Medicover.uz
134 subscribers
201 photos
174 videos
188 links
«Medicover» является официальным дистрибьютором Компании Medtronic 🇺🇸, мирового лидера в области медицинских технологий, услуг и решений.

📞 (95) 146 68 67

📩 info@medicover.uz

📍 Мирзо-Улугбекский район, ул.1-проезд Олмачи, 27

🌐 medicover.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 4–6 sentyabr kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Neyroxirurglarining IV Kongressida spiker sifatida qatnashdim.

🧠 Zamonaviy neyroxirurgiyaning dolzarb masalalari, yangi yondashuvlar va tajribalar bilan bo‘lishish imkoniyati — bu soha rivoji uchun muhim qadamlardan biri.

🤝 Bunday ilmiy maydon — bilim almashish, yangi hamkorliklar yaratish va kelajakni birgalikda qurish uchun yaxshi imkoniyat.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 StrokeTeamUZ hamkorligida Angels Initiative bilan birgalikda Toshkentdagi Milliy Tibbiyot Markazida workshop — master-klass o‘tkazildi.

📍 Tadbir davomida o‘tkir insult bilan bemor qabul qilish jarayoni imitatsiya qilindi. Ishtirokchilar bemor, shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari rolini taqsimlab, real sharoitda jamoaviy hamkorlikni mashq qildilar.

Bunday format insult jamoasi mutaxassislari uchun juda foydali bo‘lib, muvofiqlik, tezkorlik va bemorlarga yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

🙏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani va professionalligi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

___

🧠 StrokeTeamUZ совместно с Angels Initiative провели Workshop — мастер-класс в Национальном Медицинском Центре (Ташкент).

📍 В ходе мероприятия была проведена имитация поступления пациента с острым инсультом. Участники распределили роли между пациентом, врачами и медицинским персоналом, что позволило отработать командное взаимодействие в реальных условиях.

Такой формат оказался очень полезным для специалистов инсультной команды — он помогает улучшить координацию, скорость и качество оказания помощи пациентам.

🙏 Благодарим всех участников за активное вовлечение и профессионализм!
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Ichki uyqu va umurtqa arteriyalarini stentlash!

⚡️“Neomed Cardio” klinikasida interventsion kardiolog Bunyod Karimov hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezident Ishlari Boshqarmasi Tibbiyot Markazi oliy toifali neyrojarrohi Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich hamkorligida ikki bemorda murakkab neyrovaskulyar jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Amaliyotlar davomida Resolute Onyx va Protege RX karotid stentlari yordamida uyqu va umurtqa arteriyalarida qon oqimini tiklashga erishildi.

———————

🔥 Стентирование сонных и позвоночных артерий!

⚡️ В клинике “Neomed Cardio” интервенционный кардиолог Бунёд Каримов совместно с нейрохирургом высшей категории Медицинского центра Управления Делами Президента Республики Казахстан Бердахожаевым Мынжылкы Сайлауовичем успешно провели сложные нейроваскулярные операции у двух пациентов.

В ходе вмешательств с помощью стентов Resolute Onyx и Protege RX удалось восстановить кровоток в сонных и позвоночных артериях.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 26 sentyabr kuni Stroke Team Uz navbatdagi seminari bo’lib o’tdi!
Bu safar bu shunchaki seminar emas, balki haqiqiy professional yangilanish bo‘ldi.

🎯 Mavzu — neyrointervensiya va jarroh mexanik trombektomiyani bajarishdan avval nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida.

Seminarga Qozog‘istondan mehmon — oliy toifali neyrojarroh Berdixodjayev Minjilqi tashrif buyurdi. U o‘z tajribasi va neyrointerventsion yordamni rivojlantirish borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarni ilhomlantirdi.

💡 Eng qiziqarli qism — amaliy mashg‘ulotlar!
Ishtirokchilar haqiqiy simulyatorda trening o‘tib, jarayonni ichidan his qilishdi va haqiqiy amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi — xuddi operatsiondagi kabi, faqat bemorsiz.

StrokeTeamUz — birgalikda bemorlarni hayotini saqlab qolamiz!

___

🔥 26 сентября команда StrokeTeamUz снова собралась!
И это был не просто семинар — настоящий "upgrade" для наших специалистов.

🎯 Тема встречи — нейроинтервенция и всё, что должен учитывать хирург перед выполнением механической тромбэктомии.

Особенным этот семинар сделал эксперт из Казахстана — нейрохирург Бердиходжаев Мынжылкы, который поделился своим опытом и взглядами на развитие нейроинтервенционной помощи в регионе. Его участие стало настоящим вдохновением для наших специалистов!

💡 Самое захватывающее — практическая часть!
На потоковой модели (симуляторе) участники прошли тренинг, прочувствовали процесс изнутри и отработали реальные навыки — как в операционной, только без риска для пациента.

StrokeTeamUz — объединяем усилия ради спасённых жизней!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇿 “Qozog‘iston – O‘zbekiston: sog‘liqni saqlash, texnologiyalar va kadrlar sohasidagi hamkorlik” forumi doirasida ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida ilmiy va amaliy tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

🫀Xususan, Toshkent shahridagi Milliy tibbiyot markazida, Olmota shahridagi Kardiologiya va ichki kasalalliklar ilmiy tadqiqot instituti boshqaruv raisi Tuleutayev Rustem Muxtarovich boshchiligida tashrif buyurgan mutaxassislar bilan birgalikda murakkab yurak jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

🤝 Bu — O‘zbekiston va Qozog‘iston tibbiyot tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi va yuqori texnologik jarrohlik rivojining amaliy ifodasidir.

——————

🇺🇿🇰🇿 «Қазақстан – Өзбекстан: денсаулық сақтау, технологиялар және кадрлар саласындағы ынтымақтастық» форумы аясында екі елдің мамандары ғылыми және тәжірибелік тәжірибе алмасты.

🫀 Атап айтқанда, Ташкент қаласындағы Ұлттық медицина орталығында Алматы қаласындағы Кардиология және ішкі аурулар ғылыми-зерттеу институтының басқарма төрағасы Рустем Мұхтарұлы Төлеутаевтің жетекшілігімен келген мамандардың қатысуымен күрделі жүрек хирургиялық операциялары сәтті өткізілді.

🤝 Бұл — Қазақстан мен Өзбекстан медицина жүйелерінің ынтымақтастығының жаңа кезеңі және жоғары технологиялық хирургия дамуының нақты көрінісі.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Stroke Team Qarshida — yangi bosqich!

Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Kardiologiya Markazi Qarshi filialida insult xizmatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

🎯 Maqsad:

🔹 Insult bemoriga tez va samarali yordam tizimini yo‘lga qo‘yish

🔹 Shifokorlar va hamshiralarga zamonaviy protokollarni o‘rgatish

🔹 Ko‘p tarmoqli jamoaviy yondashuvni mustahkamlash

🌍 Xalqaro tajribaga ega mehmonimiz:
Alma Seydualievna Jusupova (Kaliforniya 🇺🇸 / Astana 🇰🇿) — insultni boshqarish bo‘yicha global yondashuvlari bilan bo‘lishdi.

💙 Stroke Team — har daqiqa muhim.

———————

🔥 Stroke Team в Карши — новый этап!

В Каршинском филиале Республиканского специализированного научно-практического кардиологического центра был проведён практический семинар по развитию инсультной службы.

🎯 Цель:

🔹 Наладить систему быстрой и эффективной помощи пациентам с инсультом
🔹 Обучить врачей и медсестёр современным протоколам
🔹 Укрепить междисциплинарный командный подход

🌍 Наш приглашённый эксперт с международным опытом:
Алма Сейдуалиевна Жусупова (Калифорния 🇺🇸 / Астана 🇰🇿) поделилась мировыми методиками и клиническими подходами к ведению инсульта.

💙 Stroke Team — каждая минута имеет значение.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥 Murakkab yurak amaliyoti — yangi imkoniyatlar sari qadam!

⚡️ American Hospital klinikasida koronar arteriyalarning surunkali okklyuziyalari (CTO) bo‘yicha murakkab amaliyot Avstraliyalik xalqaro ekspert Dr. Rustem Dautov va Intervencion kardiologlar Jumanov Rustam, Shahzod Eshmurodov va Abror Abdullajonov tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

Amaliyot davomida Resolute Integrity stenti yordamida yurak toj qon-tomirlarining qon aylanishi tiklandi va bemorning hayot sifati yaxshilandi.

🙏 Dr. Rustem Dautovga tashrifi, tajribasi va o‘z bilimlarini bo‘lishgani uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 1 bemorda 3 ta anevrizma embolizatsiya qilindi!

🧠 Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazida neyrojarroh Rasulov Shavkat Orziqulovich boshchiligida bemor bosh miyasida aniqlangan 3 ta anevrizma oqimni yo’naltiruvchi stent va spirallar yordamida endovaskulyar usulda muvaffaqiyatli embolizatsiya qilindi.

☝🏼 Oqimni yo’naltiruvchi stent — miya anevrizmalarini davolashda zamonaviy yondashuv bo‘lib, qon oqimini anevrizma ichiga emas, balki normal qon tomir yo‘liga yo‘naltiradi. Bu usul anevrizma bo‘shlig‘idagi oqimni kamaytiradi va uning tabiiy ravishda yopilishiga yordam beradi.

🔄 Spirallar (coils) esa anevrizma bo‘shlig‘ining ichini maxsus metall spirallar bilan to‘ldirib, uni qon oqimidan ajratib qo‘yadi. Bu anevrizmaning yorilish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va bemor uchun xavfsiz natija beradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Yurak klapanlarini almashtirish!

⚡️E.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida og‘ir aorta stenozidan aziyat chekayotgan 2 bemorga Medtronic kompaniyasining Evolut klapanlari muvaffaqiyatli o‘rnatildi! Ushbu innovatsion muolaja bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi.

🫀TAVI (Transkateter aortal klapan implantatsiyasi) — yurak klapanini almashtirishning minimal invaziv usuli bo‘lib, ochiq yurak operatsiyasiga nisbatan xavfi kamroq, bemorning tiklanish muddati esa ancha tez.

🤝 Amaliyot O'zbekiston interventsion kardiologlari va endovaskulyar xirurglari Assotsiatsiyasi Raisi, Professor Zufarov Mirjamol Mirumarovich rahbarligidagi jamoa hamda endovaskulyar jarrohlar Muzaffar Jo'raliyev, Mirzoboburshoh Sultonov va Miraziz Umarov tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yurak ritmi qayta tiklandi!

🔥”Ezgu Niyat” klinikasida bo‘lmachalar hilpirashi (fibrillyatsiyasi) bilan og‘rigan bemorda Kriobalon ablyatsiya usuli yordamida o‘pka venalarini izolyatsiya qilish muolajasi aritmolog Sherzod Sabirov va uning jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

💓 Bo‘lmachalar hilpirashi — yurakning yuqori bo‘limlari tartibsiz va juda tez qisqarishi natijasida paydo bo‘ladigan aritmiya bo‘lib, qon haydash samaradorligini pasaytiradi va qon ivish xavfini oshiradi. Kriobalon ablyatsiya — ushbu aritmiyani bartaraf etishga qaratilgan zamonaviy, mini-invaziv, umumiy og‘riqsizlantirishsiz (narkozsiz) bajariladigan muolaja bo‘lib, o‘pka venalari atrofidagi muammo manbai maxsus sovuq energiya yordamida muzlatiladi va noto‘g‘ri elektr impulslarini to‘xtatadi.

Muolajadan keyingi tiklanish davri ham tez bo‘lib, bemor qisqa vaqt ichida odatiy hayot tarziga qaytadi.



⚡️Ритм сердца восстановлен!

🔥В клинике «Ezgu Niyat» у пациента с фибрилляцией предсердий успешно выполнена изоляция легочных вен методом криобаллонной аблации. Процедура была проведена аритмологом Шерзодом Сабировым и его командой.

💓 Фибрилляция предсердий — это аритмия, при которой верхние отделы сердца сокращаются слишком быстро и нерегулярно, что снижает насосную функцию сердца и повышает риск тромбообразования. Криобаллонная аблация — современный, малоинвазивный метод лечения, который выполняется без общего наркоза: область вокруг легочных вен замораживается холодовой энергией, блокируя неправильное проведение электрических импульсов.

Период реабилитации проходит быстро — пациент в короткие сроки возвращается к обычной активности.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 CRT-D implantatsiyasi — yangi hayot sari qadam

💓 Yurak yetishmovchiligi bilan kurashayotgan 52 yoshli bemorda Medtronic kompaniyasining 3 kamerali CRT-D qurilmasi muvaffaqiyatli implantatsiya qilindi. Bemor ilgari chet elda murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Yillar davomida yurak quvvatining pasayishi kuzatilganligi sababli aritmologga murojaat qildi.

⚡️Amaliyot aritmolog Jamshid Sodiqov va uning jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi. Bu qurilma yurak ritmini sinxronlashtiradi, hayot sifatini yaxshilaydi va xavfli aritmiyalarni oldini oladi. Natijada, bemorning holati barqarorlashmoqda va u normal hayotga qaytmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫀 8 sm anevrizma. 73 yosh. Va yana bir saqlab qolingan hayot.

Bu ochiq operatsiya emas.
Katta kesmalarsiz.
Mahalliy og'riqsizlantirishsiz.
Zamonaviy endovaskulyar yechim.

🔥 “M Clinic”da endovaskulyar jarroh Boboyor Keldiyorov tomonidan 73 yoshli bemorda katta aorta anevrizmasi Medtronic kompaniyasining 3 ta Endurant II stent-grafti yordamida muvaffaqiyatli davolandi.

Operatsiyadan so‘ng:
— aorta ichidagi patologik bosim bartaraf etildi,
— anevrizma yorilish xavfi yo‘qoldi,
— bemor mustaqil harakatlana boshladi,
— yurak-qon tomir tizimi yuklamasiz ishlash rejimiga qaytdi.

😊 Bugun bemorning umumiy ahvoli barqaror,
nafas olish va yurish faoliyati yaxshi, kundalik hayotga qaytish uchun to‘siqlar qolmadi.

⚡️Bu shunchaki operatsiya emas —
bu hayot sifatini qayta tiklash.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Aortal shuruplar bilan stent-graftni mustahkamlash

👉 Dastlab, bemor qorin aortasiga Medtronic kompaniyasining 3 ta Endurant II stent-grafti implantatsiya qilindi.
Keyingi bosqichda maxsus moslama yordamida aortaga shuruplar o‘rnatilib, stent-graft ishonchli tarzda mustahkamlandi.

Amaliyot endovaskulyar jarroh, t.f.n. Anton Xilchuk va Shox Intervention jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

——————

🔥 Фиксация стент-графта аортальными шурупами

👉 Пациенту были имплантированы 3 стент-графта Endurant II компании Medtronic в брюшную аорту.
На следующем этапе с помощью специального устройства в аорту были установлены шурупы, обеспечившие надёжную фиксацию стент-графта.

Процедура успешно выполнена эндоваскулярным хирургом, к.м.н. Антоном Хильчуком и командой Shox Intervention.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yurak ritmini nazorat qiluvchi zamonaviy yechim

🔥 American Hospitalda 55 yoshli bemorga aritmiya va qorinchalar taxikardiyasi sabab ikkinchi darajali profilaktika maqsadida kardiover-defibrillyator (ICD) muvaffaqiyatli implantatsiya qilindi. Ushbu qurilma yurakdan kelib chiqadigan to‘satdan o‘lim xavfini sezilarli kamaytirib, bemorning hayot sifati va xavfsizligini oshiradi.

😊 Zamonaviy kardiologiya — hayotni saqlab qolish uchun.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Stroke Team ning 2025-yildagi yakuniy seminari

⚡️ StrokeTeamUz ning navbatdagi seminari xalqaro spikerlar — Lev Pristyupuk va Asel Kerimkulova ishtirokida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘tkir insult bilan og‘rigan bemorlarni olib borishning dolzarb masalalari, insult jamoasi faoliyati sifatini nazorat qilish hamda xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

😊 Faol ishtirok va samarali muhokamalar uchun barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

——————

🔥 Семинар StrokeTeamUz успешно прошёл с участием международных спикеров — Лев и Асель Керимкулова. В ходе мероприятия были обсуждены актуальные вопросы ведения пациентов с острым инсультом, а также контроль качества работы инсультной команды и внедрение международных стандартов.

🤝 Благодарим всех участников за активное участие и продуктивную дискуссию!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💫 2025 | Yodda qolgan lahzalar

——————

💫 2025 | Запомнившиеся моменты
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 TAVI: yurak klapanini almashtirish bo‘yicha yana bir muvaffaqiyatli operatsiya!

💪 Shox International Hospitalda Medtronic kompaniyasining Evolut R klapani muvaffaqiyatli o‘rnatildi, bu esa yurak klapanining og‘ir torayishi bo‘lgan bemorga yanada sifatli hayotga qaytish imkonini berdi. Ushbu muolaja yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytirish va bemorning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.

❤️ TAVI - yurak klapanini almashtirishning minimal invaziv usuli bo‘lib, ochiq jarrohlikning xavfsizroq muqobili hisoblanadi va tezroq tiklanishni ta’minlaydi.

🤝 Jarrohlik amaliyoti tibbiyot fanlari nomzodi, endovaskulyar jarroh Anton Xilchuk boshchiligidagi Shox Intervention jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

——————

🔥 TAVI: ещё одна успешная операция по замене сердечного клапана!

💪 В Shox International Hospital успешно имплантирован клапан Evolut R компании Medtronic, что позволило пациенту с тяжёлым стенозом сердечного клапана вернуться к более качественной жизни. Данная процедура играет важную роль в снижении риска сердечной недостаточности и значительном улучшении качества жизни пациента.

❤️ TAVI — это минимально инвазивный метод замены сердечного клапана, который является более безопасной альтернативой открытой хирургии и обеспечивает более быстрое восстановление.

🤝 Операция успешно выполнена командой Shox Intervention под руководством кандидата медицинских наук, эндоваскулярного хирурга Антона Хильчука.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Yurak oʻtkazuvchi sistemasini stimulyatsiya qilish: “Conduction System Pacing”

🔥 Oʻzbekiston uchun nisbatan yangi operatsiya - "Conduction System Pacing" usuli amalga oshirildi. Medtronic kompaniyasining SelectSecure qorinchalar elektrodidan foydalanib, yurak oʻtkazuvchi sistemasini fiziologik stimulyatsiya qilindi. Bu usul eski usullarga nisbatan ancha foydali bo'lib, bemorlarda yurak yetishmovchiligi rivojlanmaydi, kardiologga kamroq murojaat qiladi, dori vositalarini kamroq ichadi va gospitalizatsiya soni kamayadi.

⚡️Amaliyot aritmolog Jamshid Sodiqov va uning jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi. Maxsus elektrod qorinchalar aro toʻsiqdan oʻtib, his tutamining chap oyoqchasiga implantatsiya qilindi. Bu qurilma yurak ritmini sinxronlashtiradi, hayot sifatini yaxshilaydi va xavfli aritmiyalarni oldini oladi. Natijada, bemorning holati barqarorlashmoqda va u normal hayotga qaytmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Murakkab neyrovaskulyar amaliyot!

🏥 Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi jarrohlari:
👨‍⚕️ T.F.D. Mahkamov Mahkam Kozimovich
👨‍⚕️ T.F.N. Tursunov Sardor Baxtinurovich
👨‍⚕️ Oliy toifali neyrojarroh Djalalov Farrux Ziyavutdinovich

hamda 🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi Prezident Ishlari Boshqarmasi Tibbiyot Markazi oliy toifali neyrojarrohi Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich hamkorligida:

🧠 Bemorda Bosh miya qon tomirida aniqlangan torayish intrakranial stentlash usuli yordamida muvaffaqiyatli bartaraf etildi.

Intrakranial stentlash — miya tomirlaridagi torayishni minimal invaziv usulda davolash bo’lib, bu amaliyot orqali bemorda bosh miya qon oqimini tiklab, insult xavfini kamaytirishga erishdik.
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Murakkab neyrovaskulyar jarrohlik amaliyotlari!

⚡️ "Shox International Hospital" klinikasida interventsion kardiologlar Bekzod Sagdullayev va Mirfayz Fayziyev, hamda 🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi Prezident Ishlari Boshqarmasi Tibbiyot Markazi oliy toifali neyrojarrohi Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich bilan hamkorlikda 2 bemorda murakkab neyrovaskulyar amaliyotlar muvaffaqiyatli bajarildi.

Ikkala bemorda ham bosh miya asosiy arteriyasida aniqlangan anevrizmalar stent-assistensiya yondashuvi yordamida maxsus spiral (coil) texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli embolizatsiya qilindi. Barcha amaliyotlar kesmasiz, minimal invaziv yondashuv asosida, faqat kateterlar orqali endovaskulyar usulda amalga oshirildi.

——————

🔥 Сложнейшие нейроваскулярные хирургические вмешательства!

⚡️ В клинике «Shox International Hospital» интервенционные кардиологи Бекзод Сагдуллаев и Мирфайз Файзиев совместно с нейрохирургом высшей категории Бердиходжаевым Мынжылкы Сайлауовичем (Медицинский центр Управления делами Президента Республики Казахстан🇰🇿) успешно выполнили сложные нейроваскулярные операции у двух пациентов.

У обоих пациентов были выявлены аневризмы основных артерий головного мозга, которые были успешно эмболизированы с применением технологии специальных спиралей (coil) с использованием метода stent-assisted. Все вмешательства выполнены эндоваскулярным методом, без разрезов, с использованием только катетеров и минимально инвазивного подхода.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM