли бўлмаган ходимни ишлатмоқчи эмас? Бунда нима бўлади? Ходим қандай ҳуқуқ ва кафолатларга эга?

1. Агар ходим малакаси етарли бўлмаганлиги учун бажараётган ишига нолойиқ деб топилганлиги сабабли МК 100-моддаси 2-қисмининг 2-бандига кўра меҳнат шартномаси бекор қилинаётган бўлса, унга мутахассислиги бўйича камроқ малакали иш таклиф этилиши, у ҳам мавжуд бўлмаса, корхонада мавжуд бўлган камроқ малакали бошқа иш таклиф этилиши шарт. Асос: МК 92-моддаси.

2. Ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонунлар ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди. Асос:МК 100-моддаси.

3. Иш берувчи ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги муносабати билан шартномани бекор қилганда ходимни камида 2 ҳафта олдин огоҳлантириши шарт. Асос: МК 102-моддаси.

4. Ходимни огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, шунингдек унинг давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди. Асос:МК 102-моддаси.

5. Ходим билан иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра 2 ҳафталик огоҳлантириш унинг муддатига мувофиқ келадиган пуллик компенсация билан алмаштирилиши мумкин. Асос:МК 102-моддаси.

6. Меҳнат шартномаси МК 100-моддаси 2-қисмининг 2-банди асосида бекор қилинишида иш берувчи ушбу асосларга кўра меҳнат шартномаларини бекор қилиш тўғрисидаги огоҳлантиришнинг бутун муддати давомида ходимни ишга жойлаштириш чораларини кўриши шарт Асос:МК 102-моддаси.

7. Ходимга бошқа иш қидириш учун ҳафтада камида 1 кун шу вақт учун иш ҳақи сақланган ҳолда ишга чиқмаслик ҳуқуқи берилади. Асос:МК 102-моддаси.

8. Ходимга ўртача ойлик иш ҳақидан кам бўлмаган миқдорда ишдан бўшатиш нафақаси тўланиши шарт. Асос: МК 109-моддаси.

9. Иш қидириш даврида икки ойдан ортиқ бўлмаган давр мобайнида ходимларнинг ўртача ойлик иш ҳақи сақланиб қолади, бунда ходимга тўланган бир ойлик ишдан бўшатиш нафақаси ҳам қўшиб ҳисобга олинади. Асос:МК 67-моддаси.

10. Ходим меҳнат шартномаси бекор қилинган кундан бошлаб 30 календарь кун мобайнида маҳаллий меҳнат органида иш қидираётган шахс сифатида рўйхатдан ўтса, маҳаллий меҳнат органи берган маълумотномага биноан 3-ой учун ҳам олдинги иш жойларидан ўртача иш ҳақи олиш ҳуқуқига эга бўлади. Асос: МК 67-моддаси.

11. Ходимга у билан меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ҳақидаги буйруқнинг нусхаси берилган кундан бошлаб, ходим 1 ой ичида судга ёки меҳнат низолари комиссиясига мурожаат этиш ҳуқуқи бор.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Qisqarishga tushgan xodim ish topdi. Bu xodimga ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanadami?
Anonymous Quiz
58%
Ha, to'lanadi
21%
Yo'q, to'lanmaydi
22%
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsagina to'lanadi
#savolimbor? Man Musiqa maktabida ishlima  o'qituvchi bo'lib.Hozr dekrettaman 2021yil dekabrdan dekretga chiqqanman. Bu yil sentyabrdan ishka tushmoqci edim direktorimiz bolang 1 yoshga to'lmaguncha ishka qaytomisan ishka olomiman dvotti nma maslahat berasz qanaqadur qarorla bormi bu masalada.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤: 🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi