Mehnat huquqi
28.7K subscribers
904 photos
223 videos
393 files
4.04K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#test Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor qilishda ogohlantirish muddati qancha?
Anonymous Quiz
20%
kamida 1 hafta
11%
1 hafta
23%
kamida 3 kun
46%
ogohlantirish shart emas
#savolimbor Bizning tashkilot jamoa shartnomasida xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligini olish shart emasligi belgilangan. Shu to’g’rimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

MK 101-moddasiga ko’ra, basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaysi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi shart emas?

Mehnat shartnomasi:
korxona tugatilishi munosabati bilan;
korxona rahbari bilan tuzilgan shartnomani ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga ko‘ra;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga ko‘ra ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining roziligini olish talab etilmaydi.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, jamoa shartnomasida Siz aytgan shartning kiritilgani g’ayriqonuniy va haqiqiy emas hisoblanadi. Chunki MK 5-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Bandlik Vazirligi
🇷🇸 Сербияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

Сербияда мавсумий қишлоқ хўжалиги ишларига Ўзбекистон фуқаролари таклиф этилади.

💵 Иш ҳақи соатига 3 евродан тўланади.

Фуқароларнинг турар жойи ва овқатланиш харажатлари иш берувчи томонидан қопланади.

📌 Номзодларга қўйиладиган талаблар:

18 - 45 ёшгача бўлиши;

мактаб, лицей ёки касб-ҳунар коллежини тамомлаган бўлиши;

рус ёки инглиз тилида мулоқот қила олиши;

судланмаган бўлиши.

Мазкур бўш иш ўринларига қизиқиш билдирган фуқаролар учун танловлар вақти ва жойи:

🗓 4 апрель:

Тошкент шаҳри
ва Сирдарё, Жиззах, Тошкент вилоятлари учун:
📍Тошкент шаҳри Олмазор тумани, Қамарнисо 1. Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги биноси.
☎️ (71) 236-30-40.

🗓 5 апрель:

Самарқанд, Бухоро, Навоий, Сурхондарё ва Қашқадарё
вилоятлари учун:
📍Самарқанд шаҳри, Нарпай кўчаси 7-Б уй, "Ишга марҳамат" мономаркази.
Мўлжал: Кимёгарлар қўрғони
☎️ (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

🗓 7 апрель:

Хоразм вилояти ва Қорақалпоғистон Республикаси
учун:
📍Урганч шаҳри, Байналмилалчи кўч., 6-уй. "Ишга марҳамат" мономаркази биноси.
☎️ (62) 229-19-96.

❗️Танловда қатнашиш истагида бўлган фуқаролар ўзлари билан қуйидаги ҳужжатларнинг электрон шаклини олиб келиши шарт:

Хорижга чиқиш паспорти сканер варианти;

3,5х4,5 ҳажмдаги фотосуратнинг электрон шакли.


Каналга уланиш
⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Вазирликнинг расмий саҳифалари ⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#yuridiklug’at
davlat ishtirokidagi tashkilot
— ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti yoxud to‘liq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati tashkilot jamoa shartnomasida belgilab qo'yilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
29%
ha, bemalol
24%
ha, agar tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari mavjud bo'lmasagina
29%
ha, kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holdagina
18%
yo'q, mumkin emas
#savolimbor Xodimaning kredit qarzdorligi bor u dekretga chiqqan MIB uning dekret pulidan kredit qarzdorligi uchun dekretidan ushlab qolishi mumkinmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Yo’q, mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 69-moddasida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar ko’rsatilgan https://lex.uz/ru/docs/-26477.

Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:

mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;
❗️homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida to‘lanadigan summalarga.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Yangi elektron kitob

🏛
Axborot-resurs markazi e'tiboringizga Bahodir Hamroqulov muallifligidagi "Mehnat nizolarini hal etish" nomli o'quv qo'llanmaning elektron shaklini taqdim etadi.

👉 Mazkur o‘quv qo‘llanma «Mehnat nizolarini hal etish» modulining o‘quv dasturi (sillabus) asosida tayyorlangan bo‘lib, unda nazariy mavzular, test savollari, mavzularni chuqurroq o‘rganish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘z ifodasini topgan. Qo‘llanmani tayyorlashda mavzuga oid milliy va xorijiy adabiyotlardan keng foydalanilgan.

👨‍💻 Mazkur o'quv qo'llanmani library-tsul.uz saytidan onlayn o'qish imkoniyatiga egasiz.

👉@tsullibrary👈
#savolimbor Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimdan tilxat olish shartmi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

Mehnat kodeksiga ko’ra 4 ta holatda xodimdan tilxat olinishi shart (82,89,96,182-moddalar). MK 89-moddasiga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli bekor qilinishi mumkin.

