MediaDataLab
172 subscribers
219 photos
38 videos
1 file
141 links
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Download Telegram
Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida USAIDning “Markaziy Osiyodagi suv resurslari va atrof-muhit” loyihasi hamda Media tadqiqotlar va ta’lim ishlanmalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Zamonaviy media makonida suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” ijtimoiy loyihasi yakunlari bo'yicha “Suv bormi?" fotoko'rgazmasi va davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda loyiha doirasida suv resurslaridan unumli foydalanish, iste’molchilarning atrof-muhitga bo‘lgan madaniy qarashlarini aniqlash va ekologik muammolarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalari ham taqdim etildi. Xususan, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 1,5 mingdan ziyod yoshlar faol ishtirok etgan.

Loyiha doirasida yaratilgan Oʻzbekistondagi suv resurslarini aks ettiruvchi interaktiv xarita va Suvmap.uz veb-saytining taqdimoti tadbirning eng muhim qismi bo‘ldi.

Xaritada mamlakatning suv resurslari haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, barcha hududlarda suv muammosini yoritib berish va suvdan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Ushbu xaritaning o‘ziga xosligi shundaki, uni yaratishda yoshlar faol ishtirok etib, ma’lumotlarni to‘plashda o‘zlarining hissalarini qo‘shganlar.
Tadbir so‘ngida loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etgan ekofaol – yoshlar vakillariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
Loyiha USAIDning “Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit” loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.
 
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Suv orzusi: 45 kun

Xalqning asosiy daromadi yerdan bo'lgan bir davrda ularning yagona orzusi tuganmas-bitmas suv manbasiga ega bo'lish edi. Aynan shu orzuni amalga oshirish maqsadida 1939-yilning 27-iyul kuni erta tongdan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab karnay sadolari ostida Katta Farg'ona kanalini qurishga bel bog'lashdi.

90% qo'l mehnati asosida bunyod qilingan ushbu inshoat hasharida 300 mingdan ziyod ko'ngilli hasharchilar ishtirok etishadi. Qurilish ayolni ayol, erkakni erkak yoki qariya, deya ajratmaydi. Odamlar yagona maqsad yo'lida tun-u, kun 45 kun ichida suv yo'lini barpo qilish uchun tekinga ishlashadi. "Qorning to'yishini xohlasang Katta Farg'ona kanali qurilishiga bor!" degan gaplar tarqaladi. Xalqning haqiqiy qahramonligi, deya e'tirof etiluvchi inshoat haqida bilishingiz kerak bo'lgan to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun ushbu multimediyaviy maqolani ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram