MediaDataLab
180 subscribers
219 photos
38 videos
1 file
141 links
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Download Telegram
Kuni kecha MediaDataLab jamoasi "Suv bormi?" loyihasi doirasida o'zining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi. Unda yakunlanib borayotgan loyiha natijalari, kutilmalari, suvmap.uz veb-sayti kontenti kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda loyihada bevosita ishtirok etgan faol yoshlardan Yusufjon Yunusov (Buxoro viloyati), Mirzabek Muxtorov (Samarqand viloyati) va Kibriyo Sayriddinova (Toshkent shahri)lar ham ishtirok etdilar va o'z fikr-mulohaza va takliflari bilan o'rtoqlashdilar.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_biz

💧 MediaDataLab jamoasi USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshirmoqda.

Qariyb bir yil davomida amalga oshirilgan loyihaning komponentlaridan biri sifatida yoshlar orasida tadqiqot amalga oshirildi va u orqali yoshlarning suv resurslari, suvdan oqilona foydalanish va suv inqirozi kabi muhim mavzulardagi qarashlari tahlil qilindi.

Loyihaning ushbu bosqichida aholi, asosan, 1️⃣4️⃣ yoshdan 2️⃣5️⃣ yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida, ularning kundalik hayotida va qaror qabul qilishda suv mavzusining dolzarbligi yuzasidan sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. Unda jami 1583 respondent ishtirok etdi. So‘rov uch tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) maxsus ishlab chiqilgan Telegram bot yordamida amalga oshirildi.

💧 Suv xaritasini yaratish uchun botga 150 dan ziyod ko‘ngillilar ma’lumotlarni yubordilar va bu O‘zbekiston suv resurslarining ko‘rinishi va holatini baholashga imkon beruvchi unikal xaritaning yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Xaritani yaratishda bevosita ishtirok etgan yoshlar turli suv obyektlaridan foto-hikoyalar tayyorlash jarayonida ham qatnashdilar. Loyiha davomida har bir bosqichda faol ishtirok etgan yoshlar va ko‘ngillilar muntazam taqdirlanib borildi.

📝Biz haqimizda OAVda e'lon qilingan materiallar bilan tanishing:

1. https://ishonch.uz/news/zbekiston-slari-mamlakatning-interakti
2. https://oyina.uz/uz/article/2240
3. https://darakchi.uz/uz/176143

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilayotgani taʼkidlandi.
 
“Suv – tekin emas” degan gʻoyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa boʻlishi lozim”, – degan Prezident.

Yig'ilishda ma'lum qilingan ko'rsatkichlar O'zbekistonda suv muammosiga davlat siyosati darajasida ahamiyat berish zarurligini isbotladi.
 
💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SuvHayot #SuvniTejang

💧 Suv hayot kaliti. Chanqog'imizni qondirishdan tashqari uning ta'siri ekotizimlar, qishloq xo'jaligi va sanoatni qamrab oladi. Yerda suv tanqisligi muammosi haqida so'z ketganda undan mas'uliyatli foydalanish masalasi birinchi o'ringa chiqadi.

Tabiiy dunyoda suv biologik xilma-xillik va ekologik muvozanatni saqlaydi. Qishloq xo'jaligi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun oqilona boshqaruvni talab qilib, yetishtirish jarayonida suvga tayanadi.

Suvni tejashning dolzarbligi shubhasizdir. Iqlim o'zgarishi, aholi sonining ko'payishi va atrof-muhitning ifloslanishi suv resurslariga ta'sirni kuchaytiradi. Kundalik odatlardan tortib sanoat amaliyotigacha, saqlangan har bir tomchi barqaror kelajakni ta'minlashga hissa qo'shadi. Suvning muhim rolini tan olish bu nafaqat tan olish, balki ommani jamoaviy harakatga chaqirishdir. Undan oqilona foydalanish, innovatsiyalar va birgalikdagi sa'y-harakatlar orqali biz suvni samarali asrashga erishishimiz mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 "Global Product Prices" loyihasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyo miqyosida 1,5 litr qadoqlangan ichimlik suvining narxi o'rtacha 0,76 AQSh dollarga (taxminan 9,300 so'm) to'g'ri keladi.

Suv eng arzon deb baholangan davlat Misr bo'lib, bu yerda 1,5 litr qadoqlangan suv narxi 0,17 AQSh dollarga (taxminan 2,000 so'm) baholanadi. Eng qimmat deya belgilangan ko'rsatkich Singapurga (1,5 litr suv narxi 2,39 AQSh dollari – taxminan 30 ming so'm) to'g'ri keladi.

📈 Ushbu ma'lumotlar bazasi 91 mamlakatdagi tahlillarga asoslangan. O'zbekiston suv eng arzon deb baholangan davlatlar ro'yxatida (1,5 litr suv taxminan 4 ming so'm deya baholangan) 8-o'rinda turibdi.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mening_hikoyam

💧 Suv mening hayotimda

Men shaharda o’sdim. Lekin hattoki shu yerda ham biz suv muammosidan aziyat chekar edik. 2-3 yil davomida suv faqat mahalla chetidagi bir yoki ikki xonadonga kelardi. Biz ertalabdan mahalladagi bolalar bilan to’planib suv olgani borardik, har bir bolaning o’z katta “bochka”si va aravasi bo’lardi. Borgancha poyga o’ynab, qaytishda bir-birimizga yordam berib qaytardik. O’shanda ertalab uydan chiqib ketgan biz bolalarning suv olib uyga qaytishimiz kun yarmiga to’g’ri kelgan. Ba’zan navbat talashib urushib qolgan paytlarimiz ham bo’lgan. O’ydim-chuqur asfaltlar sabab yerga to’kilib, singib ketgan suvlarning hisobiga yetib bo’lmasdi. Bir marta menda ham shunday bo’lgan: ertalabdan peshingacha talashib-tortishib olgan suvim uyimizga yigirma qadam chamasi qolganda to’kilib ketgan. Opam bilan alamdan rosa yig’lagandik o’shanda. Bu voqeani hanuz unutmayman. To’g’ri, u paytlar qiziq, sarguzashtlarga boy davrlar edi, lekin endi ulg’aygan inson sifatidagi aqlim bilan bundan 15 yillar ilgari ham shunday muammolar bo’lgan bo’lsa, bizni oldinda nimalar kutayotgan bo’lishi mumkinligini o’ylab, biroz havotirga tushishimni yashirmayman.

✍🏻
Farrux Sharipov

📧 Sizda ham shunday hikoyalar bo'lsa, @mediadata_aloqabot orqali bizga yo'llang.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💧 "Ayni damda O'zbekiston o'z suv resurslarining 169% ini ishlatmoqda. 2030-yilga borib, biz dunyoda suv tanqisligiga duch keladigan 33 davlat qatoriga kirishimiz prognoz qilinyapti" deb yozadi jurnalist Aziza Qurbonova.

Suv resurslarini asrash g'oyasi keng jamoatchilik tomonidan ham kun tartibidagi masala sifatida ko'rilayotgani, albatta, quvonarli hol. Ommaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali muammoning oqibatlarini qisman bo'lsa-da yumshatish mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 MediaDataLab jamoasi “Zamonaviy media makonda suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarda suv resurslariga oqilona munosabatni shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so‘rovnoma o'tkazgan edi.

So‘rov doirasida respondentlardan ular O'zbekistonda ichimlik suvi tanqisligi muammosini qay darajada baholashlari so'raldi. Qatnashchilarning 40,4 foizi butun mamlakat bo'ylab ichimlik suvi tanqisligi xavfidan xavotirdaligini bildirdi. Shu bilan birga, 29,2 foiz respondentlar bu muammoni O‘zbekistonning ko'pchilik hududlarida mavjud deb hisoblaydi. Yana 19,2 foizi mamlakatning ayrim hududlaridagina bunday muammolar mavjud deb baholamoqda.

Umuman olganda, yoshlarning 88,8 foizi O‘zbekistonda ichimlik suvi taqchilligi muammosi haqiqatda mavjud ekanligiga ishonch bildiradi. Bu qo'rquvning mavjudligi, bizning fikrimizcha, suvga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishning psixologik motivlaridan biri bo'lishi kerak.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎 5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni! 🌿

Shu munosabat bilan, keling, tuproq sifati va suv barqarorligi o'rtasidagi chuqur bog'liqlikni o'rganamiz: sog'lom tuproq barchamiz uchun toza va mo'l suv manbalarini ta'minlab, tabiatning suv filtri vazifasini o'taydi.

🌱 Tuproq amaliyotlarining suv sifati va mavjudligiga ta'siri haqida xabardorlikni oshirish muhim. Tuproqni asrab-avaylash orqali biz bebaho suv resurslarini saqlash harakatiga ham bevosita hissa qo‘shamiz. Shunday ekan, yashilroq, sog‘lom sayyora uchun birlashaylik! 💧🌍 #WorldSoilDay #Suvbarqarorligi

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 MediaDataLab jamoasi “Zamonaviy media makonda suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarda suv resurslariga oqilona munosabatni shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so‘rovnoma o'tkazgan edi.

🗳️ Olingan ma’lumotlarning tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston yoshlarida suv resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish dunyoqarashini shakllantirish uchun ular bilan olib borilayotgan ishlar sifatini oshirish zarur. O'z muammolarini hal qilishga ko'proq e'tibor qaratadigan aholining ekologik tafakkuridagi ayrim oqsashlar aniqlandi. Ya'ni, suvni yo'qotish bilan bog'liq mavjud muammolar ko'lami, masalan, uni mamlakatning irrigatsiya tizimlari orqali yetkazib berishda mamlakat bo'ylab tushuncha yo'q.

📌 Umuman olganda, mamlakatda suvni tejash tizimi haqida bunday bilim va tushuncha mavjud bo'lmaganda, yoshlarning ekologik harakat doirasidagi faolligini kutmaslik kerak. Respondentlardan olingan javoblar mamlakat ekologlari tomonidan O‘zbekiston hukumati oldiga aholi tomonidan maishiy ehtiyojlar uchun texnik suvdan foydalanish mexanizmlarini faolroq joriy etish bo‘yicha masalalar qo‘yish zarurligini ko‘tarmoqda.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

MediaDataLab jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi  bilan muborakbod etadi!

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏔️ 11-dekabr — Butunjahon tog'lar kuni!

🌊 Ushbu baland landshaftlarning tabiatimizdagi ajralmas o'rnini hurmat qilar ekanmiz, keling, ularning suv ekotizimlari bilan chuqur aloqasi haqida fikr yuritaylik. Tabiatning suv ombori vazifasini o'taydigan tog'lar hayot manbasi sanaluvchi suvni son-sanoqsiz daryolar orqali o'tkazib, quyi oqimdagi jamoalarning hayotiyligini ta'minlaydi.

⛰️ Tog‘lar va suv o‘rtasidagi bu simbiotik munosabat sayyoramiz ekotizimlarining nozik muvozanatidan dalolat beradi. Shu boisdan, keling, ushbu ulug'vor tog'lar va kishilik hayotini qo'llab-quvvatlovchi suvning o'zaro ta'siri haqida xabardorlikni kuchaytiraylik, ularni asrash bo'yicha jamoaviy sadoqatni shakllantiraylik. 💧🌍

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ “Katta Farg‘ona” kanali qanday qurilgan?

🔸 O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab sovet hukumati Turkiston mintaqasida bog‘lar, g‘alla maydonlarini keskin qisqartirib, paxta dalalarini kengaytirishga katta ahamiyat qaratdi, – deydi Muhayyo Sirojiddinova.

🔸 Rasmiy raqamlarga murojaat etsak, O‘zbekiston SSR bo‘yicha paxta maydonlari 1928-yilda 589 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 10 yil ichida ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar, aniqrog‘i 946 ming gektarga ko‘paygan.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
💧 Suv muammosi bugun butun dunyo, xususan, O'zbekiston siyosatida ham kun tartibidagi masala sifatida ko'rilmoqda. Mamlakat qonunchiligida o'zida suv masalalarini aks ettiruvchi o'ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

⚖️ O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi veb-saytida ayni masalaga urg'u berilgan qonunchilik hujjatlari bir nuqtaga jamlangan.

Ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

"MediaDataLab" jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Oilangizga xotirjamlik, kasbingizga baraka, mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎄 Yangi yil yangi marralar, yangi yutuqlar yili bo’lsin!

Bayram muborak bo’lsin!

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ekolog” jamoat birlashmasi virtual suv isrofiga qaratilgan videorolikni ulashmoqda

Video messejiga ko'ra, oziq-ovqat isrofi bevosita virtual suv isrofi sanaladi. 🧮 Misol uchun, 1 kg osh tayyorlash uchun 20 ming litr suv ishlatiladi.

Yodingizda bo'lsa, “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida o'tkazilgan so'rovnomamiz natijalarini ulashgan edik.

☹️ "Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda mahsulot birligiga qancha suv sarflanishi siz uchun qiziqmi?" mazmunidagi savolga respondentlarning 61% i yo’q deya javob bergandi.

💧 Bir mahsulot yaratilishdan boshlab to tayyor holatga kelgunicha uni ishlab chiqarish uchun juda ko'p suv sarf qilinadi. Bu suv ko'zga ko'rinmaganligi bois virtual suv deb ataladi.

Xulosa: Sizning virtual suv sarfiga befarqligingiz va xabarsizligingiz ham sayyoraga jiddiy xavf soladi. Suvni asrang!

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Tomphson" brendi asoschisi Shahzod Bahodirov o'z instagram sahifasiga joylagan ushbu video 112 ming ko'rishlar soniga ega.

⚠️ Video messejiga ko'ra, siz ibodat qilishni boshlaganingizda, poklanishni boshlaysiz.

Tasvirda notoza suyuqlik solingan stakanga toza ichimlik suvi quyilishi bilan u poklanib borishi aks etgan. Kommentlardan anglashilishicha, tarmoqlarda hozir shunday trend mavjud va tadbirkor ham trendga qo'shilgan.

☝🏻 Shuni unutmaslik kerakki, muqaddas dinimizda isrof qoralanadi: ”Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (A’rof, 31).

Ma'lumot uchun, har yili besh yoshgacha bo'lgan 297 000 nafar bola yomon sanitariya sharoitlari, qoniqarsiz tashkillashtirilgan gigiyena yoki xavfsiz ichimlik suvi yetishmasligi tufayli diareyadan vafot etadi (2019).

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Hurmatli ekofaollar, jurnalist va blogerlar!

🔔 “Media tadqiqotlar va ta’lim ishlanmalari markazi” NNT Sizni 2024-yilning 28-fevral kuni “Zamonaviy media makonda suv mavzusi” loyihasi yakunlari bo‘yicha Toshkent fotosuratlar uyida bo'lib o'tadigan davra suhbati va “Suv bormi?” fotoko‘rgazmasiga taklif etadi.

🌐 Taqdimotda O‘zbekiston yoshlari ishtirokida yaratilgan noyob suv xaritasi va foto hikoyalar taqdim etiladi. Online xarita orqali respublikaning turli hududlarida joylashgan 200 dan ortiq suv resurslari bilan tanishasiz. Shuningdek, ko‘rgazmada tajribali fotograflar tomonidan suratga olingan suv muammosi bilan bog`liq fotolavhalar o‘rin olgan.

📍 Taqdimot manzili: Toshkent Fotosuratlar uyi, Istiqbol ko‘chasi 4

🟢 Boshlanish vaqti: 28-fevral, soat 16:00

P.S. Ko'rgazma 28, 29-fevral va 1-mart kunlari bo'lib o'tadi.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM