Forwarded from MedPro Team
Deinsulinisation in type 2 Diabetes.pdf
580 KB
Qandli diabet 2-tipi bilan bemorlarni deinsulinizatsiya qilish (asta sekin insulinni kamaytirib borib , o‘rniga alternativ preparatlar bilan insulinga qaramlikni yo‘qotish ).
@MedPro_Team
@MedPro_Team
SSV Standart va protokollar bo‘yicha umumiy jamlanma.rar
1.4 GB
Sog'liqni Saqlash Vazirligi tarafidan tasdiqlangan barcha davolash standartlari va protokollari.
@MedPro_Team
@MedPro_Team
Forwarded from Personalised
Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (ingliz tilida NSAIDs) tibbiyotda eng ko‘p ishlatiladigan dori guruhlaridan biridir. Ular og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig‘lanishni kamaytiruvchi ta’sirga ega.
Ushbu vositalarning asosiy ta’sir mexanizmi organizmda yallig‘lanish va og‘riqni chaqiruvchi moddalar – prostaglandinlar sintezini to‘xtatishdan iborat. Bu jarayon siklooksigenaza (COG) fermentini bloklash orqali amalga oshiriladi.
NYAQVlar klassifikatsiyasi
Ushbu dorilar kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmiga (COG fermentiga tanlab ta’sir qilishiga) qarab bir necha guruhga bo‘linadi:
Salitsilatlar
Bu guruhning eng yorqin vakili:
Asetilsalitsil kislotasi (Aspirin).
Asosan qonni suyultirish (antiagregant) va yengil og‘riqlarda qo‘llaniladi.
Propion kislota hosilalari
Eng keng tarqalgan va nisbatan xavfsiz guruh:
Ibuprofen;
Ketoprofen;
Naproksen.
Bu dorilar universal bo‘lib, og‘riq, isitma va yallig‘lanishda yaxshi samara beradi.
Sirka kislota hosilalari
Kuchli og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega:
Diklofenak (natriy va kaliy tuzlari);
Indometatsin;
Ketorolak (juda kuchli og‘riq qoldiruvchi, lekin uzoq qo‘llash mumkin emas).
Oksikamlar (Tanlab ta’sir qiluvchi vositalar)
Bu dorilar uzoq muddat ta’sir qiladi va oshqozonga nisbatan kamroq zarar yetkazadi:
Meloksikam;
Piroksikam;
Tenoksikam.
Boshqa guruhlar (Sulfonanilidlar)
Nimesulid.
Oshqozon-ichak tizimiga ta’siri kamroq, lekin jigar uchun toksik bo‘lishi mumkin.
Koksiblar (Yuqori selektiv COG-2 ingibitorlari)
Bu eng zamonaviy guruh bo‘lib, oshqozon shilliq qavatiga deyarli zarar yetkazmaydi, ammo yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida ehtiyotkorlik talab etiladi:
Selekoksib;
Etorikoksib.
Qo‘llanilishi
NYAQVlar quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
Revmatik kasalliklar: Revmatoid artrit, osteoartroz, podagra, ankilozlovchi spondilit.
Travmatologiya va ortopediya: Suyak sinishi, pay cho‘zilishi, yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi.
Nevrologiya: Bel og‘rig‘i (radikulit), nevralgiya, mialgiya (mushak og‘rig‘i).
Bosh va tish og‘rig‘i: Migren xurujlari, tish og‘riqlari.
Isitma: Shamollash va virusli kasalliklarda tana haroratini tushirish uchun (asosan Ibuprofen va Paratsetamol – garchi Paratsetamol sof NYAQV hisoblanmasa ham, shu maqsadda ishlatiladi).
Operatsiyadan keyingi davr: Og‘riqni kamaytirish va shishni qaytarish uchun.
Nojo‘ya ta’sirlari va ehtiyot choralar
Har qanday dori kabi, bu vositalarning ham jiddiy nojo‘ya ta’sirlari mavjud:
Gastrointestinal xavf: Uzoq vaqt qabul qilish oshqozon shilliq qavatini zararlaydi, gastrit va oshqozon yarasini (yazva) keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, ularni ovqatdan keyin ichish va proton pompasi ingibitorlari (masalan, Omeprazol) bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi.
Buyraklar faoliyati: Buyrakda qon aylanishini pasaytirib, suyuqlik tutilishiga va shishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Qon ivishi: Qon ivishini pasaytirib, qon ketish xavfini oshiradi (ayniqsa Aspirin va Ketorolak).
Yurak-qon tomir tizimi: Ayrim selektiv dorilar (koksiblar) yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.
Allergiya: "Aspirin astmasi" kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
.

Forwarded from Prizma
Хотира энг охирги қаршилигинг, уни йўқотган лахзангдан мағлуб ҳисобланасан.
Маргарет Этвуднинг "Оқсоч ҳикояси"ни тугатдим. Асар аёл танасининг давлат ўз мулкига айлантирган сеҳрли диёрдаги аёлнинг оғзидан ҳикоя қилинади.
Асар "1984" ва “Фаренгейт бўйича 451” романлари каби классик антиутопия. Жуда кўп ўхшашликлар мавжуд, бироқ, бу асардаги антоганист бўлган тизим "юмшоқ" тилда гаплашади. У ерда фикр назорат қилинади, бу ерда эса тана. Оруэллда “Катта оға бор, Этвудда эса “муқаддас қоидалар”.
Бош қаҳрамон катта қаҳрамон эмас. У қутқармайди, у инқилоб эмас, у фақат эслаб қолишга ҳаракат қилади. Чунки хотира — охирги қаршилик шакли. Чунки сен ўз тарихингни унутсанг — сен мағлубсан. Этвуд жамиятни шокотерапевтик зўравонлик билан эмас, майда “тўғри қарорлар” орқали қандай қуллаштириш мумкинлигини кўрсатади. Ҳаммаси хавфсизлигингиз учун, тартиб учун, сизнинг фойдангиз учун дея сизни қулга айлантиришганини сезмай қоласиз.
Инсон эркинлиги йўқолганини уни талаб қилган онидан бошлаб ҳис қилади. Ва яна инсон дўзаҳни бу дунёнинг ўзидаёқ ярата оладиган қобилиятга эга. Асар мана шу дўзаҳнинг яратилиши ҳақида ва эркинлигингни қандай қилиб босқчима-босқич сендан олиб қўйишлари ҳақида ҳикоя қилади.
"Оқсоч ҳикояси"нинг юқоридаги классик антиутопиялардан асосий фарқи — бунда аёл киши ҳикоя қилади. Аёл киши нисбатан ҳис-туйғуларга берилган, инсонийлик фазилатлари юқори ва шунга яраша қўрқувлари ҳам каттароқ бўлганлиги сабабли, унинг тилидан бу ҳикояни тинглаш албатта қизиқ. Юқоридаги антиутопиялар сингари бунда тизимга қарши турган инқилобчи эркакни эмас, балки, кун келиб ҳаммаси яхши бўлишидан умид қилиб яшаган аёлни кўрамиз.
Асарни 10-15 йил аввал ўқиганимда уни фантастика жанрига киритишимиз мумкин эди, лекин ҳозир у фантастика эмасдек туюлди. Мана шуниси ғалати. Умид қиламанки, бу муаммо фақат менда.
P.S. Китоб сифати топ. Асарда тасвирланган аёл танасини ҳис қилиб ўқийсиз уни вароқлаганда.
#ўқишга_нимадир

Shifokorga ishonch boʻlmasa undan shifo topib boʻlmaydi! (placebo effect>60%). Miya sogʻayishini oʻylash oʻrniga oʻsha doktor yaxshimi yomonmi deb yurgan boʻladi. Siz shifokorga boryapsizmi unga ishonib yozgan dorilarini olishiz kerak bundan chiqib yana boshqa shifokorga koʻrinsangiz va retsept yigʻib yursangiz siz kasalligizni yaxshi qilmay arosatda qolib yuraverasiz. Va qaysi bir retseptda davolansangiz ham erta yaxshi boʻlmasayiz shifokorni ayblaysiz aslida oʻziz aybdor boʻlasiz oʻsha vaqtda davolanish oʻrniga eshikma eshik ishonmay yurgansiz! TVda koʻrsatadigan Badlar(tabobat bilan 1000ta kasalni davolaydi) deydigan Firibgarlar Ishonchdan foydalanib moʻmaygina daromad topadi. Yani uni olgandan keyin oʻziz oʻsha oʻtli damlamasiga ishonib yaxshi boʻlganday his qilasiz damlama taʼsir qilmasa ham(placebo effecti hisobiga). Tabobat Tarixda tibbiyot rivojlanmagan payti kerak edi hozir Dorilar eng samarali davodir. Siz shifokorga bordingizmi albatta ishonch bilan yozgan dorilarini qabul qiling! Ishonmasangiz borib oʻtirmang! Sogʻliqizga qaygʻuryaptimi demak siz ham uni davolash taktikasiga amal qiling!
Hech kim bu oylikka ishlayotgan odamga shifokor boʻlganingdan keyin qaraysan deyishga haqli emas. Pulga botgan firmani dorisini yozadi deyishga ham haqqi yoʻq. Oilasini boqish uchun hamma oʻziga toʻgʻri degan yoʻlni tanlaydi!(8yil umr shunga ketadi) Yo sugʻurta tanlab toʻgʻri yoʻlga oʻtamiz yoki shunday firmalar bilan ishlab odamlardan pul olish uchun harakat qilaveradi tizim! Bu mavzu yetarlicha koʻtarildi! Yechim albatta chiqadi(lekin 1.6mln oylikka emas)
https://t.me/alisherQodir/2688
https://t.me/alisherQodir/2688
❤1