FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
19.3K subscribers
25.6K photos
4.26K videos
10 files
10.3K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Joylarda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan tadbirlar tashkil etildi

Unda, mas'ullar tomonidan xodimlar orasida tartib-intizomni mustahkamlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa turdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilib, bunday illatlarning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Xususan bu tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar FVBlarida tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Andijon viloyatida zilzila sodir bo'ldi.
Sezilish kuchi:2-3 ball. Talofatlar yoʻq.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi xodimlari hamda obyekt yig‘ma otryadi ishtirokida o'quv mashqi o'tkazildi.

Unda, markaz qutqaruvchilari va obyekt yig‘ma otryadi tomonidan shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlari!

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan, joriy yilning  25-aprel kuni soat 14:00 dan soat 16:00 ga qadar Shayxontohur tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan "Toshkent Davlat sirki" binosida guruhli  amaliy-taktik mashqi o‘tkaziladi.
Mashq jarayonida yong‘inlarni oldini olish, yong‘in va zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish hamda yong‘in o‘chirish vositalarini qo‘llash harakatlari bajariladi.
O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davrida amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
🔰 Olmazor tumanida sodir bo‘lgan, yong‘in to‘g‘risida ma'lumot.

24-aprel kuni soat 16:54 da Toshkent shahar Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan obyekt hududida yuk tashish karasida yong’in sodir bo‘layotgani to’g’risida, Toshkent shahar FVB xabar kelib tushdi.

Shunga ko’ra, yong'in-qutqaruv ekipaji etilgan manzilga soat 17:01 da yetib borib, yong’in soat 17:13 da o’chirildi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo’q.
Yashash xonadonlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha muhim tavsiyalar

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#ONLINE

"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

Joriy yilning 25-aprel soat 09:00 holatiga "Qamchiq" dovonida holat yaxshi. Havo bulutli, yog‘ingarchilik yo‘q. Ko‘rinish 10 km. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari uy ichida qulflanib qolgan 1 nafar ayolga amaliy yordam ko‘rsatdi

Kuni kecha, Toshkent shahar FVBga Yangihayot tumani Yo'ldosh 4-dahasida joylashgan xonadonlarning birida uyning kirish eshigi qulflanib qolganligi, ichkarida 1 nafar ayol borligi va amaliy yordam kerakligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, tuman FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus anjomlar yordamida eshik ochib berilgan va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X