#Nipah | #NiV | #virus | #Maqola
🦠 Nipah virusi (NiV) belgilari!
Nipah virusi infektsiyasi yengil va og'ir ko'rinishlarga ega bo'lib, jumladan, ensefalitga va oxir-oqibat o'limga olib kelishi mumkin.
Infektsiyaning dastlabki bosqichidagi umumiy alomatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1) Isitma
2) Bosh og'rig'i
3) Yo'tal
4) Tomoq og'rig'i
5) Nafas olishda qiyinchilik
6) Mialgiya
7) Qusish
Keyinchalik og'ir alomatlar paydo bo'ladi, bu esa 24-48 soat ichida komaga olib kelishi mumkin. Og'ir alomatlar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
Davomi ushbu maqolada 👇
https://telegra.ph/Nipah-virusi-NiV--Umid-Komilov-01-30
📌 Umid Komilov

Telegraph
Nipah virusi (NiV) | Umid Komilov
Nipah virusi (NiV) paramiksovirus oilasiga mansub virus bo'lib, asosan, ko'rshapalaklar orqali yuqadigan zoonotik patogen hisoblanadi. U birinchi marta 1998-yilda Malayziyada aniqlangan. Virus Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalarida bir nechta epidemiyalarga…
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔪 Xirurgik chok tikish bo'yicha mashg'ulot, tomir devorini tikish texnikasi
🩺 Umid Komilov
🩺 Umid Komilov
🔥2
📌 "Sketchy Uz" loyihasi
❗️ O'sha mashhur "Sketchy Micro" mnemonikalarining ilk bor O'zbekcha variantdagi videolari
YouTube: https://youtu.be/jYM1puKoQyg?si=xG8vS763Jj-9V696

YouTube
Sketchy Uz: Staphylococcus aureus | O'zbekcha Sketchy: Tillarang stafilokokk | Mikrobiologiya MS
Sketchy Uz loyihasi, "Sketchy micro" mnemonik rasmlarining o'zbekcha tarjimalari.
Umid Komilov tomonidan maxsus Medspesicus © uchun tayyorlangan videodarsliklar.
To'liq rasmlar + matnlar Telegram kanal: @medspesicus da joylashtirilgan.
#sketchyuz #medspesicus…

🤩2🔥1
📌 "Sketchy Uz" loyihasi
❗️ O'sha mashhur "Sketchy Micro" mnemonikalarining ilk bor O'zbekcha variantdagi videolari
🔶 Staphylococcus Epidermidis & Saprophyticus
▶️ YouTube: https://youtu.be/VTJLbll7NEE?si=d3LHghShm24AqI-0
YouTube
Sketchy Uz: Staphylococcus epidermidis & saprophyticus | Epidermal & saprofit stafilokokk | Micro
Sketchy Uz loyihasi, "Sketchy micro" mnemonik rasmlarining o'zbekcha tarjimalari.
Umid Komilov tomonidan maxsus Medspesicus © uchun tayyorlangan videodarsliklar.
To'liq rasmlar + matnlar Telegram kanal: @medspesicus da joylashtirilgan.
#sketchyuz #medspesicus…
Umid Komilov tomonidan maxsus Medspesicus © uchun tayyorlangan videodarsliklar.
To'liq rasmlar + matnlar Telegram kanal: @medspesicus da joylashtirilgan.
#sketchyuz #medspesicus…
🔥1
🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Ramazon hayiti muborak boʻlsin, aziz, musulmonlar!
Happy Ramadan, dear Muslims!
Счастливого Рамадана, дорогие мусульмане!
عيد الفطر مبارك، أيها المسلمون الأعزاء!
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
@medspesicus

❤1
👏2
#post | #mikrob | #tif | #mary
🦠 U sog‘lom edi… ammo odamlarni o‘ldirardi. #Mary_Mallon
Tanishing — Tarixdagi eng mashhur “tashuvchi”.
👩🍳 U oddiy oshpaz edi va turli odamlar uyida xizmat qilardi.
❌ Hech qanday simptom yo‘q. Ammo u ishlagan har bir uyda — kasallanish, o‘lim...
🔥 Aslida nima bo‘lgan?
Mary o‘zi bilmagan holda Tif tashuvchisi edi.
👉 U kasal emasdi, lekin boshqalarni kasallantirardi.
Natijada: 50 dan ortiq odam tif bilan kasallangan, bir necha inson hayotdan ko‘z yumgan
Tarixda "Typhoid Mary" nomi ostida qoldi.
🏝 Maryning taqdiri
U 2 marta majburiy karantinga olingan va umrining oxirigacha izolyatsiyada yashagan.
🩺 MEDSPESICUS ©
🖋 Umid Komilov

❤1👍1 1
MEDSPESICUS
Photo
🧬 TIMUSDAGI "VIRTUAL REALLIK": Immun tizimimiz qanday qilib "xoinlarni" saralaydi?
Tasavvur qiling, tanangizda shunday bir "harbiy akademiya" bor, u yerda askarlar dushmanga qarshi jang qilishni emas, eng birinchi navbatda O‘ZINIKILARNI TANISHNI o‘rganadi.
Bu akademiya — Timus (Ayrisimon bez). U yerda kechadigan jarayonlar esa xuddi fantastik kinolardagi simulyatorlarni eslatadi!
⬇️ Keling, molekulyar darajadagi mo‘jizaga sho‘ng‘iymiz:
🧐 Paradoks: Timus qayerdan biladi?
Yosh T-limfotsitlar (bo‘lajak immun askarlari) timus ichida voyaga yetadi. Lekin ular ertaga timusdan chiqib, butun tana bo‘ylab sayohat qiladi: me'da osti bezidagi insulinni, miyadagi neyronlarni, qalqonsimon bez oqsillarini ko‘radi.
Agar askar hayotida birinchi marta insulinni ko‘rsa, uni "begona" deb o‘ylab hujum qilishi va tanani vayron qilishi mumkin (1-tur diabet shundan kelib chiqadi).
Xo‘sh, timus qanday qilib T-limfotsitga hali u borib ko‘rmagan a'zolarni tanitadi?
🕶 AIRE geni — Timusdagi "Gologramma Proyektori"
Timus hujayralari ichida AIRE (Autoimmune Regulator) degan o‘ta maxsus gen ishlaydi. Bu gen haqiqiy "virtual trenajyor"dir!
"Nusxa olish": AIRE geni timus hujayralariga aslida u yerda umuman bo‘lmasligi kerak bo‘lgan a'zolarning (insulin, ko‘z oqsillari, miya miyelini) gologrammasini — kichik antigen nusxalarini yasashni buyuradi.
"Imtihon": Timus hujayralari bu namunalarni o‘z devorlariga (MHC retseptorlariga) ilib qo‘yadi.
Hukm — APOPTOZ: Yosh T-limfotsit kelib, devordagi insulin namunasiga haddan tashqari agressiv yopishsa (autoreaktivlik ko‘rsatsa), timus unga: "To‘xta! Sen aqldan ozibsan, ertaga o‘zimizni o‘ldirasan" deydi-da, uning ichida apoptoz (dasturlangan o‘lim) tugmasini bosadi.
📉 Dahshatli statistika: Timus akademiyasiga kirgan T-limfotsitlarning deyarli 95-98% qismi bu imtihondan o‘ta olmay, apoptoz tufayli jimgina halok bo‘ladi. Faqat eng aqlli va xavfsiz 2% qong‘a chiqariladi!
🚨 Agar bu simulyator buzilsa-chi?
Agar insonda AIRE geni mutatsiyaga uchrasa, timus devorlariga "namunalar" ilinmaydi. Imtihonsiz qonga chiqqan "ko‘r" askarlar esa o‘z tanamizni yeyishni boshlaydi. Tibbiyotda bu og‘ir autoimmun kasallik — APECED sindromi deb ataladi.
Tanamiz ichidagi har bir hujayra millimetrik aniqlikda, mukammal mantiq bilan dasturlangan!
Siz mitti hujayralar ichida shunchalik katta "virtual reallik laboratoriyasi" borligini bilarmidingiz?
#Tibbiyot #Immunologiya #Biologiya #Genetika #Apoptoz #Timus #Ilmfan

❤1👍1🔥1 1
TUZATIB BO'LMAS XATO !!!
Tasavvur qiling, shifoxonaga ogʻir ahvoldagi bemor keldi. Tekshiruvlar natijasi shifokorlarni larzaga keltirdi: bemorda ham yuqumli ochiq sil (TB), ham OIV (HIV) infeksiyasi bor. Bu shunchaki ikkita kasallik emas, bu inson organizmini ichkaridan portlatishga tayyor turgan ikki taymerli bomba.
Shifokor pichoq qirrasida turibdi. Ikkala kasallikka qarshi agressiv davoni bir kunda boshlab boʻlmaydi. Birini davolab, ikkinchisini kutib ham oʻtirib boʻlmaydi. Xato qilingan birgina qadam bemorning hayotiga nuqta qoʻyishi hech gap emas. Nega vaziyat bunchalik murakkab?
Postni to'liq o'qish: shu yerga bosing
#post | #tibbiy | #tb | #oiv

🛑 Nega faqat OIVni (HIV) alohida davolab boʻlmaydi? Agar shifokor sil kasalligiga koʻz yumib, faqat OIVga qarshi antiretrovirus terapiyani (ART) boshlasa, bemor qisqa vaqt ichida halok boʻladi. Faol va ochiq shakldagi sil — juda tez rivojlanadigan, agressiv…
🎉1🤩1 1