MK 182-moddasi 7-qismiga ko’ra, intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Demak, agar mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlari bilan (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinsa xodimdan tilxat olinishi shart. Chunki MK 181-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari) intizomiy jazolar hisoblanadi.

Demak, agar mehnat shartnomasi yuqoridagilardan boshqa asoslar 87,97.1, 97.5, 97.6, 99, 100-modda 2-qismi 1,2,5,6,7-bandlari, 105, 106-moddalar bilan bekor qilinsa tilxat olish shart emas.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Tashkilot haydovchisi o‘z shaxsiy mashinasida dam olish kunida mast holatda transport boshqarganligi uchun MJTKning 131-moddasi bilan transport boshqarish huquqidan 3 yilga mahrum qilindi. Bu holatda shartnoma qaysi asos bilan bekor qilinadi?
Anonymous Quiz
28%
106-m 3-band xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirishi
15%
100-m 2 qism 4-bandi bilan
15%
106-m 6-bandi bilan
42%
shartnoma bekor qilinmaydi, chunki unga jinoiy jazo tayinlanmadi
ЮРИДИК МУНОЗАРА

Меҳнат ҳуқуқи бўйича мутахассис Мухаммадамин Каримжонов (@mehnathuquqi канали) билан меҳнат соҳасида фикрлашиб, юридик мунозара қилиб турамиз. Натижада ўзаро мувофиқ бўлган ечимга келамиз, шуниси яхши. Ҳозир шунга ўхшаш бир муаммо юзасидан ўзаро фикримизни тақдим этмоқчиман.

МУАММОЛИ ҲОЛАТ.
Ташкилотда ишлайдиган автотранспорт хайдовчиси йўл ҳаракати қоидаларини бузиб келганлиги учун суд томонидан 3 йил муддатга транспорт воситасини бошқариш ҳуқуқидан маҳрум этилди. Бу вазиятда ҳайдовчи 3 йил давомида транспортни бошқара олмайди, яъни хайдовчи вазифасида меҳнатни давом эттира олмайди. Биламизки, иш берувчи ходимга бажарган иши учун, қилинган меҳнати учун ҳақ тўлайди (МК 154-модда). Яъни, бу ҳайдовчини 3 йил давомида шунчаки бекор ҳолатда “ушлаб туриш” ва унга ҳақ тўлаш мумкин эмас.

Уни иш ҳақи сақланмаган таътилга ҳам чиқара бўлмайди. Чунки ходимга 12 ой давомида 3 ойдан ортиқ иш ҳақи сақланмаган таътил бериш қонунга зид (МК 150-моддаси).

Иш берувчи хайдовчини бошқа ўзига мос келадиган ишга ўтказиб, шу 3 йил давомида ишлатиб тураман деса бунга ҳам имкон йўқ, унга тўғри келадиган иш корхонада мавжуд эмас. Интизомий жазо сифатида ҳам бўшата олмайди (МК 100-модда иккинчи қисм 4-банди билан), негаки, ходимни транспортни бошқариш ҳуқуқидан маҳрум этишга меҳнат вазифаларидан ташқаридаги ҳаракатлари сабаб бўлган экан.

Хўш, унда қандай чора кўриш керак?

ЕЧИМ.
Бу ерда биласми, ходимни ишлашига имкон бермайдиган – тарафларнинг ихтиёрига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар юзага келган. Суд томонидан ходимнинг транспорт бошқариш ҳуқуқидан маҳрум этилганлик фактини ана шундай ҳолат деб баҳолаш ўринли бўлади.

Меҳнат кодексининг 106-моддасига асосан тарафларнинг ихтиёрига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар юзага келганда, ходим билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинади. Ўзи бу моддада ана шундай 6 та ҳолат кўрсатилган. Масалан, 106-модданинг 1-5-бандларига кўра, ходим ҳарбий ёки муқобил хизматга чақирилса, шу ишни илгари бажариб келган ходим ишга тикланса, ходимни жазога маҳкум этган суднинг ҳукми қонуний кучга кирса, ишга қабул қилиш юзасидан белгиланган қоидалар бузилган бўлса, ходим вафот этган бўлса, меҳнат шартномаси тарафларнинг ихтиёрига боғлиқ бўлмаган ҳолатларга кўра бекор қилинади.

МК 106-модданинг 6-бандида “қонунда назарда тутилган бошқа ҳолларда” деб номланган
тарафларнинг ихтиёрига боғлиқ бўлмаган сўнгги олтинчи ҳолат қайд этилган. Ҳайдовчининг транспортни бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинганлиги ҳам ҳудди ана шу тарафларнинг ихтиёрисиз юзага келган ҳолатга тушади деган фикрдамиз.

Қаранг, бунда шахсни транспортни бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилиш жазоси назарда тутилган Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси (28-моддаси)ни Қонун деб ҳисобласак, бу жазо сабабли меҳнатни давом эттира олмаслик вазияти “қонунда назарда тутилган бошқа ҳоллар” ҳисобланади.

▪️Демак, агар корхонадаги автотранспорт ҳайдовчиси транспортни бошқариш ҳуқуқидан маҳрум этилган бўлса, у билан тузилган меҳнат шартномасини тарафларнинг ихтиёрига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар бўйича, МК 106-модда 6-банди (қонунда назарда тутилган бошқа ҳолларни асос қилиб) билан бекор қилиш тўғри йўл ҳисобланади.

Каналга уланиш 👉@yuristkadr
#test Surunkali alkogolizmga mubtalo bo‘lgan xodim sud qarori bilan majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga jo‘natildi. Bu holatda...
Anonymous Quiz
38%
shartnoma bekor qilinmaydi, bolnichniy ochiladi
25%
106-m 3-bandiga ko‘ra shartnoma bekor bo‘ladi
28%
100-m 2-q 2-bandi sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ishga noloyiq bo‘lib qolishi bilan bekor bo‘ladi
8%
100-m 2-q 4-bandi bilan bekor bo‘ladi
#savolimbor Mehnatga layoqatsizlik varaqasi (листок нетрудоспособности) va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining (справка о нетрудоспособности) qanday farqlari bor? Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasiga ham bolnichniy puli to’lab beriladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667 https://lex.uz/docs/-2625878) ga ko’ra👇

❗️Mehnatga layoqatsizlik varaqasi shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.

❗️Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi shaxsni ishdan (o‘qishdan) ozod qilish uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

Quyidagilar mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi👇
o‘quvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi;
alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar, shuningdek mastlik natijasida olingan jarohatlar;
xodimlarni davriy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bog‘liqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganligi;
ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi;
ambulatoriya sharoitida o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri o‘n to‘rt kalendar kundan oshganligi.

Shuningdek, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.

⚠️ Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilsak, mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (справка о нетрудоспособности) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun asos hisoblanmaydi.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test Mehnat shartnomasi 106-moddaning qaysi bandi bilan bekor qilinganda xodimga ishdan bo'shatish nafaqasi to'lab beriladi?

P.S. Testni taxminan bosmasdan, Mehnat kodeksi 109-moddasiga ko'z yugurtirib qo'ying👀
Anonymous Quiz
12%
1,2,3
30%
faqat 2
22%
1,2,4
36%
106-modda bilan bekor qilingan barcha holatlarda to'lab beriladi
#savolimbor Xodim qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi kerakmi

Жавоб:

❗️ Avvalo, savolingizni yanada aniqlashtirib olsak. Chunki og'zaki nutqda garchi juda qo'pol xato bo'lsada, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ham, ma'muriy qamoqqa olishni ham yoki ehtiyot choralarini ham qamoq deb yuritilaveradi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksidan qamoq jinoiy jazosi chiqarib tashlangan bo'lsada hali ham ozodlikdan mahrum qilindi degan jumlani qamaldi deb noto'g'ri ishlatishadi

⚠️Diqqat! Qamoqqa olish va uy qamog'i (Jinoyat-protsessual kodeksi 242 va 242-1-moddalari) kabi ehtiyot choralarini, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo va Jinoyat kodeksi 48-1-moddasidagi ozodlikni cheklash hamda 50-moddasidagi ozodlikdan mahrum qilish jinoiy jazolarini bir-biri bilan adashtirmang va chalkashtirmang❗️ Batafsil ma'lumot uchun yuqorida keltirilgan moddalarni o'qib, tahlil qilib chiqing!

Demak, savolingizga to'xtalib o'tsak. Siz savolda so'ragan qamoqni 3 xil ma'noda tushunishimiz mumkin:

1. Jinoiy jazo ya'ni ozodlikdan mahrum qilish

2. Ehtiyot chorasi ya'ni qamoqqa olish yoki uy qamog'i

3. Ma'muriy jazo ya'ni ma’muriy qamoqqa olish.

Xodim ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga ko’ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.


❗️ Jinoyat-protsessual kodeksi 237-moddasiga ko’ra, ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog‘i; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.

❗️JPK ning 243-moddasida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi belgilangan.

❗️Qachon shaxsning aybi aniqlanib, sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsagina mehnat shartnomasi MK 106-moddasi 3-bandi bilan bekor qilinishi mumkin. Ya’ni aytaylik xodimga sud hukmi bilan jarima yoki ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi lekin xodim ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo’lgani yo’q. Demak, bu holatda shartnomani bekor qila olmaymiz. Xodimga muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, xodim ishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo'lsa bu holatda shartnomani bekor qilsa bo'ladi.

❗️Agar xodim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 29-moddasidagi ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo'llanilsachi? Bu holatda 2 xil yechim bor.

Agar ma’muriy qamoq tayinlangan xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa, bu xodim bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari bilan bekor qilish mumkin.

Xodim lavozim yoki xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarlik sodir etgan bo'lsa (masalan, xodim dam olish kuni mayda bezorilik sodir qilib 15 sutka ma'muriy qamoq tayinlangan) shartnomani MK 106-moddasi 3 yoki 5-bandi bilan bekor qila olmaymiz.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#test Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, xodim kim tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim
Anonymous Quiz
15%
ish beruvchining o‘zi tomonidan
40%
sud tomonidan
4%
boshqa vakolatli organ tomonidan
41%
barcha javoblar to'g'ri
#lifehack💡 Иш берувчи Сизни ишдан бўшашга ариза ёзишга мажбур қилмоқда⁉️ Бундай вазиятда меҳнат қонунчилиги нима дейди
‼️Меҳнат шартномасини бекор қилишга ходим шу корхонадаги ишни ҳақиқатда ташлаб кетиш истагини билдирган ёзма аризасига биноан йўл қўйилади. Судлар даъвогарнинг меҳнат шартномасини бекор қилиш ҳақидаги аризани иш берувчининг қистови натижасида берганлиги тўғрисидаги важларини синчковлик билан текширмоқлари лозим🔍. (Асос: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги 12-сонли «Судлар томонидан меҳнат шартномаси (контракти)ни бекор қилишни тартибга солувчи қонунларнинг қўлланилиши ҳақида»ги қарори 15-банди).
Агар ходим мен аризани иш берувчининг қистови натижасида берганман деган даъво билан чиқса, меҳнат шартномасини бекор қилинишининг асослилигини исботлаб бериш мажбурияти иш берувчи масъулиятига юклатилишини эсдан чиқармаслик лозим❗️ (Асос: Меҳнат кодекси 111-моддаси).
Демак, иш берувчи Сизни ишдан бўшатишнинг асослилигини исботлаб бера олмаса, Суд Сизни ишга тиклайди.
⚠️Эслатма! Судга ходимга у билан меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ҳақидаги буйруқнинг нусхаси берилган кундан бошлаб 1️⃣ой ичида мурожаат қилиш керак. Муддат узрли сабабларга кўра ўтказиб юборилган тақдирда, суд муддатни қайта тиклаши мумкин (Асос: Меҳнат кодекси 270-моддаси)! Ишга тикланганда иш берувчига ходимга етказилган зарарни қоплаш мажбурияти юклатилади.
Зарарни қоплаш:
мажбурий прогул вақти учун ҳақ тўлаш шартлигидан
меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ёки ходим бошқа ишга ўтказилганлиги устидан шикоят қилиш билан боғлиқ қўшимча харажатлар (мутахассислардан маслаҳат олиш, иш юритиш учун кетган харажатлар ва бошқалар) учун компенсация тўлашдан;
маънавий зарар учун компенсация тўлашдан иборатдир. Маънавий зарар учун тўланадиган компенсациянинг миқдори иш берувчининг хатти-ҳаракатига берилган баҳони ҳисобга олиб, суд томонидан белгиланади, лекин бу миқдор ходимнинг ойлик иш ҳақидан кам бўлиши мумкин эмас.
Ходимнинг илтимосига кўра суд ишга тиклаш ўрнига унинг фойдасига камида уч ойлик иш ҳақи миқдорида қўшимча ҳақ ундириб бериши мумкин (Асос: Меҳнат кодекси 112-моддаси).
⚠️Эслатма! Иш ҳақини ундириш тўғрисидаги даъволар ва меҳнат ҳуқуқлари муносабатларидан келиб чиқадиган бошқа талаблар юзасидан даъвогарлар Фуқаролик ишлари бўйича судларда давлат божини тўлашдан озод қилинади (Асос: “Давлат божи тўғрисида”ги Қонун 8-моддаси).
Telegramdagi kanalimizga ulanishni unutmang 👇 👇 👇
@mehnathuquqi
#test Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun qancha muddat belgilangan.
Anonymous Quiz
37%
1 oy
17%
1 yil
9%
3 yil
37%
muddat belgilanmaydi
#lekinbufakt
Choyxonaga berilgan huquqiy ta’rifni eshitganmisiz

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari”ga ko’ra (https://lex.uz/docs/-243235#-466817) umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida mulkdor deb belgilanadigan quyidagi turlarga bo‘linadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, mavsumiy kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona:

choyxona
— bu choynaklarda choy berish xizmat ko‘rsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxonadir. Bundan tashqari choyxonalarda turli xil obinonlar, milliy shirinliklar, qandolatchilik, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari bo‘lishi mumkin.

💻 Murojaatlar uchun: @MehnathuquqiBot Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi