Mehnat huquqi
27.3K subscribers
868 photos
184 videos
385 files
3.81K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#lekinbufakt
Бугун 13 июль 🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Халқаро Меҳнат Ташкилотига (1992) аъзо бўлган кун🎉🎉🎉

Ташкилот томонидан­ ҳозирга қадар 189 та Конвенция ва 202 та Тавсия қабул қилинган.

Ўзбекистон Республикаси томонидан ратификация қилинган ХМТ конвенциялари (жами-1⃣9⃣ та) рўйхати:

1). Мажбурий меҳнат тўғрисидаги 1930 йилги 29-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
2). Қирқ соатлик иш ҳафтаси тўғрисидаги 1935 йилги 47-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).
3). Ҳақ тўланадиган таътил тўғрисидаги 1936 йилги 52-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).
4). Жамоа музокараларини олиб бориш ва бирлашиш ҳуқуқи тўғрисидаги 1949 йилги 98-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
5). Тенг ҳақ тўлаш тўғрисидаги 1951 йилги 100-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
6). Оналикни муҳофаза қилиш тўғрисидаги 1952 йилги (қайта кўриб чиқилган) 103-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).
7). Мажбурий меҳнатни тугатиш тўғрисидаги 1957 йилги 105-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
8). Меҳнат ва иш турлари соҳасида камситиш тўғрисидаги 1958 йилги 111-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
9). Иш билан таъминлаш соҳасидаги сиёсат тўғрисидаги 1964 йилги 122-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).
10). Меҳнаткашларнинг вакиллари тўғрисидаги 1971 йилги 135-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
11). Энг кичик ёш тўғрисидаги 1973 йилги 138-Конвенция. (2008 йил 4 апрелда ратификация қилинган).
12). Жамоа музокараларини олиб бориш тўғрисидаги 1981 йилги 154-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).
13). Болалар меҳнатининг энг ёмон шакллари тўғрисидаги 1999 йилги 182-Конвенция. (2008 йил 8 апрелда ратификация қилинган).
14) Бирлашмалар эркинлиги ва касаба уюшмаларига бирлашиш ҳуқуқини ҳимоя қилиш тўғрисидаги Конвенция. (25.10.2016 ратификация қилинган)
15) Халқаро меҳнат нормалари қўлланилишига кўмаклашиш учун уч томонлама маслаҳатлашувлар тўғрисидаги 1976 йилги 144-сонли Конвенция. (2019 йил 4 мартда ратификация қилинган)
16) Қишлоқ хўжалигида меҳнат инспекцияси тўғрисидаги 129-сонли Конвенция (Женева, 1969 йил 25 июнь, 2019 йил 27 августда ратификация қилинган)
17) Саноат ва савдода меҳнат инспекцияси тўғрисидаги 81-сонли Конвенция (Женева, 1947 йил 11 июль, 2019 йил 27 августда ратификация қилинган).
18) Меҳнат хавфсизлиги ва гигиенасига кўмаклашиш асослари тўғрисидаги 187-сонли Конвенция (Женева, 2006 йил, 2021 йил 29 май ратификация қилинган).
19) Қурилишда меҳнат хавфсизлиги ва гигиенаси тўғрисидаги 167-сонли Конвенция (Женева, 1988 йил 20 июн, 2022 йил 7 февраль ратификация қилинган).

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor 15-iyuldan mehnat ta'tiliga chiqaman ammo dekret ta'tilim ham iyulni o'rtasiga to'g'ri kelmoqda? Bunda nima bo'ladi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️Mehnat kodeksi 145-moddasiga ko’ra, xodimlar quyidagi hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga egadirlar:

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;

homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddati boshlanganda;

yillik ta’til o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;

davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa.

📌Demak, Siz homiladorlik va tug‘ish ta’tilingiz muddati davomida mehnat ta’tilingiz muddatini uzaytirish yoki yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga egasiz.

📌Ta’tilning uzaytirilishini yoki uning foydalanilmagan qismining ko‘chirilishini xodimning yozma arizasi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida buyruq bilan rasmiylashtirish lozim.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Bir xodimimiz bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishlash uchun ta’tilga chiqqan (10.04.2023 gacha). Bu xodim o’rniga boshqa xodim bilan 10.04.2023 gacha muddatli shartnoma tuzgan edik. Lekin xodimimiz muddatidan avval ishga chiqishni so’ramoqda. Nima qilsak bo’ladi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️MK 234-moddasiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi (nafaqa budjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga to’lanmaydi).

⚠️E’tibor bering, bola parvarish ta’tili ayolning xohishiga ko‘ra taqdim qilinadi. Ya’ni ayol o’z xohishiga ko‘ra, bu ta’tilni berilishini so‘rab murojaat etishi, o‘z qarorini o‘zgartirishi va shu davr mobaynida istalgan vaqtda ta’tildan umuman voz kechib ishga chiqishi mumkin.

📌Xo’sh, Siz bu holatda bir qo’pol xatoga yo’l qo’ygansiz. Ikkinchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida muddat aniq belgilab qo’ygansiz, ya’ni bola parvarishdagi ayolni muddatidan ham avval ishga chiqishini nazardan chetda qoldirgansiz. Qanday yo’l tutish lozim edi?

❗️Fuqarolik kodeksi 145-moddasi 2-qismiga ko’ra, muddat muqarrar yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan ham belgilanishi mumkin. Ya’ni Siz ikkinchi xodim bilan Falonchixon Falonchiyeva ishga qaytgunga qadar deb muddatli shartnoma tuzishingiz lozim edi.

📍Xulosa qiladigan bo’lsak, bola parparishidagi ayol istalgan vaqt ishga qaytishi mumkin, uning o’rnidagi xodim bilan esa shartnomani bekor qila olmaysiz. Chunki shartnomada muddatni aniq belgilab qo’ygansiz. Ikkinchi xodim bilan MK 105-moddasiga ko’ra shartnomani bekor qila olmaysiz.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ходим билан муддатли меҳнат шартномаси тузилган. Шартнома муддати тугамоқда. Лекин ходим ҳозир больничнийда. Ҳали бери чиқмаса ҳам керак. Шартномани бекор қила оламизми?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

⚠️ МК 100-моддаси 3-қисмига кўра, иш берувчининг ташаббуси билан ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонунлар ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхона бутунлай тугатилган ҳоллар бундан мустасно.

❗️Бошқа асослар билан (МК 87, 89, 97.1, 99, 105, 106) меҳнат шартномасини ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида бекор қилиш мумкин.

❗️МК 105-моддасига кўра, муддатли меҳнат шартномаси муддати тугаши билан бекор қилинади. Агар муддат тугагандан кейин ҳам меҳнатга оид муносабатлар давом этаверса ва тарафлардан бирортаси 1 ҳафта давомида унинг бекор қилинишини талаб қилмаган бўлса, шартнома номуайян муддатга узайтирилган деб ҳисобланади. Демак, муддат тугаши билан бемалол шартномани бекор қилаверинг.

❗️Лекин, больничний пули касалликнинг бутун даврига тўлаб берилади. Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик бўйича нафақа меҳнат қобилияти йўқолган биринчи кундан то у тиклангунга қадар ёки тиббий-ижтимоий эксперт комиссияси (ТИЭК) томонидан ногиронлик белгилангунга қадар, ҳатто бу даврда ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинган ҳолларда ҳам берилади. Асос: «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги низомнинг 11-банди (рўйхат рақами 1136, 14.05.2002 й.).

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test🤰👶 Mehnat kodeksi 237-moddasidagi homilador va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar uchun kafolatlarni erkaklarga ham taqdim qilsa bo'ladimi?
Anonymous Quiz
38%
Yo'q, bu kafolat faqat homilador va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar uchun.
62%
Ha, qonunda nazada tutilgan tartibda erkaklarga ham taqdim qilsa bo'ladi
#savolimbor Qo’shimcha dam olish kunlarini ta’til kunlariga qo’shib hisoblaymizmi yoki qo’shmaymizmi? MK 139-moddasida qo'shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan ekan. Shunga ikkilanib turibmiz hisoblashda.

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️Mehnat kodeksi 139-moddasiga ko’ra, ta’tillarning muddati 6️⃣ kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.

❗️Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ushbu Kodeksning 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar ( 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari) deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 8-q/q, 47-son qaroriga ilova “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida” gi 2985-sonli Yo‘riqnomaning (https://lex.uz/docs/-3590278) 16-bandiga ko’ra, ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan 👇

dam olish (yakshanba)

ish kuni bo‘lmagan bayram kunlari (131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan 9ta bayram kunlari )

qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi.

⚠️ Demak, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar ta’til kunlarini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi ya'ni ta'til kunlariga qo’shilmaydi.

💻Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi
⚖️Сўровномада иштирок этишингизни сўраб қоламиз!
Тузувчи: тадқиқотчи М.Тошов
Мавзу: "Ходимнинг айбига боғлиқ бўлмаган асосларга кўра иш берувчи ташаббуси билан меҳнат шартномасини бекор қилиш”
Ҳавола устини босинг⬇️:
https://forms.gle/tNinYoURZM9yw3wT7
#savolimbor Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi

Жавоб:

❗️ Avvalo, savolingizni yanada aniqlashtirib olsak. Chunki og'zaki nutqda garchi juda qo'pol xato bo'lsada, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ham, ma'muriy qamoqqa olishni ham yoki ehtiyot choralarini ham qamoq deb yuritilaveradi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksidan qamoq jinoiy jazosi chiqarib tashlangan bo'lsada hali ham ozodlikdan mahrum qilindi degan jumlani qamaldi deb noto'g'ri ishlatishadi

⚠️Diqqat! Qamoqqa olish va uy qamog'i (Jinoyat-protsessual kodeksi 242 va 242-1-moddalari) kabi ehtiyot choralarini, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo va Jinoyat kodeksi 48-1-moddasidagi ozodlikni cheklash hamda 50-moddasidagi ozodlikdan mahrum qilish jinoiy jazolarini bir-biri bilan adashtirmang va chalkashtirmang❗️ Batafsil ma'lumot uchun yuqorida keltirilgan moddalarni o'qib, tahlil qilib chiqing!

Demak, savolingizga to'xtalib o'tsak. Siz savolda so'ragan qamoqni 3 xil ma'noda tushunishimiz mumkin:

1. Jinoiy jazo ya'ni ozodlikdan mahrum qilish

2. Ehtiyot chorasi ya'ni qamoqqa olish yoki uy qamog'i

3. Ma'muriy jazo ya'ni ma’muriy qamoqqa olish.

Xodim ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.


❗️ Jinoyat-protsessual kodeksi 237-moddasiga ko’ra, ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog‘i; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.

❗️JPK ning 243-moddasida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi belgilangan.

❗️Qachon shaxsning aybi aniqlanib, sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsagina mehnat shartnomasi MK 106-moddasi 3-bandi bilan bekor qilinishi mumkin. Ya’ni aytaylik xodimga sud hukmi bilan jarima yoki ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi lekin xodim ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’lgani yo’q. Demak, bu holatda shartnomani bekor qila olmaymiz. Xodimga muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, xodim ishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'lsa bu holatda shartnomani bekor qilsa bo'ladi.

❗️Agar xodim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo'llanilsachi? Bu holatda 2 xil yechim bor.

Agar ma’muriy qamoq tayinlangan xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa, bu xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari bilan bekor qilish mumkin.

Xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa (masalan, xodim dam olish kuni mayda bezorilik sodir qilib 15 sutka ma'muriy qamoq tayinlangan) shartnomani MK 106-moddasi 3 yoki 6-bandi bilan bekor qila olmaymiz.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Xodim ta’til vaqtida ishlashi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Bu savolga 2 xil tomondan yondashamiz. Birinchi variant. Agar xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, o’rindoshlik joyida ishlashi mumkin. MK 143-moddasiga ko’ra, ta'til o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda o’rindoshlarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi. E’tibor bering, xodimning xohishi asosida deyilmoqda. Ya’ni xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqib, o’rindoshlik joyida ishlashi mumkin.

Ikkinchi variant. Xodim asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, asosiy ish joyida ta’til davomida ishlay olmaydi. Buni quyidagicha asoslaymiz.

Mehnat kodeksi 126-moddasiga ko’ra, dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. E’tibor bering, mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan vaqt deyilmoqda.

MK 133-moddasiga ko’ra, barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.

E’tibor bering,dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun deyilmoqda.

Demak, xodim ta’til vaqtida ta’tilga chiqqan ish joyida ishlay olmaydi. Buning uchun xodimni ta’tildan chaqirib olsih zarur. MK 147-moddasiga ko’ra ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 143-moddasi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerak.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
⚡️ Ҳудудларда вакант лавозимлар учун эълон қилинган очиқ танловларда иштирок этинг!

Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали — vacancy.argos.uz сайтида Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳридаги вакант лавозимлар доимий эълон қилиб борилмоқда.

🔰 Қуйидаги ҳаволалар орқали вакансиялар билан танишиб чиқишингиз мумкин:👇

▪️ Қорақалпоғистон Республикаси

▪️ Андижон вилояти

▪️ Бухоро вилояти

▪️ Жиззах вилояти

▪️ Қашқадарё вилояти

▪️ Навоий вилояти

▪️ Наманган вилояти

▪️ Самарқанд вилояти

▪️ Сирдарё вилояти

▪️ Сурхондарё вилояти

▪️ Тошкент вилояти

▪️ Фарғона вилояти

▪️ Хоразм вилояти

▪️ Тошкент шаҳри

❗️Вакант лавозимларга ҳужжатлар электрон шаклда қабул қилинади. Бунинг учун порталдан рўйхатдан ўтишингиз лозим.

Вакансиялар ҳақида шу каналда биринчилардан хабардор бўлинг:👇
https://t.me/vacancy_argos
#savolimbor Bitta shaxs korxonda 4- razryadda ishlagan va 6-razryaddi ishini qilganligi uchun unga 6- razryaddi oyligi to'langan. Boshliqlarining roziligi bilan. U yaqinda 5-razryadni oldi va unga hozir bugalteriya 1- yil mobaynida kop oylik olganligini aytib. Kevotgan yil har oyda oyligidan ushlab qomoqchiykan. Shu tog'rimi? Boshligi tan omiyapti.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

Mehnat kodeksi 279-moddasiga (Ortiqcha to‘langan ish haqini qayta undirib olish shartlari) ko’ra👇

👉Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan qonunni noto‘g‘ri qo‘llanish oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato oqibatidagi ortiqcha to‘lovlar bundan mustasno.
Xodimga u bergan yolg‘on ma’lumotlari yoki taqdim etgan soxta hujjatlari oqibatida to‘langan summalar undan sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi.

👉Shuningdek, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga (Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik) ko’ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi). Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor 📩
Ўриндошлик ва бир неча касбда ва лавозимда ишлашнинг фарқли жиҳатларини тушунтириб берсангиз?
https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:
Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сонли қарори билан тасдиқланган “Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисидаги низом” билан тартибга солинади.
Бу икки тушунчанинг фарқли жиҳатлари қуйидагича:
Forwarded from Oylik bot
Аёлларга таълим ташкилотларида ўқиш учун имтиёзли кредитлар берилади

👉 http://idum.uz/uz/archives/16496

———

Женщинам выделят льготные кредиты на обучение в вузах

👉 http://idum.uz/ru/archives/16496

«Таълим/Образование» саҳифалари👇
Telegram | Веб сайт | Youtube
📌Ўзбекистон Республикаси суд (фуқаролик, иқтисодий, маъмурий,жиноят ишлари бўйича) ҳужжатлари электрон тўпламини ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин👇

https://public.sud.uz/

📌 Меҳнат низолари бўйича даъво аризалари (ишга тиклаш ва маънавий зарарни ундириш тўғрисида, иш ҳақини ундириш тўғрисида ва бошқалар) намуналарини эса қуйидани ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин👇

http://sud.uz/%D1%81%D1%83%D0%B4-%D2%B3%D1%83%D0%B6%D0%B6%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8-%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D1%83%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8/
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi
Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari!

Bizga ko'p hollarda ish topish, ishga joylashish masalasida qayerga murojaat qilish mumkinligi to'g'risida murojaatlar keladi.

Assalom alaykum men ishlamoqchi man yoshlarni ish bilan taminlash tashkilotiga qanday murojat qilsam bo'ladi? O'zingiz ham ish bilan taminlay olasizmi?

🏛 Sizga o'zingiz yashab turgan hududdagi Aholi bandligiga ko'maklashish markazlariga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

👨‍💻 Shu bilan bir qatorda quyidagi foydali elektron manzillarni havola qilamiz.
👉http://ish.mehnat.uz
👉http://hh.uz
👉http://olx.uz
👉http://rabota.uz
👉http://myjob.uz
👉http://ishkop.uz
👉🏻https://vacancy.argos.uz

💻 Murojaatlar uchun: Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇 @mehnathuquqi
#savolimbor 2 ойлик огоҳлантириш муддати давомида ходим меҳнат таътили олиши мумкин?

https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:

Ҳа олиши мумкин, чеклов йўқ.

Фақатгина меҳнат шартномаси ходимнинг айбли ҳаракатлари туфайли бекор қилинганда (100-модда иккинчи қисмининг 3 ва 4-бандлари) йиллик асосий ва қўшимча меҳнат таътилидан асли ҳолида фойдаланишга йўл қўйилмайди.

❗️Демак, ҳодим 2 ойлик огоҳлантириш муддати давомида таътил олиши мумкин.

🤔 Хўш, таътил даврида огоҳлантириш муддати тугаса, шартнома бекор қилинадими

Меҳнат кодексининг 100-моддаси 3-қисмига кўра ходим вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даврида ва меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ва бошқа норматив ҳужжатларда назарда тутилган таътилларда бўлган даврида меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббуси билан бекор қилишга йўл қўйилмайди, корхона бутунлай тугатилган ҳоллар бундан мустасно.

⚠️Диққат! Таътил муддати огоҳлантириш муддатига қўшилади. Лекин, ходим таътилда бўлган даврида иш берувчининг ташаббуси билан шартномани бекор қилишга йўл қўйилмайди. Ходим таътилдан қайтгачгина шартнома бекор қилинади.


⚠️ Диққат! Меҳнат кодексининг 102-моддаси 6-қисмига кўра, ходимни огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, шунингдек унинг давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди, меҳнатга оид муносабатларнинг корхона тугатилганлиги натижасида бекор қилиниши бундан мустасно.

⚠️❗️Эътибор беринг, огоҳлантириш муддатига вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври, давлат ёки жамоат вазифаларини бажарган вақти қўшилмайди дейилмоқда. Демак, таътил вақти огоҳлантириш муддатига киради. Лекин, юқорида таъкидлаб ўтганимиздек, ходим таътилда бўлган даврида иш берувчининг ташаббуси билан шартномани бекор қилиб бўлмайди, шунинг учун ходим таътилдан қайтгач шартнома бекор қилинади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum. Korxonamizda Juma namoziga boradiganlarga va ish vaqtida namoz o'qiganlarga ish joyida ma'lum vaqt bo'lmaganlik sababi bilan intizomiy chora ko'riladi. Qonunchilikda bu holatga qandaydir yechim bormi? Javob uchun oldindan rahmat.

❗️Savolingizga amaldagi qonunchilik doirasida javob berishga harakat qilamiz. Avvalo, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda namoz o’qish taqiqlanmagan va bunga hech qanday cheklovlar ham mavjud emas (Asos: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuni).

👉Mehnat kodeksining 177-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.

👉Mehnat kodeksining 127-moddasiga ko’ra, xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.
Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi.
Demak, tanaffus vaqtini xodim ish beruvchi bilan kelishgan holda ibodat qilish uchun o’ziga qulay vaqtga o’tkazishi mumkin. Tanaffus vaqtini ichki mehnat tartibi qoidalariga o’zgartirish kiritish orqali ham qulay vaqtga o’zgartirish mumkin. Ichki mehnat tartibi qoidalari xodimlar tomonidan berilgan iltimos va takliflar va kasaba uyushmalari orqali qilingan takliflarni inobatga olgan holda o’zgartirilishi mumkin.

⚠️Ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish mumkin bo‘lmagan ishlarda ish beruvchi xodimga ish vaqtida ovqatlanib olish imkoniyatini ta‘minlashi shart. Bunday ishlarning ro‘yxati, ovqatlanish tartibi va joyi ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qo‘yiladi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan ish kuni (smena) davomida boshqa tanaffuslar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.

⚠️ Demak, ish vaqti (smena) davomida ovqatlanishdan boshqa tanaffuslarga ham yo’l qo’yilishi mumkin va ularni belgilash tartibi esa ish beruvchi bilan kelishilgan holda yoki ichki mehnat qoidalariga o’zgartirish kiritish orqali amalga oshirilishi mumkin .

⚠️ Bundan tashqari, nafaqat ish beruvchi balki xodimning ham burchlari bor. Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 36-bandiga ko’ra xodimning ish vaqtida korxona hududidan yoki unga berilgan vazifani bajarishi lozim bo‘lgan obyekt hududidan tashqarida bo‘lishi ish joyida bo‘lmaslik deb tushuniladi. Shunga ko‘ra, ishda har qanday bo‘lmaslik emas, balki faqatgina uzrsiz sabablar bilan ish joyida bo‘lmaslik progul deb hisoblanishi mumkin. Shuningdek, ish beruvchini ogohlantirmasdan ishni tashlab ketish ham mehnat intizomini buzish hisoblanadi. Bunday holatlarda, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇👇👇 @mehnathuquqi