MediaDataLab
168 subscribers
219 photos
38 videos
1 file
141 links
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Download Telegram
#mening_hikoyam

💧 Suv mening hayotimda

Men shaharda o’sdim. Lekin hattoki shu yerda ham biz suv muammosidan aziyat chekar edik. 2-3 yil davomida suv faqat mahalla chetidagi bir yoki ikki xonadonga kelardi. Biz ertalabdan mahalladagi bolalar bilan to’planib suv olgani borardik, har bir bolaning o’z katta “bochka”si va aravasi bo’lardi. Borgancha poyga o’ynab, qaytishda bir-birimizga yordam berib qaytardik. O’shanda ertalab uydan chiqib ketgan biz bolalarning suv olib uyga qaytishimiz kun yarmiga to’g’ri kelgan. Ba’zan navbat talashib urushib qolgan paytlarimiz ham bo’lgan. O’ydim-chuqur asfaltlar sabab yerga to’kilib, singib ketgan suvlarning hisobiga yetib bo’lmasdi. Bir marta menda ham shunday bo’lgan: ertalabdan peshingacha talashib-tortishib olgan suvim uyimizga yigirma qadam chamasi qolganda to’kilib ketgan. Opam bilan alamdan rosa yig’lagandik o’shanda. Bu voqeani hanuz unutmayman. To’g’ri, u paytlar qiziq, sarguzashtlarga boy davrlar edi, lekin endi ulg’aygan inson sifatidagi aqlim bilan bundan 15 yillar ilgari ham shunday muammolar bo’lgan bo’lsa, bizni oldinda nimalar kutayotgan bo’lishi mumkinligini o’ylab, biroz havotirga tushishimni yashirmayman.

✍🏻
Farrux Sharipov

📧 Sizda ham shunday hikoyalar bo'lsa, @mediadata_aloqabot orqali bizga yo'llang.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM