Mehnat huquqi
28.7K subscribers
904 photos
223 videos
393 files
4.04K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#test Mehnat shartnomasi 106-moddaning qaysi bandi bilan bekor qilinganda xodimga ishdan bo'shatish nafaqasi to'lab beriladi?

P.S. Testni taxminan bosmasdan, Mehnat kodeksi 109-moddasiga ko'z yugurtirib qo'ying👀
Anonymous Quiz
12%
1,2,3
30%
faqat 2
22%
1,2,4
36%
106-modda bilan bekor qilingan barcha holatlarda to'lab beriladi
#savolimbor Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi

Жавоб:

❗️ Avvalo, savolingizni yanada aniqlashtirib olsak. Chunki og'zaki nutqda garchi juda qo'pol xato bo'lsada, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ham, ma'muriy qamoqqa olishni ham yoki ehtiyot choralarini ham qamoq deb yuritilaveradi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksidan qamoq jinoiy jazosi chiqarib tashlangan bo'lsada hali ham ozodlikdan mahrum qilindi degan jumlani qamaldi deb noto'g'ri ishlatishadi

⚠️Diqqat! Qamoqqa olish va uy qamog'i (Jinoyat-protsessual kodeksi 242 va 242-1-moddalari) kabi ehtiyot choralarini, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo va Jinoyat kodeksi 48-1-moddasidagi ozodlikni cheklash hamda 50-moddasidagi ozodlikdan mahrum qilish jinoiy jazolarini bir-biri bilan adashtirmang va chalkashtirmang❗️ Batafsil ma'lumot uchun yuqorida keltirilgan moddalarni o'qib, tahlil qilib chiqing!

Demak, savolingizga to'xtalib o'tsak. Siz savolda so'ragan qamoqni 3 xil ma'noda tushunishimiz mumkin:

1. Jinoiy jazo ya'ni ozodlikdan mahrum qilish

2. Ehtiyot chorasi ya'ni qamoqqa olish yoki uy qamog'i

3. Ma'muriy jazo ya'ni ma’muriy qamoqqa olish.

Xodim ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.


❗️ Jinoyat-protsessual kodeksi 237-moddasiga ko’ra, ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog‘i; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.

❗️JPK ning 243-moddasida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi belgilangan.

❗️Qachon shaxsning aybi aniqlanib, sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsagina mehnat shartnomasi MK 106-moddasi 3-bandi bilan bekor qilinishi mumkin. Ya’ni aytaylik xodimga sud hukmi bilan jarima yoki ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi lekin xodim ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’lgani yo’q. Demak, bu holatda shartnomani bekor qila olmaymiz. Xodimga muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, xodim ishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'lsa bu holatda shartnomani bekor qilsa bo'ladi.

❗️Agar xodim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo'llanilsachi? Bu holatda 2 xil yechim bor.

Agar ma’muriy qamoq tayinlangan xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa, bu xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari bilan bekor qilish mumkin.

Xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa (masalan, xodim dam olish kuni mayda bezorilik sodir qilib 15 sutka ma'muriy qamoq tayinlangan) shartnomani MK 106-moddasi 3 yoki 5-bandi bilan bekor qila olmaymiz.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, xodim kim tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim
Anonymous Quiz
15%
ish beruvchining o‘zi tomonidan
40%
sud tomonidan
4%
boshqa vakolatli organ tomonidan
41%
barcha javoblar to'g'ri
#lifehack💡 Иш берувчи Сизни ишдан бўшашга ариза ёзишга мажбур қилмоқда⁉️ Бундай вазиятда меҳнат қонунчилиги нима дейди
‼️Меҳнат шартномасини бекор қилишга ходим шу корхонадаги ишни ҳақиқатда ташлаб кетиш истагини билдирган ёзма аризасига биноан йўл қўйилади. Судлар даъвогарнинг меҳнат шартномасини бекор қилиш ҳақидаги аризани иш берувчининг қистови натижасида берганлиги тўғрисидаги важларини синчковлик билан текширмоқлари лозим🔍. (Асос: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги 12-сонли «Судлар томонидан меҳнат шартномаси (контракти)ни бекор қилишни тартибга солувчи қонунларнинг қўлланилиши ҳақида»ги қарори 15-банди).
Агар ходим мен аризани иш берувчининг қистови натижасида берганман деган даъво билан чиқса, меҳнат шартномасини бекор қилинишининг асослилигини исботлаб бериш мажбурияти иш берувчи масъулиятига юклатилишини эсдан чиқармаслик лозим❗️ (Асос: Меҳнат кодекси 111-моддаси).
Демак, иш берувчи Сизни ишдан бўшатишнинг асослилигини исботлаб бера олмаса, Суд Сизни ишга тиклайди.
⚠️Эслатма! Судга ходимга у билан меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ҳақидаги буйруқнинг нусхаси берилган кундан бошлаб 1️⃣ой ичида мурожаат қилиш керак. Муддат узрли сабабларга кўра ўтказиб юборилган тақдирда, суд муддатни қайта тиклаши мумкин (Асос: Меҳнат кодекси 270-моддаси)! Ишга тикланганда иш берувчига ходимга етказилган зарарни қоплаш мажбурияти юклатилади.
Зарарни қоплаш:
мажбурий прогул вақти учун ҳақ тўлаш шартлигидан
меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ёки ходим бошқа ишга ўтказилганлиги устидан шикоят қилиш билан боғлиқ қўшимча харажатлар (мутахассислардан маслаҳат олиш, иш юритиш учун кетган харажатлар ва бошқалар) учун компенсация тўлашдан;
маънавий зарар учун компенсация тўлашдан иборатдир. Маънавий зарар учун тўланадиган компенсациянинг миқдори иш берувчининг хатти-ҳаракатига берилган баҳони ҳисобга олиб, суд томонидан белгиланади, лекин бу миқдор ходимнинг ойлик иш ҳақидан кам бўлиши мумкин эмас.
Ходимнинг илтимосига кўра суд ишга тиклаш ўрнига унинг фойдасига камида уч ойлик иш ҳақи миқдорида қўшимча ҳақ ундириб бериши мумкин (Асос: Меҳнат кодекси 112-моддаси).
⚠️Эслатма! Иш ҳақини ундириш тўғрисидаги даъволар ва меҳнат ҳуқуқлари муносабатларидан келиб чиқадиган бошқа талаблар юзасидан даъвогарлар Фуқаролик ишлари бўйича судларда давлат божини тўлашдан озод қилинади (Асос: “Давлат божи тўғрисида”ги Қонун 8-моддаси).
Telegramdagi kanalimizga ulanishni unutmang 👇 👇 👇
@mehnathuquqi
#test Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun qancha muddat belgilangan.
Anonymous Quiz
37%
1 oy
17%
1 yil
9%
3 yil
37%
muddat belgilanmaydi
#lekinbufakt
Choyxonaga berilgan huquqiy ta’rifni eshitganmisiz

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari”ga ko’ra (https://lex.uz/docs/-243235#-466817) umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida mulkdor deb belgilanadigan quyidagi turlarga bo‘linadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, mavsumiy kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona:

choyxona
— bu choynaklarda choy berish xizmat ko‘rsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxonadir. Bundan tashqari choyxonalarda turli xil obinonlar, milliy shirinliklar, qandolatchilik, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari bo‘lishi mumkin.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan Saidali aka ofitsiantlar haqida juda ta’sirli post yozibdi (https://t.me/yuristkadr/6682). Haqiqatdan ham umumiy ovqatlanish tashkilotlarida (kafe, restoran, oshxona) xodimlarni imkon qadar hujjatlashtirmaslikka harakat qilishadi, ya’ni ular rasman ishga qabul qilinmaydi, mehnat daftarchasi va rasmiy ish staji, rasmiy ish haqi yuritilmaydi.

Xo’sh bu borada, qonunchilik nima deydi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 3-dekabrdagi 193-Q-son buyrug‘iga ILOVA “Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizom (https://www.lex.uz/docs/-1719398) chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish tashkilotlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini belgilaydi.

Masalan, kafeda quyidagi ma’lumotlar mavjud👇

xizmat ko‘rsatadigan stolning soni — 15 ta.
ish vaqtining rejimi — haftasiga 84 soat.

Nizomga 2-ilova "Yetti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 84 soatni) tashkil etgan umumiy ovqatlanish tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam me'yorlari" ga ko'ra (https://www.lex.uz/docs/-1719398#-2128903) Toshkent shahri uchun 1 stolga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ofitsiantlar soni - 0,25.
Oshpaz – 2.
Oshxona ishchisi – 1.

❗️Shunday qilib, 15 ta stoli bor kafeda asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori = 0,25 × 15 + 2 + 1 = 7 ta xodimni tashkil qiladi.

⚠️ Xulosa qiladigan bo’lsak, xizmat ko‘rsatadigan stolning soni — 15 ta, ish vaqtining rejimi — haftasiga 84 soat bo’lgan Toshkent shahridagi kafeda kamida 7ta xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilishi zarur ekan. Aks holda, ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test 🚀 👨‍🚀 12-aprel – Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni. 1961-yil 12-aprel kuni Y. Gagarin insoniyat tarixida birinchi marotaba koinotga parvoz qilgan. U “Vostok” kosmik kemasida Yer atrofida parvoz qildi.

Parvoz necha daqiqa davom etgan
Anonymous Quiz
30%
102
24%
104
27%
106
18%
108
#qonunbilan
Экипаж аъзосининг иш вақти ердаги иш вақти ва парвоздаги иш вақти йиғиндисидан жамланади.

👉Экипаж аъзолари учун иш вақтининг жамланган ҳисоби қўлланилади.

👉Парвоз вақтининг давомийлиги ҳаво кемасининг турига қараб фарқ қилади.

🛩Экипажнинг учиш ходимлари учун: Б-787, Б-767, Б-757, А-310, А-300/600, А-320, RJ-85 ҳаво кемаларида 1 ойда – 90 соат, 1 йилда - 900 соат, Ил-76 1 ойда – 75 соат, 1 йилда - 750 соат, Ил-114 1 ойда – 70 соат, 1 йилда - 700 соат

🚁Вертолётларда 1 ойда – 70 соат, 1 йилда - 700 соат.

Манба: Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикаси фуқаро авиациясининг ҳаво кемалари экипаж аъзоларининг иш вақти ва дам олиш вақтини нормалаштириш» АВИАЦИЯ ҚОИДАЛАРИ (ЎЗР АҚ-94) https://lex.uz/docs/1680296

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇@mehnathuquqi
Nega aynan 8️⃣ soat ishlaymiz
1840 yil 8-fevralda Yangi Zelandiyaga kelgan duradgor Samuel Parnell do'kon qurilishi davomida "8 soatlik ish kuni"ni yo'lga qo'ygan. Uning fikricha, ishchilar 8 soat ishlashi, 8 soat hordiq chiqarishlari va o'z qiziqishlari bilan mashg'ul bo'lishlari, 8 soat uxlashlari kerak edi.
G'oya tezda Yangi Zelandiya va Avstraliya bo'ylab tarqaldi. So'ngra butun dunyo shu rejimda ishlay boshladi.
P.S Oddiy bir duradgorning aqli yetgan masalaga, nega ba'zi "amaldorlarimizning" aqli yetmas ekan?!
#savolimbor Мен бир корхонада ярим ставка ишлайман. Контракт пулига ёрдам бўлиши учун тўлиқ 1 ставка ишламоқчи эдим. Лекин кадрлар бўлими талаба тўлиқ ставка ишлаши қонунчилликка зид деб айтди. Шу тўғрими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

❗️Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта-махсус таълим вазирининг “Олий таълим тўғрисида”ги низомни тасдиқлаш ҳақидаги 9-сонли буйруғи (афсуслар бўлсинким, ушбу ҳужжат рус тилида, https://www.lex.uz/docs/327039) 50-бандига мувофиқ кундузги таълим шаклида таҳсил олаётган талабалар ўқишдан бўш вақтларида олий ўқув юрти ва бошқа ташкилотларда меҳнат шартномаси тузган ҳолда ишлашлари мумкинлиги белгиланган. Бундан келиб чиқадики, талабалар бемалол ишлашлари мумкин. Лекин талаба фақат таълимдан бўш вақтида ишлаш ҳуқуқига эга.

❗️Юқорида айтганимиздек, талаба фақат ўқишдан бўш вақтида ишлаши мумкин. МК 115-моддасига мувофиқ ходимнинг иш вақти ҳафтасига 40 соатдан ошмаслиги керак. Яъни 6 кунлик иш ҳафтаси жорий этилган ташкилотларда кунлик 7 соат, 5 кунлик иш ҳафтаси жорий этилганларда эса иш вақти кунлик 8 соатдан ортиқ бўлмаслиги шарт. Шунингдек, ишнинг тугаши билан кейинги куни (сменада) иш бошланиши ўртасидаги кундалик дам олиш вақтининг муддати ўн икки соатдан кам бўлиши мумкин эмас (МК 128-моддаси).

📌 Aгар юқоридаги қонун талабларига риоя этилса ва корхонадаги иш вақти режими тўғри келса, талабанинг тўлиқ ставка ишлашига ҳеч қандай тақиқ мавжуд эмас.

⚠️ Масалан, ходимнинг ўқиши соат 13-00га қадар. У кунига 8 соат – 14.00 дан 22.00 гача ишламоқчи. Ушбу ҳолатни тасдиқлаш учун ходим соат 14.00 дан бошлаб ўқув машғулотларига қатнамаслиги ҳақидаги олий таълим муассасасининг маълумотномасини тақдим этиши мақсадга мувофиқ. Янги иш вақти режимини расмийлаштириш учун қўшимча келишув тузиб, меҳнат шартномасига ўзгартириш киритиш зарур (МК 88-м. ва МК 96-м. 7-қ) Қўшимча келишув ва олий таълим муассасасининг маълумотномаси асосида иш берувчи иш вақтини ўзгартириш тўғрисида буйруқ чиқаради.

💻 Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#lekinbufakt "Daftarlar" soni 6️⃣ ta bo'ladi. "Nizoli oilalar bilan individual ishlash daftari" joriy etiladi va 6 - "daftar" bo'ladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 5️⃣ ta “daftar” bor.

1️⃣. “Ayollar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi

(“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib https://lex.uz/docs/-5398681#-5405805 )

“Ayollar daftari” yuritilishi bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul hisoblanadi.

2️⃣. “Yoshlar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi (yoshlar - 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar)

(“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib https://lex.uz/docs/-5398681#-5406543 )

“Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi mas’ul hisoblanadi.

3️⃣. “Temir daftar” ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi

(“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib https://lex.uz/docs/-5398681#-5400025)

“Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul hisoblanadi.

4️⃣. “Oltin daftar” O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega vatandoshlarimizni o‘z ichiga olgan.

Vatandosh — O‘zbekistonda tug‘ilib, xorijga chiqib ketgan va xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan, Vataniga ma’naviy va madaniy daxldorlik tuyg‘usini saqlab qolgan hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stona madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishga intiladigan shaxs, shuningdek, etnik va til bo‘yicha mansubligiga ko‘ra xamda madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq deb hisoblaydigan va O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqani qo‘llab-quvvatlashni istaydigan xorijda yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.

5️⃣. “Mehr daftari” yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori).

👉“Mehr daftari” tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi. 2022 yil 1 fevralgacha mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.

👉O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho’balari “Mehr daftari”ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.


💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga necha soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Anonymous Quiz
46%
35
43%
36
4%
37
7%
40
Forwarded from Mehnat huquqi
#savolimbor 📩
Қисқартирилган ва тўлиқсиз иш вақтида ишлашнинг фарқли жиҳатларини тушунтириб берсангиз?
https://t.me/mehnathuquqi жавоби 📤:
Бу икки тушунчанинг фарқли жиҳатларини юқоридаги жадвалда тушунтиришга ҳаракат қилдик.
#savolimbor Пенсионер неча ставкагача ишлаши мумкин?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

📌Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сон қарорига илова “Ўриндошлик асосида ҳамда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисида” Низомнинг 7-бандига кўра, ўриндошлик асосида ишлашда ўриндошлик асосида ишлашнинг давомийлиги ходимларнинг ушбу тоифаси учун белгиланган иш вақти нормасининг ярмидан ортиқ бўлиши мумкин эмас (соғлиқни сақлаш тизими врач ходимлари бундан мустасно). Ходим асосий иш жойидаги меҳнат мажбуриятларини бажаришдан озод бўлган кунларда асосий иш жойида ички ўриндошлик ёхуд бошқа ташкилотда ташқи ўриндошлик асосида ишлашига йўл қўйилади.


Яъни ходим ходимнинг ўзининг асосий ишини бажаришидан ташқари асосий ишидан бўш вақтида ўриндошлик асосида 0.5 ставкагача, соғлиқни сақлаш тизими врач ходимлари эса 1 ставкагача ишлашлари мумкин.

Ўриндошлик асосида ишлаш тақиқланадиган ишларни мустасно қилганда, пенсионерларнинг ўриндошлик асосида ишлашига ҳеч қандай чеклов йўқ. Демак, пенсионер ходим жами 1,5 ставкагача, шифокор пенсионерлар эса жами 2 ставкагача ишлашлари мумкин. Бунда пенсионерлар ойликни ҳам, пенсияни тўлиқ (100%) оладилар.


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
💥Очиқ вебинар 💥

ДМИ текширувига тушмаслик учун маслаҳатлар: Бош ҳуқуқ инспекторнинг тавсиялари

📋Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг буйруғи билан ҳар йили ДМИ режали текширишлар жадвали тасдиқланади. Кўплаб кадрлар бўлими ходимлари корхоналар режалаштирилган текшириш учун қандай тайёргарлик кўриш кераклиги ва қандай холларда текширув кутилмаганда келиши мумкинлиги билан қизиқишади.

2022 йилда сизнинг корхонангизга режали текшириш келишини қандай билиш мумкинлиги, қандай ҳолларда инспекторни офисга киритмаслик мумкин ва агар инспектор текшириш тартибини бузса нима қилиш кераклигини билиб олинг.


📚Вебинарда сиз қуйидаги билим ва кўникмаларга эга бўласиз:

▪️Текширув турлари;
▪️Тадбиркорлик субъектларида текшириш ўтказиш учун рухсат талаб этилмайдиган ҳолатлар;
▪️Текширувни тасдиқлаш учун асослар;
▪️Текширувни тасдиқлаш учун талаб қилинадиган ҳужжатлар;
▪️Текширувларни электрон ҳисобга олишнинг ягона тизими;
▪️Текширув ўтказиш тартиби;

🎓Лектор
Гульрух Ниязметова
Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг бош юридик меҳнат инспектори.

📅 21 апрель 16:30 да

👉🏻Рўйхатдан ўтиш ҳавола орқали: https://bit.ly/3JBHKHa

⚠️Иштирок этиш бепул

Рўйхатдан ўтинг ва фойдали маълумотларни ҳамкасбларингизга таклиф қилинг.
#test 18 yoshga to‘lmagan xodimlar, I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar uchun mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga necha soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Anonymous Quiz
44%
35
49%
36
3%
37
4%
38
#qonunbilan ❗️18 ёшга тўлмаган шахсларнинг ўқув таътили вақтида иш вақтининг муддати:

16 дан 18 ёшгача бўлганларга – ҳафтасига 36 соатдан ;

15 дан 16 ёшгача бўлганларга – ҳафтасига 24 соатдан ошмайдиган қилиб белгиланади
(Меҳнат кодекси 242-моддаси 1-қисми).

Таътил вақтида 18 саккиз ёшга тўлмаган ходимларнинг кундалик иш вақти қисқартирилган ҳоллардаги меҳнатига ҳақ кундалик иш вақти тўлиқ бўлган чоғда тегишли тоифадаги ходимларга бериладиган миқдорда тўланади (Меҳнат кодекси 243-моддаси 1-қисми). Яъни таътил вақтида ҳафтасига 24 соат ишлайдиган болага 40 соат учун ҳақ тўланади.

Ўқишдан сўнг ишлаётган(таътил вақти эмас) ўқувчиларнинг ўқув йили давомидаги иш вақти муддати эса:

16 дан 18 ёшгача бўлганларга – ҳафтасига 18 соатдан ;

15 дан 16 ёшгача бўлганларга – ҳафтасига 12 соатдан ошмайдиган қилиб белгиланади
(Меҳнат кодекси 242-моддаси 2-қисми)

❗️Ўқишдан сўнг ишлаётган ўқувчиларнинг меҳнатига ишлаган вақтига мутаносиб равишда ёки ишлаб чиқарган маҳсулотига қараб ҳақ тўланади. Яъни 12 соат ишласа, 12 соатга ҳақ тўланади.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Таянч докторантура ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда ташкил этиладиган олий ўқув юртидан кейинги таълим шакли эканлиги белгиланган экан. Шу муносабат билан иш берувчи мен билан меҳнат шартномасини бекор қилмоқчи. Таянч докторантурада ишлай олмайманми?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Cўнгги вақтларда таянч докторантурада меҳнат муносабатлари билан боғлиқ муаммоли ҳолатлар кўплаб учрамоқда. Бу борада бизга келаётган саволлар кўпайган.

👉 Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 37-моддасига асосан, ҳар бир шахс меҳнат қилиш ҳуқуқига эга. Меҳнат кодексининг 97-моддасига асосан, ходим билан тузилган меҳнат шартномасини бир қатор сабабларга кўра бекор қилиш мумкинлиги кўрсатилган. Улар орасида “ходим докторантурага (таянч докторантура) ўқишга кирса меҳнат шартномаси бекор қилинади” деган асос йўқ, шунингдек МК 106-моддаси 6-банди ҳам бу ҳолатга тушмайди.

👉 Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 22 майдаги 304-сон қарорига кўра таянч докторантура — фалсафа доктори (Doctor of Philosophy (PhD) илмий даражасига даъвогар изланувчилар учун ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда ташкил этиладиган олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисослиги бўйича олий таълимдан кейинги таълим шакли.

❗️Ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда дегани меҳнат шартномасини бекор қилиш учун асос бўла олмайди. Бундан ташқари, таълим муассасаларида ўқиётган ходимларга ишни таълим билан бирга қўшиб олиб боришлари учун иш берувчи зарур шароитлар яратиб бериши шарт (МК 248-моддаси).

👉Вазирлар Маҳкамасининг 304-сон қарорига 2-илованинг (https://lex.uz/docs/3213410#5096939) 28-бандига кўра, докторантлар Коллегиал орган қарори билан тасдиқланадиган якка тартибдаги режага мувофиқ равишда таълим оладилар.

👉Докторантлар Коллегиал орган қарори билан тасдиқланадиган якка тартибдаги режадаги вазифаларни бажаришдан бўш вақтида ўзи тадқиқот олиб бораётган илмий ташкилот ёки таълим муассасаларида ёки бошқа ташкилотда меҳнат шартномаси асосида ишлашлари мумкин.

👉 Меҳнат кодексининг 119-моддасига асосан, докторант иш берувчи билан келишиб тўлиқсиз иш куни ёки тўлиқсиз иш ҳафтаси белгилашга ҳақли. Бу меҳнатнинг янги шарти ҳисобланади. Ўрнатилган янги шарт асосида меҳнат шартномаси бекор қилинмайди. Сиз ўқишдан бўш вақтда 0,5 ва 0,25 шунингдек бошқа ставка асосда ишлашга ҳақлисиз.

⚠️Яна бир нарсани алоҳида таъкидлаб ўтмоқчимизки, доктарант тадқиқот олиб бораётган ОТМ ва ИТМ унинг асосий иш жойи ҳисобланмайди. Чунки айрим иш берувчилар доктарантларни фақат ўриндошлик асосида ишга олиш керак деб ҳисоблашади. Бу мутлақо хато. Юқоридаги 304-қарорда ҳам докторант меҳнат дафтарчасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхасини илмий ташкилот ёки таълим муассасаларига тақдим этиши айтилган. Эътибор беринг, нусхасини дейилмоқда. Чунки меҳнат дафтарчасининг асли асосий иш жойида сақланади.

Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 18 октябрдаги 297-сон қарори иловасига кўра ўриндошлик асосида ишлаш — ходимнинг ўзининг асосий ишини бажаришидан ташқари асосий ишидан бўш вақтида меҳнат шартномаси асосида бошқа ҳақ тўланадиган ишни бажаришидир. Таълим олиш жараёни эса меҳнат фаолияти ҳисобланмайди. Яна бир бор таъкидлаймизки, докторант таълимдан бўш вақтида ўзи тадқиқот олиб бораётган ОТМ ёки ИТМда ёки бошқа ташкилотда меҳнат шартномаси асосида ишлашлари мумкин.

❗️⚠️ Демак, таянч докторантлар меҳнат шартномаси асосида ишлашлари мумкин ҳамда ходимнинг таянч докторантурага қабул қилиниши меҳнат шартномаси бекор қилини учун асос ҳисобланмайди.


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
🔉 https://t.me/mehnathuquqi каналида Сиз ўз маҳсулот ва хизматларингиз,телеграм канал, гуруҳ ва ботлар рекламасини беришингиз мумкин.

🎯НИМА УЧУН БИЗНИНГ КАНАЛДА РЕКЛАМА БЕРИШ САМАРАЛИ?

1. Каналдаги постлар меҳнат ва ижтимоий таъминот қонунчилигига оид бўлганлиги учун канал аудиторияси асосан HR тизими, кадрлар бўлими ва давлат ташкилотлари ходимларидан ташкил топган.

2. Каналда соҳага оид долзарб постлар қўйиб борилганлиги сабаб фаоллиги юқори.

3. Канал аудиторияси 100% ҳақиқий.

Реклама тўғрисидаги қонун ҳужжатларига зид ҳар қандай реклама рад этилади!

📨 Мурожаат учун: @MuhammadaminKarimjonov
Mehnat huquqi pinned «🔉 https://t.me/mehnathuquqi каналида Сиз ўз маҳсулот ва хизматларингиз,телеграм канал, гуруҳ ва ботлар рекламасини беришингиз мумкин. 🎯НИМА УЧУН БИЗНИНГ КАНАЛДА РЕКЛАМА БЕРИШ САМАРАЛИ? 1. Каналдаги постлар меҳнат ва ижтимоий таъминот қонунчилигига оид…»